Vaqt: 80 daqiqa
|
Ta’lim oluvchilar soni
|
O’quv mashg’uloti shakli va turi
|
Nazariy-yangi bilimlarni egallash bo’yicha nazariy mashg’ulot.
|
O’quv mashg’uloti rejasi
|
1 Maktabga tayyorlov guruhda rasm chizishga o’rgatish vazifalari.
2. Rasm chizlishga o’rgatishning dastur mazmuni.
3.Rasm chizish faoliyatining turlari.
4. Rasm chizish faoliyati loyihasi tuzish.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: O’quvchilarni maktabga tayyorlov guruhda o’tkaziladigan rasm faoliyatlari,ularning turlari, vazifalari, rasm chizishga o’rgatishning dastur mazmuni bilan tanishtirish, maktabga tayyorlov uchun rasm faoliyati loyihasi ishlab chiqishni o’rgatish.
|
Pedagogik vazifalar:
1. Maktabga tayyorlov guruhda rasm chizishga o’rgatish vazifalari haqida tushuncha berish.
2. Maktabga tayyorlov guruhda rasm chizishga o’rgatishning dastur mazmuni tushuntirish.
3.Rasm chizish faoliyatiining turlari bilan tanishtirish.
4. Rasm chizish faoliyati loyihasi tuzishni o’rgatish.
|
O’quv faoliyati natijalari:
Maktabga tayyorlov guruhda rasm chizishga o’rgatish vazifalari haqidagi bilimlari mustahkamlanadi.
Maktabga tayyorlov guruhda rasm chizishga o’rgatishning dastur mazmuni o’rganadilar.
Rasm chizish faoliyati turlari bilan tanishadilar.
Maktabga tayyorlov guruh uchun rasm chizish faoliyati loyihasi yozishni o’rganadilar.
|
O’qitish metodlari
|
Amaliy, ko’rsatish, tushuntirish.
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shaki
|
Jamoaviy, kichik guruhchalarda.
|
O’qitish vositalari
|
Ма’ruza-matn, “Ilk qadam” dasturi, darslik, maktabga tayyorlov guruh uchun mos rasm namunalar maktabga tayyorlov guruh uchun rasm faoliyat loyihasidan namuna.
|
O’qitish sharoiti
|
Tasviriy faoliyat metodikasi o’quv xonasi
|
Qayta aloqaning usul va
Vositalari
|
Savol-javob, nazorat savollari, maktabga tayyorlov guruh uchun rasm faoliyati loyihasi ishlash, dastur asosida rasm namunalari tayyorlash.
|
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1-bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish
(10 daqiqa)
|
Tashkiliy boshlanishi
1.1.O’quvchilar davomati va darsga tayyorgarligini tekshiradi.
Mavzuga kirish.
1.2.Mavzuni nomini e’lon qiladi va mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi. .Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar roýhatini aytadi.O’quv faoliyati natijalari bilan tanishtiradi .
|
Tinglaydilar va yozib oladilar
Oldin o’rgangan mavzularini qisqacha javob beradilar
Adabiyotlar roýhatini yozib oladilar.
|
2-bosqich.
Asosiy
(60 daqiqa)
|
O’quvchilar bilimini faollashtirish.
2.1. B.B.B.metodi orqali o’quvchilar faolligini oshiradi (1-ilova).
2.2. Javoblarni tinglab, ular bo’yicha xulosa qiladi.
Yangi o’quv materiali bayoni.
2.3. Maktabga tayyorlov guruhda rasm chizishga o’rgatish vazifalari haqida haqida tushuncha beradi.
2.4. Maktabga tayyorlov guruhda rasm chizishga o’rgatishning dastur mazmuni o’rgatadi.
2.5. Rasm chizishfaoliyatining turlari haqida ko’rsatmalar beradi.
2.6. Maktabga tayyorlov guruh uchun rasm chizish faoliyati loyihasi tuzishni o’rgatadi..
2.7.O’quvchilarning guruhchalardagi ishlarini kuzatadi.( 2- ilova)
2.8. Guruhlar yo’l qo’ygan kamchilik va xatolari o’qituvchi tomonidan to’g’rilanib to’ldiriladi.
|
B.B.B metodi orqali bilimlarini tartibga soladilar.
Rasm chizish faoliyati vazifalarini o’rganadilar.
Topshiriqni bajaradilar va taqdimot qiladilar
Kichik guruhchalarda ishlaydilar.
|
3-bosqich.
Yakuniy
(10 daqiqa)
|
Yakunlash.
3.1. Mavzu boýicha yakuniy xulosa beradi, tushintiradi.B.B.B.jadvali tugallanadi.
3.2. Guruhlarni o’zaro baholanishini ma’lum qilgach natijalarni sharhlaydi.
3.3.Uyga vazifa beradi .Mavzuni o’rganish.
|
Jadvalni to’ldiradilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni yozib oladilar
|