Birinchidan, o‘qituvchi-pedagogga xos kasbiy kompetentlilik ularning ilmiy, siyosiy, huquqiy, ta’lim tarbiyaviy tajribalari asosidagina shakllanadi.
Ikkinchidan, buning uchun ularda quyidagi pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish, ya’ni bo‘lg‘usi o‘qituvchi-pedagogda:
a) o‘rtaga tusha bilish qobiliyatini shakllantirish;
b) shu asosida unda tashkilotchilik mahoratini shakllantirish;
v) o‘zini idora etish qobiliyatini tarbiyalash;
g) unda muljallay olish (orentasiya) xislatini shakllantirish;
d) uning irodaviy sifatini tarbiyalash;
j) ijodiy yondashish qobiliyatini shakillantirish;
z) pedagoglarda safarbarlik qobiliyatini rivojlantirish kabi vazifalarni hal etish oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilar zimmasidadir.
O‘qituvchida kasbiy, individual xislat va sifatlar shakllanishining psixologik xususiyatlari
Maktabgacha ta’lim muassasasida. Tarbiyalanuvchilarda bolalarcha dunyoqarashga egalik, atrof muhitni kuzatuvchanlik, atrof-olamga qiziqish, o‘z so‘ziga va “Men”iga egalik, sabr-qanoat qilishlik, javobgarlik hissi, ziyraklik, ishonuvchanlik, kirishuvchanlik sifatlari shakllantiriladi.
Boshlang‘ich ta’limda. O‘quvchilarda sinchikovlik, kattalar mehnatiga qiziquvchanlik, erkin fikrlash, sezgirlik, tasavvur qila olish, o‘z fikriga ega bo‘lish, chidamlilik, intizomlilik, o‘zini tuta bilish, bilim olishga qiziqish, javobgarlik xislatlari shakllantiriladi.
Umumiy o‘rta ta’limda. O‘quvchilarda bilimlarni o‘zlashtirishga intiluvchanlik, kasbga bo‘lgan havas, voqea va hodislarni tahlil qila olish, intellektual imkoniyatlarni maksimal ishlata olish, ijodkorlik, mustaqillik, jur’atlilik, har qanday vaziyatda o‘zini yo‘qotmaslik, e’tiborlilik, mas’uliyat hissi, ko‘ngilchanlik, layoqatlilik, fikrlash, keng fantaziyaga egalik, majburiyatlarni his qilish, o‘z kamchiliklarini anglash va xulosalar chiqara olish kabi xislatlar rivojlantiriladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida. O‘quvchilarda yangi axborotlarni olishga ehtiyoj, ilg‘or tajribalarni o‘rganishga intiluvchanlik oshiriladi, erudisiya, kerakli manbalarni topishga izlanuvchanlik, bashorat qila olish, dadillik, o‘zini tuta bilish, o‘zaro muloqotda chidamlilik, har qanday vaziyatda o‘zini yo‘qotmaslik, burchga sadoqat, mehribonlik, mehnatsevarlik, barqarorlik, iqtidorlilik, o‘z-o‘zini anglash, ma’suliyatlilik, irodaviylik, o‘ziga nisbatan tanqidiy fikrlay olish xislatlari shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |