O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/48
Sana21.06.2022
Hajmi0,87 Mb.
#689617
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
I bob bo’yicha xulosa 
Til strukturasining tarixiy-tipologik tadqiq etish ob‟ekt alohida 
kategoriyalar shaklsi va alohida grammatik kategoriyalar emas, balki organik 
jihatdan bog‟langan va bir-biriga ta‟sir etuvchi turkiy tillar umumiy strukturasini 
hosil qiluvchi tilning alohida bosqichlaridir. Asosiy tipologik birliklar birinchi 
navbatda shu guruh tillari uchun emas, balki barcha tillar umumiy bo‟lgan, 
universal kategoriyalar hisoblanuvchi gap va so‟z birikmalarining sintaktik birligi 
hisoblanadi, chunki sintaktik kategoriyalar va ularning bir-biriga munosabati, 
xususan, so‟z birikmalarida aniqlovchi va aniqlanmishga tegishli attributiv 
munosabatlar, sub‟ekt va predikat hamda ob‟ekt va predikatning gapdagi 
munosabatlari butun kishilikka xos umumiy tafakkur jarayonlarining tildagi aks 
etishiga tegishlidir. 
Tipologik tadqiqotning navbatdagi asosiy birliklaridan biri so‟z bo‟lib, 
uning morfema tuzilishi bir xil emas. So‟z o‟zak morfemaning so‟z yasovchi va 
so‟z o‟zgartiruvchi affiks morfemalar bilan munosabati asosida aniqlanuvchi 
birlikdir. So‟z va so‟z birikmalari tuzilishining izomorfizmi genetik jihatdan 
affiksal morfemalar o‟zlarining affikslariga aylanishidan oldin mustaqil so‟zlar 
bo‟lgani va so‟zga nisbatan mavhumroq ma‟noga ega bo‟lgan o‟zak morfema 
asosidagi birlik bo‟lgani bilan izohlanadi. Nihoyat, fonologik va semisiologik 
bosqichlarning tipologik tahlili organik (tuzilish) jihatdan tilning grammatik 
strukturasidan uzoqroq joylashgan fonema va sema kabi birliklar bilan bog‟liq 
bo‟lib, alohida o‟rin egallaydi.
7
Inson tafakkurida aks etuvchi va tilda tushuncha aktlarini ifodalovchi 
asosiy sintaktik birliklar hisoblanuvchi tafakkur aktlari o‟zining kelib chiqish 
mag‟zi bilan ancha umumiy va universaldir. Xususan, barcha kishilar uchun 
umumiy va tildagi universal konstantalar hisoblanuvchi tafakkur aktlaridan va 
ularga to‟g‟ri keluvchi gap va so‟z birikmalaridan kelib chiqib, tildagi boshqa 
hamma universal konstantalarni va ularning har xil tildagi modifikatsiyalarini 
7
Общее языкознание, Внутренная структура языка. М.Наука, 1970. 


30 
aniqlash mumkin bo‟ladi. Ko‟rinadiki, universal konstantalar va ularning konkret 
spestifik ishlatilishi tafakkur kategoriyalari bilan til kategoriyalari o‟rtasidagi 
munosabatni o‟rganish orqali chuqurroq ochiladi. Logik (mantiqiy) kategoriyalar 
barcha tillarni birlashtiruvchi umumiy xususiyatlarning gap va so‟z birikmalari 
strukturasida ikki xil aks etishidir. 
Gap va so‟z birikmalari barcha tillarda umumiy strukturaga ega bo‟lib, ular 
faqat gaplardagi sub‟ekt-predikat munosabatlarini va so‟z birikmalaridagi attributiv 
munosabatlarini ifodalovchi morfologik kategoriyalarning har xilligi bilangina 
farqlanadi. Qarindosh guruh tillarining, masalan, turkiy tillarning, tarixiy-tipologik 
tadqiq qilish vazifasiga asosiy tafakkur aktlarini ko‟rib o‟tish va tahlil qilish, 
ularning tiplari, tilda ishlatuvchi konkret shakllarini aniqlash kiradi. Har bir tilning 
strukturasi, avvalo, diaxronik jihatdan har xil shakllangan, har xil sintaktik 
konstruksiya modellarida ifodalangan umumiy va asosiy tafakkur kategoriyalari, 
tafakkurning asosiy tiplari va ularning tildagi har xil shakllari ishlatilishi bilan 
izohlanadi. Bu har xil modellar alohida qarindosh tillarda har xil darajadagi 
produktivlik (mahsuldorlik)ka ega bo‟ladi va bu ularning xronologiyasi va 
taraqqiyot jarayon qonuniyatlarini aniqlashga imkon beradi. Har xil sintaktik 
konstruksiyalar va ularning morfologik shakllanishini tipologik qiyoslash barcha 
qarindosh konkret tillarning asosiy rivojlanish etaplarini aniqlashga, bu tillarning 
umumiy tipologik xususiyatlarini, ularning namunali ideal strukturasi va buning 
har bir qarindosh tildagi alohida (spesifik) belgilarini, birinchidan, ikki rivojlanish 
qonuniyatlari, ikkinchidan, har xil substrat va adstratlar ta‟siridagi xususiyatlarni 
o‟rganishga imkon beradi. 


31 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish