O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 394,94 Kb.
bet3/8
Sana21.03.2022
Hajmi394,94 Kb.
#505360
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aralash turdagi murakkab qòshma gaplarning semantik-sintaktik tuzilishi

1.2Gaplarning sintaktik tahlili.
Badiiy matnning morfologik xususiyatlari haqida gap ketganda, morfologik birliklarning ishlatilishi bilan bog`liq holatlar nazarda tutiladi. Morfologik birliklarning estetik vazifasi deyilganda mahsus so`z shakllari vositasida, shuningdek, ma'lum bir grammatik ma'no va funktsiyaga ega bo`lgan so`z shakllarini mahsus qo`llash orqali ekspressivlik – emotsionallik ifodalanishi tushiniladi.
Ekspressivlik ijobiy va salbiy ma'no ottenkasiga ega bo`lgan so`zlarda aniq ko`rinib turadi. Badiiy matn lisoniy tahlil qilinganda ana shunday birliklarni ajratish, qaysi turkumga oidligi, kimning nutqida, nima maqsadda qo`llanilganligi, kimga nisbatan, qanday vaziyatda ishlatilganligi e'tiborga olinishi zarur.
Odatda, erkalash, suyish, hurmat, ulug`lash kabi ma'nolar ijobiy, jirkanish, mensimaslik, kibr, masxara, nafrat, g`azab, kinoya kabi munosabatlarni bildiruvchi so`zlar salbiy ma'no ottenkasiga ega bo`lgan so`zlar kiradi. Tahlil jarayonida matnda qo`llanilgan barcha morfologik birliklar emas, estetik maqsad aniq ko`rinib turgan, yozuvchining badiiy niyati ifodalangan morfologik o`zgachaliklar haqida so`z yuritiladi. Masalan: takror, morfologik parallelizm.
Atoqli otlar: G`oyibnazar Pinxonov, Oldi Sottiev, Tijoratxon, Dehqonqul.
Badiiy matnning ta'sirchanligini ta'minlashda sintaktik usuldan keng foydalaniladi.
Badiiy adabiyotda ifodali nutq vositasi sifatida muhim rol o`ynaydigan, mazmunan stabillashgan nutq oborotlari sintaktik-stilistik figuralar deyiladi.
Sintaktik figuralar nutq ta'sirchanligini oshirish, tasviriylikni kuchaytirishga yordam beruvchi maxsus sintaktik qurilish, nutq ko`rinishlaridir. Troplar so`zlar bilan ish ko`rsa, figuralar gap tuzilishi va gapdan anglashilgan umumiy ma'noga asoslanadi.
Figuralar nutqni ohangdor, ta'sirchan va jozibador qilishi va shu yo`l bilan tinglovchi tomonidan osonlik bilan qabul qilinishida muhim uslubiy vositadir. Shuning uchun ham ularni ma'lum darajada nutq muzikasi deyish mumkin.
Matnni sintaktik jihatdan tahlil etishda sohaga oid barcha adabiyotlarda quyidagi uslubiy vositalarga e’tibor berish qayd etiladi: 1.Sintaktik parallelizm. 2. Emotsional gaplar. 3. Ritorik so’roq gap. 4. Inversiya. 5. Ellipsis. 6. Sukut. 7. Gradatsiya. 8.Antiteza. 9. Farqlash.10. O’xshatish.
Badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan gaplar ko’p qo’llaniladi. Tilshunoslikda bunday atamalar parellelizm (yun. parallelos-yonma-yon boruvchi) atamasi ostida o’rganiladi.
Parallelizm – ikki hodisani yonma-yon qo`yib tasvirlash orqali ularni bir
biriga qiyoslash usuli bo`lib, undan tasvir etilayotgan ob'ektga tinglovchini diqqatini qayta tortish maqsadida foydalaniladi. Parallelizmning asosiy vazifasi fikrga izoh berish, unga tinglovchini to`la ishontira olishdan iborat.
Parallelizm usuli his-hayajon, ko`tarinki ruh bilan aytilgan nutq ko`rinishlari uchun xarakterli bo`lib, tinglovchida turli emotsiyalarni uyg`otuvchi ifoda shakli hisoblanadi. Parallelizm natijasida davomiylik, ko`tarinkilik, qat'iylik kabi ifodalanishiga erishiladi.Ular til uslubiy vositalarining boyish manbalaridan biri bo’lib, poetik nutqda ko’p qo’llanadigan, eng mahsuldor va ta’sirchan sintaktik birlik hisoblanadi. Bir xil shakllangan gaplar badiiy nutq ta’sirchanligini oshirish bilan birga ma’noni kuchaytirishga va fikrningbatafsil – atroflicha ifodalanishiga, tasvir obyekti bilan bog’liq malumotlar fondining kengayib borishiga xizmat qiladi.
Quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.Nutqninggo`zal va jozibador bo`lishini ta'minlaydi. Tinglovchining diqqati asosiy ob'ektga jalb etiladi, u orqali fikr tez anglashiladi.
2.U orqali fikrni lo`nda, aniq, o`tkir, jonli va kuchli ifodalash imkoniyati tug`iladi.
3.Parallelizm vositasida fikrning tub mohiyati ochib beriladi, fikr predmetining asosiy sifatlari yoritiladi.
4.Mantiqiy jihatdan ajratib ko`rsatish orqali fikr ob'ekti haqida keng ma'lumot beradi.
Umr degan bir keladi, yoshlik ham bir keladi.
Emotsional gaplar. So’zlovchining o’ta xursandlik yoki o’ta xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini,voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsional gaplar hisoblanadi.Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy bo’yoqdor so’zlar ( chehra, o’ktam, tabassum , turq,qo’pol, tirjaymoq kabi ) mavjud bo’ladi. O’sha so’zlar orqali qahramon ruhiyatida kechayotgan sevinch, qo’rquv, g’azab kabi psixologik jarayonlarni hamda yozuvchining tasvir obyektiga nisbatan subyektiv munosabatini bilib olamiz. Emotsional gaplar tarkibida ijobiy yoki salbiy bo’yoqdor so’z va iboralar,his-tuyg’u ifodalovchi undovlar ( oh, voy, eh attang, voy sho’rim, bay-bay-bay kabi), munosabat ifodalovchi undalmalar qatnashadi va ular nutqning ekspressivligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Inversiya- gap bo`laklarining o`rin almashinishi yoki gap bo`laklarining joylashish tartibini ma'lum maqsad bilan o`zgarishi hodisasiga aytiladi. Inversiya og`zaki nutqqa xos xususiyat. Badiiy asarda qahramonlar nutqini jonli nutqqa yaqinlashtirish, qahramon nutqini individuallashtirish uchun inversiyadan foydalaniladi. She'riyatda ifodalilik ohangdorlik, ta'sirdorlikni oshirishga xizmat qiladi. Masaln:
Bozprga o’xshaydi asli bu dunyo,
Bozorga o’xshaydi bunda ham ma’ni.
Ikkisi ichra ham ko’rmadim aslo,
Molim yomon degan biror kimsani.( A. Oripov )

Download 394,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish