O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Muhitdin Qoriyoqubov (1896-1957)



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

Muhitdin Qoriyoqubov (1896-1957) 

Muhitdin  Qoriyoqubov  (1.05.1896  hozirgi  Fargʻona  - 

22.02.1957,  Toshkent)  -  ashulachi,  opera  xonandasi  (bariton), 

aktyor,  oʻzbek  musiqali  teatri  asoschilaridan.  Turkiston 

Respublikasining  birinchi  xalq  hofizi  (1923),  Oʻzbekistonda 

xizmat  koʻrsatgan  sanʼat  arbobi  (1930),  Oʻzbekiston  xalq  artisti 

(1936).  Dastlab  eski  maktab,  1912-14  yillarda  madrasada  tahsil  koʻrib,  qiroatni 

yaxshi  egallagan,  qori  sifatida  ham  tanilgan.  Yoshligidan  xalq  ashulachilik 

anʼanalarini  oʻzlashtirgan  Qoriyoqubov,  ayni  paytda  yangi  sanʼat  shakllariga 

qiziqib, Fargʻonada mahalliy sozandalardan iborat ilk puflama sozlar orkestrlarida 

ishtirok etgan, orkestrni tashkil etgan (1916). Konsertlarda faol qatnashib, xalq va 

mumtoz  ashulalar  ("Yoʻl  boʻlsin",  "Gʻayra-gʻayra",  "Olmacha  anor",  "Koʻcha 

bogʻi" va h.k.)ni ijro etgan. 

Fargʻona  oʻlka  musulmon  siyosiy  dramatik  truppasida  aktyor,  rejissyor 

(1918-20) va rahbar (1921) boʻlib, Fargʻona va Zakaspiy frontlari va hududlarida 

madaniy  xizmat  qilgan.  Toshkentda  K.Shorshteyn  teatr-studiyasi  (1919), 

Moskvada  teatr  sanʼati  instituti  (1922-24)da  tahsil  koʻrgan.  Tamaraxonim  bilan 

"Sharq  kechalari"  (Moskva),  Jahon  amaliy  sanʼat  koʻrgazmasi  (1925,  Parij), 

shuningdek  Berlin  konsert  sahnalarida  oʻzbek  qoʻshiq,  yalla  va  laparlarini 

yangicha talqin etib, zamonaviy oʻzbek synʼatini ilk bor Yevropada targʻib etgan. 

1926 yil, Samarqandda Oʻzbek davlat sayyor konsert etnografik truppasini 

tashkil  qilgan,  u  bilan  Rossiya,  tatariston,  Gruziya  va  boshqa  joylarda  gastrolda 

boʻlgan.  Qoriyoqubov  Qoʻqon  va  Andijon  musiqali  teatrlari  shakllanishida  ham 

faol  ishtirok  etgan.  1927-28  yillarda  bu  teatrlarda  badiiy  rahbar,  rejissyor  (M. 

Miroqilov  bilan)  sifatida  qatnashib,  teatr  jamoalarini  qayta  tuzgan,  oʻzi 

spektakllarda  bosh  rollarni  oʻynagan:  Neʼmat  ("Halima",  Gʻ.Zafariy),  Farhod 

("Farhod  va  Shirin";  Xurshid  pyesasi,  Sh.Shoumarov,  Toʻychi  hofiz  va 




34 

 

Yu.Rajabiylar musiqalashtirgan), Sultonbek ("Arshin mol olon", U. Hojibekov) va 



boshqa  Konsertetnografyk  truppasi  zaminida  Oʻzbek  davlat  musiqali  teatrinn 

tashkil qylgan, uning aktyori, direktori va badiiy rahbari boʻlgan (1929-33). 

Oʻzbek  opera  sanʼatining  shakllanishi  va  rivoj  topishida  ham 

Qoriyoqubovning  xizmatlari  salmoqli.  Moskva  oʻzbek  opera  studiyasinit 

tashkilotchisi va rahbari boʻlgan, oʻzi ham shu studiyada taʼlim olgan (1934-36). 

Oʻzbek davlat opera va balet teatri ochilgach, uning yetakchi yakkaxon xonandasi 

(1939-47).  Milliy  operalarda  Xusrav  ("Farhod  va  Shirin",  V.  Uspenskiy  va  G. 

Mushel), general-gubernator ("Boʻron", S.Vasilenko, M.Ashrafiy), Novfal ("Layli 

va Majnun", T.Sodiqov, R.Glier), Ulugʻbek ("Ulugʻbek", A.Kozlovskiy), Mahmud 

Torobiy  ("Mahmud  Torobiy",  O.Chishko),  Er  Targʻin  ("Er  Targʻin", 

Ye.Brusilovskiy) va boshqa bosh partiyalarni mahorat bilan talqin qilgan, oʻzbek 

opera ijrochilik sanʼati shakllanishiga katta hissa qoʻshgan. 

Oʻzbek  davlat  filarmoniyasi  tashkil  etilishida  ham  Qoriyoqubovning 

xizmati  katta.  U  1936  va  1946-50  yillarda  filarmoniyaning  direktori  va  badiiy 

rahbari  boʻlib,  oʻzbek  xalq,  mumtoz  va  yangi  janrlarni  targʻib  etuvchi  ijodiy 

jamoalar  (ashula  va  raqs  ansambli,  xor  kapellasi,  xalq  cholgʻulari  orkestri  va 

h.k.)ni yuzaga keltirgan. 

Oʻzbek  filarmoniyasi  (hozirgi  Xalq  badiiy  jamoalar  direksiyasi) 

Qoriyoqubovnomi berilgan. Uning hayoti va ijodiga bagʻishlangan film ishlangan. 

Vafotidan  soʻng  Qoriyoqubov  "Buyuk  xizmatlari  uchun"  ordeni  bilan 

mukofotlangan (2000). 


Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish