O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Xarajatlar tasnifi tuzilmasi29



Download 338,96 Kb.
bet12/21
Sana01.01.2022
Hajmi338,96 Kb.
#291208
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni (1)

Xarajatlar tasnifi tuzilmasi29

Xarajat turlari

Kodlar

Umumiy ahamiyatdagi davlat xizmatlari

7

010

000

Mudofaa

7

020

000

Jamoat tartibi va xavfsizlik

7

030

000

Iqtisodiy masalalar

7

040

000

Atrof-muhitni muhofaza qilish

7

050

000

Uy joy va kommunal xizmatlari

7

060

000

Sog'liqni saqlash

7

070

000

Dam olish, madaniyat, sport va din

7

080

000

Ta'lim

7

090

000

Ijtimoiy himoya

7

100

000

Aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash, uning ehtiyojmand qatlamlari ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni kuchaytirishda davlat hal qiluvchi o'rin egallaydi. Boshqa tuzilmalar va fuqarolik institutlari mazkur yo'nalishlardagi davlat tomonidan belgilangan maqsadlarga erishishda davlatga ko'maklashadilar. Davlat aholini ijtimoiy himoya qilishning boshqa institutlari bilan munosabatlarini ijtimoiy sherikchilik asosida yo'lga qo'yadi.

Davlatning pul mablag'lari jamg'armasini biror sohaga ma'lum maqsadlar uchun taqsimlashda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar davlat byudjetining xarajatlari deb aytaladi. Byudjetning xarajatlar kategoriyasi sarf-xarajatlarning aniq turlari orqali ifodalanadi, bularning har qaysisi son va sifat jihatdan izohlanadi. Sifat jihatidan izohlanishi byudjet turlarining qaysi maqsadlarga sarflanishini ko'rsatadi, son jihatidan miqdorini ko'rsatadi.

  1. jadval O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlari tarkibi va tuzilishi33 (jamiga nisbatan foizda)

Ko'rsatkichlar

Yillar

2012

2013

2014

2015

2016

2017

Davlat byudjeti xarajatlari

100

100

100

100

100

100

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash

58,9

58,7

59,5

59,1

59,2

57,8

Iqtisodiyotga xarajatlar

11,1

10,6

10,7

10,9

10,6

10,8

Markazlashgan investitsiyalarni

moliyalashtirish

5,4

5,6

4,7

4,7

4,9

5,2

Davlat hokimiyati va boshqaruvi, sud organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini saqlash

4,1

4,5

4,3

4,4

4,3

4,4

Boshqa xarajatlar

20,5

20,6

20,8

20,9

21,0

21,8

Ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlari smetali rejalashtirish prinsiplari asosida aniqlanadi. Bu xarajatlar konkret tadbirlar va xarajatlarning turlari bo'yicha moliyalashtiriladi. Xarajatlar hajmi bir-biri bilan o'zaro bog' liq bo'lgan sotsial soha tashkilotlarida ishlab chiqiladigan smeta va moliya organlarida tuzilgan assignovaniyalar hisob-kitobi asosida aniqlanadi. Hisob-kitoblar asosida xizmat ko'rsatiladigan kontingentlarni xarakterlovchi tashkilotlar faoliyatining ko'rsatkichlari (masalan, o'quvchilar, guruhlar, sinflar soni va h.k.) yotadi. Bunda ularning yil davomida faoliyat ko'rsatish vaqti ham hisobga olinadi. Bu ko'rsatkichlar hisob-kitob birliklari bo'lib xizmat qiladi. Hisob-kitob birligiga to'g'ri keluvchi pulli xarajat byudjet tashkilotining faoliyat ko'rsatishini va rivojlanishini ta'minlaydigan norma bo'yicha o'rnatiladi.

Aholini ijtimoiy himoyalash tadbirlarini mablag' bilan ta'minlashda davlat byudjeti alohida o'rin egallaydi. Umuman olganda, mamlakat miqyosida davlat byudjeti xarajatlari davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlarning tom ma'nodagi ifodasini o'zida aks ettiradi. Buni quyidagi jadval ma'lumotlaridan ko'rishimiz mumkin.

  1. jadval

Davlat byudjetining ijtimoiy sohalarni saqlash va aholini ijtimoiy
qo'llab-quvvatlash xarajatlarining tarkibi34


(jamiga nisbatan foizda)

Ko'rsatkichlar

Yillar

2012

2013

2014

2015

2016

2017

Ijtimoiy sohalarni saqlash va aholini ijtimoiy qo'llab- quvvatlash xarajatlari

100

100

100

100

100

100

Ta'lim

58,0

58,1

57,3

56,9

57,0

60,4

Sog'liqni saqlash

24,6

24,5

23,9

23,9

23,7

25,4

Madaniyat, sport

1,8

1,9

1,8

1,7

1,8

1,8

Fan

1,1

1,1

1,1

1,1

1,3

1,0

Ijtimoiy ta'minot

0,7

0,7

0,7

0,7

0,7

0,9

Oilalarga ijtimoiy nafaqalar

13,1

10,6

10,9

10,2

9,2

9,2

Qishloq joylarda uy-joylar

qurishni hamkorlikda moliya- lashtirish uchun kredit liniyalari




2,5

4,0

4,3

5,5

1,3

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turganidek, davlat byudjeti xarajatlarida ijtimoiy sohalarni saqlash va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlarining salmog'i yuqori bo'lmoqda. Xususan, bu turkum xarajatlar 2012-2016-yillarda jami byudjet xarajatlarining 58,9-59,2 foizini tashkil etgan. 2017-yilda ushbu xarajatlar 27119 milliard so'mni tashkil etgan va bu davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushining 60,4 foizi demakdir. Ushbu sohaga qilinayotgan xarajatlar nominal miqdorlarda, shuningdek, umumiy xarajatlar salmog'ida ham ortib bormoqda. Ushbu xarajatlarning tarkibi quyidagi jadvalda keltirilgan. Berilgan jadvalda O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tarkibida ijtimoiy ta'minot xarajatlarining 2012-2017- yillardagi dinamikasi ko'rsatilgan. Ijtimoiy ta'minot xarajatlarining ulushi 2012 - 2016-yillarda barqaror saqlandi, davlat byudjeti xarajatlarining 0,7 foizni tashkil qildi, 2017-yilda 0,9 foizga teng bo'ldi.

Mamlakatimizda davlat byudjetining ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlari jami xarajatlarning 58-59 foizini tashkil qilsa-da, uning tarkibidagi bevosita aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlariga oxirgi yillarda davlat byudjetining o'rtacha 6,1-5,4 foizi yo'naltirilmoqda. Joriy yilda davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi sifat jihatidan o'zgardi. Hozirgi paytda davlat xarajatlari tarkibida kuchli ijtimoiy siyosat va aholini ijtimoiy himoya qilishni moliyalashtirish asosiy o'rin tutdi35.

Amaldagi qonunchilikka ko'ra fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari tomonidan ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga to'lgungacha parvarish qilish bo'yicha har oylik nafaqa tayinlanadi va to'lanadi. Bola parvarishlash uchun nafaqa, parvarishlayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qat'iy nazar, har oyda O'zbekiston Respublikasida o'rnatilgan eng kam ish haqining 200 foizi miqdorida to'lanadi. Aholining eng ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlaridan biri - bu kam ta'minlangan oilalardir. Respublikada kam ta'minlangan oilalarning ijtimoiy himoyasini ta'minlash maqsadida qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari orqali aholining ayrim guruhlariga (nogironlar, yolg'iz pensionyerlar, pensiya tayyorlash uchun zarur stajga ega bo'lmagan yolg'iz qari fuqarolar, etim bolalar, kam ta'minlangan oilalardagi bolalar) qishki kiyim-kechak, o'quv qurollari bepul tarqatiladi, o'zgalar parvarishga muhtoj bo'lgan yolg'iz qari fuqarolar patronaji amalga oshirilishiga yordam ko'rsatiladi. Muhtoj fuqarolarning turarjoy-kommunal va boshqa xarajatlarini qoplash bo'yicha choralar ko'riladi. Aholiga ijtimoiy yordam ko'rsatishni nomarkazlashtirish tajribasi O'zbekiston uchun xosdir. Mamlakatda ishlamayotgan onalarni ijtimoiy himoya qilishga ham katta e'tibor beriladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog'lom ona va bola yili” Davlat dasturi to'g'risida”gi 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-son hamda “Aholining hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish tizimini takomillashtirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2499-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek, nogiron bolalarning oilalarda va oila sharoitlarida to'liq rivojlanishi, ularga kompleks tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-oktyabrdagi “Muruvvat” nogironlar bolalar uchun internat uylar hamda boshqa tibbiy ijtimoiy muassasalar faoliyatini takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 347-son qarori qabul qilindi. “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylar huzurida tasdiqlangan koyka fondi doirasidagi bo'sh o'rinlar hisobiga ruhiy buzilishi namoyon yoki sezilarli namoyon bo'lgan nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhlari tashkil etiladi. Oilalarda yashaydigan, ruhiy buzilishi namoyon yoki sezilarli namoyon bo'lgan nogiron bolalarga kompleks tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish va ular uchun o'quv- tarbiya jarayonini tashkil etish “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylar huzuridagi nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhlarining asosiy vazifalari etib belgilandi.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi chora-tadbirlar tizimida keksa avlod vakillari, pensionyerlar to'g'risida g'amxo'rlik qilish, ularning turmush sharoiti va sifatini yaxshilash muhim o'rin tutadi. Harakatlar strategiyasida ham nuroniylarni qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish, ularning madaniy hordiq chiqarishiga va sog'liqlarini mustahkamlashga, keksalarning maishiy holatlarini yaxshilash, ularning muammolarini o'rganish, mahallalarda istiqomat qilayotgan ko'makka muhtoj keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar bilan bir qatorda, “Muruvvat”, “Sahovat” uylarida yashovchilar holidan muntazam xabar olish, keksa avlod vakillarini ma'naviy va moddiy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar, ularni amalga oshirish uchun mas'ul tashkilotlar, bu ishlarni bajarish uchun zarur mablag'lar va ularning manbalari ko'zda tutilgan.

  1. Davlat maqsadli jamg'armalari mablag'laridan foydalanish amaliyoti tahlili

Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan jamg'armalar davlat maqsadli jamg'armalaridir. O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 33-moddasiga muvofiq davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlarning byudjet sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iboratdir:

  • davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining loyihalarini tayyorlaydi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritadi;

  • davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari bo'yicha xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o'zgartirishlarni ro'yxatdan o'tkazadi;

  • davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlariga yilning har choragida etkazadi;

  • davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlariga o'zgartirishlar kiritish tartibida nazarda tutilgan tartibda davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlariga o'zgartirishlar kiritish bo'yicha takliflar tayyorlaydi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

  • davlat maqsadli jamg'armalariga majburiy to'lovlar va boshqa tushumlar to'liq hamda o'z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

  • davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;

  • davlat maqsadli jamg'armalari mablag'laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarini ijro etish jarayonida tushumlarni ko'paytirish bo'yicha qo'shimcha zaxiralarni aniqlaydi;

  • davlat maqsadli jamg'armalarining xarajatlari maqbullashtirilishini amalga oshiradi;

  • davlat maqsadli jamg'armalarining Yagona g'azna hisobvarag'i va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag'larini boshqaradi;

  • davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari ijrosining byudjet hisobini yuritadi;

  • davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining daromadlari va xarajatlari balansliligiga ta'sir ko'rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o'tkazadi;

  • davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin;

  • davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining loyihalarini tuzish uchun mas'ul organlardir.

Davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining loyihalari tushumlar manbalari bo'yicha daromadlar va yo'nalishlar bo'yicha xarajatlar prognozidan tarkib topadi. Davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yo'l qo'yilmaydi.

Davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari bo'yicha xarajatlar smetasi davlat maqsadli jamg'armalari mablag'larini oluvchilar tomonidan ularning bir yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida oyma-oy bo'lingan holda tuziladi va tasdiqlanadi. Davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari bo'yicha xarajatlar smetasining va unga doir ilovalarning shakllari, shuningdek smetani tuzish tartibi davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan tasdiqlanadi. Davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari bo'yicha xarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy yilning 10 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari bo'yicha tasdiqlangan xarajatlar smetalarini ro'yxatdan o'tkazish davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan joriy yilning 1 aprelidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Davlat maqsadli jamg'armalar ijrosi moliya yili mobaynida va qo'shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo'shimcha vaqt davri bo'lib, bu davr mobaynida o'tgan yil uchun davlat maqsadli jamg'armalar ijrosi amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat maqsadli jamg’armalarining qo’shimcha vaqt davridagi ijrosi bo’yicha operatsiyalarni o’tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi. Davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari bo'yicha shaxsiy g'azna hisobvaraqlari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ochiladi. Davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlari moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan taqdirda, moliya yili mobaynida xarajatlarning umumiy summasi qabul qilingan Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga muvofiqlashtirilishi kerak.

Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining xarajatlariga davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining tasdiqlangan parametrlariga nisbatan ularning xarajatlarini 10 va undan ortiq foizga ko’paytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutadigan o’zgartirishlar kiritish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining xarajatlariga ularning tasdiqlangan parametrlariga nisbatan 10 foizdan kam ko’paytirish yoki kamaytirishni nazarda tutadigan o’zgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamg’armalari taqsimlovchi organlarining taqdimnomasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining xarajatlarini ularning tasdiqlangan parametrlariga nisbatan ko’paytirish ularni qoplash manbalari mavjud bo’lgan taqdirda amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining xarajatlariga ularning tasdiqlangan umumiy parametrlarini ko’paytirmasdan yoki kamaytirmasdan o’zgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuvga ko’ra amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar har oyda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tahliliy maqsadlar uchun davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni taqdim etadi. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarning shakllari, taqdim etish tartibi va muddatlari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Quyida davlat maqsadli jamg'armalar daromadlari va xarajatlarining oxirgi yillardagi ijrosining tahlilini keltirib o'tamiz.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari

Pensiya j amg'armasining daromadlari:

  • yagona ijtimoiy to'lovning belgilangan miqdordagi tushumlari;

  • fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga sug'urta badallari;

  • byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiy ajratmalar;

boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.

  1. jadval

Pensiya jamg'armasining daromadlari ijrosi33


Download 338,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish