O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta-maxsus ta’lim vazirligi


IIbob. Jabrlanuvchining aybini va zarar yetkazgan shaxsning mulkiy



Download 296,5 Kb.
bet10/14
Sana31.12.2021
Hajmi296,5 Kb.
#241750
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Karimov Sanjar kurs ishi

IIbob. Jabrlanuvchining aybini va zarar yetkazgan shaxsning mulkiy

holatini hisobga olish.

2.1. Jabrlanuvchi aybining xususiyatlari va zarar yetkazgan shaxsning mulkiy holati.

Hayotda shunday holatlar ham yuz beradiki, shaxsga yetkazilgan zarar nafaqat boshqa kishining balki, jabrlanuvchining aybi natijasida yuz beradi. Masalan, yo‘lovchining yo‘l harakati qoidalarini buzib o‘tish taqiqlangan joydan o‘tishi, ishchining xavfsizlik qoidalariga rioya etmasligi va shu kabilar natijasida yetkazilgan zararlarda jabrlanuvchi ham aybdor hisoblanadi.

Odatda jabrlanuvchining aybi qo‘pol ehtiyotsizlik yoki turmush qoidalarini buzishda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga jabrlanuvchining aybi huquqqa xilof hatti-harakat natijasida vujudga kelishi mumkin. Masalan, “Ximiya” kombinati qorovuli S. kombinat hovlisidagi etil spirti deb yozilganssisternadan spirt o‘g‘irlab unga suv aralashtirib ichdi va natijada S.ning ikkala ko‘zi ham ko‘rmay qoldi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, “etil spirti” deb yozilganssisternada spirt emas, boshqa zaharli suyuqlik bor ekan. Bu erda jabrlanuvchining aybi tufayli zarar vujudga keldi, bunda “Ximiya” kombinati javobgarlikdan ozod etiladi. Chunki, qorovulga kombinatdagi xom ashyoni o‘g‘irlash huquqi berilmagan aksincha, uning majburiyati ana shu xom ashyoni qo‘riqlash edi16.

Jabrlanuvchining aybi quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi:

- birinchidan, zarar yetkazuvchining aybidan farqli o‘laroq jabrlanuvchining aybi boshqa shaxsning sub’ektiv huquqini buzish bilan bog‘liq bo‘lmaydi;

- ikkinchidan, agar zarar yetkazuvchining aybli bo‘lishligi faraz qilinsa, jabrlangan shaxsning aybi zarar yetkazgan shaxs tomonidan isbotlangan bo‘lishi kerak;

- uchinchidan, zarar yetkazgan shaxs aybining qaysi shaklda bo‘lish­ligidan qat’iy nazar, javobgarlikka tortilsa (FKning 1004-mod­dasida ko‘rsatilgan hollar mustasno), jabrlanuvchining aybi qasd yoki qo‘pol ehtiyotsizlik shaklda ifodalangan bo‘lsagina, yuridik ahamiyatga bo‘ladi. Shu bilan birga, qonun zarar yetkazgan shaxs va jabrlanuvchining bir xildagi sharoitlarda bo‘lmaganliklarini e’tiborga oladi, chunki zarar yetkazuvchiga qaraganda jabrlanuvchida lozim darajada ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi bir qadar qiyinroq hisoblanadi.

Qonun jabrlanuvchi aybining shakllariga qarab dilekt majburiyatlari uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikni tatbiq etish, zararni qoplash hajmi yoki to‘lanadigan tovon miqdorini belgilaydi.

- agar zarar jabrlanuvchining qasddan ish ko‘rishi natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, u to‘lanmaydi;

- agar jabrlanuvchi o‘zining qo‘pol ehtiyotsizligi tufayli zararning yuzaga kelishiga yoki ortishiga ko‘maklashgan bo‘lsa, unda jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab tovon miqdori kamaytirilishi lozim;

- jabrlanuvchi qo‘pol ehtiyotsizlik qilganda va zarar yetkazuvchining aybi bo‘lmaganda, uning javobgarligi aybidan qat’iy nazar yuzaga kelgan hollarda, tovon miqdori kamaytirilishi lozim yoki, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, zararni to‘lash rad etilishi mumkin. Fuqaroning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganda tovon to‘lashni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qo‘shimcha xarajatlarni to‘lashda, boquvchisining vafoti munosabati bilan ko‘rilgan zararni to‘lashda, shuningdek dafn etish xarajatlarini to‘lashda jabrlanuvchining aybi hisobga olinmaydi.

Sud fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash miqdorini, uning mulkiy holatini hisobga olib, kamaytirishi mumkin, zarar qasddan qilingan harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan hollar bundan mustasno (FKning 1004-moddasi).

Fuqarolik Kodeksining 1004-moddasiga muvofiq, Jabrlanuvchining aybini va zarar yetkazgan shaxsning mulkiy holatini hisobga olish haqida batafsil to’xtalib o’tilgan17.

Jabrlanuvchining qasddan ish ko’rishi natijasida yuzaga kelgan zarar to’lanmaydi.

Agar jabrlanuvchi o’zining qo’pol ehtiyotsizligi tufayli zararning yuzaga kelishiga yoki ortishoga ko’maklashgan bo’lsa, unda jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab tovon miqdori kamaytirilishi lozim.

Jabrlanuvchi qo’pol ehtiyotsizlik qilganda va zarar yetkazuvchining aybi bo’lmaganda, uning javobgarligi aybidan qat’iy nazar yuzaga kelgan hollarda, tovon miqdori kamaytirilishi lozim yoki, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, zararni to’lash rad etilishi mumkin. Fuqaroning hayoti va sog’lig’iga zarar yetkazilganda tovon to’lashni rad etishga yo’l qo’yilmaydi.

Qo’shimcha xarajatlarni to’lashda, boquvchisinig vafoti munosabati bilan ko’rilgan zararni to’lashda, shuningdek dafn etish xarajatlarini to’lashda jabrlanuvchining aybi hisobga olinmaydi.

Sud fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash miqdorini, uning mulkiy holatini hisobga olib, kamaytirishi mumkin, zarar qasdan qilingan harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan hollar bundan mustasno.

Ushbu modda qoidalari zarar yetkazish bilan bog’liq bo’lgan barcha holatllarda qo’llanishi mumkin. Moddada jabrlanuvchining va shuningdek zarar yetkazuvchining zararni vujudga kelishida ayblarining borligi yoki yo’qligi, agar aybdor bo’lganlari taqdirda ularning ayblarining darajasi sud tomonidan hisobga olingan holda zararni to’lash kerk bo’lsa, uning hajmini belgilashga oid qoidalar nazarda tutiladi.

Mazkur modda 1963-yildagi Kodeks moddasidan farq qiladi. Chunonchi, moddaning birinchi qismiga binoan jabrlanuvchiga zarar umuman to’lanmasligi mumkin, agar bunday zarar jabrlanuvchining o’zi tomonidan qasddan yetkazilgan bo’lsa. Kodeksning 999-moddasiga muvofiq, jabrlanuvchining qasddan qilgan harakati oqibatida zararning yuzaga kelganini isbotlash vazifasi oshiqcha xavf tug’diradigan manbani egallovchisiga yulatilgan. Demak, jabrlanuvchining aybi yo’qlihi faraz qilinadi18.

Moddaning ikkinchi qismida aralash ayb tamoyili o’rnatilgan. Agar zarar jabrlanuvchining o’zining qo’pol ehtiyotsizligi tufayli yuzaga kelgan bo’lsa, zarar yetkazuvchiningdarajasi hisobga olingan holda zarar haqi kamaytiilishi mumkin. Aralash javogarlikni qo’llash sudga berilgan faqat huquq emas, balki uning vazifasi hamdir.

Fuqarolik qonunlari jinoyat qonunlarida bo’lganidek qasdni to’g’ri va egri qasdlarga ajraatmaydi. Fuqarolik qonun hujjatlarida javobgarlik qo’pol yoki oddiy ehtiyotsizlik xarakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun belgilanadi. Barcha uchun ayon bo’lgan talabning shaxs tomonidan bajarilmasligi, uning tomonidan amaldagi qonun-qoidani buzilishigina qo’pol ehtiyotsizlik deyiladi. Oddiy ehtiyotsizlik deb, shaxs oldiga qo’yilgan ma’lum talabga rioya qilmaslikka aytish mukin.

Ehtiyotsizlikni oddiy va qo’pol turkumlarga ajartishda faqat shaxslar harakatlarining xususiyatlari emas, shuningdek, ushbu xarakatlar qanday oqibatllariga (og’ir yoki yengil) olib kelishi ham hisobga olinadi. Zarar yetkazilishini bilib turib yoki bilishi mumkinligini hisobga olgan holda, uni oldini olish, bartaraf qilish uchun bajarilmagan harakat qo’pol ehtiyotsizlik turkimiga kiradi.

Moddaning uchinchi qismiga binon jabrlanuvchining qo’pol ehtiyotsizligining mavjud bo’lishi ammo zararning vujuda kelishida zarar yetkazuvchining aybi yo’qligi hisobga olinadi. Bunday hollarda zarar haqi kamaytirilishi yoki uni to’lash rad etilishi mumkin. Ammo bunday hollarda ham, agar zarar fuqaroning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan bo’lsa, zarar yetkazuvchi zarar haqini to’lashdan ozod etilmaydi.

Moddaning to’rtinchi qismiga binoan zararni undirsh uchun jabrlanuvchining aybi borligi yoki yo’qligi umuman hisobga olinmaydi. Boquvchisining vafoti munosabati bilan ko’rilgan zararni, dafn etish va boshqa qo’shimcha xarajatlarni to’lash majburiyati zarar yetkazuvchining zimmasiga yuklatiladi.

Zarar haqi miqdorini belgilashda sudga keng huquq berilgan. Yetkazilgan zararning hajmini, zarar yetkazuvchining mulkiy holatini hisobga olgan holda sud to’lanishi kerak bo’lgan zararning haqini kamaytirishi mumkin. Ammo zarar qasddan yetkazilgan bo’lsa zarar yetkazgan shaxs zarar haqini to’lashdan ozod qilinmaydi.

Delikt majburiyatlari mavjud va vujudga kelgan haqiqiy zararlarni qoplashni nazarda tutadi. Shu bilan birga hayotda shaxsga hali zarar yetkazilmagan bo‘lsada, zarar etish xavfi mavjud bo‘lgan holatlar ko‘p uchraydi. Bunday holatlar odatda energiyaning turli shakllari va zamonaviy texnologiyadan foydalanib amal oshiriladigan ishlab chiqarish faoliyatida ko‘p uchraydi. Masalan, tuman hokimiyatining qaroriga ko‘ra, aholi yashaydigan punktidan uzoq bo‘lmagan joyda axlat kuydirishga mo‘ljallangan kuchli peslar qurilishi rejalashtirildi. Ekolog mutaxassislar, vrachlarning xulosasiga ko‘ra, mazkur inshootning qurilishi hududda istiqomat qilayotgan aholi salomatligini yomonlashuviga, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelar ekan. Aynan mana shunday misolni kimyo vassement zavodlariga nisbatan ham aytish mumkin. Tojikistonda joylashgan Tursunzoda Alyuminiy zavod ham o‘sha hududda yashayotgan aholi sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan­ligi fikrimizning dalilidir19.

Ta’kidlash lozimki, amaldagi FK kuchga kiritilgunga qadar fuqarolik qonunchiligida fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kelajakda yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlar xavfidan himoya qilish vositasi mavjud emas edi. FKning 986-moddasida ana shunday himoya vositasi – zarar yetkazishning oldini olish belgilangan. Zero, bu himoya vositasini delikt majburiyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan alohida majburiyat, - deb baholash mumkin.

Birinchidan, FKda kelgusida zarar etish xavfi mavjudligi holati belgilangan bo‘lib, bu holat delikt majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmaydi (FKning 986-moddasi 1-qismi). Bu erda faqatgina zararning vujudga kelish xavfi mavjud, zararning o‘zi hali mavjud emas. Ikkinchidan, FKning 986-moddasida korxona, inshootdan foydalanish yoxud boshqa ishlab chiqarish faoliyatining oqibati bo‘lgan holatni nazarda tutadi va holat delikt majburiyati bilan bog‘liq, lekin bu faoliyat zarar yetkazishda davom etmoqda yoki yangi zarar yetkazish xavfini vujudga keltirmoqda. Bu holatda zarar yetkazish xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyat, shu vaziyatda vujudga kelgan delikt majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi, garchi mustaqil mazmunga ega bo‘lsa va mustaqil oqibatlarni vujudga keltirsada.

Mazkur holatlatlardan kelib chiqib, aytish mumkin, kelgusida zarar yetkazilishi xavfidan kelib chiqadigan, shu bilan birga korxona, inshootdan foydalanish yoxud boshqa ishlab chiqarish faoliyatining oqibatida yetkazilgan va zarar yetkazilish davom etayotgan majburiyatlarga muvofiq, uni amalga oshirayotgan yoki amalga oshirish istagida bo‘lgan shaxs (ehtimsol tutilgan zarar yetkazuvchi) tegishli faoliyatni to‘xtatib turish yoki tugatishga majbur, kelgusida o‘ziga zarar yetkazilish xavfi bor bo‘lgan shaxs bunday xavfni yuzaga keltiradigan faoliyatni taqiqlash to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqli. Mazkur vaziyatlar vujudga kelish asosi bo‘lib, kelgusida zarar yetkazish xavfi faktining namoyon bo‘lishi, shu bilan birga korxona, inshootdan foydalanish yoxud boshqa ishlab chiqarish faoliyatining oqibati hisoblanadi.


Download 296,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish