Namangan viloyat xalq talimi boshqarmasi



Download 53,5 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi53,5 Kb.
#222945
  1   2   3   4
Bog'liq
Huquqiy madaniyat



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYAT XALQ TALIMI BOSHQARMASI

Namangan shaxar 18-Davlat ixtisoslashtirilgan

maktab internati

“Huquqiy madaniyat”

mavzusidagi tarbiyaviy soat ma'ruzasi


Tarbiyachi: Adham Normirzaev

Namangan-2019 yil
HUQUQIY MADANIYAT — umumiy madaniyat­ning muhim qismi bo'lib, quyidagi asosiy tarkibiy qism-lami o'z ichiga oladi:

1. Davlat tomonidan xalq va jamoat birlashmalari nuq-tayi nazarlarini ham ifodalovchi huquqiy siyosatning ish-lab chiqilishi va amalga oshirilishi. Bu siyosat davrning ruhini huquqda ifodalashi lozim. Masalan, mustaqillik va bozor munosabatlari bilan bog'liq masalalar va vazifalar huquqiy siyosatdagi bosh yo'nalishlardandir.



  1. Yuksak darajada rivojlangan yuridik fanlarning mavjudligi huquqiy madaniyatning muhim qismidir.

  2. Keng va faol huquqiy ong huquqiy madaniyatning bir qismi bo'lib, u davlat va huquqiy voqeliklar haqidagi
    g'oyalar, qarashlar, his-tuyg'ular, fikrlar, kayfiyatlar tizimidir. Huquqiy ongda huquqiy ruhiyat va huquqiy mafkura jiddiy o'rin tutadi.

  3. Huquqiy madaniyat — bu insonlarning davlat va huquq haqidagi muhim bilimlarni egallab olganlik darajasidir.

  4. Ilgari erishilgan va to'plangan barcha huquqiy tajriba, huquqiy yodgorliklar va ularning ommaga tarqatilishi
    huquqiy madaniyatga kiradi.

  5. Amaldagi me'yoriy huquqiy hujjatlar: Konstitutsiya, qonunlar, kodekslar, farmonlar, qarorlar va boshqa huqu­
    qiy manbalar huquqiy madaniyatning asosini tashkil etadi.

  6. Huquq ijodkorligi madaniyati, huquq me'yorlarini yaratish masalasi, yuridik texnika darajasi, masalan, deputatlar va apparat xizmatchilarining huquqiy bilimlari, dunyoqarashi, huquqqa yondashuvi qanchalik yuqori va xolisona bo'lsa, huquqiy madaniyat ham shunchalik yuk­sak bo'ladi.

  7. Huquqni amalga oshirish ishlarining tashkil etilishi qanchalik yuqori bo'lsa, u huquqiy madaniyatga ham o'z
    ijodiy ta'sirini ko'rsatadi va aksincha.

  8. Huquqiy madaniyatning yana bir qismi — huquqni amalga oshiruvchi davlat idoralari va mansabdor shaxslarning huquq me'yorlari taSablari darajasida hamda doirasida o'z huquqi, burchlarini bajarishi, ularni anglab olishidir.

10. Mamlakatning davlat va jamiyat hayotidagi qonun-chilik darajasi, hammaning qonun va sud oldida tengligi huquqiy madaniyatning ajralmas qismidir.

Huquqiy madaniyatni muntazam boyitib borish uchun quyidagilar o'ta muhim ahamiyat kasb etadi: yuksak malakali sud-adliya kadrlarini tayyorlab borish; barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida, maktab, litsey va kollejlarda huquq haqidagi bilimlarni o'rgatish-o'rganish, mazkur fanlardan imtihonlar joriy etish, radio, televi-deniye, vaqtli matbuotda huquqiy bilimlarni keng targ'ib va tashviq qilish; aholining mustaqil ravishda huquqiy bi­limlarni o'rganishi uchun qonun hujjatlarini muntazam chop etib borish; sud, prokuratura, militsiya organlarining ish tajribasini ommalashtirib borish; adliya va huquq-shunoslik fanlarini rivojlantirish, oshkoralikni ta'minlash; boshqa davlatlarning huquqiy tajribasini o'rganish va ular-dan foydalanish; badiiy adabiyotda, san'atda huquqiy bi­limlarni tarqatish; huquqiy xulqni rag'batlantirish. Xullas, huquqiy madaniyat inson madaniyatining muhim qismi, uning bilan o'zaro bog'liqdir.



Huquqiy madaniyat tarixan asta-sekin shakllangan ijti-moiy voqea bo'lib, hozirgi davrda rivojlangan huquqiy davlatlarning va ular fuqarolarining zaruriy xislati va taraqqiyot omiliga aylandi. Rivojlangan mamlakatlar bu borada sezilarli yutuqlarga erishdilar va ulaming har bir fuqarosi har bir masalada qonunlarga suyanib ish olib bora-di, o'z haq va huquqlari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan buzilgan taqdirda, ulaming darajasi va mavqeyi-dan qat'i nazar, sud orqali adolatli yechimga erishadi.

HUQUQ — hulq-atvor (me’yor) umummajburiy qoidalarining majmui, davlat tomonidan ijozat etilgan, tartibga solinadigan va himoyalanadigan insonning qonuniylashtirligan imkoniyat-lari (mulk huquqi, boshpana huquqi, inson huquqgsari va b.)-Huquqparning asosiy manbai Konstitutsiya hisoblanadi. Uning asosida ijgimoiy hayotning turli sohalarida amal qiluvchi qonunchilik hujjatlari ishlab chiqiladi: mehnat, fuqarolik, mulk haqvdagi, atrof muhitni muhofazalash to‘g‘risidagi, ma’muriy, jinoiy va h.k. Bunda huquqning boshqaruv vazifasi namoyon bo‘ladi. Huquq shuningdek, tarbiya va himoya (muhofazalash) vazi-fasini ham bajaradi.


Download 53,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish