O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi


III bob. Sanoat korxonalarida energiya tejash tadbirlarini ishlab chiqish



Download 0,9 Mb.
bet3/26
Sana12.07.2022
Hajmi0,9 Mb.
#783945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Xodoyberganov Mirjalol diss

III bob. Sanoat korxonalarida energiya tejash tadbirlarini ishlab chiqish
§3.1. Sanoat korxonasi elektr balansini tuzishning umumiy qoidalar.................38
§3.2. Sanoat korxonalari qurilmalaridagi elektr energiyasi xisoblarini aniqlash uslublari………………………………………………………………………...39
§3.3. Korxonadagi elektr balanslarni tuzish…………………...…...........……..45
§3.4.Yong‘in xolatidagi ishlash rejimlari............................................................64
Xulosalar……………………........……………...……………………….........68
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati….............................................................71
Ilovalar .……………………………………………………………………....

KIRISh


Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasiga muvofiq ilmiy-tadqiqot va istiqbolli innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish, innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda zamonaviy talablarga javob beradigan ilmiy natijalarni olishga qaratilgan faol va istiqbolli innovatsion g‘oya va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor berilmoqda.


Kimyo sanoati Respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Kimyo texnologiyalari va kimyo mashinasozligining jadal rivojlanishi ushbu sanoatning texnologik liniyalari va mashinalarining zamonaviy elektromexanik majmualar va kuchli tok yarim o‘tkazgichli o‘zgartkichlar, shuningdek mikroprotsessorli nazorat va boshqarish qurilmalari bilan ta’minlash kabi murakkab vazifalarni bajarish zarurligini taqozo etadi.
Kimyo sanoatining aloxida xususiyatlaridan biri uning ko‘p tarmoqli xarakterda ekanligi hisoblanadi. Respublika kimyo sanoati tarkibiga mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, rezina texnik mahsulotlar, sintetik spirt, plastmassadan tayyorlangan mahsulotlar, sun’iy tola va teri, shuningdek plyonka ishlab chiqarish kabi tamoqlar kiradi. Bundan tashqari kimyo sanoatida nasoslar, ventilatorlar, kompressorlar, transportyorlar, konveyerlar va ta’minlagichlar (pitatellar) kabi ko‘p sonli umumsanoat mexanizmlari qo‘llaniladi.
Zamonaviy iqtisodiy sharoitda ko‘plab korxonalar uchun inqirozga uchramaslikning yagona sharti samarali energiya iste’moli va resurs tejamkorligi (suv yoki suyuqlik sarfi, bug‘, xavo yoki gaz) muammosini tezroq xal qilish xisoblanadi. Ayniqsa, energiya xajmdor ishlab chiqarishlarda energiya va resurs tejamkorligi muammolari ko‘proq axamiyatli xisoblanadi. Shular qatoriga birinchi navbatda kimyo korxonalarini ayniqsa, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish tarmog‘ini kiritish mumkin.
Energiya va resurslarning narxlarini muntazam ravishda o‘sib borishi korxonalarni energiyadan samarali foydalanish va ularni tejash tadbirlarini ishlab chiqarishga tadbiq qilishga ko‘proq e’tibor berishga majbur etadi. Kimyo korxonalaridagi ventilator tipidagi mexanizm-larning elektr yuritmalari soni va o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha salmog‘i kattaligi sababli ular, energiya tejamkorligi masalasida, bir muncha yuqori imkoniyatlarga ega.
Bunday xolat yana shuning bilan bog‘liqki, kuch elektr iste’mol-chilarning aksariyati ko‘p xollarda 40-50% ortiqcha elektr energiya iste’mol qiladi. Faqatgina turbomexanizmlarni iqtisodiy rejimlarda ishlashini ta’minlash orqali, shuningdek yetakchi dvigatelni aylanish tezligini o‘zgartirib, mexanizm unumdorligini oshirish orqali resurslarni samarali tejash, elektr energiyani va ortiqcha iste’mol quvvatini sezilarli kamaytirish mumkin.
Xozirgi paytda bunday mexanizmlarning unumdorligi mexanik qurilmalar (zadvijkalar, zaslonkalar, yo‘naltiruvchi apparatlar) yordamida amalga oshiriladi. Bunday usulda unumdorlikni o‘zgartirish bir vaqtning o‘zida mexanizmning FIK ni pasayishiga olib keladi. Shuning uchun bunday usullar energiya iste’molini kamaytirish bo‘yicha sezilarli samara bermaydi.
Elektr yuritmaning texnik darajasi va uning turbomexanizm ish rejimiga mosligi qurilmani umumiy texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari darajasini to‘liq belgilab beradi. Elektr yuritmani takomillashtirish qurilmaning nafaqat unumdorlik, maxsulot sifati, FIK, ishonchlilik kabi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshiradi, balki turbomexanizmni o‘zini konstruksiyasiga xam ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Turbomexanizm bilan uning elektr yuritmasining texnik yechimlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish turbomexanizm ishlashini samarali usullarini tanlash va ishlab chiqish xamda o‘zgaruvchan tok elektr yuritmalarini tayyorlash va rekonstruksiya jarayonlarida samarali rostlash zarurligini ko‘rsatib beradi. Shuning bilan birga “rostlanadigan elektr yuritma- turbomexanizm” agregatlarini birgalikda ishlashiga aloxida e’tibor qaratish xamda maxsus iqtisodiy samarali elektr yuritmalar tizimini qo‘llash soxalarini aniqlash lozim.
Shuning uchun energiya samaradorlik nuqtai nazaridan texnologik mashina va agregatlarni zamonaviy talablarga javob beradigan xaydovchi mashinalar va ularning rostlanadigan elektr yuritmalarining ish rejimlariga asoslangan energiya tejamkor texnologiyalarni yangi avlodlarini yaratish, tekshirish va ishlab chiqish ushbu dissertatsiya ishida bajarilishi dolzarb bo‘lgan ilmiy texnik vazifa xisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini barqaror ravishda rivojlanishini ta’minlovchi tadbirlar tizimida yoqilg‘i-energetik resurslardan samarali foydalanish strategik axamiyatga egadir. Xozirda respublikada yalpi milliy maxsulotning energetik sig‘imliligi, o‘rta darajada rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 1,5...2,0 marotaba, taraqqiy qilgan mamlakatlarga nisbatan esa 3,0...4,0 marotaba yuqoridir. Iqtisodiyotdagi energiyaning tejash potensiali energiyani iste’mol qilishning zamonaviy darajasini 40,0...45,0 % tashkil qiladi.
Ushbu potensialni, birinchi navbatda iqtisodiyotnii energetik samaradorligini oshirish hisobiga, amalga oshirish uni istiqboldagi rivojlanishining zaruriy sharti va davlat axamiyatga ega bo‘lgan vazifaga aylanmoqda.
Ma’lumki, energetik samaradorlik bugungi kunda ko‘p jixatdan energetika tizimidagi isroflarga bog‘liqdir, bu esa energiya ta’minlovchi va iste’mol qiluvchi korxonalar va tashkilotlarning bevosita moliyaviy yo‘qotishlarida yaqqol ko‘rinadi. Ammo, shu bilan birga, isroflarni kamaytirish – bu murakkab kompleks muammo bo‘lib, u ma’qul darajada yechish ko‘plab kapital xarajatlarni xam talab qiladi.
Ushbu xarajatlarni sarflash yo‘nalishlarini va ularning ketma – ketligini to‘g‘ri aniqlash uchun energetik balanslarining mukammal taxlilini o‘tkazish, texnikaviy isroflarni xisob-kitobini uzluksiz olib borish, ularni kamaytirish bo‘yicha tadbirlarini ishlab chiqish va ularni joriy etishni tashkil etish hamda energiyani hisoblash asboblari bilan ishlashni to‘g‘ri tashkil etish zarur bo‘ladi.
Respublikadagi qonuniy-xuquqiy baza, bu ko‘rinishdagi ishlarni doimiy ravishda olib borish uchun, energetika tekshiruvlar (energetik auditlar) ni o‘tkazish kerakligini va shartligini hamda ularni o‘tkazish tartiblarini aniqlab bergan. Energetika tekshiruvlar “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga mos ravishda o‘tkazilishi kerak. Qonunning 13-moddasi “Energetika tekshiruvlar energiyani ishlab chiqarish va iste’mol qilishning samaradorligini baholash maqsadida o‘tkaziladi. Har yili umumiy hajmi olti ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘isiga teng energiya resurslarini sarflaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar majburiy energetika tekshiruvidan o‘tkaziladi” deb ko‘rsatilgan.
 Bundan tashqari muqobil energiyadan foydalanish ko‘lamini kengaytirish ham muhim ahamiyatga ega. Jahonda energiyaga bo‘lgan talabning muttasil oshishi muqobil energiya manbalariga ehtiyojni kuchaytirmoqda. Shu bois so‘nggi yillarda muqobil energiya manbalaridan foydalanish sezilarli darajada o‘sdi. Mazkur soha shu darajada jadal rivojlanib boraversa, yaqin yillarda tiklanadigan energiya manbalari umumiy energiya bozorining asosiy qismini egallashi mumkin.
Yuqoridagilarni xisobga olgan xolda, ushbu dissertatsiyada ko‘rib chiqilgan sanoat korxonalarida energiyani tejash masalalari o‘zning dolzarbligiga egadir.
Dissertatsiyada xo‘jalik shartnomalari asosida bajarilgan “Farg‘ona Azot IChB sida energiyani tejash tadbirlarini ishlab chiqish uchun, korxona-ning energetik balansini aniqlash va taxlil qilish maqsadida, energetika tekshiruvlarini o‘tkazish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot bo‘yicha olingan ma’lumotlar va natijalardan foydalanilgan.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish