O’quv mashg’ulotining slaydli taqdimoti.
Darsning oltin qoidalari. 1- ilova.
1. O’zaro hurmat.
2. O’z- o’zini nazorat etish.
3. Mazmundan uzoqlashmaslik.
4. Mas’uliyatni sezish.
5. Ko’tarilgan qo’l qoidasi.
6. Tartibga rioya qilish.
7. Zavq bilan o’qish.
8. … taklif kiriting.
B.Blum taksonomiyasi bo’yicha nazorat topshiriqlari: 2- ilova.
I. Topshiriq : Individual ishlash uchun:
Topshiriqni bajarish savollari:
1. “Ilk qadam” dasturidan katta guruhda rasm chizishga o’rgatish dastur mazmunini o’qib chiqing.
2.Katta guruh uchun berilgan rasm mavzulari bilan tanishib, ulardan birini tanlang.
3 Tanlagan mavzu uchun faoliyat loyihasi maqsadi yozing.
II. Topshiriq: Kichik guruhchalarda ishlash. O’quvchilarni qoidalar bilan tanishtirish.
3 x 4 metodini qo’llash.Mavzular:
1. Buyumli rasm chizishga o’rgatish.
2. Bezakli rasm chizishga o’rgatish.
3.Mazmunli rasm chizishga o’rgatish.
4. Ixtiyoriy rasm chizishga o’rgatish.
O’quvchilar guruhchalarda ishlab, taqdimot tayyorlaydilar.
III Topshiriq. Test namunalari berish.
Yopiq test. Katta guruhda rasm mashg’ulotlari necha daqiqa davom etadi?
30 daqiqa.
25 daqiqa.
20 daqiqa.
35 daqiqa.
Ochiq test. … rasm chizishning asosiy maqsadi bolaning atrof-muhitdan olgan taassurotlarini ifodalashga o’rgatishdir.( Mazmunli)
Mutanosiblikni o’rnatuvchi test.
Tabiat manzaralari, yil fasllari Buyumli rasm solish.
ertaklar asosida rasm chizish.
Aylana ichida naqsh, o’simliksimon naqsh. Mazmunli rasm solish.
Transport turlari, odam, mevalar, sabzavot. Bezakli rasm solish
Amaliy o’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli.
10.Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining katta guruh yoshidagi bolalarni rasm chizishga o’rgatish.
O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli.
Vaqt: 80 daqiqa
|
Ta’lim oluvchilar soni
|
O’quv mashg’uloti shakli va turi
|
Amaliy – bilimlarni mustahkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish
|
O’quv mashg’uloti rejasi
|
1.Katta guruhda rasm chizishning turlari.
2. Rasm chizishga o’rgatishning dastur mazmuni..
3. Rasm chizish faoliyat ishlanmasi tuzish.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: O’quvchilarni katta guruhda o’tkaziladigan rasm chizish,ularning turlari, vazifalari, rasm chizishga o’rgatishning dastur mazmuni bilan tanishtirish,katta guruhda uchun rasm chizish loyihasi ishlab chiqishni o’rgatish.
|
Pedagogik vazifalar:
1. Katta guruhda rasm chizishga o’rgatish vazifalari haqida tushuncha berish.
2. Katta guruhda rasm chizishga o’rgatishning dastur mazmuni tushuntirish.
3.Rasm chizishning turlari bilan tanishtirish.
4. Rasm chizish faoliyati loyihasi tuzishni o’rgatish.
|
O’quv faoliyat natijalari:
Katta guruhda rasm chizishga o’rgatish vazifalari haqidagi bilimlari mustahkamlanadi.
Katta guruhda rasm chizishga o’rgatishning dastur mazmuni o’rganadilar.
Rasm chizish faoliyati turlari bilan tanishadilar.
Katta guruh uchun rasm chizish faoliyati loyihasi yozishni o’rganadilar.
|
O’qitish metodlari
|
Amaliy, ko’rsatish, namuna.
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakli
|
Jamoaviy, kichik guruhchalarda.
|
O’qitish vositalari
|
Ма’ruza-matn, “Ilk qadam” tayanch dasturi, darslik, katta guruh uchun mos rasm namunalari, , katta guruh uchun rasm faoliyat loyihasidan namuna.
|
O’qitishning sharoiti
|
Tasviriy faoliyat metodikasi o’quv xonasi
|
Qayta aloqaning usul va
Vositalari
|
Savol-javob, nazorat savollari, katta guruh uchun rasm faoliyati loyihasi ishlash, dastur asosida rasm namunalari tayyorlash.
|
O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi.
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1-bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish
(10 daqiqa)
|
Tashkiliy boshlanishi
1.1.O’quvchilar davomati va darsga tayyorgarligini tekshiradi.Baholash mezoni bilan tanishtiriladi.( 1- ilova)
1.2.Mavzuni nomini e’lon qiladi va mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi. .Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar roýhatini aytadi.O’quv faoliyati natijalari bilan tanishtiradi .
|
Tinglaydilar va yozib oladilar
Oldin o’rgangan mavzularini qisqacha javob beradilar
Adabiyotlar roýhatini yozib oladilar.
|
2-bosqich.
Asosiy
(60 daqiqa)
|
O’quvchilar bilimini faollashtirish.
2.1. O’quvchilar faolligini oshiradi.
2.2. Javoblarni tinglab, ular bo’yicha xulosa qiladi.
Yangi o’quv materiali bayoni.
2.3. Katta guruhda rasm chizishga o’rgatish vazifalari haqida haqida tushuncha beradi.
2.4.Katta guruhda rasm chizishga o’rgatishning dastur mazmuni o’rgatadi.Yakka topshiriqlar beradi.
2.5. Rasm chizish faoliyatining turlari haqida ko’rsatmalar beradi.
2.6.Katta guruh uchun rasm chizish faoliyati ishlanmasi tuzishni o’rgatadi..
2.7.O’quvchilarning guruhchalardagi ishlarini kuzatadi.
2.8. Guruhlar yo’l qo’ygan kamchilik va xatolari o’qituvchi tomonidan to’g’rilanib to’ldiriladi.
|
O’rganilgan bilimlarini tartibga soladilar.
B. Blum taksonomiyasi asosida “Ilk qadam” dasturi asosida katta guruhda rasm mashg’uloti uchun maqsad yozishni o’rganadilar.
|
3-bosqich.
Yakuniy
(10 daqiqa)
|
Yakunlash.
3.1. Mavzu boýicha yakuniy xulosa beradi, tushintiradi Test namunalari beriladi.
3.2. Guruhlarni o’zaro baholanishini ma’lum qilgach natijalarni sharhlaydi.
3.3Uyga vazifa beradi .Dastur asosida namunalar tayyorlash.
|
Testlarga javob beradilar.
Topshiriqni yozib oladilar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |