243
etishiga yordam beruvchi muhitni yaratishi, ular o‘quv faoliyatining samarali bo‘lishiga erishishida
nihoyatda zarurdir. Buning uchun malaka oshirish tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar, o‘z bilim
va malakalarini oshirayotgan tinglovchilarning o‘quv faoliyatini boshqarishda quyidagilarga amal
qilishlari lozim: Anglash – tinglovchining, guruhning, jamoaning ichki ruhiy ehtiyojlarini, boshqaruv
vaziyatlarini o‘quv jarayoni davomida tinglovchilarda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarni anglash. Tashhis
qilish – tinglovchi va uning faoliyat yo‘nalishlarini oldindan bila olish. O‘quv jarayoni davomida
foydalanish uchun tanlangan uslublarining ta’siri va samarasini oldindan ko‘ra olish. Loyihalashtirish –
pedagog o‘zi o‘qitayotgan fanning missiyasi, maqsad va vazifalarini to‘liq anglab olishi, o‘quv faoliyati
hamda o‘quv jarayonini loyihalashi. Kommunikativ-informatsion – eng yangi ilmiy, uslubiy ma’lumotlar
va ularni tinglovchilarga yetkazish yo‘llarini topish va ularni bir tizimga solish. O‘quv jarayoni davomida
tinglovchilar bilan uzviy, keng qamrovli, maqsadga yo‘naltirilgan muloqotni o‘rnatish. Motivatsiya –
tinglovchilar faoliyati yo‘nalishini belgilovchi va ularni faollashtiruvchi ichki va tashqi sharoitlar birligiga
samarali ta’sir etuvchi kuchlarni aniqlash va singdirish. Boshqarish – o‘quv
faoliyati davomida
tinglovchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi bo‘yicha ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olishi, o‘quv
jarayonini mahoratli boshqarish. Tashkil etish – belgilangan maqsad va vazifalarni samarali amalga
oshirishni tashkillashtirish. Tinglovchilarga o‘zining o‘quv va ijodiy faoliyat natijalaridan lazzatlanish va
o‘z-o‘zidan qoniqish hissini berish. Rivojlantiruvchi – o‘qituvchi shaxsiga psixologik ta’sir ko‘rsatish.
Baholash – o‘quv faoliyatining talab va me’yorlarini ishlab chiqish va ularning tinglovchilar bilim,
ko‘nikma va malakalari bilan muvofiqlik darajasini aniqlash. O‘qituvchiga o‘z-o‘zini baholash
imkoniyatini berish. Nazorat – o‘quv faoliyati davomida erishilgan natijalarni belgilangan maqsad bilan
taqqoslash. Korreksiya – o‘quv faoliyatini boshqaruvchi maqsad va o‘qitish dasturiga kerakli
o‘zgartirishlar kiritish.
Malaka oshirish tizimida xizmat qilayotgan pedagoglar ana shu ko‘rsatilgan 12 ta ko‘rsatkichni to‘liq
egallagan va o‘quv jarayonida mahorat bilan qo‘llay olgan taqdirdagina ularning faoliyatlari ijobiy
psixologik samara beradi.. Mamlakatimizda yangilangan ta’lim mazmunini joriy etishda o‘qituvchi
maktabdagi asosiy shaxs hisoblanadi. Shunday ekan, u zarur kasb mahorati va nazariy bilimlarga ega
bo‘lmog‘i shart. O‘qituvchilar malaka oshirish kurslaridan ularni qiziqtirgan, o‘ylantirgan barcha
muammolarni hal qilib ketishlari kerak. Bizga ma’lumki, institutimizda 20 ga yaqin mutaxassislikka ega
bo‘lgan o‘qituvchilar kelib malakasini oshiradilar. Ularning har biri o‘ziga xos qiziqish, ehtiyoj talab va
o‘z-o‘zidan ma’lum shaxsiy psixologik xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Tinglovchilarning qiziqish va
ehtiyojlarini asosan quyidagi to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha o‘rganib chiqish maqsadga muvofiqdir, ya’ni: A)
o‘quv jarayonini tashkil qilish va olib borilishiga nisbatan bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlar (talablar); B)
ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishiga nisbatan bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlar (talablar); V) o‘z
shaxsiy psixologik xususiyatlarini o‘rganishga nisbatan qiziqish va ehtiyojlari; G) tinglovchilarning o‘z
ustida mustaqil ishlashi, ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha qiziqish va ehtiyojlarini (talablarini) o‘rganib chiqish.
Muammoli metodning mohiyati mashg‘ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va yechishdan
iborat bo‘lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish
yo‘li shu bilan birga o‘quv yo‘li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:
Muammoli ta’lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat», «muammo»,
«muammoni topish» kabilar hisoblanadi.
Chizmadan anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning
dastlabki ko‘rinishi hisoblanib, o‘zida sub’ektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni
ifodalaydi, uni
Muammoli tizim
Ziddiyatlar
Vaziyat Usullar Muammoli vaziyat bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko‘nikmalarini
o‘zlashtirishni taqozo etadi. Agar o‘quvchida qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llarini izlab topish uchun
boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat yechimini u qabul qilmaydi, ya’ni,
muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muammo mohiyatini tushunib yetilishi,
ifodalanishi, mavjud bilim va ko‘nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni
qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo
muammoli vaziyatni o‘zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi.
Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo‘nalishlar
ko‘rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning
244
qandaydir parametrlari ko‘rsatilsa, u muammoli masala hisoblanadi. Har
qanday muammoli topshiriq
ma’lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek,
barcha muammoli vaziyat muammo bo‘la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal etadi. Agar
uning oldida muammo paydo bo‘lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya’ni, uning yechimi uchun
o‘zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’lum ko‘rsatishlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka
uchragan taqdirda u boshqa ko‘rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo‘yicha yangi variantlardagi
masalalarni loyihalaydi. Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo‘llashda andragog va tinglovchi
tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: Andragog faoliyatining tuzilmasi Tinglovchi
faoliyatining tuzilmasi - o‘quv materialiga oid tafovutlarni taklif etilishi; - muammoli vaziyatlarni tuzish;
- muammoning mavjudligini aniqlab berish; - muammoli topshiriqlarni loyihalash - o‘quv materiali
amaliy mohiyatining anglab yetilishi; - muammoli vaziyat yuzasidan fikrlash;
- mavjud bilimlar va
tajribani qayta tiklash; - muammoli masalaga tadbiq etish; - topshiriqni bajarish Tadqiqotchilik o‘qitish
metodini qo‘llashda andragog tinglovchi bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab
oladi, tinglovchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni
mavjud bilimlar orasidan saralaydilar va yetishmayotgan zaruriy bilimlarni aniqlab ularni
o‘zlashtiradilar. Masalaning yechimi bo‘yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydilar. Masalani yechish
davomida tinglovchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish
bo‘yicha mavjud ko‘nikma va tajribalarini mustaxkamlaydilar. Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o‘qitish
metodini qo‘llashda andragog va tinglovchi tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
Andragog faoliyatining tuzilmasi
Tinglovchi faoliyatining tuzilmasi
- o‘quvchilarga o‘quv muammosini taklif etish; - o‘quvchilar bilan hamkorlikda tadqiqot masalasini
o‘rnatish; - o‘quvchilarning ilmiy faoliyatini tashkil etish
- o‘quv muammolarining amaliy mohiyatini anglab olish; - tadqiqot muammosini andragog va
tinglovchi bilan birgalikda o‘rnatishda faollik ko‘rsatish; - ularni yechish usullarini mavjud tajribalariga
asoslangan va taqqoslangan ravishda topish; - tadqiqiy masalalarni yechish
usullarini mustaxkamlash
Evristik va tadqiqotchilik metodlari tinglovchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi
bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalarini namoyon etishni taqozo etadi. Buning
natijasida tinglovchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda
tinglovchilarning mavjud bilim va ko‘nimalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda qo‘llaniladi.
Ushbu metodlar tinglovchilarning o‘z faoliyatlariga doimiy ravishda yangicha yondashuv bilan qarash
ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.Chunki kattalar ta’limini faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat
amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb
ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: