60
dekoratsiya va kiyimlar yaratdi. О‘z ijodida mifologiya, allegoriya va pastoral janrlariga murojaat etdi.
Uning asarlari syujetida nozik va malohatli Veneralar, shо‘x va о‘yinqaroq maloikalar, ishq-muhabbat
kо‘yida yongan yosh chо‘pon yigit va qizlar obrazi yorqin gavdalanadi. Musavvir asarlari serjilva,
chiziq va shakllarining о‘zaro murakkab naqshlanishi bilan harakterlanadi. Asarlari koloritida ham
oqish, kо‘kish ranglar gammasi yetakchilik qiladi. Rassom obrazlarning xatti-harakati, mimikasi orqali
ular holatini ochishga intiladi. Lekin bu holatlar sun’iy bо‘lib tuyuladi. U о‘z obrazlarini
ideallashtirishga intiladiki, bu ham uning asarlarini hayot haqiqatidan uzoqlashtiradi. Bushe ijodining
eng gullagan davrida yaratilgan "Veneraning tug‘ilishi" uning asarlariga xos jihatlarini yaqqol
namoyish qiladi. Bushe manzara janrida ham ijod qilgan. Ular о‘zining lirik kayfiyati bilan iliq
taassurot
qoldiradi.
Rassom
qalamsuratlari
ham
о‘ziga xos asar sifatida kо‘rinadi.
XVIII asr о‘rtalaridan boshlab, kiborlarning haddan ortiq noziklashib, hayotdan uzoqlasha
borgan san’ati Deni Didro boshchiligidagi burjua tanqidchilari tomonidan keskin tanqidga uchradi.
Jumladan Didro kiborlar san’atining
hayotdan uzoqligini, haddan tashqari sun’iyligini tanqid qilgan
holda, hayot xodisalarini aniq, gavdalantiri’b, yangi zamon kishilari tarbiyasiga xizmat qila oladigan
san’atni ma’qulladi. Didro boshchiligidagi tanqidchilar fikricha san’at chuqur mazmunli bо‘lishi,
kishilarga hayot muammolarini bilishga kо‘maklashishi hamda jamiyat rivojlanishiga xizmat qilishi
zarur edi. Didroning san’atga bu xil qarashlari uning Luvrda bо‘lgan kо‘rgazmalarga atab yozilgan
maqolalarida
о‘z
ifodasini
topdi.
Didro hurmatiga sazovor bо‘lgan, о‘z ijodi bilan uning qarashlariga yaqin rassomlardan biri Jan
Batist Simeon Sharden (1699-1779) edi. Sharden rassomlikdan tugal akademik tarbiya olmadi.
Naturadan rayem chizish, hayotni sinchiklab о‘rganish uni buyuk fransuz realist rassomi darajasiga
kо‘tarilishiga olib ketdi. U oddiy turmush hodisalaridan, xunarmandlarning ustaxonalaridan, "uchinchi
tabaqa" vakillarining kundalik hayotidan san’atda ifodalash mumkin bо‘lgan syujetlar kо‘ra
oldi.Ulardan poeziya
topa
oldi.
1726 yili ana shu mavzudagi ikki asari bilan kо‘pchilik e’tiborini о‘ziga tortdi. Kо‘rgazmaga
qо‘yilgan ikki natyurmorti uchun Akademik unvoniga sazovor bо‘ldi. Sharden XVIII asrda Fransiya
san’atida shakllana boshlagan natyurmort janrida samarali ijod qildi. U oddiy kо‘za, shisha idishlar,
stakan, oddiy oshxona buyumlaridan,
meva va sabzavotlar, ba’zan esa baliq yoki ovda otilgan
о‘ljalarni tasvirlab natyurmortlar ishladi. “Mis idish”, “san’at anjomlari”, “Natyurmort”. U tabiat
ne’matlarining rang-barang shakli, fakturasi, hajmi, kо‘rinishidan zavqlanib, ularni ifodalashga harakat
qildi. Ulardagi nur va rang tuslanishlarida gо‘zallik kashf etdi. Didro uning asarlarini “Buyumlar
atrofidagi havo harakati qanday ajoyib tasvirlangan, mana kim bо‘yoq va reflekslar garmoniyasining
qadriga yetadi” deb yuksak baholab, Shardenni Yevropa rassomlari ichidagi birinchi kalorist sifatida
tan olgan edi. Haqiqatdan ham G‘arb san’atining ajoyib kalorist rassomi Sharden о‘zining sodda, lekin
ulug‘vor natyurmortlarida buyumlarning massasi, fakturasini kо‘rdi. Ular ichida yashirin kuchni his
etdi. Ularning havo bilan о‘ralgan, nur bilan yoritilgan holatini mohirona ifoda etdi, Sharden maishiy
janrda ham samarali ijod qilgan. Uning “uchinchi tabaqa” kishilari hayotiga bag‘ishlangan
kompozitsiyalari sodda va samimiy (“Ovqat oldidan ibodat”, 1744 “Kir yuvuvchi”, 1737). Ulardan na
dramatizm, na nasihatgо‘ylik seziladi. Hamma о‘z turmushi bilan band. Shulardan rassom chuqur
ahloqiy mazmun kо‘ra oldi. Rassom asarlarni yuksak mahorat bilan ishlanishi, ranglar uyg‘unligi
uning asarlariga ta’sirchanlik bahsh etadi. Sharden XVIII asr fransuz san’atida
realistik portret
yaratgan dastlabki ijodkorlardandir. Uning “Avtoportret”, “Qaylig‘im portreti”
mashhurdir.
XVIII asr realistik san’atining rivojlanishi portret san’atiga qiziqish bilan bog‘liqdir. Bu davr
portret san’atida ikki yо‘nalish mavjud bо‘ldi. Biri kiborlar didi va xohishi asosida yaratilgan parad
portret, ikkinchisi voqelikni tо‘laqonli kо‘rsatishga qaratilgan realistik portret yо‘nalishidir. Shunday
san’atkorlardan biri Mores Kanten Latur (1704-1788) bо‘lib, u о‘z zamondoshlarining kо‘plab
portretlarini yaratib qoldirdi. U о‘z portretlarini kо‘proq postelda ishlab, bu texnikada katta
muvaffaqiyatga erishgani uchun “pastel qiroli” degan nomga sazovor bо‘ldi. Davrning ilg‘or kishisi
bо‘lgan Latur о‘z portretlarida tasvirlanuvchilarning ichki dunyosini ochishga, uning harakteri,
ijtimoiy о‘rni hamda kasbini kо‘rsatishga harakat qildi. Odamning ichki dunyosi uning qiyofasida
ifodalanishi masalasi rassomni qiziqtirdi. Odam yuzida bо‘lgan jiddiy о‘zgarishlar (kо‘z, qosh, lab,
peshona va hokazo) orqali о‘z qahramonini ichki dunyosini yoritib berdi.
Uning qahramonlari doim
faoliyatda, harakat paytida tasvirlanadi. Volterga bag‘ishlangan portreti hamda о‘z avtoportretida shu
61
xususiyatni
kо‘rish mumkin.
San’atning tarbiyaviy rolini о‘zicha tushungan Jan Batist Gryoz (1725-1805) kompozitsiyalarida
didaktikaga kо‘proq e’tibor berdi. Shu maqsadda u о‘z qahramonlarini oliyjanob, yuksak ahloqli,
yaxshi niyatli qilib kо‘rsatishga harakat qildi. Bu uning asarlarida sun’iylikni kuchaytirib,ularning
qiymatinis
usaytirdi.
Rassom ijodiga xos bu xususiyat, ayniqsa, uning kо‘p figurali kompozitsiyalarida yaqqol sezildi,
masalan, “Shol bо‘lgan odam” (1763) asarida. Gryoz ijodining yorqin jihati uning portretlarida
namoyon bо‘ldi. Uning farishta-maloikalarga atab ishlangan “boshchalari” ham unga о‘z vaqtida
shahrat
keltirdi.Gryoz
qalamtasvirlari
ham
realistik
harakterga
ega.
Bushe va Sharden ustaxonasida tahsil kо‘rgan Onore Fragonar (1732-1806) ijodi ham XVIII asr
fransuz san’atida muhim о‘rin egallaydi. Uning moybо‘yoqda ishlangan maishiy janrdagi asarlarida,
qalam va sanginada ishlangan suratlarida shu davr fransuz san’atida mavjud bо‘lgan yо‘nalishlar о‘z
ifodasini topgan. Jumladan, uning ilk ijodida (“Arg‘imchoq” 1767, “Yashirincha bо‘sa” 1760)baroqqo
uslubiga yaqinligi seziladi. U real borliqning rang-barangligini, nurning boy о‘yinini
tasvirlashga
harakat qiladi. U asta-sekin oddiy hayotga murojaat qila boshlaydi (masalan, “Kir yuvuvchilar”).
Tabiat kо‘rinishlari о‘zining ulug‘vorligi bilan unga ilhom bahsh etadi. Fragonlar portret san’atida ham
samarali ijod qildi. Uning portretlarida inson qalbidagi hayajon, bezovtalik holatlari tasvir etildi.
Fragonlar intim-lirik plandagi portretlari bilan keyingi asr romantizmiga
xos
xususiyatlarni
boshlab
berdi.
Haykaltaroshlik. Haykaltaroshlik ham kо‘proq intererlarni bezash san’atiga xos rokkoko uslubiga
asoslandi. Mifologik va allergorik syujetlarga qiziqish ortdi. Bu mavzular shu davrda keng yoyila
boshlagan mayda plastikada kо‘p ishlandi. Lekin burjuaziyaning did va qarashlari о‘zgarishi bilan shu
davr haykaltaroshligining mavzu va harakteri о‘zgara boshladi. Ishlangan haykal kompozitsiyasining
sodda va jiddiy bо‘lishi, kam detallardan foydalanib, asar yaratishga intilish sezilarli bо‘ldi. Yaratilgan
asarlarda realistik jihat kuchaya bordi. bu yangi shakllanib kelayotgan jarayonlar dastlab portret
san’atida, keyinroq monumental haykaltaroshlikda kо‘rina boshladi. Ana shu izlanishlar yirik fransuz
haykaltaroshi Eten Moris Falkone (1716-1791) ijodida о‘z yorqin ifodasini topdi. Folkonye о‘z ijodini
intim-lirik plandagi haykallar ishlash bilan boshladi. Chinni manufakturasiga badiiy rahbar bо‘lgandan
keyin (1757) mayda plastikada ijod qilib, fransuz chinni san’ati rivoj topishida katta rol о‘ynadi. 1850
yil oxirlaridan boshlab, Flakone ijodida antik davr san’atiga qiziqish orta bordi. U asar mazmunini
chuqurlashtirish, uning badiiy tahlili sodda va jiddiy bо‘lishiga e’tibor bera boshladi. Bu uning
keyinchalik yirik monumental haykaltarosh usta darajasiga kо‘tarilishiga asos bо‘ldi. Uning
Peterburgdagi “Mis chavandoz” (1766-1782) haykali shundan dalolat beradi. (Bu
haykal haqida
kitobning
“Rus
san’ati”
bо‘limida
batafsil
ta’rif
berilgan.)
XVIII asr fransuz haykaltaroshligiga xos realizm Jan Antuan Gudon (1741-1828) ijodida,
ayniqsa, uning portretlarida yorqin namoyon bо‘ldi. U о‘z ijodi bilan noziklashib ketgan rokkokoga
ham, klassitsizmning ortiqcha ritorikasiga ham qarshi chiqib, voqelikning о‘ziga murojaat qildi. U
antik san’atni va о‘z davrining mashhur haykaltaroshlari asarlarini qunt bilan о‘rgandi. Ammo ular
tobe bо‘lib qolmadi. Gudon uzoq vaqt odam anatomiyasini о‘rganib, о‘zining mashhur anatomik
haykali (terisi olib tashlangan erkak haykali) yaratdi. San’atkorning yigirma olti yoshda yaratgan bu
haykali keyinchalik tasviriy san’at asosini о‘rganuvchilar uchun kо‘rgazmali namuna bо‘lib qoldi.
Gudon о‘z ijodini monumental haykaltaroshlikdan boshladi, lekin portret san’atida uning haqiqiy
iste’dodi namoyon bо‘ldi. U о‘z qahramonlari tashqi qiyofasini juda о‘ziga о‘xshatgan holda, ularning
ichki dunyosi, о‘ychan kayfiyatini ham aniq ifoda qildi. Uning qahramonlari harakatchan, otash qalbli
kishilardir. Gudonning portret san’atidagi ijodi 1770-1780 yillarda samarali bо‘ldi. U juda kо‘p
portretlar ishladi. Ayniqsa, ilg‘or kishilar, ma’rifatparvarlar, mutafakkirlar,
eskilikka qarshi
kurashuvchilar, irodali va harakatchan tashabbuskorlarga atab ishlagan portretlari e’tiborlidir. Bu
asarlari, uni ma’rifatparvarlarga yaqinlashtiradi. Ularning mafkurasini targ‘ib etuvchi san’atkor
darajasiga kо‘tardi. Bu haykaltaroshning yirik asari “Volter haykali”da (1781) yaqqol namoyon
bо‘ladi. Ushbu haykalda faylasuf Volterning kresloda о‘tirgan payti tasvirlangan. Uning biroz bukilgan
qomati va о‘tirishida horg‘inlik va qaysarlik alomatlari seziladi. Lekin uning о‘tkir qarashlarida, yengil
tabassumida о‘tyurakli, ziyrak, о‘z suhbatdoshi bilan bahslashishga tayyor turgan shaxs qiyofasi
gavdalandi.
Do'stlaringiz bilan baham: