BOB. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSOLIDATSIYALASHGAN
BYUDJETINING HOZIRGI HOLATI TAHLILI Ijtimoiy sohalar va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tadbirlarini
davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta'minlash amaliyoti tahlili
O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash va milliy iqtisodiyotda investitsion faollikni rag'batlantirish davlat byudjeti vazifalarida alohida o'rin egallaydi. Mamlakatimizda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari bo'yicha olib borilayotgan byudjet siyosati hozirgi davr talablariga javob beradi28. Ushbu moliyaviy asosning markaziy bo'g'inini davlat byudjeti tashkil etadi. Davlat moliyasini sog'lomlashtirish, uning daromadlari va xarajatlari mutanosibligini ta'minlash amalga oshirilayotgan byudjet-soliq tizimidagi islohotlarning hozirgi bosqichida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar samarasi yildan-yilga tobora ortib borayotgani mustaqilligimiz taraqqiyotining dastlabki yillarida xalqimiz tanlab olgan rivojlanish yo'li naqadar to'g'ri hamda puxta asosga ega ekanini, eng muhimi, ularning negizida fuqarolarimizning hayotiy orzu-intilishlari va manfaatlari o'zini yaqqol ifodasini topgani bugungi kunda ko'plab amaliy misollarda namoyon bo'lmoqda. Harakatlar strategiyasining uchichni ustuvor yo'nalishi - “iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari”da29 “viloyatlar, tumanlar va shaharlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish”ga mo'ljallangan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Jumladan, barcha hududlarni jadal rivojlantirish, bunda alohida e'tibor rivojlanish darajasi nisbatan past bo'lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo'li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni qisqartirish, subventsiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirishga qaratiladi30.
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan mablag'lar YaIMning 31,5 foizini tashkil etgan. 2000-yillarga kelib ijtimoiy sohalarni yanada qo'llab-quvvatlash, aholi turmush farovonligini oshirish yo'lidagi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan oqilona byudjet siyosati natijasida davlat byudjeti xarajatlari tarkibidagi ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan mablag'lar YaIMning 42,5 foizini tashkil etgan. Har yili byudjetning salmoqli qismi ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga safarbar etiladi. Bu mablag'lar davlatga ta'lim sohalarini rivojlantirish; fan va madaniyatni rivojlantirish; aholining tibbiyot xizmatlariga bo'lgan minimal ehtiyojlarini qondirish; aholini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish; ijtimoiy ta'minot darajasini oshirish imkonini beradi.
Shunday qilib, iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy ustuvor yo'nalishlari bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirishga va aholi turmush darajasining asosiy ko'rsatkichlarini yaxshilashga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Bu chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishida davlat byudjetining ijtimoiy funksiyalari ayniqsa, ravshan namoyon bo'ladi.
O'zbekiston hukumati mamlakatimizda kam ta'minlangan toifadagi aholi sonini kamaytirish va jamiyatimiz hayotida insonparvarlik prinsiplarining yanada rivojlanishiga ko'maklashish maqsadida Mingyillik rivojlanish maqsadlari borasida ma'lum bir majburiyatlarni o'z zimmasiga olgan. Bugungi kunda mamlakatimizda aholining samarali ijtimoiy muhofazasiga yo'naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar, shu bilan birga, barqaror iqtisodiy o'sish va bandlik sur'atlari aholi farovonligini oshirishni ta'minlamoqda.
Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy-kommunal xo'jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlariga kiradi. Bunda byudjet mablag'lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga ishlab chiqarishni kengaytirish bo'yicha xarajatlarga, takror ishlab chiqarishni ta'minlashga , operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi.
Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar, idoralar va korxonalar bo'yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtning o'zida ma'lum maqsadlarga mo'ljallanganligi bo'yicha ko'zda tutiladi. Byudjet daromadlarini rejalashtirish iqtisodiyotdagi boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni prognozlashtirish bilan hamda bu jarayonda qatnashuvchi vazirlik va idoralarning o'zaro hamkorlikdagi faoliyatiga bevosita bog'liq3132. Bunda byudjet mablag'larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga, ya'ni sanoat, energetika, qishloq xo'jaligi va transportga yo'naltiriladi. jadval