O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu: Maktabgacha ta`lim tashkilotlarining kichik guruh yoshidagi bolalarni rasm chizishga o’rgatish



Download 5,09 Mb.
bet92/137
Sana18.04.2022
Hajmi5,09 Mb.
#561142
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   137
Bog'liq
ТАСВИРИЙ ФАОЛИЯТ МЕТ 2021

5.Mavzu: Maktabgacha ta`lim tashkilotlarining kichik guruh yoshidagi bolalarni rasm chizishga o’rgatish.
Reja.
1.Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori.
2.Musavvirlik haqida tushuncha.
3.Kichik guruh bolalarini rasm chizishga o’rgatishning ahamiyati.
4.Rasm chizishga o’rgatishning dastur mazmuni.

Maktabgacha davrda tasviriy faoliyat bilan shug’ullanish bolalar uchun qiziqarli mashg’ulotlardan hisoblanadi. Bolalarni ertaklar olami, tabiat, tevarak-atrof hodisalari bilan tanishtirishda tasviriy ifoda vositalarining o’rni beqiyosdir. Rasm chizish jarayoni, bolalarda malaka, ko’nikmalar hosil qilish bilan birga fikrlash, faraz qilish qobiliyatlarini ham tobora rivojlantirib boradi.


Bolani tasviriy faoliyatga o’rgatishda dastlab unga rang haqida tushuncha berish, ularni idrok etishni o’rgatish, shakllar bilan tanishtirish lozim.
Tasviriy san’at – boshqa san’at turlari kabi, ish jarayonida bolalardan to’liq erkinliklarni talab etadi. Rasmga bo’lgan qiziqish bolalarda barvaqt paydo bo’ladi. Ota-onalar, akalari, opalari ruchka, qalam bilan qanday harakat qilayotganlarini kuzata borib, kichkintoylar ham qo’llariga qalam olib, uni qog’oz betida yurgizishga urinadilar. Ammo boshlanishda ularda hech narsa chiqmaydi: qo’l itoat etmaydi, rasmni qanday qilib chizish kerakligi oilada kamdan – kam o’rgatiladi.
Bolaning tasviriy faoliyatga uyushgan holda aralashuvi birinchi kichik guruhdan boshlanadi. Eng avvalo bolalarni qog’oz bilan tanishtirish, ularning e’tiborini qalamning iz qoldirishiga jalb etish zarur.
Bolani qog’ozga chizilgan chiziqlarni payqashga, qalam yoki mo’yqalamni qog’oz ustida yuritishni kuzatib borishga o’rgatish kerak. Bolalarni hosil bo’lgan chiziqlarni atrofdagi narsalarga o’xshashligini topishga, anglashga, uni qaytadan chizishga undash kerak. Bu guruhdagi eng muhim vazifalardan biri bolalarni qalam va mo’yqalamni mushtumchalarida emas, balki barmoqlari bilan to’g’ri ushlashga o’rgatishdir.
Rasm chizish bu guruhda bolalarni guruhchalarga bo’lgan holda o’tkaziladi. Bolalar tahminan 10 daqiqa rasm chizadilar. Ba’zi birlari ishni oldinroq, boshqalari bir oz kechroq tugatadilar. Boshqa rasm chizishni hohlamagan bolaga tarbiyachi o’rnidan turishga ruhsat beradi. I – kichik guruhda mashg’ulotlar o’tkazayotganda hamma bolalarga bir xil talab qo’yib bo’lmaydi. Muhimi ularda tasviriy faoliyatga qiziqish, o’z kuchini sinab ko’rish istagini tarbiyalash, mashg’ulotlar jarayonida ma’lum axloq qoidalari va jihozlardan to’g’ri foydalanish ko’nikmalarini singdirishdir.
Kichkintoylarning birinchi rasmlari – tartibsiz chiziqlar, yetarli darajada bosilmasdan bo’lib-bo’lib, ba’zan duch kelgan tomonga qarab chizilgan chiziqlardir. Biroq ikki-uch marta chizib ko’rilgach, harakat birmuncha tartibli harakterga ega bo’ladi.
Bolalarga “Ipni yumaloq qilib qanday o’raladi”, “Pirildoq qanday aylanadi”, “Mo’ridan tutun chiqayapti” va shu kabilarni chizishni taklif qilish kerak.

Uzluksiz harakatdan bola ayrim-ayrim harakatga o’tadi.Ayrim chiziqlar xilma-xilroq harakter kasb etadi: yumaloq, ilon izi chiziqlar chiziladi, burchaklar hosil qilinadi.Tasvirni tanib bo’lmas darajada ekanligi tarbiyachini ajablantirmasin. Qog’oz betini to’ldirish maqsadida chizilgan rasm, qalam va mo’yqalam bilan qilingan harakat bola uchun juda foydali. Mana shunday erkin rasm chizish uchun birinchi 3-4 faoliyat ajratilishi kerak.


Bolalar 3-4 faoliyatda qalam bilan rasm chizganlaridan so’ng bo’yoq bilan rasm chizishga o’tishlari mumkin. Birinchi faoliyatdayoq bolalarga mo’yqalam va bo’yoqni ko’rsatish kerak. Keyingi faoliyatda bolalarga mo’yqalamni qanday ushlash, bo’yoqni qanday olish, ortiqcha bo’yoqni mo’yni idish chetiga tegizib olish yo’li bilan tushirishni yana ko’rsatish kerak.
Bu guruhda bolalar tevarak-atrofda bo’lib turgan harakatlar – barglarning uchishi, yomg’ir, qor yog’ishi, tutunning yuqoriga ko’tarilishi, bolaning yo’lkadan yurib ketishi hamda oyoq izlarining qolishi kabilardir. I – kichik guruhda o’rgatishning quyidagi usuli foydali; tarbiyachi bola qo’lini ushlab, u bilan birgalikda yo’lka, lenta va shu kabilar rasmini chizadi. Bola bunda harakat harakterini, uning uzunligini sezadi. Shundan so’ng uning o’zi dadil harakat qila boshlaydi.
To’rt yoshga qadam qo’ygan bolalarda ko’p ruhiy jarayonlar: idrok, fikrlash, xotira takomillashadi va rivojlanadi. Asta-sekin bolalarda asosiy ranglar, ba’zi bir shakllar haqida tushunchalar tarkib topa boradi. Bolalar rasm chizishda yumaloq, to’g’ri to’rtburchak, uchburchaklarni, to’g’ri chiziq va kesishgan chiziqlar chizishga o’rgatiladi. Kichkintoy ifodalanishida duch keladigan birinchi va birmuncha oddiy shakl – bu yumaloq shakldir. Bolalarni yumaloq shakldagi narsalarning rasmini chizishga o’rgatish uchun ularga halqachalar, g’ildirakchalar, sovun pufaklari, havo shari, koptok, mevalar, yong’oqlar va boshqa ko’p narsalarning rasmini chizishni taklif qilish mumkin. Bolalarni bir necha qismlardan iborat bo’lgan narsalarni tasvirlashga o’rgatishda, shuningdek, marjonlar, qorbobo, gullar, ip bog’langan sharlar turli tuzilishga ega bo’lgan shaqildoqlar, jo’jachalar va shu kabilardan foydalanish mumkin.
Tevarak atrofdagi voqea va hodisalar bolalarda katta qiziqish paydo qiladi. Bahor keldi, daraxtlarda yaproqchalar, birinchi gullar paydo bo’ldi. Bularning rasmini bolalar mamnuniyat bilan chizadilar va ularga chizish uchun imkoniyat yaratish kerak. To’g’ri to’rtburchak shaklidagi narsalarning rasmini chizish harakatni o’z vaqtida to’xtatib qolishni va uni burchaklar kelganda o’zgartirishni talab qiladi. Bolalar harakatni o’z vaqtida to’xtata olmaydilar, chiziqni boshqa yo’nalishda olib bora olmaydilar, to’g’ri burchak hosil qila olmaydilar. Bolalarning to’g’ri to’rtburchak chizishni o’rganib olishlariga yordam berish uchun har bir chiziqni alohida chizib olish usulini qo’llash mumkin. Masalan, oldin bolalarga gorizontal chiziq chizilgan qog’oz beriladi.

Bolalarning qalam va mo’yqalamni to’g’ri ushlashga o’rgatishni davom ettirish zarur. Qalamning bola qo’lidagi to’g’ri holati tasvirlash vazifalarini hal qilish uchun zarur bo’lgan erkin va yengil harakatlarni ta’minlaydi. Imkoniyat bo’lgan hollarda bolalarga flomaster berish lozim: ular rangi ochiq yo’g’on chiziqlar chizish imkonini beradi: u bilan rasm chizish qattiq bosishni talab qilmaydi – qog’ozga sal tekkizilsa izi qoladi. Flomasterlar bilan chizilgan rasmlar o’zining ravshanligi, yorqinligi bilan bolalarni quvontiradi.


To’rt yoshga qadam qo’ygan bolalarning harakatini o’z vaqtida to’xtatib qolishga o’rgatish kerak. Qo’l harakati, birinchi kichik guruhda talab qilinganidek, faqat qog’oz cheti bilan emas, balki rasm tomonidan belgilanadigan boshqa nuqtalar bilan ham cheklanadi. Masalan, narvoncha rasmini chizishda harakatning davom etishi narvonchaning kattaligi, pog’onalarning uzunligi bilan belgilanadi. Rasm chizish usullarini o’sish qonuniyatlari bilan bog’lamaslik kerak. Agar daraxt yerdan o’sib chiqadigan bo’lsa, bu mutlaqo uni pastdan yuqoriga qarab chizish kerak, agar shohchalar daraxt tanasidan o’sib chiqsa, ularni aksiga emas, balki tanadan boshlab chizish kerak, degan so’z emas. Shunga intilish kerakki, bolalar chiziqlarni turli tomonlarga: yuqoriga, pastga, pastdan yuqoriga, chapdan-o’ngga va o’ngdan chapga erkinlik bilan chiza olsinlar.
Birinchi faoliyatlardan boshlaboq bolalarga olti xil rangli qalam to’plamini berish mumkin, biroq ulardan bu qalamlarning rangi qanaqa ekanligini darrov bilib olishlari va aytishlarini talab qilmaslik kerak.Tarbiyachi muntazam suratda ularning e’tiborini tasvirlanayotgan narsalar rangiga jalb etadi. (Masalan, “yashil o’t rasmini, qizil sharchalar rasmini chizamiz”, ”sariq va ko’k doirachalarni chizamiz” ) va asta – sekin bolalar hamma ranglarni bilib oladilar. Doira shakldagi narsalarni tasvirlashga o’rgata boshlanilganda tarbiyachi bolalarga doira shaklida hohlagan narsaning rasmini chizishni buyuradi. Mazmunni bolalarning o’zi ijod etadigan va hal qiladigan mashg’ulotlar uchun tarbiyachi tomonidan taklif qilingan mavzular va shuningdek, tabiat voqealari bilan bog’liq bo’lgan mavzular bo’yicha o’tkazilgan faoliyatlar misol bo’lishi mumkin. Ba’zi vaqtlarda tarbiyachi bir oz mavzuni ochib berib, bolalarga rasm mazmunini o’ylashda yordam beradi: “Quyosh isita boshladi, daraxtlar va shohchalarda barglar ko’rindi, ko’m-ko’k o’t o’smoqda, u quyoshga intilmoqda. Mana endi bahor haqida kim nimani istasa ana shuning rasmini chizsin”.
Rasm chizish uchun bolalarga oq yoki ko’k rangli qog’oz berish mumkin. Tarbiyachi yumaloq shakllarni rasmini chizishni o’rgatganda bolalar bir tekis, qo’lni uzmasdan harakat qilish mashqini bajaradilar. Bunda faoliyatlarning katta ahamiyatga ega ekanligini esda saqlash kerak. Shunday qilib, II – kichik guruhda rasm chizishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi.
tevarak-atrofdagi buyumlardan ba’zilarini oddiy usulda tasvirlash, ularning asosiy qismlarini ko’rsata olish.
Asosiy ranglarning farqini va nomini bilish.
2 – 3 buyumni birlashtirib tasvirlash, ularni yerda turganday qilib, qog’oz betining ostki qismiga joylashtirish, turli tomonlarga chiziqlar chizish, ularni bir-biridan ajratilgan holda tasvirlash.
Qalam va mo’yqalamni to’g’ri ushlash, rasmlarning kichikroq qismlarini bo’yash, ish stoli atrofida to’g’ri o’tirish vazifalari amalga oshiriladi.
Savol va topshiriqlar:
1Musavvirlik haqida gapiring.
2.Kichik guruhda bollarga qanday rasmlar chizdiriladi?
3.Rasm chizishga o’rgatishda tarbiyachi foydalanadigan usullarni aytib bering.



Download 5,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish