Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yо‘llarini topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
“Xulosalash” (Rezyume, Veyer) metodi
Metodning maqsadi: Bu metod murakkab, kо‘ptarmoqli, mumkin qadar, muammoli xarakteridagi mavzularni о‘rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bо‘yicha bir xil axborot beriladi va ayni paytda, ularning har biri alohida aspektlarda muhokama etiladi. Masalan, muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari bо‘yicha о‘rganiladi. Bu interfaol metod tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda о‘quvchilarning mustaqil g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. “Xulosalash” metodidan ma’ruza mashg‘ulotlarida individual va juftliklardagi ish shaklida, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida kichik guruhlardagi ish shaklida mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tahlili qilish va taqqoslash maqsadida foydalanish mumkin.
REBUS
Boshqa oʻquv predmetlaridan kuchsiz oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar koʻpincha informatikadan yaxshi va tirishqoq oʻquvchilarga aylanadilar. Krossvordlar, rebuslarva boshqotirmalarsodda boʻlishi bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, maxsus atamalarga diqqatni jalb etishning samarali vositasi hamdir. Oʻyinli vaziyat, krossvord va rebusni yechishdagi qiyinchiliklarni yengib oʻtish elementlari oʻquvchilarni shunday oʻziga tortadiki, beixtiyor ularni informatika sohaqidagi bilimlarini toʻldirishga ragʻbatlantiradi.
«INSERT» texnologiyasi
Ushbu texnologiya yangi matn bilan ishlashga moʻljallan-gan boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi: I. Matrmi qalam bilan oʻqib chiqish. 2. oʻqish davomida matnda maxsus belgilar qoʻyib borish:
‘+ buni bilaman;
– buni bilmas edim;
? buni mukammal bilmoqchi edim.
3. Matn bilan toʻla tanishib chiqilgandan soʻng quyidagi jadval toʻldiriladi:
T- sxema
T- sxema bahs davomida javoblarni (ha/yoʻq, tarafdor/ qarshi kabi) yozib borishda universal grafik vosita boʻlib xizmat qiladi. T- sxema texnologiyasi juda sodda. Muammoning mavzu doirasi aniqlangandan soʻng, quyidagi koʻrinishdagi T- sxemani tuzish kerak.
Besh minutdan soʻng sxemaning chap tomonini toʻldirish lozim. Unda besh minut davomida oʻquvchilar mavzuga oid nechta kategoriya oʻylab topishgan boʻlsa, shuncha kategoriya koʻrsatiladi. Keyingi besh minutda oʻquvchilar sxemaning oʻng tomonini toʻldiradilar. Va nihoyat, yana besh minut mobaynida oʻquvchilar oʻzlarining T- sxemalarini boshqa juftlikning T- sxemasi bilan taqqoslash imkoniga ega boʻladilar.
Ish uch bosqichda olib boriladi.
Birinchi bosqich. Guruh oʻquvchilari oʻrindiqlarga katta doira boʻyicha oʻtirib olishadi. oʻqituvchi muammoni ifoda etadi.
Ikkinchi bosqich. Beigilangan vaqt mobaynida (masalan, 10 minut) har bir oʻquvchi individual ravishda, oʻzining varagʻiga qoʻyilgan muammoni yechish yoʻllarini yozib oladi.
Uchinchi bosqich. Aylana boʻyicha har bir oʻquvchi oʻzi-ning takliflarini bayon qiladi. Guruhning qolgan a’zolari uning fikrini izohlamay, tanqid qilmay, jim eshitishadi va har bir band boʻyicha taklifni umumiy qarorga kiritish yoki kiritmaslik haqida ovoz berishdi. Umumiy qarorga kiritilgan takliflar doskaga yozib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |