O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 392,5 Kb.
bet2/4
Sana07.02.2017
Hajmi392,5 Kb.
#2005
1   2   3   4

3

-

3

-







162

16

79

67


2. O’QUV MATERIALLARI MAZMUNI

2.1. Ma`ruza mashg`ulotlari
1. Akusherlik rivojlanishi tarixiy boskichlari. Uruglanish. Embriogenez genetik aspektlari. Xomilaga tashki muxit salbiy omillarning zararli ta`siri. Xomilador ayol organizmida fiziologik uzgarishlar. Xomilador ayol sogligini saklash tugrisidagi konunlar. (2 soat)

Akusherlik ayollar xakidagi fan. Boshka fanlar bilan bog`likligi va boshka mutaxassisliklardan farki. O’rta osiyo olimlari o’zbek olimlarining akusherlik fani rivojiga ko’shgan xissasi.Xomilaning rivojlanish boskichilari,rivojlanishda kritik muddatlari:

1-implantatsiya oldi davri 6-7 kun

2-implantatsiya va asosiy organagenez davri 1xaftadan 12 xaftagacha

3-fitogenez davrlari farklanadi.

Zigota 8 xaftagacha embirion deyiladi 8 xaftadan kiyin xomila deyiladi.Perinatal tugruk boshlanguncha antenatal davrdagi xomilaning xolatini o’rganadi keyin internatal davrdagi ya`ni tug`ruk vaktidagi xamda tug`rukdan kiyingi neonatal davrni o’rganadi.Yo’ldoshni rivojlanishi va vazifalarini o’rganadi.Xomilaga zararli omillarni ta`siri.Fetal davr odamda xomiladorlikni 40 xaftasigacha davom etadi

-Xomilaning rivojlanishiga ta`sir ko’rsatuvchi omillar ekzogen va endogen bo’ladi bularga fizik, kimyoviy,biologik.

-Alementar omil. Surunkali kislorod ochligi

-Xomiladorlikda kuzatiladigan ayniksa uni boshlanishida ORVI kirish zaxm keyingi jarayonlarda giyoxvandlik,mikrosefaliya bilan tug`uladigan bolalarni misol kilish mumkin.

A: O (asosiy)-1,3,5, D (koshimcha)-1,2,7.




  1. Ilk toksikozlar. Xomidorlik davrida Gipertenziv sindromlar. Sabablar va tasnifi. Tashki muxit omillari bilan boglikligi (2soat).

Toksikoz bu fakatgina xomiladorlik paytida kuzatiladi.Ona va xomila uchun og`ir asoratlarga olib keladigan va aksariyat xollarda xomiladorlikdan keyin to’gaydigan xolatga aytiladi. Zamonaviy nariyalar asosida toksikozni organizimning moslashish jarayoni buzilsh-Ayol organizimining rivojlanadigan xomilaga mukobil javob bera olmasligi tushutiriladi.

Erta toksikoz xomiladorlikda so’lak ajralishi,kayt kilish ko’rinishidagi dispeptik xolatlar;kamdan kam xolatlarda dermatoz bronxial astma gepatoz (yog`li gepatoz darajasigacha)ko’rinishida namoyon bo’ladi.

Kayt kilish soni labarator natijalar va xomiladorni axvoli yomonlashish darajasiga bog`lik xolda engil,o’rta og`ir kusishlar farklanadi. Kusishning xar bir formasida shifokorni davolash usullari,kasallikni patogenezi klinikasi diagnostikasi. Xomiladorlik davrida gepertenziv sindromlar. Klassifikatsiyasi,klinikasi,asorati,davosi. Maruza xomildorlikni jiddiy asorati -gipotenziv sindromga atalgan.Berilgan ma`ruza matniga ushbu patologiyani xomiladorlarda uchrash darajasiga,gippotenziv sindromlarni rivojlantiruvchi xolatlar ,uning og`lashuviga olib keluvchi sabablarga e`tibor karatilgan

Gipertenziv xolatlar tasnifi (xomiladorlar gipertenziyasi,surunkali gipertenziya,engil va og`ir darajadagi preklmpsiya)shuningdek o’ta og`ir darajadagi eklamsiya xomiladorlarda gepatoz HELP-sindromi xakida tushuncha berilgan.Bachadon ichi xomilasi xamda xomoladorlik kechishga gipertenziv tasirlashga asosiy dikkat karatilgan. Bu xolatlarning tashxisiy printsiplari berilagan.Ma`ruzada VOZ tavsiyalarga asosiy davolash printsiplari,magnezial terpiya printsiplari namoyish etilgan.

A: O (asosiy)-1,3,5, D (ko’shimcha)-1,2,7.


  1. Xomiladorlikning I va II yarmida vaginal kon ketishi. Yuldoshni oldinda yotishi. Kon ketishlarni ijtimoiy sabalarga boglikligi (2soat).

Ma`ruza -xomiladorlikni 2-yarimidadagi kon ketishlar mavzusiga bag`ishlangan.Xomiladorlikni 2-yarimida kon ketishlarga olib keluvchi tez tez uchrovchi sabablar (Normal joylashgan yo’ldoshni barvakt ko’chishi va yo’ldoshni oldin kelishi) berilgan. Bu simtomlarni asoratlari tashxis metodlari birinchi yordam ko’rsatish xamda davolashni chora tadbirlari yoritilgan.Xomiladorlikda kon ketishni oldini olish choralari ko’rsatilgan.

A: O (asosiy)-1,3,5, D (ko’shimcha)-1,2,7.




  1. Tug`rukni III davrida va ilk chilla davrida vaginal kon ketishi (2soat).

Ma`ruzada erta tug`rukdan keyin va yo’ldosh ajralish vaktida kon ketish sabablari,kon to’xtatish usullari bilan birgalikda namoyish etilgan.SHoshilinch yordam choralarini xar bir shifokor bilishi kerak chunki 10-20 minut davomida 2-3 litr kon yo’kotilishi xayot uchun xavflidir.

A: O (asosiy)-1,3,5, D (ko’shimcha)-1,2,7.


5. Ginekologik kasalliklar umumiy simptomatologiyasi. Normal xayz funktsiyasi va uni buzilish turlari. Xayz tsikliga tashki muxit salbiy omillar ta`siri (2soat).

Ginekologiya-bu ayollar xakidagi fan bo’lib ayol organizimni narmal faoliyati xayoti davomida organizimda kechadigan kasalliklarni o’rganadi bu butun xayoti davomida sog`lom bo’lishi uchun kasalikni oldini olish bilan shug`ullanadi.

Xar kanday ginekologik patologiya juda o’xshash belgilarga ega shuning uchun ayol kaysi kasallik bilan u boshka kasallik bilan bog`lik bo’ladi. SHikoyati:ajratmalar,og`rik,kon ketish,ko’shni organlar faoliyati buzulishi,jinsiy faoliyatni funksiyasi buzulishi,tashki jinsiy organlarda kichish,bundan boshka shikoyatlar xam ko’p lekin ular asosiy xisoblanmaydi.

-Ajratmalar-bezlarni sifatiy mikdoriy sekretor funksiyasi buzilishi natijasida kelib chikadi.Bu ginekalogik kasaliklarda tez tez uchrab turuvchi simtomlardan xisoblanadi.

Og`rik- endogen va ekzogen omillarga asoslangan.Og`rik miya po’stlog`da xosil bo’lib periferiyaga tasirlashi bilan davom etadi.Aksariyat xollarda og`rik sanchuvchi,korin pastki kismida belda,(yallig`lanish jarayoni)kuzatiladi.

Utkir va xurujsimon og`riklar tuxumdon kistasini o’ralib kolishi tuxumdon nayini yorilishi,bachadondan tashkari xomiladorlikda kuzatiladi.

Abort vaktida bachadon perforatsiyasi piosalfenks yorilishida pirovarda kuzatiladi.

-Kon ketish.Kon ketishda genetal va ekstragenital ta`sirda yuzaga kelashi mumkin.

-Anamnez yig`ish:Bunga juda katta e`tibor berish kerak.CHunki masalan bachadondan tashkari xomildorlik.To’lik yig`ilmagan anamnezga bog`lik.Yig`sh davomida asosiy jarayonlar mensturatsiya,generativ,jinsiy,(seksual) va ayol organizimi xolatiga asoslangan

Anamnezni yig`ish dadavomida parallel xolatlarga:okarish,semirish,gersutizim kuzatilishi mumkin bular kaysidir tashxis uchun asos xisoblanadi.

-Maxsus tekshrish -ko’rish (oynada ko’rish) bimanual kin orkali to’ri ichak orkali tekshirish.Bunda bemor 5 savolga javob berishi kerak.

Bachadonni kattaligi formasi, konsitensiyasi xarkatchanligi,kasallikga moyil xolatlari

-3 maxsus metod

-Vaginal kismda bo’yin kanal siydik yo’lidan gonokokk va floraga surtma olish

-Bachadon bo’ynini koloskop yordamida ko’rish ( optik katallik 28 marta)

-orka vaginal kism orkali korin bo’shlog`ini punksiya kilish

-UTT tashxisi va bachadonni ko’rish xolatini o’rganish

-bachadonni zondlash, bachadon bo’shligidan punksiya yig`ish

-Rentgenologik tekshirish, kontrast yuborish

-gisterosalpingratsiya, pnevmoplevrografiya (korin bo’shlig`iga kislorodli kontrast kiritish)

Normal mensturial tsikl

-1 daraja. Nishon to’kima bu jinsiy gormonlarni joylashish nuktalari, bachadon naylari, bachadonda boyin kismi, sut bezlari, tukli folekula, teri-suyak yog` to’kimasi. Bu xujayralardan tsitoplazmasi estradiol, progesteron, testosteron kabi jinsiy gormonlarga maxsus reseptorlar tutadi, bu reseptoralar nerv sistemasida xam bor. 1 darajali tsiklik AMF tashkari prostoglandinlar xam kiradi. Sanab o’tilgan nishon organlarda 1 darajali boshkarishda bachadonda o’zgarish ketadi.

Jinsiy gormonlar ta`sirida bachadonni sikl 1-darajasi (follikulyar) proliferatsiya jarayonlar ketadi va bachadon shillik kavat bezlari ko’payishi sodir bo’ladi. Tarakkiyot cho’kkisi siklni 14-xaftasiga to’gri keladi. Bunda tuxumdonda ovulyatsiya sodir bo’ladi va ajralayotgan progesterone ta`sirida bachadonda setsret xosil bo’ladi, fakatgina sekret bilan tuzilgan shillik kavat urig`langan tuxumni kabul kilishi nmumkin. Agar urug`lanish sodir bo’;masa, unga javoban tuxumdondan ajralayotgan gormonlar kamayashi xisobiga bachadonda ya ikkita faza shillikni ajralib ketishi diskvomatsiya bilan bir vaktda boradigan regeneratsiya sodir bo’ladi.

2-daraja. Tuxundonda donador xujayra gonodotrop gormoniga sezgir retseptorlar bor.

Primat va odamlarda sikl davomida 1 ta follikula rivojlanadi- faol va dominant-keyingi tarakkiyot fakatgina tuxundon emas balki, butun gipotalamo-gipofizar sistema aniklab beardi. Sikl boshlanishida dominant follikula 2 mm gacha rivojlanadi, rivojlanish oxirgi boskichida 21 mm gacha, ba`zi xollarda undan xam kata bo’lishi mumkin.

-esterogen mikdori ortishi LG ni ajralishini stimullaydi, tuxumdonda follikula yorilishi sodir bo’ladi. Tuxum xujayra korin bo’shligiga ajraladi. YOrilgan follikula o’rniga sarik tana xosil bo’ladi.

-sarik tana asosan progesteron, esterogen va androgenlar ajrata boshlaydi. Sarik tana kichrayishida urug`lanish sodir bo’lmaganda prostoglandinlar ishtirok etadi.

-xamma steroid gormonlar xolesterindan xosil bo’ladi, uning sintezida gonodotrop ishtirok etadi: FSG, LG va prolaktin aromataza tasirida androgendan estrogen xosil bo’ladi.

3-daraja. Gipofizni oldingi bo’lagidan (FSG,LG va prolatstin)

FSG tuxumdonda follikula o’sishini donador xujayralarni proliferatsiyasini stimullaydi. LG bilan birga esterogen ajralishi kuchaytiradi, aromatazalr mikdorini oshiradi.

Prolatstin asosiy biologits funksiyasi sut bezini o’sishi laktatsiyani boshkarishi xisoblanadi. Bundan tashkari yog`larni safarbar etadi, kon bosimini tushiradi. Prolaktinni organizmdagi mikdori oshishi minustrual tsiklni buzilishiga olib keladi.

4-darja. Gipotalamo-gipofizar zonasi 3 ta yadrodan tashkil topgan. Vental, dorsal, medial rilizing omillar xosil bo’ladi va trop gormonlarni xosil bo’lishini kuchaytiradi.

Amenoroya- endokrinologiya etnokrinologiyasi xos ginekologik kasalliklarni simptomi xisoblanadi. Aksar xollarda bemor shifokorlarga menustruatsiya bo’lmasligi yoki muddatdan oldin yokolish xolatlari bilan takrorlanadi.

A : Asosiy 1,3,5; Ko’shimcha -1,2,7


6 Ayollar jinsiy azolarini yallig`lanish kasalliklari uning ayol xayot faoliyatiga xarakteri bilan bog`likligi, profilaktik ko’rinishlarini tashkil etish va uning axamiyati (2soat).

Ayollar jinsiy azolari yallig`lanish kasalliklari barcha ginekologik kasalliklarni 50-70% ni tashkil kiladi va asosan yoshlarda uchraydi. Spettsifik va nospetsifik etiologiyaga ega yallig`lanish kasaliklari farklanadi. YAllig`lanish ko’zgatuvchilari orasida stafilokokklar ( kam xolatlarda streptokokk, gonokokk, tuberkulyoz mikobakteriyalari) asosiy o’rin egallaydi. Ichak tayokchalari- enterokokk xam yallig`lanish jaroyoni sababchisi bo’lishi mumkin. Lekin aksariyat xollarda bu mikroblar mavjud yalliglanish o’chog`iga kirib oladi va ikkilamchi kasallanish chakiradi. YAllig`lanish jarayoni ko’zg`atuvchilari bo’lib trixomonada bo’lishi mumkin. Kandidomikoz zamburug`lar jinsiy azolarini yallig`lanish kasalliklari yuzaga kelishida jinsiy yo’llarni normal mikroblar asosiy rol o’ynaydi, u kuyidagi mikroorganizmlarni o’zida tutadi- tayokchasimon flora: kislotali muxit ni ush;ab turadi. Lako-batsillalar, korneobakterialar, difteroidlar.

-kokkli flora: anaerob va asosan aerob kokklar, gemolitik va nogemolitik streptokokklar, b-gemolitik streptokokk, enterokokklar. Ayrimn xollarda klebsellalar, ichak tayokchasi va kondida urugiga kiruvchi zamburug`lar malum sharoitda bu patologik jarayonlarni keltirib chikarishi mumkin.
7. Bachadon yaxshi sifat usmasi. Tuxumdon usmalari. Usmalar jarayonlari rivojida tashki muxit salbiy ta`sirlarini axamiyati (2 soat).

Bachadon miomasi xavfsiz o’smasi xisoblanadi. U o’z navbatda gormonga bog`lik organlarga tegishli. Bachadon miomasi muskul to’kimasidam xosil bo’ladi va o’zining tarkibiga miotsitlarni biriktiruvchi to’kima komponentlari, kon tomirlar peritsid plazmatik va semiz xujayralarni tutadi.

-ilgarilari bu o’sma parenxima stroma xolatiga mioma, fibroma, fibro-mioma nomiga ega bo’lgan. Mioma tugunlari soxsida muskul to’kimasi yani mononukleoz xisobga olgan xolda ko’pgina avtorlar bilan leyomioma deb atashni xisoblashgan.

Turli xil klinik variantlar (kam simptomli va simptomli) joylashishiga bog`lik xolda korin pastki kismida, mushak orasiga shillik osti kavat va oralik variantlar, o’lchamiga ko’ra (kata bo’lmagan, o’rtacha,va katta ), o’rnashishiga ko’ra ( bachadon tubi, tanasi, bo’yni, bo’yin oldi bo’lishi mumkin) O’sish xarakreri ( xakikiy va soxta) kabi varianrlar xos.

Morfologik xususiyatiga ko’ra bachadon miomasi oddiy (oddiy biriktiruvchi to’kimaning) komponentiga ega bo’lishi mumkin va proliferativ ( xujayraviy o’sma xarakteriga ega) bo’lishi mumkin.

Bachadon miomasining ko’payuvchi xujayrasiga ko’ra tomirli, epiteloid, adenomitoz, erterovenoz bo’lishi mumkin.

Eng ko’p morfologik xilma-xillik miomatoz tugunlari kuzatilasdi. Bu esa uning mezenximal kelib chikishiga egaligi (jinsiy do’mbokcha) shuningdek Miller yorig`ini selomik epiteliydan kelib chikishi bilan tushuntiriladi. Bu xujayralardan mioblastlar, stroma xuxjayralari,peritsid, fibroblatstlar, semiz xujayra va plazmatik xujaylar differentsialanadi.

-Bachadon miomasi avtonom o’sishi mumkin ( avtokrin yoki parakrin) bu o’sish faktorlar tasirida gormonga sezgir retseptorlar xosil bo’lishiga xamma o’smalar kabi bachadon miomasi o’sish va rivojlanish jarayoni yangi tomirlar xosil bo’lishi bilan boradi, bu mioangeogenez. Lekin, mioma tomirlari normal tomiradan fark kiladi chunki u past kon okimiga ega, sinusoid xarakterlidir. Proliferativ tez o’suvchi miomalarga yukori xujayraviylik, giperxrom, yukori mikdorda DNK tutadi.

A: Asosiy-1,3,5 Ko’shimcha-1,2,7.

8.Bepusht nikox. Bepushtlik rivojlanishida ijtimoiy va boshka faktorlar axamiyati. Oila rejalashtirishning tibbiy masalalari. Zamonaviy kontratseptsiya usullari (2 soat).

Bepushtlik bilan og`rigan bemorlarni davolashda va tekshirishda u yoki bu tekshirish usullarini ko’llash (gormon va infeksion, skrining, UTT, endoskopik usullar) turli xil klinikalarda amalga oshiriladi. Bepushtlik bo’yicha o’tkazilgan tekshiruv er-xotin bilan konsultatsiya suxbatidan boshlanadi. Bepushtlik xolatiga 30-40%xollarda erkaklarda reproduktiv kobiliyati susaygan. Er-xotinlarni tekshirilishi seksopotolog, nevropotolog, terapevt va yurist konsultatsiyalari bilan o’tkazilishi kerak.

Bepushtlik bo’yicha tekshiruv mudati 2-3 oyidan oshmasligi kerak. Uni davolash klinikaga murojat kilishdan boshlab 2 yildan oshmasligi kerak

Tekshiruv algoritmi ayollarni bepushtlikda avvalo klinik anamnez analiz ko’rsatgichlarini o’z ichiga olishi kerak. Avval boshidan kechirgan kasalliklar jarroxlik ishlari xoxlagan ginekologik operatsiyalarini o’tkazilgani- tuxumdon kistasi, bachadondan tashkari xomiladorlik, bachadon boyni jarroxlik usuli bilan davolash, abort, tug`ruk jarayonlarini og`irlashishi- bepushtlik sababi bo’lishi mumkin bo’lgan og`ir kechgan tug`ruklariga katta e`tibor beriladi.

Ayollarda jinsiy yo’llar bilan yukadigan kasalliklar ( ureoplazma, xlamidoz, gonoreya, virusli infeksiyala) bo’lganini aniklash zarur. CHunki ular bachadon naylari orttirilgan patologiyasi rivojlanishda axamiyati bor. Gormonal telshiruvlar ko’rsatmalar bo’yicha o’tkaziladi. Bachadonni xolatini, naylarini baxolash metodlariga rentgeno-kontrast ko’llash bilan kichik chanok bilan rentgenologik tekshiruv kiradi. YAnada aniq malumotlarni endoskopik usullari, laporoskopiya yordamida olish mumkin. Bepushtlikni davolash muammosi er-xotinni to’lik tekshiruvdan o’tkazilagandan keyin ko’rib chikiladi. Bepushtlik naysimon peritoneal faktorlarni davolashni yallig`lanish jarayonini spetsifik etiologiyasi jinsiy organlardagi silni yo’kotishdan keyin boshlanadi.

Endometriozni davolash xirirgik xamda medikomentoz, kombinirlangan konsepsiyaga saoslangan. Momatoz tugunlarini davolashda konservativ mioektomiya o’tkaziladi. Tuxumdonning retinsion xosilalarini aniklanganda ularni kerakli gistologik tekshiruv bilan olib boriladi, tuxumdonni xakikiy o’smasiga shubxa kilinganda xirirgik aralashishlar konikarliligini

muammosini echish uchun to’kima chegarasigacha enterooperatsiya, patomorfologik tekshiruvlar asosida tuxumdon rezeksiyasi o’tkaziladi. Bepushtlikni endokrin shakllarini davolash davomiyligi va sabablari, shuningdek, bir vaktda kechadigan boshka kasalliklar xam differentsiyalash kerak. Reproduktiv funksiyalar turli xil buzilishlardagi boskichma-boskich kompleks tekshiruv o’tkazish. Turli xil bepushtlik faktorlari o’z navbatida bepusht er-xotinga samarali yordam ko’rsatish kerak.

A: asosiy-1,3,5, Ko’shimcha-1,2,7.


2.2. AMALIY MASHG`ULOTLARNING TAVSIYA ETILADIGAN MAVZULARI


  1. Tugruk majmuasi tuzilishi. Tugruk bulimlarida sanitariya-gigienik sharoitlar. Tugruk yullari va xomila tugruk mavzuisi (4 soat)

Tug`ruk majmuasi tuzilishi. Tug`ruk bo’limlarida sanitariya gigenik sharoitlar.Tug`ruk yo’llari va xomila tug`ruk mavzusi. Urug`lanish. Emberogenez boskichlari. Xomilaga karindoshlik nikox, alkogol, narkotiklar, nikotinni ta`siri. Homiladorlik erta va kechki muddatlari diagnostikasi. Tug`ruqqacha parvarishning JSST tomonidan ishlab chiqilgan yangi modeli. Rejali tug`ruqqacha monitoring. Oilaviy poliklinika ishlash printsiplari, qishloq va shaharda homiladorlarga tibbiy yordamni tashkil etish. Homila ahvolini baholash. Gravidogrammani qo’llash. Homila rivojlanishida nuqsonlarni aniqlash skriningi. Akusherlik asoratlarini oldini olishda oilaviy poliklinikaning o’rni. Homiladorlarni tug`ruqqa fiziopsixoprofilaktik tayyorlash. Homiladorlar kartasi. Tug`ruq rejasini tuzish.

Pedagigik texnologiyalar: munozara, interaktiv o’yinlar “ruchka stolning o’rtasida” - grafik

A-1,3,5, K- 1,2,7.

2. Tugruk biomexanizmi. Fiziologik tugruk klinika. Tugrukni ogriksizlantirish. Chakalokni birlamchi parvarishlash (4 soat).

Fiziologik tug`ruq. Tug`ruqni boshlanishi sabablari. «Tug`ruq akti» to’g`risida tushuncha uning asosiy komponentlari. Tug`ruq faoliyati xarakteristikasi, bachadon qisqarishini boshqaruvchi mexanizmlar. Bachadon qisqarishining ba`zi bir ko’rsatkichlari.

Normal tug`ruqni olib borish va tug`dirish. Tug`ruq davrlari va fazalari diagnostikasi. Bexatar onalik printsiplarini qo’llash. Partogrammani qo’llash. Tug`ruqni uchinchi davrini faol olib borish. Sherikli tug`ruq. Ensa oldingi turida tug`ruq biomexanizmi. CHaqaloq tug`ilgan zaxoti ahvolini baholash. Chaqaloqni issiq himoyalash.

Talabalarga tukkan ayol va chakalok organizmida fiziologik o’zgarishlar chilla davrida ona va bola umumiy axvolini nazorat kilish printsiplarini mukobil baxolash, bilimlarni shakllantirish.

Pedagogits texnologiya: munozara, interaktiv oyin “akliy xujim” -Grafik organayzer, mulyajlarda ishlash, videofilm.

A-1,3,5, K- 1,2,7.



3. Xomiladorlik ilk toksikozi. Xomiladorlik davridagi gipertenziv sindromlar, preeklampsiya, eklampsiya. Tashxislash, birlamchi yordam kursatish, profilaktika. Patologiyani tashki muxit omillari va ish sharoitlar bilan boglikligi (4 soat).

Homiladorlik ilk toksikozlari. Diagnostikasi. Homiladorlar ko’ngil aynishi va qusishi. Etiologiyasi, tasnifi, klinikasi, davolash.

Homiladorlikda gipertenziv sindrom. Homiladorlikda xavfli simptomlar. Homiladorlikda gipertenziv sindrom, preeklampsiya engil va og`ir darajalari, eklam­psiya. Turli formalari diagnostikasi. Gipertenziv sindromda akusherlik taktikasi. Asoratlar: normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishi, homila o’sishdan orqada qolish sindromi HO’OQS, o’tkir buyrak etishmovchiligi O’BE, ko’z to’rpardasi ko’chishi, miya shishi, o’pka shishi, miyaga qon quyilishi, koma, HELLP-sindrom, tug`ruqda qon ketishlar, dissimenirlashgan tomir ichida qon ivish sindromi (DTQIS) va boshqalar. Gipertenziv sindromida UASH taktikasi. Asoratlar profilaktikasi. Preeklampsiya va eklampsiya og`ir formalarida shoshilinch yordam ko’rsatish. Profilaktika va reabilitatsiya choralari.

Pedagogik texnalogiyalar: munozara, keys texnalogiya, grafik organeyzer

A-1,3,5, K- 1,2,7.


  1. EGK va xomiladorlik. EGKni xomiladorlik kechishiga va xomila rivojiga ta`siri. Kasb salbiy omillarni xomila rivojiga ta`siri (4soat).

Siydik yo’li infektsiyalarida homiladorlik va tug`ruq. Pielonefrit. Glomerulonefrit. Homiladorlikda kasallik rivojlanishiga turtki omillari. Simptomsiz bakteriuriya. Gipertenziv buzilishlarida buyrak kasalliklarining ahamiyati. Ona va homila uchun homiladorlik va tug`ruqda asoratlar. Homiladorlikga qarshi ko’rsatmalar. Antenatal parvarish, tug`ruqqa tayyorlash, tug`dirishda va chilla davrida reabilitatsiya xususiyatlari.

Kamqonlikda homiladorlik va tug`ruq. Kamqonlikni homilaga, homiladorlik tug`ruq va chilla davrini kechishiga ta`siri. Homiladorlarda kamqonlikni davolash printsiplari. Kamqonlik kasalligi mavjud ayollarda homiladorlik va tug`ruqni olib borish. Fertil yoshdagi ayollarda kamqonlik profilaktikasi printsiplari.

Antenatal parvarish, tug`ruqqa tayyorlash, tug`dirishda va chilla davrida reabilitatsiya xususiyatlari.

Pedgogik texnalogiyalar: munozara, keys texnalogiyasi, grafik organeyzer

A-1,3,5, K- 1,2,7.


  1. Xomila chanok kismi bilan oldanda yotishi. Xomila notugri joylashishi (4soat).

Homila chanog`i bilan kelganida tug`ruq. Tug`ruq biomexanizmi. Lovset, Moriso-Smelli-Veyta usullari.

Pedagogik texnalogiyalar: munozara, Intiraktiv o’yin,,Akademik baxs”, Grafik organeyzer, mulyajlarda ishlash, videofilm.

A-1,3,5, K- 1,2,7.


  1. Akusherlikda tor chanok, ijtimoiy sabablar. Anatomik va klinik tor chanok. Anatomik tor chanok rivojlanishida kiz bolani jismoniy rivojlanishi va kasallanishini axamiyati (4 soat).

”Anatomik” va “klinik” tor chanoqlar to’g`risida tushuncha. Tor chanoq, etiologiyasi, turlari, tasnifi, diagnostikasi. YAssi chanoqlarda tug`ruqni kechish xususiyatlari. Ko’ndalangiga toraygan tor chanoqlarda tug`ruqni kechish xususiyatlari. Umumiy toraygan tor chanoqlarda tug`ruqni kechish xususiyatlari. CHanoq suyagi anomaliyalarida tug`ruqni asoratlanishi. Tor chanoqlarda tug`ruqni olib borish printsiplari.

Pedagogik texnologiyalar: munozara, Keys texnologiyasi, Grafik organizer, mulyajda ishlash, videofilm.

A-1,3,5, K- 1,2,7.


  1. Xomiladorlikni 2 –yarmida vaginal kon ketishi. Normal joylashgan yuldoshni barvakt kuchishi. Yuldoshni oldinda joylashishi (4 soat).

Normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishi. Yo’ldoshni oldinda yotishi. Normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishi: tasnifi, etiologiyasi, patogenezi, klinik alomatlari, diagnostika usullari, asoratlar. Homiladorlik va tug`ruqda davolash va olib borish printsiplari. Yo’ldoshni oldinda yotishi: etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, homiladorlikni kechishi, diagnostik usullari, akusherlik taktika, asoratlar, profilaktikasi.

Pedagogik texnologiyalar: munozara, Keys texnologiyasi -Grafik organayzer

A-1,3,5, K- 1,2,7.

8. Chilla davrida va ilk chilla davrida vaginal kon ketishi. Kon ketishning ijtimoiy omillarga boglikligi. Kon ketish profilaktikasi (4 soat).

Oksitotsin va/yoki prostaglandinlarni takror yuborganda dozasi. Vaqtinchalik qon ketishini to’xtatish usullari: bachadonni tashqi uqalash, bachadon bimanual kompressiyasi, qorin aortasini bosish. Qon ketishini to’xtatishning jarroxlik usullari: bachadonga B-Linch bo’yicha kompression choklar qo’yish, bachadon arteriyalarini bilateral bog`lash, ichki yonbosh arteriyalarni bilateral bog`lash, gisterektomiya.

Gemorragik shok: etiopatogenezi, tasnifi, klinikasi, diagnostikasi, profilaktikasi. Bemor ahvolini shoshilinch birlamchi baholash. Birlamchi reanimatsiya ( kristalloidlar 3:1da yuborish ). Qon qo’yishga ko’rsatmalar.

Qon ivish tizimi, undagi homiladorlikda o’zgarishlar. Disseminirlashgan tomir ichida qon ivish sindromi (DTQIS) sabablari, diagnostikasi, klinikasi, profilaktikasi. Eritrotsitar massa va yangi muzlatilgan plazma qo’yishga ko’rsatmalar. Akusherlikda qon ketishi xavf guruxi va uning profilaktikasi.

Pedagogik texnologiyalar: munozara, Keys texnologiyasi, Grafik organizer, mulyajda ishlash.

A-1,3,5, K- 1,2,7.



  1. Download 392,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish