Oʻzbеkiston rеspublikаsi oliy vа oʻrtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/115
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#791921
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   115
Bog'liq
fayl 1773 20210908

4.4.
 
Topografik xaritalarni ro’yxatlash 
Ma‘lumki, koordinatalar sistemasiga zaruriyat Yer yuzasi (geoid, ellipsoid) 
ni tekislikka tasvirlash uchun tug‘iladi [22,-b.110]. 
Yer shari sirtidagi nuqtaning koordinatasini aniqlash uchun burchak birligida 
o‘lchangan geografik koordinatalar kenglik va uzoqlik qo‘llaniladi. Geografik 
kenglik bu ekvator tekisligi bilan nuqtaning meridian tekisligi orasidagi burchak. 
Uzoqlik bu nolinchi meridian bilan nuqta meridian orasidagi burchak [22,-
b.115;14,-b.23]. 
GAT da qo‘llaniladigan proeksiyalar va koordinatalar sistemalari haqida
batafsil ma‘lumolar Arc GIS (Map Projections-Sapported Map Projections) 
ma‘lumotlar to‘plamida keltirilgan [17,-b.127]. Shu sababli, quyida ushbu mavzu 
yuzasidan GAT uchun zarur bo‘lgan eng asosiy ma‘lumotlarga qisqacha 
to‘xtalamiz. 
Eng oddiy proeksiya bu silindrik (Merkator) proeksiya bo‘lib, geoidning
yuzasi ekvator bo‘yicha tutash bo‘lgan silindir shaklidagi yoyilmaga 
proeksiyalanadi. Bunda ekvatorial xududlar o‘ziga o‘xshash bo‘lib qutbiy xududlar 
tasvirida xatoliklar kattaligi tufayli o‘xshovsizlik sezilarli darajada bo‘ladi. Mayda 
masshtabli (1: 2500 000 va undan kichikroq) xaritalar uchun konusli proeksiyalar 
ko‘proq qo‘llaniladi. Bunda geoid meridianga tutashli konus shaklidagi yoyilmaga 
minimal xatolikda aks ettiriladigan chiziqlar bo‘ylab tasvirlanadi. Bunday 
proeksiyalar bo‘ladi tengmaydonli, tengburchakli, tengoraliqli. Markaziy meridian 
xaritada vertikal xolatni egallaydi. 
Katta mashtabli (1: 1000 000 va kattaroq) xaritalar uchun ko‘ngdalang 
silindrik proeksiya qullaniladi. Yoyilmaning kengligi 6°, shu sababli tasvir xatoligi 


84 
zonaning chekka qismlarida sezilarli darajada katta emas. Eng ko‘p uchraydigan 
silindrik proeksiyalar-Gauss-Kryuger, Merkatora (Transverce Mercator) va UTM 
(Universal Transverce Mercator) ko‘ngdalang proeksiyalar [17,-b.128;22,-b.233]. 
Topografik xaritadan aniq o‘lchovlar olish uchun burchakda ifodalangan 
koordinatalardan foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki 1° uzoqlik bo‘yicha masofa 
ekvatorda 111 km ga teng bo‘lsa, qutubda bu o‘lcham nolga yaqinroq bo‘ladi. 
Shuning uchun ham aniq o‘lchovlar faqat to‘g‘ri burchakli koordinatalar jumladan 
Gauss-Kryuger sistemasida olib boriladi. Geoidning yuzasi kenglik bo‘yicha 6-
graduslik zonalarga bo‘lingan bo‘lib, ularning tartib raqami Grinvich meridianidan, 
X o‘qi Ekvatordan, Y o‘qi esa Grinvichdan boshlanadi. Nuqtaning kengligi (X) 
Ekvatordan boshlab nuqtagacha o‘lchangan masofada, uzoqliligi (Y) esa zonaning 
markaziy (o‘q) meridianidan boshlab metrda o‘lchanadi. Zonaning g‘arbiy qismida 
manfiy raqamlarga uchramaslik uchun uzoqlik (Y)ning qiymatiga 500 000 metr 
qo‘shib boriladi. Zonaga tegishligini ko‘rsatish uchun Y koordinatasiga zona tartib 
raqamiga teng bo‘lgan butun son million qo‘shiladi. Masaslan, 7- zonaning 
markazidagi nuqtaning uzoqlik bo‘yicha Y koordinatasi 500 000 metr emas, 7500 
000 metr bo‘ladi. Gauss-Kryuger sistemasi zonasida nuqtaning to‘g‘ri burchakli 
koordinatalarini aniqlash misol tariqasida 21- rasmda keltirilgan. 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish