O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


IS SIQ L IK N IN G ID O R A E T IL ISH I


bet168/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   299
IS SIQ L IK N IN G ID O R A E T IL ISH I
Organizmda moddalar almashinuvi jarayonida issiqlik ajraladi. Uning 
bir qismi tashqi muhitga chiqadi. Organizmda issiqlik — harorat bir 
me’yorda saqlanishi uchun odam tanasidagi issiqlik bilan tashqariga 
ajraladigan issiqlik teng bo'lib turishi kerak. Odamda asosiy issiqlik mus­
kullar qisqarishidan hosil bo'lib, faol ishlagan vaqtda issiqlik ajralishi 
ko'payadi. Issiqlik muskullardan tashqari, ichki a’zolarda (ko'proq jigarda) 
moddalar almashinuvi jarayonida ham hosil bo'ladi. Odam issiqlikni teri, 
o'pka orqali va siydik, axlat bilan birga tashqariga chiqaradi. Atrof-muhit 
harorati o'zgarib turishiga qaramasdan, organizm o'z haroratini nerv va 
qon orqali doimiy bir me’yorda saqlab turadi. Jumladan, atrof-muhitda 
harorat ko'tarilganda terida joylashgan nerv oxirlari (retseptorlar) qo'zg'alib, 
bosh miyadagi haroratni boshqaruvchi markazga boradi, undan harakat 
nervlari orqali muskullarga, so'ng teriga keladi. Muskullar bo'shashadi, 
moddalar almashinuvi jarayoni pasayadi, teri qon tomirlari kengayib, 
issiqlik ajratadi, hatto teridan ter chiqib, badanni sovitib turadi. Aksincha, 
atrof-muhit harorati pasayganda retseptorlar ta’sirida muskullar qisqara­
di, teri qon tomirlari torayadi, tonus oshib, «titrash» paydo bo'ladi, mod­
dalar almashinuvi jarayoni tezlashadi. Natijada teridan issiqlik kamroq 
ajralib, gavdada ko'proq issiqlik saqlanadi. Organizmda harorat bir xilda 
saqlanishi uchun ichki sekretsiya bezlari faol qatnashadi. Odam harorati 
o'rtacha 36— 37° gacha (qo'ltiqdan o'lchanadi) bo'lib, bir kecha-kunduzda 
1° atrofida o'zgarib turadi. Chaqaloqlarda haroratni to 'g 'ri ichakdan 
o'lchanadi. Odam organizmida harorat ko'tarilgan vaqtda yurak urishi 
tezlashadi, qon bosimi oshib, bosh og'riydi. Odam harorati 39— 40° dan 
yuqori ko'tarilganda alahsiraydi, harorati 43° bo'lganda moddalar 
almashinuvi jarayoni buzilib, o'lib qoladi.
Odam harakatsiz paytida gavda haroratini saqlash uchun bir kecha- 
kunduzda o'rtacha 2000 kaloriya yetarli bo'lsa, mehnat qilganda, yugur- 
ganda issiqlikka bo'lgan ehtiyoj ortadi. Kerakli issiqlik moddalar 
almashinuvining kuchayishi tufayli ta’minlanadi. Termoregulatsiya nerv 
sistemasi va endokrin bezlar (qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari, gipo- 
fiz) ishtirokida bajariladi.
Organizmning issiqlik regulatsiyasi sovqotganda yoki isitmada buziladi.
S o v q o t i s h . Gavda haroratining pasayishi (gipotermiya) organizmga 
past harorat ta’sir qilganda kuzatiladi. Tashqi muhit harorati odam 
haroratidan 10— 15°C kamayganda sovqotish seziladi.
Zax havoda organizmdan issiqlik ajralishi kuchayib, odam tez sovqotadi. 
Qariyalar va yosh bolalar sovuqqa sezgir bo'ladilar. Ochlik, kasal bo'lgan
www.ziyouz.com kutubxonasi


vaqtda qon aylanishi pasayadi, yengil kiyingan va harakatsiz turgan odamlar 
atrof-muhit harorati pasayishidan kuchli ta’sirlanadilar. Sovqotish odam 
gavdasining periferik tomirlari torayib, issiqlik berishning kamayishidan 
boshlanadi. Ayni vaqtda organizmda issiqlik hosil bo'lishi kuchayadi. 
Bunga qon bosimining ko'tarilishi va muskullarda issiqlik hosil bo'lishini 
kuchaytiradigan qaltirash yordam beradi. Odam uzoq vaqt sovqotganda 
uning issiqlik yo'qotishi kuchayadi, kislorod ko'plab sarflanib, kislorod 
tanqisligi paydo bo'ladi. Markaziy nerv sistemasi tormozlanadi. Periferik 
tomirlar kengayib, issiqlik berish kuchayadi, gavda harorati esa asta- 
sekin pasayadi. Bu holatda moddalar almashinuvi sustlashib, qon bosimi 
pasayadi. Funksiyalar zaiflashib, odam o'zini charchagan sezadi. Sovqotish 
davom etib, gavda harorati 23—24°C gacha pasaysa, nafas olish to'xtab, 
o'lim sodir bo'ladi.
Q i z i s h odam uzoq vaqt yuqori harorat ta’sirida bo'lganda (saraton- 
da va issiq sexlarda ishlaganda, jismoniy mehnat qilganda) ro'y beradi. 
Bundan tashqari, qizish bulutli issiq kunlarda, nam havoda (shamol esganda) 
ham kuzatiladi. Aksincha, kuchli terlaganda odam 50—60°C issiqlikka 
ham chidashi mumkin. Lekin ko'p terlaganda ter bilan ko'plab tuz yo'qo- 
tadi. Bu esa qonda tuz kamayishiga, noxush holatlarga sabab bo'ladi.
Qizish moddalar almashinuvining kuchayishi va gavda haroratining 
ko'tarilishi bilan boshlanadi. Keyinchalik reflekslar yo'qolib, yurak faoliyati 
susayib, talvasa tutadi.
I s s i q u r i s h i qizishning birdan boshlanish turidir. Bunda odam 
kuchli hansiraydi, yurak tez uradi, qayt qilib, talvasa tutadi, oxiri hushdan 
ketadi. Issiq urishida organizmning issiqlik ajratishi qiyinlashib, gavda 
harorati 42— 48°C gacha ko'tariladi. Issiq urishi ko'pincha o'lim bilan 
tugaydi.
O f t o b u r i s h i
quyosh nurlaii bosliga kuchli ta’sir etganda ro'y 
beradi. Bunda bosh qizib, miya tomirlari kengayib, qon aylanishi buziladi. 
Natijada, miyada va uning pardalarida nuqtasimon qon quyilishlar paydo 
bo'ladi. Bosh miya kuchli qo'zg'alib, odam ruhiyatida o'zgarish kuzatiladi, 
talvasa tutadi.
I s i t m a . Ko'pchilik, ayniqsa yuqumli kasalliklarda gavda harorati­
ning ko'tarilishi kuzatiladi. Bunga isitma deyiladi.
Isitmada moddalar almashinuvi, yurak-tomir va nafas sistemasi faoliyati 
buziladi.
Bunda atrof-muhit harorati qanday bo'lishidan qat’i nazar, gavda harorati 
bir xil saqlanadi. Masalan, ich terlama kasalligi kuchaygan paytda gavda 
harorati 40°C dan tushmaydi. Isitma ko'pincha nerv va endokrin 
sistemalarining buzilishiga bog'liq bo'lib, odam qizish va sovishga moyil 
bo'ladi.
Isitma aksariyat yuqumli kasalliklarda mikroblarning toksinlari va 
to'qimalarning parchalanish mahsulotlari ta’sirida yuzaga chiqadi. Bulardan
www.ziyouz.com kutubxonasi


tashqari, organizmga yot oqsillar tushganda, bosh miya lat yeganda, yiringli 
yaralarda va ba’zi dorilar ta’sirida ham isitma kuzatiladi.
Isitmada organizmda issiqlik hosil bo'lishi kuchayib, issiqlik berish 
esa kamayadi. Isitma sabablari bartaraf qilinmaguncha organizm normal 
holatga qaytmaydi. Isitmada uch bosqich tafovut qilinadi.
1. Haroratning ko'tarilish bosqichi qisqa (2— 3 kun) bo'lib, terining 
qon tomirlari qisqarib, issiqlik ishlash kuchayadi, issiqlik chiqarish esa 
kamayib, organizmda issiqlik to'planadi, gavda isib ketadi. Tomirlaming 
qisqarishi bemomi qaltiratadi. Qaltirash kuchaygan sari muskullar titraydi.
2. Ikkinchi bosqichda harorat ko'tarilishi turg'un bo'ladi. Issiqlik hosil 
bo'lishi bilan issiqlik berish baravarlashadi. Moddalar almashinuvi kuchayib, 
siydik bilan chiqadigan azot (oqsilning parchalanish mahsuloti) ko'payib, 
bemor ahvoli og'irlashadi.
Suv va tuzning organizmda ko'plab tutilishi natijasida siydik kam 
ajraladi.
3. Uchinchi bosqichda harorat pasayib, qon tomirlar kengayadi, issiq­
lik berish asta-sekin kuchayadi. Lekin bemor gavdasining harorati normadan 
past bo'lsa-da, go'yo issiqlik (subyektiv) bordek his qiladi.
Odatda, harorat turli kasalliklarda turlicha bo'ladi. Jumladan, o'pka 
shamollashi kasalliklarida doimiy turdagi isitma kuzatiladi. Bunda ertalabki 
harorat bilan kechqurungi haroratning farqi ko'pincha 1°C ga tengligi 
kuzatiladi.
Sepsis (qonga yiring tarqalgan)da, o'pka silida ertalabki harorat bilan 
kechqurungi haroratning farqi 3—4° С bo'ladi. Bunday haroratga 
remittirlanuvchi isitma
deyiladi.
Intermittirlanuvchi
(o'zgaruvchan) 
isitmada
isitmasiz davr bilan isitmali 
davr (bezgakda) almashib turadi. Qaytalanuvchi isitmada harorat 5— 8 
kun saqlanib, normal holat bilan almashinib boradi. Bunday isitma 
qaytalanuvchi terlama kasalligida kuzatiladi.
Subferbil
haroratda haroratning bir daraja ko'tarilishi uzoq muddat 
(sil va endokrin, surunkali yallig'lanish kasalliklarida) davom etadi. Isitma 
paytida ichki a’zolarda bir qadar o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Jumladan, 
odam harorati ko'tarilgan sari nafas olish kuchayadi. Yurak urishi ritmi 
(taxikardiya) tezlashadi. Haroratning har bir daraja ko'tarilishi yurakning 
urish sur’atini bir minutda 10 tagacha ko'paytiradi. Masalan, 37°C da bir 
minutda yurak 70 marta qisqarsa, 38°C da urish minutiga 80 taga yetadi 
va h.k.
Isitma paytida bosh o g 'riyd i, k o 'zga har xil narsalar ko 'rin ib 
(gallusianatsiya), bemor alahsiraydi. Harorat ko'tarilganda so'lak ajralishi 
kamayib, og'iz quriydi. Me’da, me’da osti bezi shiralari kamayadi. Natijada 
ovqat hazmi buzilib, gaz to'planadi. Ich qotishi yoki ketishi kuzatiladi. 
Isitma boshlanishida siydik ko'p ajralib, harorat ko'tarilgan sari kamayadi. 
Siydikda oqsillaming to'la parchalanmagan mahsulotlari paydo bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bulaming hammasi organizmning isitmaga moslashish, kasalliklarga 
qarshi kurashish reaksiyasi hisoblanadi. Shuning uchun isitma ko'pchilik 
hollarda organizm uchun foydalidir. Gavda harorati organizmning reaktivlik 
darajasini ko'rsatadi. Davomli isitma esa, aksincha, organizmga salbiy 
ta’sir qiladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish