V IT A M IN L A R
Organizmning normal yashashi uchun asosiy ovqat moddalari, mine
ral tuzlardan tashqari, vitaminlar (lotincha vita — hayot so'zidan olin
gan) kerak bo'ladi. Barcha vitaminlar (А, В, C, D, E, G, R) ikki guruhga:
suvda eriydigan В va С vitaminlar hamda yog'da eriydigan A, D, К
vitaminlarga bo'linadi. Vitaminlar o'simliklar bilan oziqlanuvchi hayvon
to'qimalarida ham vujudga keladi. Shuning uchun o'simlik va hayvonlar
odam uchun vitaminlar manbai hisoblanadi. Vitaminlarning ko'pchiligi
fermentlar faoliyatini oshiradi, binobarin, ular hayot uchun zarur bo'lib,
organizmda yetishmaganda moddalar almashinuvi jarayoni buziladi. В
guruh vitaminlar va vitamin К odamda yo'g'on ichakdagi bakteriyalar
florasini sintezlaydi. Shuning uchun ichak florasini halok etuvchi antibi-
otiklar bilan davolash paytida vitaminlar ham iste’mol qilish kerak bo'ladi.
Organizmda vitaminlarning kamayishi gipovitaminoz, yetishmasligi avi-
taminoz kasalligiga sabab bo'ladi. Masalan, vitamin С yetishmasa, singa,
D yetishmasa raxit kasalligi kelib chiqadi. Organizmda yetishmagan
vitaminlar berilsa, kasal tez tuzaladi.
Suvda eriydigan vitaminlar С va В guruh vitaminlar bo'lib, organiz
mda sintezlanmaydi, ular organizmga o'simlikli ovqatlar tarkibiga kiradi.
V i t a m i n С (askorbin kislota) na’matak, mevalar, limonda ko'p
bo'ladi. Bu vitamin uglevodlar va oqsillar almashinuvi jarayonida muhim
rol o'ynaydi. U organizmda kamaysa, qonda glukoza, jigarda glikogen
kamayib, oqsil moddalarining parchalanishi kuchayadi. Natijada singa
kasalligi paydo bo'lib, darmon quriydi. Yurakning normal ishlashi izdan
chiqadi. Kapillarlar mo'rt bo'lib, teri osti va bo'g'imlarda qon quyilishi
ro'y beradi. Milklar bo'shashib, qonaydigan, tishlar esa tushib ketadigan
bo'lib qoladi. Bu vaqtda vitamin С qabul qilinsa, kasal tuzaladi. Odamning
vitamin С ga bo'lgan ehtiyoji bir kecha-kunduzda 75— 100 mg ga to'g'ri
keladi.
В guruh vitaminlar guruch po'stida, jigar, yong'oq, cho'chqa go'shti-
da ko'proq bo'lib, ular vitamin B (, B2, B |2 kabi holatda uchraydi. Bu
vitaminlar har birining o'ziga xos xususiyatlari va ta’sirlari bor. Jumladan,
odamning vitamin B : (tiamin) ga bo'lgan ehtiyoji bir kecha-kunduzga
o'rtacha 2— 3 mg bo'lib, u uglevodlar, yog'lar va oqsillar almashinuvida
faol qatnashadi. Organizmda vitamin B, yetishmasa, uglevodlar, yog'lar
va oqsillar almashinuvi jarayoni buziladi, nervlarning qo'zg'aluvchan
www.ziyouz.com kutubxonasi
xususiyati pasayib, odam tez charchaydi, ishtahasi yo'qoladi. Organizmda
vitamin B, surunkasiga yetishmasa, nerv sistemasi zararlanib, og'riq paydo
bo'ladi, muskullar atrofiyalanib, shol bo'ladi. Yurak-qon tomirlar va hazm
sistemalari normal ishlamaydi.
V i t a m i n B2 (riboflavin). Odamning bir kecha-kunduzdagi ehtiyoji
1—2 mg bo'lib, moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi. Organizmda
bu vitamin kamaysa, moddalar almashinuvi buzilib, odam labining
burchaklari bichilib, tili qip-qizil tusga kiradi. Yosh bolalarda vitamin B2
yetishmasa, ulaming o'sishi pasayib, ko'zlari yallig'lanadi. Vitamin B2
jigar, buyrak va o'simliklarda ko'p bo'ladi.
V i t a m i n PP (nikotin kislota) odam organizmiga bir kecha-kunduz-
da o'rtacha 15—20 mg kerak bo'ladi. Nikotin kislota sabzavotlar, go'shtda
ko'p. Organizmda vitamin PP yetishmaganda teri yallig'lanib qizaradi,
ich suradi va odamning ruhiy holati buzilib, nerv sistemasining faoliyati
izdan chiqadi.
V i t a m i n B6 (piridoksin). Odamga bir kecha-kunduzda 2—3 mg
vitamin B6 yetarli bo'lib, aminokislotalar almashishi jarayonida ferment-
lar ta’sirini kuchaytiradi. Vitamin B6 ko'proq guruch kepagida, achitqida,
buyrak, jigar va go'sht tarkibida bo'ladi. Odam organizmida bu vitamin
yetishmasa, ishtaha pasayib, ko'ngil ayniydi, darmonsizlik kuzatiladi, teri
yallig'lanadi.
V i t a m i n B |2 (sianokobalamin) qoramol va jo'ja jigarida ko'proq
bo'ladi. Odamda ichak bakteriyalari orqali sintezlanadi. Organizmda vitamin
B|2 yetishmasa, qon yaratish faoliyati pasayib, kamqonlik (anemiya)
kasalligi paydo bo'ladi.
Yog'da eriydigan vitaminlarga vitamin A, D, К kiradi.
V i t a m i n A (retinol) odam uchun bir kecha-kunduzga 1— 1,5 mg
miqdorda kerak bo'lib, baliq moyi, o'simlik tarkibida uchraydi. Vitamin
A ko'zning ko'rish qobiliyatini saqlab, organizmning yuqumli kasallik-
larga qarshiligini oshiradi. Organizmda vitamin A yetishmaganda
shabko'rlikka (kunduzi ko'rib, qorong'ida ko'rmaydi) va shox pardaning
kasallanishiga sabab bo'ladi.
V i t a m i n D (kalsiferol) baliq moyi, sariyog' va tuxum sarig'ida
bo'lib, organizm uchun bir kecha-kunduzga 0,03—0,07 g kerak bo'ladi.
Vitamin D organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soladi.
Odamda bu vitamin yetishmasa (ayniqsa yosh bolalarda) suyaklar yumshab,
tishlarning chiqishi kechikadi, ya’ni raxit kasalligi boshlanadi. Shuning
uchun yosh bolalarga vitamin D (0,05— 0,07 g) berib turish kerak.
Organizmda vitamin D ning ko'payishi muskul va buyraklarda kalsiy
yig'ilib qolishiga sabab bo'ladi.
V i t a m i n К (filoxinon) yoki antigemorragik vitamin odamga bir
kecha-kunduzda 1— 2 mg kerak. U karam (xlorofilli o'sim lik), barcha
www.ziyouz.com kutubxonasi
yashil rangli o'sim liklar, pomidor, jigarda ko‘p bo'ladi. Ozroq miqdor
da uni ichak bakteriyalari sintezlaydi. Organizmda avitaminoz К bo'lganda
jigarda protrombin chiqishi kamayib, qon ivishi buziladi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |