4.6.
GAT ma’lumotlar bazasini loyihalash, tuzish va boshqarish
Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimlarda ma‘lumot deb EHM da
kiritish, qayta ishlash, tahlil qilish va saqlash uchun qulay shaklda taqdim etilgan
informatsiya tushuniladi.
Ma’lumotlar bazasi
(MB) bu aniq bir qoidaga binoan tashkil etilgan
ma‘lumotlar majmui. Ma‘lumotlar bazasiga kiritilgan o‘lchov va tanlanmalarning
tadqiqot predmeti va uning asosiy tavsiflariga mosligi imkon qadar aniq va to‘liq
bo‘lishi kerak. MB da saqlanadigan sifat va miqdor ko‘rsatkichlari vaqt kesimida
ko‘rinishi zarur. Shuningdek, GATning axborot ta‘minotiga to‘liq, batafsil,
pozitsion aniq, boshqa kerakli ma‘lumotlar bilan mos keladigan, yangilanishi va
foydalanishi oson bo‘lishligi kabi talablar qo‘yiladi.
Ma‘lumotlar bazasini loyixalash uch bosqichdan iborat: Konseptual
mantiqiy, tashkiliy.
Konseptual
bosqichda mavjud texnikaviy va dasturiy vositalar bilan bog‘liq
bo‘lmagan holda real voqelikni yoki uning to‘g‘risidagi abstrakt tasavvurni
tasvirlovchi modelni yaratish masalasi hal qilinadi. Bu masala quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
1.
mavjud ob‘yekt yoki voqelikni aniqlash va ifodalsh;
2.
geografik ob‘yektlarni MB ga kiritish usullarini qabul qilish;
3.
fazoviy ob‘yektlarni tasvirlash uchun tayanch unsurlarni (nuqta, chiziq,
rastra uyalari, areallar) tanlash;
4.
MB ga real voqelikdan o‘zaro munosabatlar o‘lchami taqdim etish
masalasini yechish (Masalan, ob‘yektlarning o‘zaro munosabatlarini
kodlash, tasvir uchun qaysi unsurdan foydalanish va boshqalar);
5.
ma'lumotlarning manbalari va ularning sifatiga qo‘yilgan zaruriy talablarni
aniqlash.
Konseptual bosqichda shuningdek GATdan foydalanuvchilarning talablari ham
baholanadi.
Demak, ma‘lumotlar bazasini loyihalash va tuzishning birinchi bosqichida
unga kiritiladigan ob‘yektlarning turlarini tanlash va aniqlash ishlari bajarilsa,
91
ikkinchi bosqichda har bir ob‘yektni fazoviy taqdim etishning
adekvat
(o‘xshash)
usullarini qidirish ishlari amalga oshiriladi.
Mantiqiy bosqich texnik ta‘minotdan xoli holda, mavjud dasturiy vositalar
bilan aniqlanib, ma‘lumotlar bazasining mazmun-mohiyati MB unsurlarining
mantiqiy tarkibini belgilash va uning boshqarish talablariga mos ravishda ishlab
chiqishni o‘z ichiga oladi.
Tashkiliy bosqich apparatlar va dasturiy vositalar bilan bog‘liq bo‘lib, unda
MBda saqlanadigan informatsiyaning va kompyuter xotiralarning xajmi, MB ning
tuzilishi, fayllarning o‘rni, kompyuter xotirasiga ma‘lumotlarni kiritish kabi
masalalari ko‘riladi.
MB ning konseptual bosqichida geografik ob‘yektlarning taqdimot usullarini
aniqlash GAT ni orientatsiyalash muammosi bilan bog‘liq bo‘lib, ob‘yektning va
fazoviy ma‘lumotlarning modellarini tanlashni o‘z ichiga oladi.
Barcha geoaxborot tizimlar fazoviy ma‘lumotlarning formal modellari
asosida quriladi. Ularga bo‘lgan asosiy talab ob‘yekt yoki voqelikni nuqta, chiziq,
poligon, piksel yoki qatma-qatli shaklda taqdim etilishi, GAT da yechiladigan
masalaga mosligi o‘xshash bo‘lib, geografik mohiyatni belgilovchi fazoviy
ko‘rsatgichlar bilan o‘zaro bir xilligi saqlangan bo‘lishi kerak.
Model informatsiyaning akslantirish, tahrirdan chiqarish, surovlar va tahlil
qilinishini qo‘llab-quvvatlash imkonini yaratishi zarur.
Fazoviy ma‘lumotlarning vektorli modellari ob‘yektning geometriyasini
ifodalaydi va fazoviy o‘zgaruvchanligini ko‘rsatadi. Ma‘lumotlarning vektorli-
topografik modellari ob‘yekt geometriyasiga xos bo‘lgan fazoviy munosabatlarni
aniqlash va ulardan foydalanib, ma‘lumotlar uchun murakkab fazoviy tahlilni
amalga oshirishga xizmat qiladi.
Rastrali modellar voqelikning ko‘rsatgichlari, belgilari va semantikasi
tavsiflarini teng miqyosda tanlashni ta‘minlaydi va informatsiyaning fazoviy
o‘zgaruvchanligining diskretligini ko‘rsatib beradi. Rastra uyasida ob‘yektlarning
o‘zaro joylashishini belgilaydi. Pikselning o‘lchami qanchalik kichgina bo‘lsa,
voqelik shunchalik batafsil ifodalangan va faylning o‘lchami kattalashgan bo‘ladi.
92
Rastra bir xil o‘lchamdagi ―oyna uyasining‖ (yacheykaning) belgilangan
muntazam ketma-ketligida geografik fazoni tashkil etadi va ularga doimiy
yondashishni ta‘minlaydi. Lekin, ob‘yektning xossalari rastarali ko‘rinishda
ifodalangan bo‘lsa, u holda uyaning ketma-ketligi yaxlit ob‘yektni ko‘rish
imkonini berolmaydi.
Vektorli ko‘rinishda o‘zaro joylashishi aniq bo‘lgan bir xil real obyertlar
tegishli geografik fazoni tashkil etadi. Vektor ixtiyoriy ketma-ketlikda fazoni
tashkil etish va ma‘lumotlarga erkin yondashishni ta‘minlaydi.
Ma‘lumotlar qatma-qatli tarzda keltirilganda borliq cheksiz nuqtalarga
shunday belgilar soni bilan aniqlanadi. Bu belgilar yoki ularning o‘zgarishlarini
vektorli yoki rastrali modellar asosida MB qatma-qatlarida ifodalanganda sun‘iy
ob‘yektlar hosil bo‘lishi mumkin.
MB da to‘plangan ma‘lumotlar pozitsion va semantic tashkil etuvchilardan
iborat bo‘ladi. GATda ma‘lumotlarni taqdimot usullari, tanlash ularni qayta ishlash
va saqlash bilan bog‘liq.
Ma‘lumotlarning MB dagi tashkil etuvchilari mos ravishda geometrik va
atributiv (aniqlashtiruvchi) deb nomlangan.
Pozitsion informatsiya geografik ob‘yektning o‘rnini koordinatalarda (x,y,z,)
ifodalaydi. Nopozitsion yoki atributiv informatsiyaga fazoviy ob‘yektlarning sifat
ko‘rsatkichlari (semantikasi) va statistikasi kiradi. Bunday informatsiyalar matn
yoki raqamli parametrlar ko‘rinishida keltiriladi. Ob‘yekt turi har doim maxsus
belgilangan bo‘lib, uni atributiv parametrlariga qarab aniqlasa bo‘ladi. Odatda
atributiv ma‘lumotlar fazoviy tasvirga ega emas, lekin o‘rganiladigan ob‘yektning
fazoviy xolati bilan aloqador bo‘lishi mumkin (Masalan, yuza perimetri).
Ko‘pincha vaqt atributiv ma‘lumot sifatida keltiriladi va har xil usullarda
ifodalanadi. Ob‘yektning paydo bo‘lgan vaqti, ma‘lumotlarning unga tegishli
momenti va harakatining tezligi.
Miqdoriy atributlar nominal, tartib, interval yoki proporsiya kabi o‘lchov
shkalalariga mos ravishda tuziladi. Bunda qaysi shkaladan foydalanilganini bilish
93
muhim, chunki ular bilan matemkatik amallar bajarish imkoni borligini aniqlash
ma‘lumotlarni qayta ishlashda qo‘l keladi.
Rastrali modellarda atributlar pozitsiyaga qarab ma‘lum bir ob‘yektlar turlari
yoki sinflariga tegishli bo‘ladi. Vektorli modellarda esa har bir ob‘yekt atributlari
alohida jadval shaklida keltiriladi.
Ma‘lumotlar bazasidan foydalanish samaradorligini oshirish, ya‘ni to‘plash,
saqlash, o‘zgartirish, kerakligini qidirib toppish va zaruriyatga qarab ma‘lum bir
shaklda taqdim etish ishlarini avtomatlashtirish maqsadida ma‘lumotlar bazasini
boshqarish tizimi (MBBT) tashkil etiladi (19-rasm).
MBBT-bu ma‘lumotlarni tashkil etish, kiritish va foydalanish uchun
qo‘llaniladigan dasturlar va dasturlash tillari vositalarning majmui.
MBBT-bu ma‘lumotlarni qayta ishlash uchun EHM operatsion tizimi
imkoniyatini kengaytiruvchi amaliy dasturlar paketi. Lekin MBBT o‘zi amaliy
hisoblash ishlarini bevosita bajarmaydi. Bu ishlarni maxsus amaliy dasturlar
bajaradi. MBBT esa ma‘lumotlar bazasiga kiritishga imkon tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |