O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiDaromadlar ko'rsatkichlari
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni (1)
Respublika yo'l jamg'armasining mablag'laridan: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash, saqlash, shu jumladan jihozlash (texnologik asbob-uskunalar, texnika va mashina-mexanizmlar olish); umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari sohasidagi maxsus vakolatli organ, uning hududiy yo'l-ekspluatatsiya tashkilotlari boshqaruv apparati xodimlarining hamda muhandis-texnik xodimlarining va Jamg'armaning ijro etuvchi direktsiyasi xodimlarining malakasini oshirish;
Respublika yo'l jamg'armasining xarajatlari tizimi38 Jamg’armaning ijro etuvchi direktsiyasini, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari sohasidagi maxsus vakolatli organning ijro etuvchi devonini hamda uning Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy yo’l- ekspluatatsiya tashkilotlarini saqlab turish; belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa xarajatlar uchun foydalaniladi. 9-jadval O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida tayyorlandi Yuqorida keltirilgan 9-jadvalda biz Respublika yo'l jamg'armasining xarajatlari tizimi va uning oxirgi yillardagi ijrosi ko'rsatkichlarini ko'rishimiz mumkin. Jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki Yo'l jamg'armasining asosiy xarajatlari umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarni qurish va qayta qurish uchun xarajatlariga to'g'ri kelmoqda. Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag'lar jamg'armasi. Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag'lar jamg'armasining daromadlari: davlat mulki bo'lgan korxonalarni, xo'jalik jamiyatlarining ustav jamg'armalaridagi aktsiyalarni (ulushlarni), yer uchastkalari va boshqa mol-mulkni realizatsiya qilish; ustav jamg'armalarida davlat ulushi bo'lgan xo'jalik jamiyatlarini tugatishdan tushgan tushumlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag'lar jamg'armasining mablag'laridan: xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablag'lardan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra bir yo'la to'lanadigan to'lovlar; davlat aktivlarini olish bo'yicha belgilangan tartibda bekor qilingan shartnomalar yuzasidan mablag'larni sotib oluvchilarga qaytarish; davlat aktivlarini realizatsiya qilish bilan bog'liq xarajatlar; davlat korxonalarini xususiylashtirishda aktsiyalarni chiqarish, saqlash va realizatsiya qilish bilan bog'liq xarajatlar; baholash, ilmiy-tadqiqot, auditorlik, moliyaviy, konsalting tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, mustaqil ekspertlarning amaliy tadqiqotlarni bajarish, tegishli ekspertizani o'tkazish, normativ-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, davlat aktivlarini sotishdan oldingi tayyorgarlikni o'tkazish xizmatlari haqini to'lash xarajatlari; yuridik shaxslarning aktsiyalari, ulushlari, paylarini, shuningdek boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini ko'zlab olish bilan bog'liq xarajatlar; davlat aktivlarini boshqarish bo'yicha xizmatlar haqini to'lash xarajatlari; belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa maqsaddagi xarajatlar uchun foydalaniladi. Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag'lar jamg'armasining mablag'lari quyidagicha taqsimlanadi va yo'naltiriladi: xususiylashtirishdan tushgan mablag'larga, davlat aktivlari yuzasidan tuzilgan hamda bekor qilingan oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha jarimalar va penyalar summalariga, berilgan kreditlar va qarzlardan tushgan mablag'larga taalluqli qismi: O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga; ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish, bozor infratuzilmasi institutlarini shakllantirish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetiga; bunday mablag'larni maqsadli ravishda faqat bozor infratuzilmasini rivojlantirish va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlashga yo'naltirish uchun O'zbekiston Savdo-sanoat palatasiga; taqsimlash va boshqarish vazifalarini amalga oshirish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash uchun, shu jumladan Xususiylashtirish, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonini axborot jihatidan ta'minlash va qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlat dasturini amalga oshirish, shuningdek qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish xarajatlari uchun davlat aktivlarini boshqaruvchi vakolatli organning hisobvaraqlariga yo'naltiriladi; rezidentlar tomonidan yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushgan mablag'larga taalluqli qismi: O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetiga infratuzilmani rivojlantirish hamda hududlarni obodonlashtirish uchun maqsadli ravishda foydalanish uchun yo'naltiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi. Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasining daromadlari: belgilangan miqdordagi yagona ijtimoiy to'lov tushumlari; vaqtincha bo'sh turgan mablag'larni joylashtirishdan olingan daromadlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasining mablag'laridan: ishsiz deb topilgan shaxslarni kasbiy tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari; ishsizlik bo'yicha nafaqalar, bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko'chib o'tish munosabati bilan kompensatsiyalar to'lash hamda ishsizlarga moddiy yordam berish; ishsiz deb topilgan shaxslarga muddatidan ilgari pensiya tayinlanishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi xarajatlarining o'rnini qoplash; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoat ishlariga haq to'lash; nogironlar, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan boshqa toifalari mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish o'rinlarini va ishlab chiqarishlarni tashkil etishga doir tadbirlarni qisman moliyalashtirish; qonun hujjatlariga muvofiq bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining alohida bo'linmalarini saqlab turish, shuningdek ularni moddiy- texnik jihatdan ta'minlash; respublika miqyosida va hududiy miqyosda sotsiologik kuzatuvlarni tashkil etish va o'tkazish, bandlik masalalari bo'yicha aholining ayrim guruhlarida anketa so'rovlarini o'tkazish; mehnat bozorining respublika va hududiy axborot tizimlarini yaratish va ularning dasturiy ta'minotini ishlab chiqish, shu jumladan texnika vositalari olish; ish bilan band bo'lmagan aholiga yordam ko'rsatish, shu jumladan ishga joylashtirishga ko'maklashish va maslahat xizmatlari ko'rsatish bilan bog'liq xarajatlar; aholi bandligi bilan bog'liq masalalar bo'yicha xalqaro hamkorlikni hamda xalqaro loyihalar va shartnomalarni amalga oshirishni moliyalashtirish; chet elga ishga yuborilgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining ishga joylashtirilishini tashkil etish va ularning ijtimoiy muhofaza qilinishini ta'minlash bilan bog'liq xarajatlar; belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug'oriladigan yyerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg'armasi. Sug’oriladigan yyerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi daromadlari: har yili tasdiqlanadigan Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasining asosiy parametrlari doirasida qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to’lanadigan yagona er solig’i bo’yicha tushumlarga muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablag’lar; byudjetdan ajratiladigan maqsadli mablag’lar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasining mablag’laridan: sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlari doirasida magistral (viloyatlararo), tumanlararo, xo’jaliklararo ochiq kollektorlarni va ulardagi inshootlarni, yopiq gorizontal drenaj tarmoqlarini, vertikal drenaj quduqlarni, meliorativ nasos stantsiyalarini hamda kuzatish tarmoqlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va tozalash; sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlariga kiritiladigan loyihalarni amalga oshirish bilan bog’liq loyiha-qidiruv hujjatlarini ixtisoslashtirilgan loyihalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqish; sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlarida nazarda tutilgan boshqa ishlar uchun foydalaniladi. O'zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'lari evaziga investitsiya loyihalarini moliyalashtirish amaliyoti Ma’lumki, O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari evaziga investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10-martdagi 61-sonli “O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi tomonidan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun tijorat banklariga kredit liniyalarini 44 ochish tartibi to'g'risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi. Ushbu Nizom O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2006-yil 16-maydagi PQ-350-son qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi tomonidan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun tijorat banklariga kredit liniyalarini ochish tartibini, shuningdek, ochiladigan kredit liniyalari doirasida investitsiya loyihalarini tanlab olish, ekspertizadan o'tkazish va moliyalashtirish shartlari va tartibini belgilaydi. Tijorat banklariga Jamg'armaning kredit liniyasi Jamg'armani boshqarish bo'yicha Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan ro'yxat bo'yicha muddatli, haq to'lash va qaytarish asosida ochiladi. Jamg'armaning kredit liniyalari mablag'lari zamonaviy xorijiy texnologiyalar va asbob-uskunalar sotib olish uchun ishlatiladi. Jamg'armaning kredit liniyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish quyidagi shartlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Buni 9-rasm ma'lumotlaridan ko'rish mumkin:
ra sm. Jamg'armaning kredit liniyalari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish shartlari39 Jamg'armani boshqarish bo'yicha Kengash qaroriga ko'ra tijorat banklari bilan tuziladigan kredit liniyalari ochish to'g'risidagi bitimlarda investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish bo'yicha qo'shimcha shartlar kiritilishi mumkin. Ta'kidlash joizki, ushbu Nizom qoidalari quyidagi investitsiya loyihalariga tatbiq etilmaydi: davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg'armalar mablag'lari, ayrim tarmoqlar va korxonalarning Hukumat qarorlari bilan tashkil etilgan maxsus jamg'armalari mablag'lari, O'zbekiston Respublikasi kafolati ostida yoki nomidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari asosida soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha imtiyozlar berish nazarda tutilayotgan investitsiya loyihalari; mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari; ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo'lgan korxonalar tomonidan markazlashtirilmagan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan, qiymati 10 mln. AQSh dollaridan ortiq bo'lgan investitsiya loyihalari; moliyalashtirish manbalaridan qat'iy nazar, strategik foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashni nazarda tutuvchi, qiymati 10 mln AQSh dollaridan ortiq bo'lgan investitsiya loyihalari. Jamg'armaning kredit liniyalari hisobiga birgalikda moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari alohida mezonlari Jamg'armani boshqarish bo'yicha Kengash qaroriga ko'ra belgilanadi va kredit liniyalari ochish to'g'risidagi bitimlarda aks ettiriladi. Jamg'arma kredit liniyasini tijorat banklarga ularning buyurtmanomalari bo'yicha kredit liniyalari ochish to'g'risidagi bitimlar xulosasi asosida ochadi. Kredit liniyasi ochish uchun tijorat banki Jamg'armaning ijro etuvchi direktsiyasiga firma blankasida rasmiylashtirilgan va bank boshqaruvi raisi tomonidan imzolangan buyurtmanomani taqdim etadi. Jamg'armaning ijro etuvchi direktsiyasi bir hafta muddatda kredit liniyasi ochishga tijorat banki tomonidan taqdim etilgan buyurtmanoma va hujjatlar majmuasini quyidagi maqsadlar uchun ekspertizadan o'tkazadi; so'ralayotgan kredit liniyasi summasining asoslanganligi va uning bank moliyaviy ko'rsatkichlariga muvofiqligi; tijorat bankning investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, amalga oshirish va monitoringini olib borish bo'yicha tajribasi mavjudligi. Ekspertiza natijalariga ko'ra Jamg'armaning ijro etuvchi direktsiyasi o'z xulosasini hamda tijorat bankning kredit liniyasi ochish uchun buyurtmanomasini va hujjatlar majmuasini taklif qilinayotgan kredit liniya summasini ko'rsatgan holda Jamg'armani boshqarish bo'yicha Kengash ko'rib chiqishi uchun kiritadi yoxud ularni kamchiliklarni ko'rsatgan holda puxta ishlab chiqish uchun tijorat bankiga qaytaradi. Tijorat bankning kredit liniyasi ochish uchun taqdim etgan buyurtmanomasiga ilova qilinadigan hujjatlar tarkibi 10-rasmda keltirilgan:
rasm. Jamg'arma mablag'lari hisobidan tijorat bankining kredit liniyasi ochish uchun taqdim etgan buyurtmanomasiga ilova qilinadigan hujjatlar40 Tijorat bankining ilgari berilgan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzi mavjudligi Jamg’armaning kredit liniyasi ochish va buyurtmanomani ko’rib chiqishda tijorat bankiga rad etish uchun asos hisoblanadi. Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash ikki hafta muddatda tijorat bankining kredit liniyasi ochishga buyurtmanomasini va Jamg’armaning ijro etuvchi direktsiyasi xulosasini ko’rib chiqadi hamda tijorat bankiga kredit liniyasi ochish yohud kredit liniyasi taqdim etishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi. Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash karori uning a’zolari umumiy sonining oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lganda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengashning ijobiy qarori qabul qilinganda Jamg’armaning ijro etuvchi direktsiyasi tomonidan 5 kun mobaynida tijorat banki bilan kredit liniyasi ochish to’g’risida bitim tuzadi. Kredit liniya valyutasi bank buyurtmanomasiga muvofiq Jamg’arma aktivlarida ko’rsatilgan xorijiy valyutadagi mablag’larning etarli darajada mavjudligini hisobga olgan holda belgilanadi. Jamg’armaning tijorat bankka beriladigan kredit liniyalari bo’yicha foiz stavkalari qoidaga ko’ra, 6 oylik Libor stavkasi darajasidan kelib chiqqan holda tegishli valyuta uchun yillik 1 foiz qo’shib belgilanadi. Kredit liniyasining foydalanish muddati (tijorat banklari tomonidan ochilayotgan kredit liniyalari doirasidagi investitsiya loyihalari bo’yicha birgalikda moliyalashtirish ochishga buyurtmanomalar taqdim etish muddati) kredit liniyasi ochish to’g’risidagi bitim kuchga kirgan vaqtdan boshlab ikki yildan oshmasligi kerak. Tijorat banklari Jamg’armaning kredit liniyalaridan foydalangan holda birgalikda moliyalashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab oladi, kompleks baholaydi va ekspertiza qiladi. Investitsiya loyihalari tashabbuskorlari tijorat bankiga asbob-uskunalar va texnologiyalar etkazib berishga kontraktlar hamda tegishli tartibda ishlab chiqilgan investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ilova qilgan holda buyurtmanomalarni taqdim etadilar. Tijorat bankning tegishli bo'linmasi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga tushayotgan buyurtmanomalarni ko'rib chiqadi va quyidagilarni amalga oshiradi41: investitsiya loyihalarini tanlash; investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligi va loyihalar parametrlariga erishish imkoniyatlari, loyiha tashabbuskorlarining kredit tarixini o'rganish, pul oqimlarini tahlil qilish, moliyalashtirishda loyihaning maqbul ko'rsatkichlariga erishishni ta'minlaydigan ehtiyojni aniqlash bo'yicha texnik- iqtisodiy asosnomani ekspertizadan o'tkazish; investitsiya loyihalari bo'yicha risklar, qarz oluvchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni qaytarishning ishonchli manbalari bilan ta'minlanganligini baholash; mustaqil ekspertlar xulosasi asosida taqdim etiladigan garov ta'minotining likvidligi va qiymatini tahlil qilish; investitsiya loyihasi doirasida asbob-uskunalar etkazib berish kontraktlarini mustaqil ekspertizadan o'tkazishni ta'minlash. Bugungi kunda Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi bir qancha xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatgan va buning natijasida mamlakatimizning neft va gaz sanoatida yirik investitsiya loyihalari moliyalashtirilmoqda (10-javdal). 10-jadval Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi42
Download 338,96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |