normalarga, u bilan bog‘liq qoidalarga rioya qilishi va ma‘lum ma‘noda qabul
qilingan shartli qoidalarni bajarishi lozim bo‘ladi. Bularga u rioya qilmasa ham
bo‘ladi, lekin, ushbu holda uning muvaffaqiyatsizlikka erishishi kunday aniq va
Masalan, agarda, Siz Amerika tadbirkori bilan muloqot olib borsangiz, uning etik
normalariga rioya qilishingiz lozim bo‘ladi. Yapon, Arab yoki Nemis bilan esa
ularda qabul qilingan qoidalar asosida muloqot olib borishingiz lozim bo‘ladi.
Bular orasida eng asosiysi, bizning fikrimizcha, to‘g‘ri so‘zlilik va odamiylikdir.
Chunki, «yolg‘on» dan foydalanish hech qachon normal iqtisodiy jarayonning
374
xavf tug‘diradi va ko‘pincha bu ishni qilgan shaxs oxir-oqibatda yutqazadi.
Shuning uchun, ham, «
Myengako‘r xaridor uchrasin, mahsulotimnisotib olay
»,
-
degan fikr tubdan noto‘g‘ridir.
«
Agar, mijoz mahsulot yoki xizmatdan ko‘ngli to‘lmasa, uning pulini
qaytarishga kafolot beramiz
», - degan e‘lonlarga ko‘zingiz tushgan bo‘lsa kerak.
Chunki, bunda ushbu kompaniyaning ishonchga loyiqliligi bo‘rttirib ko‘rsatiladi.
Tadbirkorlikda amal qilinishi lozim bo‘lgan bunday etik normalarning kelib
chiqishi uzoq o‘tmishlarga borib taqaladi va ular ma‘lum ma‘noda jamiyatning
optimal (
eng yaxshi
) rejimda ishlashini ta‘minlab beradi. Ishbilarmonlik
etikasining asosi ozodlik deb atalmish umuminsoniy qadriyatlarga borib taqaladi.
Bu shuni anglatadiki, tadbirkor, u kim va qayerda bo‘lmasin, o‘z raqobatchisining
erkinligini hurmat qiladi, uning ishiga aralashishni, to‘sqinlik qilishni, xalaqit
berishni keskin qoralashi lozim. Agar, u shunday qilmasa, hozir yoki keyinchalik
albatta, shunday bir odam yoki guruh topiladiki, uni xuddi shunday noqulay
ahvolga tushirib qo‘yishadi (
ya‘ni, u o‘ziga xos qaytim oladi
). Tadbirkorlik
faoliyatining asosiy printsiplaridan yana biri boshqalarning qilayotgan xatti-
harakatlariga bosiq munosabatda bo‘lish va ularning nima uchun bunday
qilayotganliklarini tushunishga intilishdar. Bunday qilish o‘zaro ishonch
munosabatini tug‘diradi, bir-birini tushunishga olib keladi va janjal hamda
tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkinligining oldini oladi. Tadbirkorlik olib
borilayotgan sharoitda, albatta, qandaydir muammolar ham paydo bo‘ladi,
chunki, bunda Siz ko‘pchilikning manfaatlari to‘qnashadigan ruhiy doiraga tushib
qolasiz. Og‘irlik, vazminlik va bosiqlik bunda Sizga juda katta yordam berishi
aniq va ravshandir. Tadbirkorlikning mexanikadagi singari o‘z «oltin qonuni»
ham mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: