Xusepe de Ribera
(1591-1652). XVII asr birinchi yarmida Ispan san’atida yorqin iz qoldirgan
rassomlardan biri Ribera edi. U Ispaniyaning shu davrdagi realistik san’atining muhim madaniyat
о‘chog‘i bо‘lgan Valensiyada tug‘ilib, shu yerda rassomlik sirlarini о‘rgandi. Uning ijodkor bо‘lib
yetishida Italiya bо‘ylab sayohati muhim rol о‘ynadi. Bu yerda Italiya ustalarining san’atini о‘rgandi.
Unda Karavajoning asarlari chuqur taassurot qoldirdi. Ribera ijodida diniy mavzu yetakchi о‘rin tutadi.
Mifologiya, portret janrida ijod qildi. Lekin rassom qaysi mavzu yoki janrda ijod etmasin, hodisalarni
doim real, hayotiy talqin etadi. Portretlarda о‘z davri kishilari obrazlarini yaratadi. Ribero ham El
Greko singari avliyolar, darvesh va gadolarning tasvirini ishlaydi. Ularning obrazlari aniq ifoda etiladi.
Rassom hikoyanavislikka kо‘proq e’tibor beradi, tasvirlanayottan har bir obrazni aniq kо‘rsatishga
harakat qiladi. U о‘zining bir figurali kompozitsiyalarini, odatda, bevosita real borliqdan etyud ishlab,
uni umumlashma obraz darajasiga kо‘tarishga intiladi. Asardagi yorug‘-soya qarama-qarshiligi rassom
dastxatining tо‘laqonli kо‘rinishini ta’minlaydi. Rang surtmalarining erkin va quyuq ishlatilishi uning
asarlariga plastik kuch bag‘ishlaydi, obrazlardagi ulug‘vorlikni oshiradi. Bular Riberani Karavajoga
yaqinlashtiradi. "Avliyo Varfolameyni qiynash" (1630) rassomning ilk asarlaridandir. Bu asar rassom
ijodiga xos xalq vakillarini tо‘laqonli kо‘rsatishi va ifodning jо‘shqinligi bilan e’tiborni jalb etadi.
Rassom sodir bо‘layotgan voqea fojiaviyligini aniq va ta’sirchan ifoda etadi. Tasvirlangan
qiyofalardagi ekspressiya, rassom dastxatining harorati asar dinamikasini kuchaytiradi. Rassom odam
gavdasiny yuksak mahorat bilan tasvirlash orqali о‘zining yorug‘-soya imkoniyatlaridan о‘rinli
foydalanish qobiliyatini namoyon qiladi. Uning bolalarga bag‘ishlangan asarlari ham о‘zining
samimiyligi bilan ajralib turadi. "CHо‘loq bola" asari, ayniqsa, e’tiborlidir. U nogiron bolaga nisbatan
chuqur samimiylik va hurmat bilan ishlangan bu asarda optimistik ruh mavjud. Rassom shо‘x, hatto,
biroz qitmir bola obrazini ishonarli talqin etadi. Rassomning ijodiy kamolotga erishgan yillarda
yarattan asarlarida ranglarning bir-biriga о‘tishi mayin, ularning koloriti yorqin. Yorug‘lantirishda
tabiiylik kuchayib boradi. "Avliyo Onufriy" (1b27), "Avliyo Inessa" (1641) kabi asarlari shu jihatdan
e’tiborlidir. Rassom tasvirlanuvchining ichki kechinmalarini lirik ruhda tasvirlashga harakat qiladi.
Uning kompozitsiyalaridagi kenglik havo bilan tо‘la boshlaydi. Bu obrazni yanada ta’sirchan
bо‘lishini
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |