O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet358/449
Sana02.01.2022
Hajmi3,04 Mb.
#311066
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   449
Bog'liq
Ўзбек тилини соҳада қўлланилиши мажмуа 2020 2021

Sen nohaqsan

desangiz, bu bilan uning obro`siga 

putur etkazgan bo‘lasiz.  

Juda kamchilik insonlar mantiqiy fikrlaydilar. Ko‘pchilik hayotga to‘g‘ri nazar 

bilan  qaramaydi,  nimalargadir  ishonadi,  boshqa  obro`-e‘tiborli  shaxslarning 

fikrlari  bilan  zaharlangan,  o‘zi  haqida  juda  yuqori  fikrda,  qizg‘anchiq, 

maqtanchoq va o‘ziga juda ishongan bo‘ladi. Shuning uchun,ham ular o‘z odatlari 

va ishongan narsalarini o‘zgartirishni istamaydilar. Fikringizni qat‘iy bildiradigan 

so‘zlarni  ishlatmang,  ularning  o‘rniga  ―

Fikrimcha‖,  ―Qo‘rqamanki‖,  ―Faraz 

qilamanki‖, ―Menimcha

‖ degan so‘zlardan foydalanganingizma‘qul. 

 

Agar, nohaq bo‘lsangiz – buni tanoling! 



Agar,  suhbat  davomida  qo‘qqisdan  nohaq  ekanligingizni  bilib  qolsangiz, 

hamsuhbatingizdan  avvalroq  buni  tan  oling.  Bunda  hamsuhbatingiz  payqab 

qolganidan  so‘nggi uning  ayblovidan  avvalroq o‘zingizni-o‘zingiz  tanqid qiling. 

O‘z shaxsiy xatolarini tan olmoqlik insonni umumiy darajadan yuqori qo‘yadi va 

uning qalbini  yaxshilik hamda  tantana bilan  to‘ldiradi.  Esingizda  tursin:  ―

Janjal 

bilan ko‘p narsaga erisha olmaysan, lekin, kelishish bilan kutganingdan ham ko‘p 

narsa olishingizmumkin

‖. 


 

Inson  qalbiga  eng  to‘g‘ri  yo‘l  topish  uchun  unga  hech  qachon  bosim 




371 

 

ko‘rsatmang,  uni  hech  nimaga  majbur  qilmang  va  hech  kimni  o‘z  nuqtai- 



nazaringizni  va  fikringizni  tan  olishga  majbur  qilmang.  Agar,  boshqa 

odamlarning o‘z  fikringizga  qo‘shilishlarini  istasangiz,  avval  boshdanoq  ularga 

do‘stona uslubda muomalaqiling. 

 



Suqrotning muloqot qilish siri (

insonni ―Ha‖ deyishga majbur qiling). 

Biror  bir  inson  bilan  suhbat  qilishda  hech  qachon  u  bilan  Siz  va  u  turli  xil 

fikrlarda  bo‘lgan  muammolar  mavzusidan  gap  boshlamang  va  zinhor  bu  haqda 

munozara qilmang. Avval boshdan u bilan bir fikrda bo‘lingan masalalar haqida 

gapiring va bularga urg‘u bering. Suhbat davomida doimo ikkalangiz bir maqsad 

yo‘lida harakat qilayotganingiz haqida gapiring va ikkalovingiz orangizdagi farq 

masala mohiyatida emas, balki uni hal qilish usullarida ekanligiga alohida urg‘u 

bering. Hamsuhbatingiz avval boshdanoq ―Ha, Ha‖ degan gaplarni gapirsin, unga 

―yo‘q‖ deyishga iloji boricha imkon bermang. Har qanday inson biror bir fikrni 

aytgandan so‘ng, unga rioya qilishga majbur bo‘ladi, shuning uchun, bu uni ―Ha‖ 

deb  javob  berishga  undash,  maqsadga  erishish  yo‘lida  sehrli  kalit  bo‘lib  xizmat 

qiladi. 


 

Shikoyatlarni ko‘rib chiqishda yordam beruvchiusul. 



Hamsuhbatni  o‘z  fikringizga  ishontirish  kerak  bo‘lganda  o‘zingizning  juda 

ko‘p  gapirishingiz  juda  ham  qo‘pol  xato  bo‘ladi.  Insonlarga  biror  bir  narsani 

zo‘rlab sotish mumkin emas, ular istasalargina Sizdan nimadir sotib oladilar. Bu 

holda ham  Siz shikoyat  qilgan  insonga o‘z  fikringizni  sotishingiz kerak bo‘ladi, 

shuning uchun, ularda  bunga  istak  uyg‘otishingiz  maqsadga  muvofiq.  Esingizda 

tursin:  fikringizni  uqtirmoqchi  va  biror  bir  amaliy  natijaga  erishmoqchi 

bo‘lsangiz,  iloji  yuoricha  ko‘proq  vaqt  hamsuhbatingiz  gapirsin.  Siz  esa  asta-

sekin va ehtiyotkorlik bilan unga fikringizni tushuntirishingizmumkin. 



14-TOPSHIRIQOmma e‘tiborini qaratishusullari. 

 

Ushbu bo‘limda biznesga oid ommaviy muloqot yoki  tadbirkorlikka ommani 

jalb  qiluvchi  ma‘ruzalar  qilishda  qanday  qilib  o‘z-o‘ziga  ishonchni  kuchaytirish 



372 

 

va ko‘pchilik oldida ma‘ruzalar qilishdan cho‘chimaslik qobiliyatini rivojlantirish 



muammolari  haqida  gapirib  o‘tamiz.  Yaxshi  ma‘ruzachi  (

orator

)  bo‘lish  uchun 

quyidagi to‘rt asosiy qoidaga rioya qilish kerakbo‘ladi: 

Birinchi  qoida:  Ma‘ruzangizni  o‘z  maqsadingizga  erishish  yo‘lida  kuchli 

harakat  va  ehtiros  bilan  boshlang.  Bilib  qo‘ying,  inson  bolasi  ega  bo‘lgan  hech 

qanday  qobiliyat  unga  yaxshi  gapira  olish  san‘ati  kabi  tezlik  bilan  ko‘pchilikka 

tanilish  va  xizmat  pillapoyalaridan  ko‘tarilish  imkonini  yaratmaydi.  Ta‘sirli 

ommaviy ma‘ruzalar o‘qiy olish san‘atini mukammallashtirish uchun katta ruhiy 

intilish  lozim  va  shuning  uchun,  ham  qiziqish  bilan  ishga  kirishing,  orqaga 

chekinish  mumkin  bo‘lgan  barcha  ko‘priklarni  yoqib  tashlang,  shunda  g‘alaba 

Sizga yorbo‘ladi. 

Ikkinchi  qoida:  Nima  haqida  gapirayotganingizni  va  nimalarni  tushuntira 

olishingizni  juda  yaxshi,  ipidan  ignasigacha  bilishingiz  kerak  bo‘ladi.  Agar,  Siz 

o‘z ma‘ruzangizni yaxshi rejalashtirmagan bo‘lsangiz, Siz boshqa bir ko‘r kishini 

yetaklamoqchi  bo‘lgan  ko‘rga  o‘xshab  qolasiz.  Agar,  Siz  biror  bir  narsani 

gapirishingiz  kerak  bo‘lsa,  gapira  olsangiz  va  bu  sohani  yaxshi  bilsangizgina 

ma‘ruza  qiling.  Gapirib  bo‘lgandan  so‘ng,  minbarda  ko‘p  qolib  ketmasdan 

joyingizga o‘tiring. Agar, ma‘ruza qilayotgan chog‘ingizda u bilan bog‘liq biror 

nimanidir  ko‘rsatsangiz  yoki  hayotiy  misollarnamoyishetsangiz,  auditoriyaga 

mavzu yanada tushunarli bo‘ladi va Siz ham ko‘pchilik oldida o‘zingizni yo‘qotib 

qo‘ymaysiz. 

Uchinchi  qoida:  Ma‘ruza  bo‘layotganda  o‘z-o‘zingizga  va  yoritilayotgan 

mavzuga  qat‘iy  ishoning,  aks  holda  boshqalarni  bunga  ishontira  olmaysiz.  

O‘zingizni botir va har narsaga qodir his etish uchun butun irodangizni safarbar 

qiling  va  shundagina  qo‘rqinch  hissiyotlari  ishonch  bilan  almashiniladi. 

Auditoriya  oldida  turganda  taxminan  30  sekund  davomida  chuqur  nafas  oling  – 

bu  Sizda  kislorod  tanqisligining  oldini  oladi.  Yuragingiz  qanchalik  urib  ketsa 

ham,    hech  cho‘chimasdan  oldinga  chiqing  va  o‘zingizni  bu  ish  Sizga  juda 

yoqimli  ekanini  ko‘rsatishga  harakat  qiling.  Gavdangizni  to‘g‘rilang, 



373 

 

tinglovchilarning  ko‘zlariga  tik  qarang  va  shunchalik  ishonch  bilan  gapiringki, 



xuddi ular Sizdan ma‘lum bir miqdorda pul qarzday bo‘lsin. Ular bu erga to‘lov 

muddatini  kechiktirish  uchun  kelishgan  deb  faraz  qiling.  Asabiy  holatda 

kostyumning  tugmalarini  echib  va  yana  taqib  harakat  qilmang,  qo‘lingizdagi 

narsani  asabiy  holatda  u  qo‘ldan  bu  qo‘lga  olishni  bas  qiling  va  aslo  qo‘lingiz 

bilan ma‘nisiz harakatlar qilmang. Agar, asabiy harakatlardan to‘xtash Siz uchun 

qiyin bo‘lsa, u holda qo‘lingizni orqaga qilib, barmoqlaringizni qimirlating yoki 

oyoqlaringiz barmoqlarini qimirlating, toki bu harakatlarni hech kimsa ko‘rmasin. 

Mebel yoki boshqa narsalarning orqasiga berkinishga harakatqilmang. 

To‘rtinchi qoida: 


Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   449




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish