O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirlikka
Toshkent shahar
Tijorat va Tadbirkorlik kasb hunar kolleji
Mavzu: Yaponiya.
Tekshirdi:Umarov Ibrohim Usmunovich.
Bajardi:Zohidov Ibrohim.
Yaponiya.
(1918-1939-yillarda)
Reja:
Yaponiyaning ichki siyosati.
Iqtisodiy ahvoli.
Urushda ishtiroki.
Yaponiya birinchi jahon urushida Antanta tarafida qatnashdi. Binobarin, u g’oliblar safida bo’ldi. Antanta Yaponiyani quruq qo’ymadi. Unga Shandun yarim oroli, Tinch okeandagi Germaniyaga qarashli Marian, Karolina, Marshall orollari mandati taqdim etildi. Bu orollar muhim strategik ahamiyatga ega edi. Ular Yaponiyaga Tinch okean akvatoriyasi markaziga chiqish va AQSH ning asosiy harbiy-dengiz bazasi bolmish Gavay orollariga yaqinlashish imkonini berdi. Ayni paytda Yaponiya Xitoyda o’z mavqeini mustahkamladi. Uzoq Sharq va Tinch okean havzasi davlatlari bozorini shitob bilan egallay boshladi. Bu esa, o’z navbatida, yapon monopoliyalari (Mitsui, Mitsubisi, Yasuda, Sumitomo) ning daromadlarini yanada ko’paytirdi. Urush yillari yapon magnatlari uchun «Oltin davr» bo’ldi. To’qima-chilik 4,5, metallurgiya 6, mashinasozlik 5,5 baravar o’sdi. Biroq mamlakatda mehnatkashlarning turmush darajasi pasaydi. Bu hodisa 1918-yilning 3-avgustida Toyama prefekturasida yuz bergan «sholi isyoni» da o’z ifodasini topdi.
Bu isyon chayqovchilar tomonidan sholining narxini oshirib yuborish natijasida kelib chiqdi. 10-avgustda isyon Kiotoga ham tarqaldi. Och qolgan isyonchilar do’konlarni bosib ola boshladilar.Qisqa muddat ichida «sholi isyoni» butun Yaponiyaning uchdan ikki qismiga tarqaldi. Biroq hukumat isyonni qattiqqo’llik bilan bostirdi. Minglab kishilar hibsga olindi, ko’plari surgun qilindi va umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
Yaponiya mustamlakachi imperiyasi asoslarini larzaga keltirgan bu isyon mustamlakalarda milliy-ozodlik kurashining yangi to’lqini ko’tarilishiga katta ta'sir ko’rsatdi. Yaponiyaning o’zida urushga qarshi kurash kayfiyati kuchaydi. Buning ustiga, Uzoq Sharqda Qizil Armiya yapon bosqinchilariga qaqshatqich zarba bera boshladi.
Shunday bir sharoitda, 1920—1922-yillardagi iqtisodiy inqiroz Yaponiya iqtisodiyotiga katta zarba berdi. Buning sababi iqtisodiyotning tashqi bozorlarga qaramligi edi. Inqiroz mamlakat ichkarisida mehnat va sarmoya o'rtasidagi ziddiyatni yanada keskinlashtirdi.
1923-yilning oxiriga kelib Yaponiya iqtisodiyotida jonlanish bo’ldi. Bunga shu yilning 1-sentabrida yuz bergan yer qimirlashidan so’ng boshlangan tiklash ishlari qulay sharoit yaratdi. Hukumat yirik tadbirkorlar zarar ko’rmasligi uchun barcha zarur choralarni ko’rdi. Chunonchi, ularning barcha tolovlari muddatini kechiktirdi. Ko’rgan zararlari uchun konpensatsiya tolovini amalga oshirdi. Yapon monopoliyalari katta foyda miqdorini saqlab qolish uchun eksport tovarlari narxini pasaytirdi. Mamlakatda cho’yan ishlab chiqarish 2 baravar o’sdi va 1 mln. 100 ming tonnaga, po’lat ishlab chiqarish 842 ming tonnadan 1 mln. 720 ming tonnaga o’sdi. Umumiy saylov huquqi haqida qaror qabul qilindi. Saylovchilar 3 mln. dan 4,3 mln. ga ko’paydi.
1929— 1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Yaponiya iqtisodiyotiga yanada katta zarba berdi. Bu yapon va amerika bozorlarining bir-biri bilan juda mustahkam bog’lanib qolganligining, Yaponiya iqtisodiyoti boshqa buyuk davlatlar iqtisodiyotiga nisbatan zaifligining, 1923-yilda yuz bergan yer qimirlashi oqibatlari chuqurligining natijasi edi. Inqiroz, ayniqsa, qishloq xo’jaligida og’ir kechdi. AQSH ga ipak eksport qilish hajmi 30 foiz kamaydi. Ipak narxi keskin tushib ketdi.l931-yilga kelib sanoat mahsulotlari 31, eksport 65, import 72 foizga qisqardi.Inqiroz yillarida ishsizlar soni 3 mln. kishini tashkil etdi. Inqiroz mamlakat ichkarisida ijtimoiy ahvolni keskinlashtirib yubordi. Mamlakatda «Yosh zobitlar va yangi konsernlar ittifoqi» vujudga keldi. Ular mayda va o’rta tadbirkorlar manfaatini ko’zlar edilar. Inqiroz ularning ahvolini yanada og’irlashtirib yuborganligi yosh zobitlarni befarq qoldirmadi. Chunki ular Yaponiya jamiyatida eng ko’p zarar ko’rgan qatlamning vakillari edi.
Ikkinchidan, Yaponiyaning harbiy-dengiz qudratini cheklovchi turli xalqaro shartnomalar yosh zobitlarda kuchli norozilik uyg’otdi. Biroq Yaponiyada vujudga kelgan yangi ittifoq demokratik kayfiyatdagi kuchlarning ittifoqi emas edi. Aksincha, bu ittifoq Yaponiyada fashizm yo’liga o’ia bordi. Ayni paytda yosh zobitlar imperatorga sodiq edilar. Ular imperator-dan eski konsernlar hukmronligini cheklashni talab eta boshladilai Parlamentga qarshi chiqdilar. Shu tariqa Yaponiya fashistlashib bordi. Ular «panosiyo» va dunyoga hukmronlik g’oyalarini zo’r berib targ’ib eta boshladilar. Yosh zobitlar yangi konsernlar egalarining hokimiyatga intilishini qo’llab-quvvatlay boshladilar. Biroq eski konsernlar katta moliyaviy qucl ratga ega bo’lganliklari uchun ularning mavqei hali qudratli edi. Eski vn yangi konsernlar egalarini birlashtiruvchi bir omil mavjud edi. Bu omil -dunyoga hukmron bo’lishga intilish edi.
1932-yilning 15-mayida yosh zobitlarning fashistik isyoni ko’tarildi. Buning natijasida, hatto, mamlakat bosh vaziri Inukai o’ldirildi. Isyon bostirilgan bo’lsada, mamlakatda harbiylar mavqei har qachondagidan oshib ketdjJShu davrdan boshlab 1945-yilgacha hukumatni boshqarish faqat harbiy byurokratiya vakillariga topshirilgani bejiz emas.Shunga qaramay, 1936 yilning 26-fevralida 1500 harbiy qatnashgan ikkinchi fashistik isyon uyushtirildi. Isyon 29-fevral kuni bostirilgan bo’lsa-da, u Yaponiya hukmron doiralarini qattiq tashvishga solib qo’ydi. 17 isyonchi o’ldirildi. Ular mamlakatda ro’y bergan chuqur ichki siyosiy inqirozni agressiv harbiy harakal lar boshlash yo’li bilan bartaraf etishga qaror qildilar.
Urushdan so’ng Tinch okean havzalarida Yapo-niyaning AQSH bilan munosabatlari keskinlasha bordi. Buning sababi har ikki tomonning bu mintaqada yetakchilikka intilishi edi. Hatto Vashington konferensiyasi (1921 - vil noyabr) qarorlari ham buyuk davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlami to’la luiiaial cta olmadi.Yapon monopoliyalari katta foyda miqdorini saqlab qolish uchun eksport tovarlarining narxini pasaytirdi. Ayni paytda Yaponiya monopoliyalari Sovet davlati bilan munosabatlarning yaxshilanishiga lunakal qildi. Chunki Yaponiya Rossiyaning sharqiy qismiga Yaponiya iqtisodiyoti uchun katta xomashyo manbayi sifatida qarar edi.Yaponiya bunday manbani 1918—1925-yillar davomida harbiy yo’l bilan qo’lga kirita olmadi. Aksincha, Yaponiya uyushtirgan harbiy intervensiya mag’lubiyatga uchradi. Endi Sovet davlati bilan manfaatli iqtisodiy va savdo aloqalarini nvojlantirishdan boshqa yo’l yo’q edi.
Shuning uchun 1925-yilning 20-yanvarida Sovet davlati bilan Yaponiya o’rtasida «o’zaro munosabatlarining asosiy tamoyillari to’g’risida» shartnoma imzolandi. Unga ko’ra, Yaponiya Sovet Rossiyasi hududidagi so’nggi harbiy qranlarini olib chiqib ketdi. Biroq bu Yaponiya hukmron doiralarining sovet Uzoq Sharqi hududlariga daVolaridan voz kechdi, degani emas edi. 1927-yilda faol agressiv tashqi siyosat tarafdorlari hukumati tuzildi. Yangi lniluimat o’z maqsadlarini «Tanaka memorandumi» deb atalgan hujjatda ilnda etdi.
1927-yilning 25-iyulida imperatorga yuborilgan bu hujjatda Yaponiyaning .liuiyoga hukmronlik qilishiga ochiqdan-ochiq da'vo qilingan edi. Chunonchi, hujjatda quyidagilar yozilgan edi: «Xitoyni bosib olish uchun avval Manjuriya va Mo’g’ulistonni bosib olishimiz zarur. Dunyoni bosib olish uchun esa awal Xitoyni bosib olishimiz lozim. Agar biz Xitoyni bosib ololsak, Osiyoning barcha kichik davlatlari, Hindiston, shuningdek janubiy lengiz davlatlari bizdan qo’rqadi va bizning oldimizda taslim bo’ladi. Biz-ning milliy rivojlanish dasturimizga Mongoliya dalalarida Rossiya bilan qilich urushtirish kiradi... Biz AQSH ni yakson qilishimiz zarur». Yaponiya hukmron doiralari tez orada o’z orzularini amalga oshirishga kirishdilar. 1931-yilning sentabrida Yaponiya armiyasi Xitoyning shimoli-sharqiga — Manjuriyaga hujum qildi va 1932-yilning boshlarida bosib oldi. 1932-yilda Xiloyning boshqa qismlariga bostirib kirdi. 1932-yil martida bo’lib olingan vilarda Manchjou-Go davlatini tuzdi. 1932-yil yozida Jexe va Xebey viloyatlarini egalladi. AQSH bu harakatlarni ma'qulladi va 147 mln. dollarlik qurol-yarog’ yetkazib berdi. Xalqaro hamjamiyat nazaridan xoli bo’lish maqsadida Yaponiya 1933-yilning mart oyida Millatlar Ligasidan chiqdi. 1934-yilda esa Sharqiy Osiyoga hukmronlik da'vosi bilan chiqdi va harbiy kuchlarini cheklagan Vashington shartnomasidan voz kechishini ma'lum qildi. Yaponiya Germaniya bilan yaqinlashish yo’lini tutdi. Chunki G’arbni Germaniya, Sharqni Yaponiya egallashi kerak edi. 1936-yil noyabrda ikki davlat o’rtasida «Antikominteri ahdnomasi» tuzildi.
Yaponiya Sovet davlati chegaralarida turli janjallarni kuchaytirdi. 1938-yil 29-iyul — 11-avgustda Sovet davlati hududiga hujum uyushtirdi. Bu voqea Hasan ko’li hududida (Primoreda) yuz berdjj Biroq Sovet armiyasi
o’z hududini yapon qo’shinlaridan tozalashga muvaffaq boidi. 1938-yiIning sentabrida imzolangan Myunxen shartnomasi (uning qanday shartnoma ekanligini eslang) Yaponiya hukmron doiralarining ishtahasini yanada oshirib yubordi.Shu yilning 3-noyabrida Yaponiya Sharqiy Osiyoda yangi tartib o’rnatish haqida deklaratsiya e’lon qildi
1939-yilning 11-may kuni Yaponiya armiyasi Mo’g’uliston Xalq Respub-likasiga (MXR) hujum qildi (Xalxin-Gol daryosi bo’yida). o’zaro shartnomaga ko’ra, sovet armiyasi MXR ga yordam ko’rsatdi.To’rt oy davom etgan urushda Yaponiya armiyasi tor-mor etildi. Shunga qaramay, Yaponiya o’z niyatlaridan (ya'ni Sharqiy Osiyoda hukmronlik oi-natish-dan) voz kechmadi. 1939-yil bahorida fashist davlatlar Buyuk Sharqiy Osiyo kengligida yangi tartib o’rnatish borasida Yaponiya gegemonligini tan oldi. Lekin Yaponiyaning Sharqiy Osiyo kengligida katta manfaatlarga ega boigan boshqa davlatlar (AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya) bilan munosabatlari keskinlashib bordi. Yaponiyaning ularga qarshi urush boshlashi muqarrar edi. Bu omil, shuningdek, Xalxin-Goldagi magiubiyat, Sovet-Germaniya shartnomasi (1939-yil 23-avgustdagi) Yaponiyaning Sovet davlati bilan mu-nosabatini o’zgartirishga majbur etdi.
Yevropada urush harakatlari boshlanishi bilan 1939-yil 4—13-sentabrda Yaponiya hukumati deklaratsiya eion qilib, G’arbdagi urushga aralashmasligini bildirdi. 1940-yil 1-avgustda Kanae Bosh vazirlikni egalladi va Sharqiy Osiyoda «yangi tartib o’rnatish» rejasini davom ettirdi.
1940-yil 23-sentabrda Yaponiya Hindixitoyning shimoliga bostirib kirdi. 27-sentabrda Tokioda Germaniya va Italiya bilan uchlik siyosiy ittifoqini 10 yil muddatga tuzdLiBu narsa uning fashistik davlatlarga o’z maqsadi yoiida butunlay sherik boiganini anglatar edi. 1941 -yil 13-aprelda Sovct davlati bilan betaraflik shartnomasini tuzdi. Lekin «Kantokuen» rejasini tuzib, qulay fursatni poylab turdi. Armiya 700 ming kishiga yetkazildi. AQSH bilan munosabatlar keskinlashdi.
Yaponiya 1941-yil 7-dekabrda AQSHning Pirl-Xarbor bazasiga to’satdan hujum qildi va ko’p talafot yetkazdi. Malayya, Birma, Tailand, Indoneziya, Filippin hududlarini egalladi.
1942-yildan boshlab ingliz-amerika qo’shinlari qarshi hujumga o’tdi va Yaponiyaning asosiy kuchlarini tor-mor keltirdi. 1945-yil 6—9-avgustda AQSH Yaponiyaga atom bombasini tashladi. 9-avgustda SSSR hujumga o’tdi. 2-sentabrda Yaponiya so’zsiz taslim boidi. Urushda oigan, yarador boiganlar, izsiz yo’qolganlar boiib 5 mln. kishini yo’qotdi. 340 harbiy kema, 50 ming samolyot, 8,4 mln. tonnajlik savdo kemalaridan ajraldi. Zarar 64,3 mlrd. iyenni tashkil qildi. 1937—1945-yillar orasida 270 mlrd. iyen harbiy harajat qildi.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1.Juraev U. ,Lafasov M. ,Normatov K. “Jahon Tarixidan hikoyalar”.5-sinf uchun darslik.-T.:”O’qituvchi” 2000
2.Salimov T.U. ,Mahkamov S. Jahon Tarixi (V-Vll) asrlar. 7-sinf uchun darslik.-T.:”Sharq” 1999
3.Farmonov R. Sodiqov O. Jahon Tarixi 8-sinf uchun darslik.-T.:”O’qituvchi” 2001
4. Lafasov M. , Holiqov E. , Qodirova D. Jahon Tarixi 9-sinf uchun o’quv qo’llanma-T.:” O’qituvchi” 2001
5.Hidoyatov A. Jahon Tarixi 10-sinf uchun darslik.-T.:”Sharq” 1999
6. Hidoyatov G.A. Jahon Tarixi 11-sinf uchun darslik.-T.:”Sharq” 2011
7.Kreder A. ,Новейшая история ХХ века-гуманитарные образования в России-М.:1997
8. Новейшая история ХХ-века.-1998
Всемирная история- учебник под редакцией Поляка Г.Б. ,Марковой А.А.-М.:1999
Do'stlaringiz bilan baham: |