O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rasm chizishga o’rgatish va noan’anaviy rasm chizish turlari



Download 5,09 Mb.
bet89/137
Sana18.04.2022
Hajmi5,09 Mb.
#561142
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   137
Bog'liq
ТАСВИРИЙ ФАОЛИЯТ МЕТ 2021

3.Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rasm chizishga o’rgatish va noan’anaviy rasm chizish turlari.
Reja:
1.Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori.
2.Musavvirlik haqida tushuncha.
3.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida IMEN usullaridan foydalanish yo’llari.
4.Rasm chizishga o’rgatishning dastur mazmuni.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rasm solish, loydan buyum yasash, qirqib-yopishtirish va qurish-yasashga o’rgatish o’z mazmuni, usuli va tashkil qilinishi jihatdan tarbiyaviy ahamiyatga ega. Tarbiyachi bolalarga bilim berish, ularda ko’nikma va malaka hosil qilish bilan birga ularni tashabbuskorlikka, maqsadga intiluvchan bo’lishga, qunt bilan ishlashga odatlantiradi, ular tafakkurining, tuyg’ularining, tasavvurining rivojlanishi haqida, ularda badiiy did va ijodiy qobiliyat ni tarbiyalash haqida g’amxo’rlik qiladi. MTTda qo’llanadigan usullar butun bolalar jamoasiga ta’lim berishga qaratilgandir. Bu hol bolani o’z holicha qoldirmay, tarbiyachi tomonidan ayrim-ayrim bolalarning bajarayotgan ish tarkibiga, har bir bolaning malaka va ko’nikma hosil qilish darajasiga, qobiliyatining ravnaq topishiga e’tibor berib turishiga yordam beradi. Ana shunday qilingandagina mashg’ulotlarda qo’llaniladigan o’rgatish metodi va usullarining samarali ekanligi, to’g’riligi darajasini payqay olish mumkin.
Tasviriy faoliyat turlari ko’pincha sayrda, mashg’ulotlarda, o’yinlarda, bayramlarda bolalarning biror taassurotga ega bo’lishidan so’ng boshlanadi. Avval olingan taassurotlar bilan bog’liq bo’lgan rasm solish, loydan buyum yasashdan oldin tarbiyachi ko’rilgan buyumlarni eslatadi, ular haqida bolalar bilan suhbat o’tkazadi.
Bolalar, imkoni bo’lgan vaqtda, tasvirlayotgan narsalar bilan mashg’ulotning o’zidayoq tanishadilar. Gullagan o’rik, bodom, olcha novdalari, barglar, sabzavot, mevalar, akvariumdagi baliqchalar, qushlar, toshbaqa, tipratikanlar narsalarning asli bo’la oladi. Novdalar, gullar, mevalar, butun tasvirlash mashg’uloti davomida boshdan oxirigacha ularning asli bo’lib xizmat qilishi mumkin. Tirik jonivorlarning asliga qarab tasvirlashga to’g’ri kelganda, jonivorning hamma tomonlarini ko’rib bo’lingach olib ketiladi, chunki ular bolalarning diqqatini bo’ladi. Tarbiyachi bolalar bilan biror narsani tasvirlash uchun ko’rib chiqayotgan vaqtda, bolalarga bu narsaning nomini aytadi, qismlarini tushuntiradi, hajmi, shakli, rangi haqida izohlar beradi. Bolalarning kuzatuvchanligini o’stirishga, tasavvurini aniqlashga qaratilgan hamma usullar, ya’ni buyumlarni mashg’ulotda va mashg’ulotdan tashqarida kuzatishlar bolalarni tasvirlashga o’rgatish usullari sifatida ham muhimdir. Tarbiyachi o’z gapini imo-ishoralar bilan ham tushuntiradi, u atrofini chizgandek buyum shaklini qo’li bilan aylantirib ko’rsatadi, uni qo’li bilan ushlab o’zi yasayotgandek qo’li bilan chuqur joylarini siqadi. Bolalar tarbiyachining qo’l harakatlariga razm solib kuzatadilar va bo’ladigan tasvirlash jarayonini yaqqolroq tasavvur qiladilar.
Bolalar ma’lum darajada boshlang’ich malaka va ko’nikma hosil qilganlaridan so’ng tarbiyachi ko’proq buyum namunasini ko’rsatib tushuntirishi mumkin. Buyumni qanday yasash kerakligini ko’rsatmay turib namunaga amal qilish juda qiyindir, chunki buyum namunasiga qarab ishlash tez fahmlay bilishni, ishni bajarish uchun oldin bilib olgan usullarni qo’llay olishni talab qiladi. Bolalar berilgan buyumlarni tasvirlashning asosiy usullarini bilib olganlaridan so’nggina, misol tariqasida buyum namunalarini qo’llanilishi mumkin. Namunalarni bolalarga faqat mashg’ulot davomida ko’rsatilishidan yoki ularning ko’z o’ngida uzoq vaqt saqlanib turishidan qat’i – nazar ularda tasvirlanuvchi buyum haqida to’g’ri tasavvur qilish lozim, unda buyumlarning shakli, ayrim qismlarining katta-kichikligi buzib ko’rsatilmasligi kerak. Rasm solish, loydan buyum yasash, applikatsiya qilish va qurish-yasashda qo’llaniladigan namunalar faqat o’rgatish ahamiyatigagina ega bo’lmasdan, ular bilim berish, badiiy – tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.
Tarbiyachi faqat tushuntirish usullarinigina emas, balki bolalar bilan suhbat qilish malakasini ham egallashi zarur. Bolalar bilan suhbatlashganda, asosan ularga tanish bo’lgan so’zlarni qo’llanilishi lozim. Shu bilan birga buyumlar uning xususiyati, materiali, tasvirlash usullari bilan tanishish ko’zga ko’ringan tasavvurlar asosida bolalarning so’z boyligini boyitishga imkon beradi. Bunda o’zlashtirilgan yangi so’zlar aniq va konkret ma’noga ega bo’ladi, chunki bolalar bir vaqtning o’zida bu so’zlar bilan atalgan, buyumning o’zini ko’radilar.
Bolalarning barcha yosh guruhlarida olib borilib, tasviriy faoliyatga qiziqish uyg’otib ta’limning yanada samaraliroq chiqishiga yordam beradi. Loy bilan ishlash va bezash ishlarini bolalar mashg’ulotdan keyingi o’yin jarayonida ham qo’llashlari mumkin. Bunday bog’liqlik bolalarning mashg’ulotlarga qiziqishini kuchaytiradi, ya’ni bolalar quyoncha uchun sabzi, qo’g’irchoq uchun kulcha non, “Magazin” o’yini uchun turli xil meva va sabzavotlarni yasashlari, qo’g’irchoq uchun mebel yoki uycha qurib berishlarini ko’rishimiz mumkin. Bir faoliyatda turli xil usullardan ham foydalanish mumkin. Bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olib, ularga dastur mazmunini yetkazish lozim.
Savol va topshiriqlar:

  1. Musavirlik haqida nimalarni bilasiz?

  2. MTT da rasm chizishning qanday turlaridan foydalaniladi?

  3. Rasm chizishga o’rgatishning dastur mazmunini aytib bering.




Download 5,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish