O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Fattohxon Mamadaliyev (1923-1999)



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

Fattohxon Mamadaliyev (1923-1999) 

O‘zbekiston  xalq  hofizi,  sozanda  bastakor,  ustoz-

murabbiy,  professor  Fattohxon  Mamadaliyev  O‘zbekiston 

Bastakorlar  uyushmasi  safiga  1991  yil  qabul  qilingan.  Bu  nodir 

iste'dod sohibi, samimiy inson hofizlikda o‘zining shirali va dardli 

ovozi  bilan  o‘zbek  xalqining  ma'naviy  mulki  bo‘lmish  mumtoz 

ashula, katta ashula va maqom namunalarini maromiga yetkazib ijro etishi tufayli 

tanildi,  xalq  mehrini  qozondi.  Uning  «Miskin»,  «Munojot»,  «Ushshoq», 

«Nasrulloyi»  kabi  turkumlarni  qayta  ishlashi,  «Qadimgi  Ushshoq»,  «Umrzoq 

Polvon  Ushshog‘i»  va  «Zikri  Ushshoq»  maqom  yo‘llarini  qayta  tiklashi,  «Savt»i 

Fattohxon turkumini bastalashi musiqa san'atimizda katta voqyea bo‘ldi. 

Fattohxon  Mamadaliyev  Andijon  viloyati  Baliqchi  tumanining  eski 

Haqqulobod  qishlog‘ida  1923  yili  tavallud  topdi.  Oilaning  7  farzandi  orasida 

Fattohxon bolaligidan musiqaga qiziqdi, mehr qo‘yib ulg‘aydi.  

1931 yildan umumta'lim maktabiga o‘qishga bordi. Tuman madaniyat uyi 

qoshidagi  badiiy  havaskorlik  to‘garagida  tanbur,  dutor  chertishni  o‘rgandi  va 

qo‘shiq  ijrochiligi  bilan  ajralib  turdi.  Boshlang‘ich  maktabni  1938  yili  bitirgan 

paytida,  havaskorlar  Konsertini  ko‘rgan  mashhur  g‘ijjakchi  san'atkor,  tumanda 

endigina ochilgan teatr rahbari Mo‘minjon Karimov e'tiborini yosh Fattohxonning 

ashula aytishiga qaratdi.  

Katta  musiqiy  san'atga  kirib  kelish  ilk  davrini  Fattohxon  Mamadaliev 

shunday eslagan: «Konsert tugagach, bo‘lg‘usi ustozim Mo‘minjon Karimov men 

bilan  alohida  suhbatlashdi,  boshqa  qo‘shiq  va  ashulalarni  ayttirib  ko‘rdi,  o‘zi 

g‘ijjagi bilan jo‘r bo‘ldi va teatrga ishga taklif qildi. Ustozim bilan bo‘lgan ana shu 

qisqa, hayajonli muloqot mening kelgusi hayotimda, taqdirimda burilish bo‘ldi.  

Teatrga  ishga  kirdim  va  ustoznavozlik  musiqiy  san'atiga  ilk  qadamimni 

qo‘ydim. Ish jarayonida menga ustozim ovozni so‘zga tushirish, she'riyat tuzilish 

qonunlarini,  turlarini,  ashula  va  qo‘shiq  uchun  ularni  tanlash,  ashula  aytganda 

burro talaffuz etish, qochirimlarni bezab kuylash kabi yo‘llarni qunt bilan o‘rgatdi. 

Ulug‘  hofizlar  Mulla  To‘ychi  Toshmuhammedov,  Shorahim  Shoumarov,  Hoji 



60 

 

Abdulaziz Rasulov, Ma'murjon Uzoqov, Jo‘raxon Sultonov va boshqa hofizlarning 



ijrochilik nafas yo‘llarini o‘rganish va o‘z uslubini topib olishga maslahatlar berar 

edilar.  

Bular  hammasi  men  uchun  haqiqiy  maktab  bo‘ldi.  Otam  rahmatlik 

adabiyotni,  she'riyatni,  hofizlar  san'atini  jon-dilidan  sevar  edi.  Do‘st-ulfatlari 

orasida buyuk allomalarning she'riy kitoblaridan zavqlanib yoddan o‘qir edi. Otam 

va onam mening hofiz bo‘lishimni orzu qilishar edi», —deb xotirasini tamomlagan 

edi. 

Fattohxon  Mamadaliyev  san'atkor  sifatida  shakllanishida  yuqorida  zikr 



qilingan  omillar  bilan  birga  Umrzoq  Polvon  Sayidali,  Abdulla  Taroq,  Berkinboy 

Fayzievlar katta rol o‘ynadi. 

1950-yillardan  boshlab  Fattohxon  Mamadaliyevning  hofizlik,  bastakorlik, 

murabbiylik  faoliyati  keng  quloch  yoza  boshladi.  1963-1968  yillarda  u  Andijon 

davlat  pedagogika  institutining  tarix-filologiya  fakultetini  bitirdi.  60-yillarning 

boshlarida F.Mamadaliev kuchli va yuqori diapazonli ovozni talab qiladigan «katta 

ashula»ni  poyoniga  yetkaza  bilish  qobiliyati,  kuy  va  so‘z  uzviyligini  ashulada 

ta'minlash mahorati bilan O‘zbekiston xalq artisti Yu.Rajabiy nazariga tushdi.  

Fattohxon  Mamadaliyev  shunday  eslaydi:  «Kunlarning  birida  Yunus  aka 

bilan uzoq muloqotda bo‘lib qoldik. Bu ulug‘ inson va ustoz menga murojaat qilib 

«Fattohxon,  o‘zingizni  maqom  san'atida  ham  sinab  ko‘rmaysizmi?  -dedilar.  - 

Uddalay  olarmikinman,  ustoz?  -  deb  javob  berdim».  «Meni  bilishim  va 

sezishimcha  qo‘lingizdan  keladi.  Agar  o‘z  ustingizda  astoydil  ishlasangiz»,  deb 

dalda  berdilar.  Bizning  ustozlarimiz  musiqiy  san'atimiz  xazinasining  bebaho 

javohiri bo‘lgan buyuk maqom san'atini bizga o‘rgatib, qarz qilib ketdilar. Biz ham

 

keyingi  avlodlarga  yetkazishimiz  va  o‘rgatishimiz  lozim»,  degan  so‘zlar  menga 

juda ham ta'sir qildi.  

Shu  ajoyib  unutilmas  suhbatdan  keyin  maqom  yo‘llarini  o‘rganishga 

astoydil  kirishdim.  Imkoniyatim  boricha  Farg‘ona-Toshkent  maqom  va 

Shashmaqom  yo‘l  uslublarini  o‘zlashtirib  bordim  va  yaxshi  natijalarga  erishdim. 

Xorazm  maqom  yo‘llari  bilan  Madrahim  Sheroziy,  Hojixon  Boltaev  va  do‘stim 



61 

 

Ro‘zimat  Jumaniyozov  kabi  mashhur  san'atkorlarning  ijrolarida  tanishishga 



muyassar bo‘ldim». 

Tabiatan zehni o‘tkir, musiqiy qobiliyati kuchli, falsafiy dunyoqarashi keng 

F.Mamadaliyev mumtoz maqom san'ati asoslarini ham mukammal o‘zlashtirdi va 

Andijon  shahar  madaniyat  uyida  o‘zi  tuzgan  «Maqomchilar  ansambli»  bilan 

xalqqa  xizmat  qildi,  respublika  va  xalqaro  anjumanlarda,  konsertlarda,  ko‘rik-

tanlovlarda faol qatnashdi. Birinchi gal bu ansambl 1972 yili «Marhabo, talantlar!» 

respublika  teletanlovida  «Qashqarchai  Mo‘g‘ulchai  Dugoh»  va  «Soqiynomai 

Mo‘g‘ulchai Dugoh» ijrosi uchun eng yuqori bahoga sazovor bo‘lgan edi. 1973 yili 

Almati  shahrida  o‘tkazilgan  «Osiyo  musiqa  minbari»  xalqaro  anjumanida 

respublikamizning musiqa san'ati sharafini namoyish qilgan edi.  

Samarqand  shahrida  o‘tkazilgan  musiqashunoslik  simpoziumlarida 

qatnashdi. Andijon viloyatining Xo‘jaobod, Izboskan tumanlar madaniyat uylarida, 

Andijon davlat pedagogika institutida «Maqomchilar ansambli» jamoalarini tashkil 

qildi,  keyinchalik  ularga  murabbiylik  va  maslahatchilik  qilib  turdi.  1985  yili 

M.Ashrafiy  nomidagi  Toshkent  davlat  konservatoriyasi  Sharq  musiqasi 

kafedrasiga  ishga  taklif  qilindi.  Mazkur  kafedrada  dastlab  dotsent  lavozimida 

ishlab, 1993 yili professor ilmiy unvoniga ega bo‘ldi. 

Fattohxon  Mamadaliyev  bastalagan  ko‘plab  ashulalar  orasida  «Intizor» 

(Ulfatiy  so‘zi),  «Oqibat»,  «Sog‘indim»,  «Falak»,  «Mehmon»,  «Judo  keldi»  va 

«Yuzin  hajrida»  (Nodira  so‘zlari);  «Ahd  qildim»  (Muqimiy  so‘zi);  «Jononim 

mening»  (Hayratiy  so‘zi);  «Orzu»  (V.Sa'dullo  g‘azali);  «So‘rmasa», 

«Kalomingdan» va «Dilkusho» (H.Azimov so‘zi); «O‘lmag‘ay» (Navoiy g‘azali); 

«Ko‘ngil» (X.Yahyoyev so‘zi); «Ra'no gullar» va «Sog‘inurman» (O.Xoldor so‘zi) 

kabi o‘nlab noyob ashulalari muxlislar ko‘nglidan chuqur joy oldi. 

Fattohxon  Mamadaliyev  1983  yili  Samarqandda  o‘tkazilgan  2-

musiqashunoslik simpoziumida, 1990 yili Dushanbe shahrida Borbad tavalludining 

1400  yilligiga  bag‘ishlangan  xalqaro  simpoziumda,  1991  yilda  o‘tkazilgan  bir 

necha  konsert  dasturlarida,  1998  yili  Pxenyan  (KXDR)da  o‘tkazilgan  Osiyo 

musiqa  minbarida  va  boshqa  xalqaro  anjumanlarda  yakka  ijrochilikda  mumtoz 



62 

 

ashula  va  maqomlari,  o‘zi  yaratgan  ashulalari  bilan  tinglovchilarni  maftun  qildi. 



Ayniqsa,  mumtoz  musiqa  festivalida  ijro  etgan  uning  «Dardi  dilim»  ashulasi 

qatnashchilarni lol qoldirdi. 

Mohir  hofiz,  bastakor,  ustoz-murabbiy  va  jamoat  arbobi  Fattohxon 

Mamadaliyev  respublikamiz  milliy  musiqa  san'atining  rivoji  yo‘lidagi  ulkan 

xizmatlari  munosib  taqdirlandi.  1981  yili  «O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan 

artist», 1990 yili «O‘zbekiston xalq hofizi» faxriy unvonlari, «Mehnat shuhrati» va 

«El-yurt hurmati» ordenlari bilan mukofotlangan. 

 


Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish