37
tilshunoslar esa gapning grammatik yoki fonetik mezonlar asosida aniqlash
usullarini qayd qilishadi.
9
Inglizshunos olimlar gap tasnifiga nisbatan struktur jihatdan hamda aytilish
(kommunikativ) maqsadga ko‟ra yondashgan holda tasniflaydilar. (V.N.Jigadlo,
I.P.Ivanova, L.L.Iofik, 1959, 228-232; J.Bo‟ronov, O‟.Hoshimov, X.
Ismatullayev,
1974,291-304).
Ayrim tilshunoslar gapni tasniflashda ularning muloqatda tutgan o‟rniga
ko‟ra uch guruhga ajratadi:
a)
a situation sentence
– situativ gap, ya‟ni muloqot jarayonida biror
kishini chaqirish, salomlashish, xitob qilish kabilar kiradi;
b)
sequence-sentence
– so‟zlovchi o‟zgarmasdan suhbatni davom ettirish
jarayonida bayon etiladigan gaplar;
c)
a response-sentence
– so‟zlovchilar almashib, suhbatni davom
ettirishda qo‟llaniladigan gaplar.
Bundan tashqari, N.Francis matn va suhbatdan zavqlanish holatlarida
qo‟llaniladigan gaplarni olti guruhga ajratadi:
1.
A greeting
–
uchrashganda, xayrlashganda ishlatiladigan streotip
jumlalar;
2.
A call
– chaqirish, qisqa gaplardan iborat va suhbatdosh diqqatini
qaratishga bag‟ishlangan gaplar;
3.
An exclamation
– qisqa gaplardan tashkil topgan, so‟zlovchining his
hayajonini ifodalash yoki suhbatdoshning his-hayajonini uyg‟otishda kutilmaganda
ifodalanadigan gaplar;
4.
A question
– savol berishda ifodalanadigan gaplar;
5.
A request
– salomlashish yoki chaqirish jarayonida iltimos, taklif kabi
ma‟nolarni ifodalovchi gaplar;
6.
A statement
– suhbatdosh fikrini tasdiqlashda, arz qilishda
qo‟llaniladigan yoki suhbatdosh diqqatini o‟ziga jalb qiluvchi gaplar.
10
9
E. Kruising, A Handbook of Present Day English, 235-236.
10
N.Francis, The structure of American English-New York; Wiley, 1998, p226-227.
38
Yuqorida qayd qilganimizdek, gap tasnifi turlicha talqin qilinishining
guvohi bo‟ldik. An‟anaviy grammatikalarda gap kommunikativ maqsadiga ko‟ra:
“declarative,
interrogative, imperative”, turlarga ajratiladi.
11
Ushbu tasnifga
qo‟shimcha holda so‟zlovchi gap orqali darak, so‟roq, buyruqlar bilan birga
o‟zining emotsional munosabatini, his-tuyg‟ularini ham ifodalaydi. Shunga ko‟ra
gap yana ikki turga bo‟linadi:
a) emotsional gaplar; b) emotsional bo‟lmagan gaplar [ J. Bo‟ronov,
O‟.Hoshimov, X. Ismatullayev, - Toshkent, 1974,29.]. V.N.Jigadlo, P.Ivanova,
L.L.Iofiklar esa gapni to‟rt turga ajratadi: 1.Darak gaplar, 2. So‟roq gaplar, 3.
Undov gaplar,
4. Buyruq gaplar [V.N.Jigadlo, P.Ivanova, L.L.Iofik. 1956,232].
I.N.Ivanova, V.V.Burlakova, G.G.Pochepsovlar gaplarni tasniflashda uchta
aspektga tayanish kerak, deb ta‟kidlaydi: a) strukturaviy; b) semantik; v) pragmatik
[I.N.Ivanova, V.V.Burlakova, G.G.Pochepsov. 1981,173.]. Ammo ushbu nazariy
bo‟yicha darslikda faqat gapning strukturaviy tasnifiga to‟xtaladi.
G.G.Pochepsovning ta‟kidlashicha, gapning
strukturaviy tasnifi deganda,
gaplar grammatik ma‟nolarining shakliy ko‟rsatkichlari asosida tadqiq qilinadi.
Unda gapning tasdiq/inkor, buyruq/so‟roq, shaxsli/shaxssiz belgilari o‟rganiladi.
Gapning semantik aspekti esa gapning ma‟noviy belgilarini, ya‟ni gap
bo‟laklari, ergash gaplar, qo‟shma gaplarning bir qismi, to‟ldiruvchi, hol,
shuningdek, ularning semantik roli yoki “agens”, “patiens” va hokazolarini o‟z
ichiga oladi.
Gapning pragmatik aspekti nutq aktida gaplardan foydalanish jarayonidan
iboratdir. Undan asosan, katta sintaksis ob‟ekti
hisoblangan matn doirasida
foydalaniladi (G.G.Pochepsov,173).
Umuman olganda, gaplar strukturasiga ko‟ra tasniflanganda soda
Do'stlaringiz bilan baham: