Akademik Bernshteyn insonning jismoniy harakatlari xususiyatlarini o‘rganib chiqib, kutilmagan natijalarga erishdi. Uning xulosasiga ko‘ra insonning tajribasi alohida – alohida jismoniy harakatlarni amalga oshirish bilan ortib bormas ekan. Ana shu alohida harakatlar inson organikasida tizimlashgan holda o‘zlashtirilar ekan.
Masalan, xat yozish jarayonidagi jismoniy harakatlarda faqat qo‘l va barmoqlar emas, shu birga ong va gavda tuzilishlari tizimlashib, shu faoliyat jarayonida ishga tushadi va harakat xotirada saqlanib qoladi. Bizning butun diqqat - e’tiborimiz barmoq bilan qo‘lda va yozayotgan matnning tuzilishida bo‘lgani bilan, organikamizning qolgan tuzilmalari ham bu jarayonda qatnasha boshlaydi. Biz buni sezmaymiz. Chunki ular biz amalga oshirayotgan jarayonda o‘z - o‘zidan ishtirok eta boshlaydi.
Xat yozishda bizga ma’lum bir sharoi t va gavda holatlari kerak bo‘ladi. Masalan, yozish uchun qog‘oz tagi tekis va mustaxkam bo‘lishi, yozishga o‘tirganimizda gavdamizning ma’lum bir holati lozim bo‘ladi. Agar shu holatni olib tashlasak, yoza olasizmi? Ruchka yoki qalamni barmoqlar orasiga joylashtirish holati ham bor, agar uni buzib ko‘raylik - chi, nima bo‘lar ekan? Siyoh yoki uning o‘rnini bosuvchi element yozmasa yoki yozuv beo‘xshov bo‘lsa, nima bo‘ladi? Biz jismoniy faoliyatni boshqarib turibmiz deb, o‘ylaymiz. Aslida jismoniy faoliyat bizni
boshqarib, yo‘l - yo‘riq ko‘rsatib turadi. Jismoniy faoliyat talablariga
bo‘ysunmasak, kutilgan natijaga erisha olmaymiz.
Shuning uchun dastxat yozishga mos bo‘lgan ma’lum taraddud va lozim bo‘lgan muhitni hozirlab, so‘ngra dastxat yozishga kirishamiz.
Hatti - harakat maqsadsiz bo‘lmaydi, maqsad yangi shatr – sharoitning kirib kelishi va shu tufayli boshlanuvchi voqelikning ichida tug‘iladi. Boshqacha aytganda, maqsad va voqelik baholashda tug‘ilib, keyingi voqelikni barpo qiluvchi shart - sharoit kirib kelganda o‘z xotimasiga yetadi. Bu voqelik va hatti–harakatning o‘zaro mutanosibligi, uyg‘unligi hayotiy lavha – etyud shaklida o‘z mavqeini to‘liq namoyon qilishi asosiy masala. Faqat endi hatti- harakat e’lementlarini aloxida ko‘rib chiqib, ular ustidagi mashqlarni bajarishdan hatti- harakatning o‘zini bajarishga ko‘chishimiz lozim bo‘ladi. Hatti- harakat elementlarini alohida - alohida ko‘rib chiqishdan to‘g‘ridan - to‘g‘ri yaxlit hatti - harakatga ko‘chilsa oradagi tarqoq o‘zlashtirilgan elementlarni bir butun holatga olib kelish jarayoni o‘tilmay qoladi. Yaxlit hatti - harakat jarayonini amalga oshirish uchun voqeani belgilaydigan va hatti – harakatlarga turtki beradigan shart -sharoitlarni yengishga urinish ko‘nikmasini hosil qilish lozim bo‘ladi.
Demak, dastavval hamma alohida - alohida ko‘rib chiqilgan e’lementlarni yaxlit hatti - harakatga bo‘ysundirib ishlatish borasida bosh qotirish darkor. Hatti - harakatning yaxlitligi ustidagi mashqlarni qilmagan talabalar to‘g‘ridan -to‘g‘ri voqelikga olib kirilsa, hatti -harakatni bajarish o‘rniga uni ko‘rsatib berishgagina qodir bo‘lishadi.
Buning uchun hamma e’lementlar mashqlarini o‘z ichiga qamrab oladigan jismoniy hatti-harakatlarni xotirlash va his qilish mashqlari (tasavvurdagi buyum bilan ishlash mashqi) bizga yordam qila oladi.
K. S. Stanislavskiy bu mashqlarga juda kata e’tibor bergan. Stanislavskiyning yozishicha, real buyumlar bilan sahnada mashq qilinganida, hatti - harakatning tarkibiy bo‘laklarining ko‘p elementlari e’tibor doirasiga kirmay qolib ketadi. Bu yerda gap jismoniy harakatlar oqimidagi shunday damlar xaqida ketmoqdaki, bizlar hayotda ularga ko‘nikib qolganmiz, shuning uchun ham ularni mexanik ravishda o‘ylamay bajaramiz.
Buyumsiz jismoniy harakatlarni bajarish jarayonid a qatnashadigan ba’zi e’lementlarni o‘tkazib yuborish hollari bo‘lishi hisobiga, fizik harakatlar tabiatini o‘rganishga xalaqit qiluvchi jihatlar paydo bo‘ladi va bu uni to‘g‘ri tadqiq qilib tushunib olishga yo‘l qo‘ymaydi. Xotira asosida fizik harakatlar va his qilish mashqlari esa fizik harakatlar aktining tarkibiy qismlaridagi bosqichlarni birin - ketin mantiq va izchilligini saqlagan holda bajarishga yordam beradi. Yo‘q buyumlar bilan xotira asosida hatti -harakat qilishda, bunday “o‘tib ketishlar” bo‘lib qolsa, darrov ko‘zga tashlanadi. Chunki real buyumlarni yo‘qligi e’tiborni o‘ziga o‘zgacha jalb qiladi va fizik hatti - harakatning izchil zanjiridagi e’lementlarning o‘tkazib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki qilinayotgan fizik harakatdagi xato yaqqol ko‘rina boshlaydi. “O‘tib ketishlardan qutilish, – deb xulosa qiladi Stanislavskiy, - harakatning uzliksiz tizimini yaratadi, yaxlit psixofizik jarayonning shakillanishini taminlaydi, fizik xarakatni mantiq va izchillik qonunlarida bo‘lishini talab qiladi, qolgan hatti - harakat e’lementlarini bajarilishini o‘z ortidan ergashtirib keladi. Buyum bilan yo‘qolgan hatti - harakatni tarkibiy qisimlarini xotira yordamida tiklab, to‘ldiradi.”24
Stanislavskiy “Aktyorning o‘z ustida ishlashi” kitobida trening va mushtra bilan shug‘ullanadigan yordamchisi Torsovga bu mashqni talabalar bilan muntazam ravishda qilib turish lozimligini maslahat qilib, doimo uning ustida ishlashni ta’kidlardi.
Masalan:
Xat yozish.
Kechki ovqatga dasturxonni tuzash.
Turli taomlarni tayyorlash.
Choy ichish.
Ko‘ylaktikish.
Turli kosiblik ishlarini qilish.
Hayotiy turli fizik va mehnat jarayoniga aloqador ishlarni
24 Jean Benedetti, Konstantin Sianislavsky.An actor's work: a student's diary.Routledge, 2008.82- bet.
bajarish.
Bunday mashqlar,- derdi Stanislavskiy, - fizik hatti- harakatlar orqali aktyorning ichki holatida tabiiy va organik haqiqatni paydo bo‘lishini, sahnada ishonch uyg‘onishini tug‘dirish uchun kerak.
Bu mashqlarni bajarish shartlari:
-Mashqlar mutlaqo buyumsiz bajariladi;
-Ba’zi mashq namunalarida elementlardan - taburetka, stol, shirmadan foydalanish mumkin;
-Ba’zan mashqlarning bir qismi buyumsiz, bir qismi buyum ishtirokida bajariladi. Masalan, qog‘oz - real, qalam - tasavvurda.
Keyinchalik etyud va parchalar ustida ishlash jarayonida ham talabalar real buyumlar bilan ishlayotganda, buyumsiz fizik harakatlarni bajarishlarini talab qilib turish foydali va bu talabalarning o‘zlari uchun harakatlarini bir nazoratdan o‘tkazish, buyumlar bilan ishlayotganda sodir bo‘layotgan xatoliklarni aniqlashga yordam beradi.
Talaba biror bir mashqni tanlab olib, uning ustida muntazam ishlab, fizik faoliyatda qatnashadigan buyumlar bilan ishlash qoidalarini, bu jarayonda kechadigan psixofizik qonunlarni bajarishni to‘la-to‘kis o‘rgansa, ushbu holat metodik jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi. “Fizik hatt i- harakat uslubini o‘z ustida ishlashsiz, badiiy yondashuvsiz o‘qitib bo‘lmaydi. Bu jarayon talaba –aktyorlarda qancha ko‘p sinalsa, tekshirib ko‘rilsa va qo‘llansa, shuncha yaxshi, shuncha foydali”. 25
Talaba mashqda qancha qiynalmasin, tanlagan mashqini oxiriga yetkazib ishlamaguncha, mashqni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ba’zida talaba tanlagan mashqning fizik xususiyatini yaxshi bilmay turib tanlagan bo‘lsa va shu tanlagan ishini tajribada amaliy tekshirib o‘rganishga imoniyati bo‘lmasa, unda bu mashqni almashtirsa bo‘ladi.
Xotira birlamchi bo‘lsa, tasavvur ikkilamchidir. Odam dunyoga kelganda eng avvalo xotiraga ega bo‘ladi, so‘ngra, xotira asosida, uning elementlaridan biri bo‘lib tasavvur paydo bo‘ladi . Bu bilan mashqda tasavvur ishtirok etmaydi, deyish noto‘g‘ri. Tasavvur ham mashqni
25 Lenard Petit. The Micael Chekhov Handbook-For the Actor, Routledge, 2010. 21-bet.
bajarishda salmoqli o‘ringa ega. Lekin mashqda tasavvurga emas, xotiraga tayanib ish tutilsa to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki hayotda inson biror bir narsa yoki joy haqida, biror inson haqida so‘ralganda javob beruvchi shaxs avvalo o‘sha so‘ralgan narsa, joy yoki odamni eslaydi, ya’ni, xotirlaydi. Shundan so‘nggina so‘zlashga kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |