Per Pyuje
(1620-94) ijodi ajralib turadi. Pyuje о‘z ijodini yog‘och
о‘ymakorligi bilan boshlagan. Italiya bо‘ylab kezgan, Rim va Florensiyada ijod etib yashagan.
Mikelanjelo, Bernini, Kartona ijodidan ta’sirlangan. Uning ilk asari Tulondagi ratusha peshtoqi uchun
ishlangan haykalidir. Unda paxlavonning balkon balyustradasini kо‘tarib turgan paytidagi kо‘rinish
dramatik talqin etilgan. Haykaldagi dekorativ detallarning boyligi, hajmlarning ifodali va yoqimli nur
soyasida tovlanishi uning ta’sirchanligini oshirishda muhim о‘rinni egallagan. Paxlavonlarning
bо‘rtgan mushaklari, baquvvat gavdalari hamda qiyofalari san’atkorning ishonarli bо‘lishiga, о‘z
kompozitsiyalarining hayotiy bо‘lishiga intilganligidan dalolat beradi. "
Do'stlaringiz bilan baham: |