53
qashshoqlasha boshlagan dvoryan oilasida tug‘ilgan. Shu yerda Pacheko degan rassom qо‘lida
dastlabki ma’lumot olgan.
Pacheko romantizm vakili, Rafael tarafdori bо‘lgan. Velaskesning ilk
asarlarida о‘qituvchisi ta’siri seziladi. U kо‘proq realistik san’atda ijod qiladi. Uning "Nonushta", "Suv
sotuvchi" asarlari juda ta’sirchan yaratilgan. Rassom diniy mavzularda
asarlar ishlay boshlagan
("Munajjimlar ta’zimi”-1619). 1623 yili Velaskes Madrid shahriga borgan.U yerda portretchilik bilan
shug‘ullangan. Yosh qirol Filip IV portreti unga katta shuhrat keltirgan. U qirol saroyi rassomi bо‘lib
tayinlangan. Portret uning ijodida yetuk о‘rin egalladi. 1620 yilda uning ijodida erkinlik paydo bо‘la
boshlagan. “Vakh” yoki "Ichuvchilar" shunday asarlardan biridir. 1629 yili Italiyaga sayohatga borgan.
Titsian, Tintoreto, Veroneze ijodi bilan yaqindan tanishgan.
XVII asrdan boshlab, inson mehnati
gо‘zalligi san’atkorning diqqatini torta boshlagan. San’atkorlar mehnat mavzuida
yirik asarlar yarata
boshlagan. Yevropa san’atida D.Velaskes birinchi bо‘lib mehnat gо‘zalligini shoirona, kо‘tarinki
ruxda talqin etgan. Uning "Gilam tо‘quvchilar" deb nomlangan
asari ana shulardan
dastlabkisidir.
Rassom oddiy kundalik mehnat timsolida insonlarning baxt haqidagi orzularini kо‘ra olgan.
Kompozitsiyadagi obrazlarning mehnat qilishlari, ularning jismoniy baquvvat
gavdalari ishonarli
talqin etilgan. Xonani tо‘ldirib turgan nur esa tinch osoyishta hayot gо‘zalligini kо‘rsatgan. Velaskes
tarixii voqealarni aks ettiruvchi asarlarni yaratgan. Yevropada realistik tarixni janr rivojlanishiga katta
xissa qо‘shgan. Uning “Breda shahrining topshirilishi” asari shunday tarixiy voqeaga bag‘ishlangan.
Unda Gollandiya qal’asini ispan qо‘shinlari tomonidan zabt etilshni tasvirlanadi. Rassom dramatik
voqeani gavdalantirgan. Ispan qо‘shinlarining qо‘mondoni Spinola mag‘lubiyatta uchragan Gollandiya
qо‘shinlari qо‘mondoni tomonidan ramziy kalitni olayotgan payt tasvirlangan.
Rassom har bir
tasvirlanuvchining ruxiy holatini aniq kо‘rsatishga harakat qilgan. "Kalit topshirish" akti orqali
olijanoblik ulug‘lanadi. 1630-40 yillarda Velaskes portret san’atida mashhur asarlar yaratdi.
Ularda
insonning boy ichki dunyosi yuksak mahorat bilan aks ettirilgan. “Innokentiy X portreti” (5-rasm)
jahon realistik san’atining nodir yodgorligi hisoblanadi. Unda tomoshabinga qarab turgan Rim papasi
Innokentiy tasvirlangan. Portretda qattiqqо‘l va ayyor, shu bilan birga, dono va ziyrak shaxs qiyofasi
kо‘rsatilgan. Velaskes buyuk san’atkordir. U о‘z asarlarida xalqparvar g‘oyalarni ilgari sо‘rgan, oddiy
kishilarga bо‘lgan zо‘r muhabbatini shoirona talqin etgan. Velaskes oddiy kishilar hayotiga murojaat
qilib, unda gо‘zallikni kо‘ra oldi. Shuning uchun ham bu asarlar bugungi kunda ham о‘z
qiymatini
yо‘qotmagan. Rassom о‘z qahramonlarini bо‘rttirmay, ularni qanday bilsa shunday tasvirladi. Bu ham
uning portretlarini rang-barang bо‘lishiga xizmat qilgan. Velaskes valyor rangtasvirida asarlar yaratgan
dastlabki rassomlardandir. Uning asarlarida iliq va sovuq ranglar о‘yini, nur va rang tovlanishlari
alohida joziba baxsh etgan. О‘rinli topilgan rang surtmalari esa asar fakturasiga о‘ziga xoslik kiritgan.
Uning rang va nur sohasidagi kashfiyoti keyinchalik Yevropa san’ati tarixida muhim ahamiyatga ega
bо‘ldi.
Bartolome
Do'stlaringiz bilan baham: