O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

Halima Nosirova (

1913-2003



Halima  Nosirova (7.12.1913  Qoʻqon  yaqinidagi  Togʻliq 

qishlogʻi  –  03.01.2003  Toshkent)  - opera xonandasi  (lirik-

dramatik soprano), 

oʻzbek  xonandalik  sanʼatining  yirik 

namoyandasi. Oʻzbekiston  xalq 

artisti (1937).  Boku  teatr 

texnikumi  (1924-27), Moskva  oʻzbek  opera  studiyasi (1934–

37)da taʼlim olgan. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1977; 1977–82 yillarda 



52 

 

Sharq  musiqasi  kafedrasida  pedagog).  Mumtoz  opera  hamda  milliy  sahna 



ijrochilikanʼanalarini  N.  Nejdanova,  N.  Golovanov,  M.  Uygʻur,  M.  Muhamedov, 

T. Jalilov va boshqa ustozlardan oʻzlashtirgan. 

Faoliyatini  aktrisa  sifatida  1927  yildan  Oʻzbek  davlat  namuna  sayyor 

truppasida  boshlab,  Mariya  Antonovna  (N.  Gogol,  "Revizor"),  Malikai  Turandot 

(K. Gotssi, "Malikai Turandot") kabi  rollarni  ijro  etgan. 1929–39  yillarda  Oʻzbek 

davlat  musiqali  teatri,  1939–86  yillarda  Navoiy  teatrining  yetakchy  yakkaxon 

xonandasi. Noyob, oʻziga xos shirali va keng diapazonli ovoz, sahnaviy isteʼdodga 

ega boʻlgan N. "Halima" (Gʻ. Zafariy), "Arshin mol olon" (U. Xojibekov), "Layli 

va  Majnun"  (Xurshid;  T.  Sodiqov  musiqasi),  "Farhod  va  Shirin"  (Xurshid;  V. 

Uspenskiy), "Gulsara" (Komil Yashin va M. Muhamedov; R. Glier) kabi musiqali 

spektakllarda bosh rollarni ijro etib shuhrat qozongan. 

Halima  Nosirovaning  musiqali  drama  teatri  sahnasida  erishgan 

muvaffaqiyatlari oʻzbek opera ijrochiligining yuzaga kelishiga turtki boʻldi. 1938 

yil  Oʻzbek  davlat  musiqali  teatrida  saxnalashtirilgan  Yevgeniy  Brusilovskiyning 

"Er Targʻin" operasidagi Oqjunus obrazi Nosirovaning birinchi opera partiyasi edi. 

Halima  Nosirova  ilk  oʻzbek  operalari  –  "Boʻron"  (G.  Vasilenko  va  M.  Ashrafiy, 

1939)da  Norgul,  "Layli  va  Majnun"  (T.  Sodiqov  va  R.  Glier,  1940)da  Layli  kabi 

bosh  rollarni  ijro  etgan.  Keyinchalik  u  "Ulugʻbek"  (A.  Kozlovskiy,  1942) 

operasida Sin Dun Fan, "Karmen" (J. Vize, 1944, oʻzbek tilida)da Karmen, "Tohir 

va  Zuxra"  (T.  Jalilov  va  V.  Brovsin,  1949)da  Zuxra,  "Gulsara"  (R.  Glier  va  T. 

Sodikov,  1949)da  Gulsara  kabi  obrazlar  yaratdi.  Gulsara  partiyasida  Halima 

Nosirova  milliy  kuylash  sanʼatini  opera  ijrochiligiga  uzviy  bogʻlashga  muvaffaq 

boʻldi. Keyinchalik bu hol N. yaratgan barcha rollar talqinining asosiy xususiyatiga 

aylandi. 

"Maysaraning  ishi"  (S.  Yudakov)dagi  bosh  qahramon  talqinida  oʻzbek 

opera sahnasidagi ilk hajviy obrazni yaratdi. Maysaraga xos lirik va komik holatlar 

ishonarli  namoyon  boʻldi.  Nosirovaning  Zaynab  (T.  Sodiqov,  Yu.  Rajabiy,  D. 

Zokirov va boshqa Zeydman, "Zaynab va Omon"), Saodat (S. Boboyev, "Hamza"), 




53 

 

Bahor  (M.  Yusupov,  "Xorazm  qoʻshigʻi"),  Xadicha  xola  (Ya.  Sabzanov, 



"Qaytish") obrazlari faoliyatining soʻnggi yillari mahsulidir. 

Nosirovaning  konsert  repertuaridan  oʻzbek  mumtoz  musiqa  merosi 

namunalari  katta  oʻrin  olgan:  "Ushshoq",  "Dugoh",  "Chorgoh",  "Samarqand 

ushshogʻi", "Chapandozi Navo" kabi maqom  yoʻllari, "Chaman ichra" va boshqa 

A.  Kozlovskiy  ovoz  va  simfonik  orkestr  uchun  qayta  ishlagan  "Oʻzgancha", 

"Gulyuz  ichra",  "Figʻon"  va,  ayniqsa,  "Tanavor"  ashulalarninglirikdramatikjihati 

N. ijrosida yanada teranlashdi. "Men oʻzbek qiziman", "Mehnat ahli" (F. Boruxova 

bilan  birgalikda  katta  ashula  yoʻlida)  va  boshqa  zamonaviy  ashulalarni,  "Oʻzbek 

qizi  ovozi"  (M.  Leviyev),  "Xush  kelibsiz"  (Sayfi  Jalil)  singari  kompozitorlarning 

qoʻshiklarini koʻtarinki ruxla tarannum etgan. Boshqa xalqlar (tojik, qozoq, arman, 

ozarbayjon, xitoy, rus, ukrain kabi) qoʻshiqlari ham Halima Nosirova repertuaridan 

oʻrin olgan. Osiyo, Amerika va Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Davlat 

mukofotlari  (1946,1951,  1968),  Hamza  nomidagi  Oʻzbekiston  Davlat  mukofoti 

laureati (1971), "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni (2000) bilan mukofotlangan.  

 


Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish