O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


bet132/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   299
M E ’DA O ST I B E Z I
M e’da osti bezi
(105-rasmga qarang) m e’daning orqa sohasida — I—
II bel umurtqalari qarshisida ko'ndalang joylashgan. Uning og'irligi 70—
90 g bo'lib, uch qismdan (boshi, tanasi va dum qismidan) iborat. Boshi va 
tanasi uch qirrali va uchta yuzali bo'lib, uning orqa tomonidan aorta va
www.ziyouz.com kutubxonasi


pastki kovak venasi o'tadi. Bezning dumi tanasining bevosita davomi 
bo'lib, asta-sekin ingichkalashadi va taloq davrozasigacha boradi. M e’da 
osti bezi qorin pardadan tashqarida (ekstraperitoneal) yotadi.
M e’da osti bezi hazm sistemasidagi a’zolar kabi murakkab tuzilgan, 
k o 'p katakli b o 'lib , ishlab chiqaradigan m ahsuloti jihatidan aralash 
bezlarga kiradi. Bezning ekzokrin qismi shirasi — ferm entlar ishqoriy 
reaksiyaga ega bo'lgan rangsiz suyuqlikdir. Shira chiqaruv y o 'li orqali 
o 'n ikki barmoq ichakning pastga yo'naluvchi qismiga quyiladi va oqsil, 
y og' hamda uglevodlami parchalovchi fermentlardan tarkib topgan m e’da 
osti bezi shirasi ovqat yeyila boshlagandan so'ng 
2
— 4 minut o'tgach 
ajralib chiqa boshlaydi. Uning ichki sekretsiya gormonlari — insulin va 
glukogen m e’da osti bezining tana va dum bo'laklari tarkibidagi m ax­
sus hujayralar (orolchalar)ga ajralib, qonga shimiladi. Insulin qon tarki­
bidagi glukozani jigarda glukogenga aylantirib, organizmda qand miqdo- 
rini bir m e’yorda saqlaydi. Insulin ishlab chiqarilishining kamayishi qand 
(diabet) kasalligiga sabab bo'ladi. Bu kasallik, asosan, insulin gormoni- 
ning yetishmasligi natijasida glukozaning glukogenga aylanish jarayoni 
buzilganda, organizmning uglevodlarni qabul qilish, sarflash xususiyati 
izdan chiqqanda yog' va oqsillardan ko'plab uglevodlar hosil bo'lishi 
tufayli ro'y beradi.
Diabetda qonda qand miqdori oshib, giperglikemiya kuzatiladi. Normal 
holatda odamning 
1
/ qonida o'rtacha 0,18— 1,2 g qand yoki 80— 120 
mg (4,5— 6,5 mmol/1 glukoza) bo'ladi. Bunday paytda buyrak qandni 
siydikka chiqarmasdan, ushlab qoladi. Diabet kasalligida esa qand miqdori 
1 / qonda 
8
— 10 (
8
— 10 mmol/1) g gacha ko'payadi. Kasallikda buyrak 
glukozani saqlab qola olmay siydik bilan tashqariga chiqarib yuboradi. 
D iabet kasalligida qand bilan siydik ham k o 'p ajraladi (poliuriya). 
Organizm suvsizlanadi. Shuning uchun qand kasalligida kuchli chanqov 
seziladi.
Surunkali va chuqur diabet kasalligida uglevodlar almashinuvidan ta­
shqari parchalanish jarayoni ham buziladi. Y og' oxirigacha parchalan- 
masligi tufayli asitosirka va P- oksimoy kislotalar ajralib, qonda to'planib, 
siydik bilan tashqariga chiqadi. Bunday moddalarning qonda to'planishi 
organizmni zaharlay boshlaydi. Natijada odamning nafas olishi buzilib, 
nerv sistemasi faoliyati ham sezilarli darajada pasayadi, bemor hushdan 
ketadi. Bunga diabet komasi deyilib, ba’zan o'lim bilan tugaydi.
O g 'ir darajali diabet kasalligida qonda yog' va lipoid hamda xoleste- 
rin moddalari haddan tashqari ko'payadi (diabetlipemiya). Diabet kasalligiga 
duchor bo'lganlarga insulin ijobiy ta’sir qiladi. Qondagi qand va boshqa 
moddalar miqdori kamayib, siydik bilan chiqishi to'xtaydi. Ammo insu- 
linning organizmga ta’siri qisqa muddatli bo'lganidan tez-tez ukol qilish 
tavsiya etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Jigar
(1 10-rasm) qorin bo'shlig'ining yuqori qismida joylashib, tepa 
yuzasi diafragmaga tegib turadi. Jigam ing k o 'p qismi o 'n g qovurg'a osti 
sohasida, oz qismi esa chap qovurg'a osti sohasida joylashgan. Jigar 
oganizmdagi hazm bezlarining eng kattasi bo'lib, og'irligi 1500— 2200 g 
gacha boradi. Normal holatdagi jigam ing pastki qirg'o g'i qovurg'a ravog'i- 
dan tashqari chiqmaydi. Jigam ing pastki yuzasi bir oz orqaga qaragan 
bo'lib, unda parallel yotgan chap va o'ng sagittal chuqur egatlar hamda
u lar o 'r ta s id a k o 'n ­
dalang joylashgan egat­
la r b o r. Bu e g a tla r 
jigam ing pastki yuza- 
sini o 'ng va chap kvad- 
r a ts im o n
h a m d a
dumsimon bo'laklarga 
ajratadi. O 'ng sagittal 
egatning oldingi qismi­
da o 't p u fa g i, orq a 
q is m id a e s a p a s tk i 
kovak vena joylashgan. 
Chap sagittal egatning 
old qismida (kindik ve- 
nasining q o ld ig 'i) ji- 
g a r n in g
d u m a lo q
boylami, orqa qismida 
esa (embrion davridagi 
vena tomirlari qoldig'i) 
vena boylami joylash­
gan. K o'ndalang egat 
jigar darvozasi hisob­
lanib, undan jigam ing darvoza venasi, jigar arteriyasi, o 't y o 'li, limfa 
tomirlari 
va nervlar o'tadi. Jigaming pastki yuzasi m e’daga, y o 'g 'o n
ichakning o 'n g burilish qismiga, ko'ndalang chambar ichakka, o 'n g buy­
rak, buyrak usti beziga tegib turadi. O 'tkir qirra jigam ing pastki yuzasini 
yuqori yuzasidan ajratib turadi. Jigaming orqa yuzasida qizilo'ngach izi 
uchraydi. Jigam ing yuqori chegarasi diafragma gumbazining pastki yuza­
siga, y a’ni IV qovurg'a ravog'iga to 'g 'ri keladi, so'ng chap tomonda 
yuqoriga ko'tarilib, VII— VIII qovurg'alarning tog'aylari birikkan joyga 
yetadi. Jigam ing orqa tomonidan boshqa hamma tomoni (uch tomonla­
ma) qorin parda bilan o'ralgan. Qorin parda jigam ing qo'shni a ’zolariga 
boylamlar hosil qilib o'tadi. Jumladan, qorin pardaning jigardan o'n ikki 
barmoq ichakka o'tishida jigar-o'n ikki barmoq ichak boylami, jigar bilan
11 12 
13 
14 
15
3
2 1 
19

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish