9
103-rasm. M e’daning kesilgandagi
ko'rinishi.
M e’daning kirish va chiqish
qism lari tafovut qilinadi. Uning
kirish — kardiya qismi XI ko'krak
umurtqasi qarshisida turadi. M e’
daning chiqish qismi I bel umurtqasi
ro'parasining o 'ng tom onida o 'n
ikki barmoq ichakka qo'shilib ke
tadi. Chiqish qismining o'zi ikkiga
3 - me’da tubi; 4 - m e ’da burmalari; 5 -
m e’daning katta egriligi; 6 - m e’daning
chiqish qismi; 7 - m e’da chiqish qismining
kanali; 8 - m e ’daning chiqish teshigi; 9 -
siquvchi muskul; 1 0 - m e’daning kichik
1 - qizilo'ngach; 2 - m e’daga kirish qismi;
ajralgan, kengaygan qismi — bosh
lanishida bo'lib, g'orcha deyilsa, to-
rayib davom etgan joyi kanal bo'lagi
deyiladi.
egriligi.
O vqat bilan o 'rta c h a to 'lg a n
me’da yuqoridan jigar chap bo'la-
www.ziyouz.com kutubxonasi
104-rasm. Ko'krak qafasi va qorin
bo'shlig'ida joylashgan a'zolar.
1 - hiqildoq; 2 - kekirdak; 3 - chap o'pka;
4 - bronx; 5 - yurak; 6 - diafragma; 7 -
m e’da; 8 -t a lo q ; 9 -ko'ndalang chambar
ichak; 1 0 - ingichka ichak; 1 1 - «S» simon
ichak; 12 - qovuq; 13 - ko'richak; 1 4 -
k o'larilu vch i chambar ichak; 15 - o ‘t
pufagi; 16 -jig a r; 17 - o ' n g o'pka; 1 8 -
yuqoriga ko'tariluvchi aorla; / 9 -yu q ori
kovak vena; 20 -o 'm r o v osti arteriyasi va
venasi; 21 - ichki bo'yinturuq vena; 22 -
umumiy uyqu arteriyasi.
gining pastki yuzasiga va diafrag
m aning chap gum baziga, pastki
tomondan ko'ndalang-chambar ichak
va uning tutqichiga tegib turadi. Me’
daning oldingi devori qorin devori
ga, orqa devori m e’da osti beziga,
chap buyrakka va uning ustki beziga
hamda taloqqa tegib turadi.
M e’da hamma tomondan qorin
parda bilan o'ralgan. M e’da devori
seroz (qorin) parda, seroz osti
qavati, muskul qavat, shilliq qavati va shilliq osti qavatidan tuzilgan.
Seroz parda qorin pardaning (qorin pardaga qaralsin) ichki a’zolarini
o'raydigan qismi bo'lib, m e’dani hamma tomondan o'rab turadi. Seroz
pardani m e’daning muskul qavatiga seroz parda osti qavati qo'shib turadi.
Muskul qavat ancha baquvvat bo'lib, uch yo'nalishda joylashgan.
Uning tashqi qismi uzunasiga yo'nalgan, o 'rta qavati halqasimon joylash
gan, ichki qismidagi muskul tolalari esa qiyshiq yo'nalgan. Uzunasiga
yo'nalgan muskul tolalari, odatda, kichik va katta egrilikda yaxshi
rivojlangan. Halqasimon yo'nalgan muskul tolalari esa m e’daning ham
ma qismlarida yaxshi takomil etgan bo'lib, chiqish (pilorika) joyida zich-
lashadi va qisuvchi (sfinkter) muskulga aylanadi. Qiyshiq yo'nalgan muskul
tolalari m e’daning tanasi va tubida yaxshi rivojlangan. Qiyshiq yo'nalgan
muskul qisqarganda suyuq ovqatlar kichik egrilik orqali m e’dadan o 'n
ikki barmoq ichakka o'tadi.
M e’daning muskul qavati kirish qism idan chiqish qism i tom on
to'lqinsim on qisqaradi. Shilliq parda osti qavati muskul qavatini shilliq
pardaga bog‘lab turadi.
Shilliq parda bir qavatli prizmatik epiteliydan iborat bo'lib, juda ko 'p
katta-kichik burmalar hosil qilgan. Shilliq pardada turli xil bezlami uchratish
mumkin. M e’daning tubi va tanasida joylashgan naysimon bezlar xlorid
kislota suyuqligini, qolgan bezlar esa pepsin va shilliq suyuqligini ajratadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download Do'stlaringiz bilan baham: |