Esteban Murilyo
(1617-1682). XVII asr ispan san’atining sо‘nggi vakili Murilo diniy
va
hayotiy
mavzularda
rasmlar
ishlagan,
portretlar
chizgan.
U ispan realistik san’atiga xos an’analarni saqlashga harakat qilgan holda, mungli lirik asarlar
yaratdi. Murilyo realizmi kо‘proq janrli kompozitsiyalarda kо‘rinadi. Lekin ular bir muncha mungli,
g‘amgin ("Misr yо‘lidagi dam olish" 1665-70, "Bola kutargan Madonna" 1670). Rassom bolalarga atab
ham kompozitsiya ishlagan. Ularda bolalarga xos samimiylik, shо‘xlik va beg‘uborlik ulug‘lanadi
("Meva kо‘targan bola" 1645). Murilyo asarlarida hikoyanafislik mavjud. Ularda hayotiy voqealar
ta’sirchan gavdalantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |