O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Domla Xalim Ibodov (1878-1940)



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

Domla Xalim Ibodov (1878-1940) 

An'anaviy 

qo‘shiqchilik 

san'atimizning 

yorqin 

namoyondalaridan  biri  Domla  Xalim  Ibodov  Buxoro  shahrida 

to‘kuvchi oilasida dunyoga keldi. O‘n yoshidan taniqli xonanda 

va  sozanda  Usta  Sharof  rahbarligida  doira  chertib,  xalq 

qo‘shiqlarini ijro eta boshladi. 

 Ustoz  unga  sekin-asta  “Shashmaqom”  namunalaridan  tanishtira  boshladi 

va  mashxur  san'atkorlar  Ota  Jalol  va  Ota  G‘iyoslar  bilan  yaqindan  tanishishiga 

yordam berdi. O‘n sakkiz yoshidayoq Buxoroda yetuk xonanda bo‘lib elga tanildi. 

U maqom namunalarini jozibali ovozi bilan ijro etar, shinavandalar qalbida zavq-

shavq  uyg‘otardi.  O‘zi  ustoz  bo‘lib  yoshlarga  ashula,  doira  usullaridan  dars 

berardi.  1923  yilda  Moskvada  birinchi  qishloq  xo‘jalik  ko‘rgazmasida  Yusufjon 



32 

 

kizik  Shakarjonov,  Mulla  to‘ychi  Toshmuxammedov,  Axmadjon  Umrzokov, 



Shoraxim  Shoumarov,  G‘ulom  Zafariy,  Abduqodir  Ismoilov,  To‘xtasin  Jalilovlar 

bilan  birgalikda  qatnashib  zo‘r  muvaffaqiyatlarga  erishdi.  Safardan  qaytgach, 

mashxur xonanda xaqida mana shunday misralar xam bitildi: 

Moskvaga Domla Halim qildi safar. 

Qo‘shiq bilan unda topti ko‘sh zafar. 

1928  yilda  Samarqandda  musiqa  va  xoreografiya  instituti  ochilishi 

munosabati  bilan  Domla  Xalim  Ibodov  bu  yerga  taklif  qilinadi  va  musiqashunos 

N.  N.Mironov  undan  “Shashmaqom”ning  ko‘pgina  namunalarini  yozib  oladi. 

Samarqandda  u  atoqli  bastakor  va  xonanda  Xoji  Abdulaziz  Abdurasulov  bilan 

birga hamnafas bo‘lib, juda ko‘p konsertlarda, sayillarda ishtirok etdi. 

Domla  Xalim  Ibodov  1931  yildan  boshlab  O‘zbekiston  radiosida  ishlay 

boshladi.  U  ijro  etgan  “Savti  Sarvinoz”,  “Qashqarchai  ushshoq”)  “Iroq”, 

“Nasrulloi”,  “Mo‘g‘ulchai  dugoh”,  “To‘lqin”,  “Navro‘zi  Sabo2  singari  ashulalar 

hozirgacha 

oltin 

fondda 


saqlanadi. 

1933-1934 

yillarda 

musiqashunos 

ye.ye.Romanovskaya  Domla  Xalim  ijrosida  qator  kuy  va  qo‘shiqlarni,  maqom 

yo‘llarini yozib oladi. Ustoz qator anjumanlarda jumladan 1932 yilda Respublika 

san'at  qurultoyida,  1936  yilda  san'atkorlarning  I-Respublika  konferensiyasida, 

1937  yilda  Moskvada  birinchi  o‘zbek  dekadasida  qatnashib,  zo‘r 

muvaffaqiyatlarga erishdi. 

U  juda  ko‘p  iqtidorli  shogirdlarga  ustozlik  qildi.  Yunus  Rajabiy,  Muxtor 

Ashrafiy,  Tolibjon  Sodiqov,  Mutal  Burxonov,  Mardon  Nasimov,  Doni  Zokirov, 

Sharif  Ramazonov,  Nabijon  Hasanov,  Olimjon  Halimov  (hofizning  o‘g‘li, 

O‘zbekiston xalq artisti, bastakor) lar shular jumlasidandir. 

Domla  Xalim  Ibodov  san'atimiz  oldidagi  bebaxo  xizmatlari  uchun 

«O‘zbekiston xalqhofizi» faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Endilikda uning nomi 

bilan  atalib  kelinayotgan  Buxorodagi  san'at  bilim  yurti  ustoz  orzu  kilgan  xayrli 

ishlarni ado etib kelmoqda. 

Ustoz  san'atkor,  musiqiy  madaniyatimizning  atoqli  namoyondasi  Domla 

Xalim  Ibodov  1940  yilda  vafot  etdi.  Ustozning  muxtabar  nomi,  mazmundor 



33 

 

hayotining  sahifalari  musiqiy  san'atimiz  tarixi  zarvaraqlarida  jilolanib,  mangulik 



kasb etib turibdi. 

 


Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish