Mavzuni о‘qitishdagi interfaol ta’lim metodlari va ilg‘or xorijiy tajribalar
Ma’lumki har bir fanni о‘qitish jarayonida innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni qо‘llash bugungi kunning dolzarb masalaridan biri xisoblanadi. Bugungi kunda amaliyotda yangilik va innovatsiya sо‘zlari о‘rtasida farqlar mavjud. Yangilik bu fandagi eng sо‘nggi yutuqlar, bilimlar, usullar xisoblanadi. Ushbu yutuqlar, bilimlar, usullar amalda qо‘llanilishi bilan innovatsiyaga aylanadi.
Bugungi kunda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda quyidagi interfaol ta’lim metodlari qо‘llanilmoqda.
“BLITS-SО‘ROV” METODI
“Blits-sо‘rov” (inglizcha “blits” – tezkor, bir zumda) metodi berilgan savollarga qisqa, aniq va lо‘nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod sanaladi. Ta’lim muassasalarida ushbu metodga muvofiq savollar, asosan, о‘qituvchi tomonidan beriladi. Berilgan savollarga javoblar jamoaviy, guruhli, juftlik yoki individual tarzda qaytarilishi mumkin. Javob qaytarish shakli mashg‘ulot turi, о‘rganilayotgan mavzuning murakkabligi, о‘quvchi (talaba)larning qamrab olinishiga kо‘ra belgilanadi.
Mashg‘ulotlarda metodni qо‘llash quyidagicha kechadi:
Metodni qо‘llashda mavzuga doir tayanch tushunchalar, asosiy g‘oyalarning mohiyati о‘quvchi (talaba)lar tomonidan og‘zaki, yozma yoki tasvir (jadval, diagramma) tarzida yoritilishi mumkin.
“NILUFAR GULI” TEXNOLOGIYASI
Texnologiya didaktik muammolarni yechishning samarali vositalaridan bо‘lib, nilufar guli kо‘rinishiga ega. Asos, unga birikkan tо‘qqizta “gulbarg” (kvadrat, tо‘rtburchak yoki aylanalar)larni о‘z ichiga oladigan bu metod yordamida asosiy muammo va uning mazmunini yoritishga imkon beradigan xususiy masalalar hal etiladi.
О‘quvchilarda hal etilayotgan masala yuzasidan mantiqiy, izchil fikrlash, ichki mohiyatini tahlil qilish kо‘nikmalarini shakllantiruvchi texnologiyani qо‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
О‘quvchi (talaba)larga quyidagi sxema namuna sifatida taqdim etiladi:
“SINKVEYN” STRATEGIYASI
J.Still, K.Meredis, CH.Temil tomonidan ishlab chiqilgan “О‘qish va yozish asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish dasturi”da har bir о‘quvchi (talaba) va о‘quvchi (talaba)lar guruhlarining fikrlash faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun “Sinkveyn” strategiyasini qо‘llash samarali ekanligi aytiladi.
Bu о‘rinda strategiyaning mohiyati bilan tanishib о‘tish maqsadga muvofiqdir.
Sinkveyn tuzish murakkab jarayon bо‘lib, uni samarali tashkil etish uchun muayyan qoidalarga amal qilish talab etiladi. Odatda, sinkveyn tuzish besh bosqichli harakatlarni tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun:
Sinkveynlar quyidagi holatlarda samarali sanaladi:
“SWOT-tahlil” metodi
Do'stlaringiz bilan baham: |