32
etuvchi birliklarning pragmatik, kognitiv, lingvomadaniyat, deyktik,
stilistik
hodisalarini o‟z ichiga qamrab oladi.
Kichik sintaksisning asosiy o‟rganish ob‟ekti gap bo‟ladigan bo‟lsa,
ma‟lumki, gap bir yoki bir necha so‟zlardan tashkil topgan, tugal fikrni
ifodalaydigan, uch belgi, ya‟ni predikativlik, modallik va prosodikani o‟zida
mujassamlashtirgan hosiladir.
Har qanday gap predikativlik xususiyatiga ega bo‟lishi majburiy
shartlardan biridir. Aks holda u gap emas, balki so‟zlar yig‟indisidan iborat bo‟lib
qoladi. Predikativlik asosida an‟anaviy grammatikalarda ta‟riflanishicha,
ega va
kesimdan anglashilgan fikr tushuniladi. Lekin predikativlikni bunday ta‟riflashda
ham ayrim nuqson borligi ham seziladi. Chunki, predikativlik nafaqat ega va
kesimdan anglashilgan fikrga aytiladi, balki, bir tarkibli gaplarda ham predikativlik
mavjudligini aytib o‟tish lozim. Ko‟pgina tilshunoslarning fikricha, predikativlik
deganda, asosan, kesim vazifasini bajaruvchi element tushuniladi. Lekin,
predikativlik tushunchasi asosan, gapning asosiy mazmuni, tugalligini anglatuvchi
elementga nisbatan aytiladi.
Modallik deganda, so‟zlovchining aytiladigan fikrga sub‟ektiv munosabati
va aytiladigan fikrning real voqelikka bo‟lgan munosabati tushuniladi. Demak, har
qanday tugal fikrni anglatuvchi bir yoki bir necha so‟zdan iborat gaplarda modallik
mavjuddir.
Prosodika ham gapning asosiy belgilaridan biri hisoblanib, har qanday
tugal fikrni anglatuvchi so‟z, so‟z birikmasi yoki gap nutqqa ko‟chganda ma‟lum
bir ohangda talaffuz etilishini tushunamiz. Ohang
nutqning ajralmas tarkibiy
qismidir, chunki ohang nutqda gap ma‟nolarini bir biridan ajratib turuvchi vosita
hisoblanadi. Demak, gap bu nutq materialidir.
Katta sintaksisning ish ob‟ekti matn va uni tashkil etuvchi birliklar,
matnning leksik-grammatik vositalari hamda semantik tuzilishi, kommunikativ
maqsadiga ko‟ra tasnifi kabi masalalar bilan shug‟ullanadi.
Til birliklarining sintaktik tahliliga tilshunoslar turlicha yondashadilar.
Bular quyidagilardan iborat:
33
1) Bosh va ikkinchi darajali bo‟laklarga
ajratib tahlil qilish;
2) Tema va remani aniqlash usuli bilan tahlil qilish;
3) Bevosita ishtirokchilarga ajratib tahlil qilish;
4) Komponent va sintaksemalarga ajratib tahlil qilish;
5) Derevatsiyalash imkoniyatlari asosida tahlil qilish;
Katta sintaksisning asosiy ish ob‟ekti matn tilshunosligi bo‟lib, unda
matnni kognitiv nuqtai nazardan tahlil qilish, matnni mazmun jihatdan
konseptlarga ajratish kabi jarayonlar kuzatiladi.
Ma‟lumki, hozirgi vaqtda matn tahliliga nisbatan pragmatik nuqtai
nazardan yondashuv jadal rivojlanmoqda. Sintaksis gap turlari strukturasi haqidagi
ta‟limot bo‟lsa, pragmatika lingvistik qurilmalarning tuzilishi, ularning grammatik
xususiyatlari va munosabatlarini yorituvchi fan emas, balkigap belgisi va
propozitsiyaning matndagi muvofiqligini so‟zlovchi
va tinglovchi tomonidan
oqilona ta‟minlanishini o‟rganuvchi fandir. Demak, pragmatika ko‟proq nutqiy
faoliyat va uning bosqichlarini aniqlash bilan shug‟ullanadi. Ular 3 bosqichdan
iborat bo‟lgan harakatlar: lokutiv, illokutiv, perlakutiv.
1)
Lokutiv – nutqiy faoliyat ijrosi;
2)
Illokutiv – so‟zlovchi va suhbatdosh o‟rtasidagi munosabatlarning
ifodalanishi;
3)
Perlokutiv – so‟zlovchi nutqining tinglovchiga ta‟siri.
Do'stlaringiz bilan baham: