O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta-maxsus ta’lim vazirligi


Dilekt majburiyatlarining huquqiy tabiatini



Download 296,5 Kb.
bet6/14
Sana31.12.2021
Hajmi296,5 Kb.
#241750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Karimov Sanjar kurs ishi

Dilekt majburiyatlarining huquqiy tabiatini aniqlashda, majburiyatning mazkur turini fuqarolik-huquqiy javobgarlik tu­shunchasi bilan o‘zaro nisbatni belgilash alohida ahamiyat kasb etadi. Huquqiy adabiyotlarda «zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyat» va «zarar yetkazganlik uchun javobgarlik tushunchalari» ayniy tushunchalar sifatida qo‘llaniladi, hamda «javobgarlik» tushunchasi bu holatda asosiy o‘rinni egallaydi. Mazkur holat FKning 57-bobida ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ushbu bob «zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar» - deb nomlansa, bobning birinchi moddasi (FKning 985-moddasi) zarar etkazganlik uchun javobgarlikning umumiy asoslariga bag‘ishlanadi7. Shu bilan birga keyingi moddalarda ham asosan «majburiyat» tushunchasi emas, «javobgarlik» tushunchasi qo‘llaniladi. Bu esa ushbu tushunchalar o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud emasligini, ularning uzviy bog‘liqligini anglatadi.

Fuqarolik huquqiy javobgarlik deganda, mulkiy tusdagi sank­siyalarni huquqbuzarga nisbatan tatbiq etish tushuniladi. Fuqaro­lik huquqining umumiy asoslariga muvofiq, fuqarolik-huquqiy javobgarlik mulkiy tusga ega bo‘lib, shartnomali majburiyatlarga ham, shartnomadan tashqari vujudga keladigan majburiyatlarga ham tatbiq etiladi. Biroq, shartnomali majburiyatlarda javobgarlik ikkilamchi tusga ega bo‘ladi. Fuqarolik-huquqiy javobgarlik shart­nomali majburiyatlarni «kuzatib boradi» va majburiyat buzilgan­dagina qo‘llaniladi. Agar majburiyat lozim darajada bajarilsa, javobgarlik masalasi vujudga kelmaydi.

Zarar yetkazishdan vujudga keladigan majburiyatlarda esa, javobgarlik huquqbuzarlik fakti asosida vujudga keladi. Ya’ni, zarar yetkazishdan vujudga keladigan majburiyat vujudga kelishi bilan u o‘z mazmunida javobgarlikni, huquqbuzarga sanksiya qo‘llash imkoniyatini mavjudligini ifodalaydi. Albatta bu vaziyatda javobgarlik boshqa bir majburiyatni to‘ldirmaydi, «kuzatmaydi» (shartnomali majburiyatlardagi kabi), u zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlardagi huquqbuzar majburiyatining mazmunini tashkil etadi.

Yetkazilgan zarar uchun huquqbuzar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda yetkazilgan zarar qoplash shaklidagi javobgarlikka tortiladi.

Ta’kidlash lozimki, ba’zi xorijlik yuristlar delikt huquqi va u bilan bog‘liq doktrinalar tezlikda eskirib o‘z ahamiyatini yo‘qo­tib borayotganligini ta’kidlashadi. Ularning fikricha, zarar yetka­zishdan kelib chiqadigan majburiyatlarga oid bo‘lgan holatlar «tex­nika asrida aravani boshqarish qoidalariga o‘xshash» dir. Zero, zamo­naviy jamiyatda zararlarni qoplashning katta qismi sug‘urta xizma­tining zimmasiga tushadi. Ba’zi mutaxassislar esa, bu holat (zarar­ni qoplashda sug‘urta xizmatidan foydalanish) «delekt huquqini ko‘mish» uchun asos bo‘lmasligini, yetkazilgan zararlarni qoplashda sug‘urtaning o‘rni shubhasiz katta ekanligini, biroq, sug‘urta insti­tuti delikt huquqi bilan birgalikda qo‘llanilib kelinayotganligini va bu holat uzoq vaqt davom etishini ta’kidlashadi. Darhaqiqat, yetkazilgan zararni qoplashda sug‘urta xizmatining o‘rni beqiyos biroq, yetkazilgan zararni qoplashga doir qoidalarning mavjudligi sug‘urta tashkilotlari uchun subrogatsiya8 (FKning 318, 957-moddalari) qilish imkoniyatini berishini ham nazarda tutish va subrogatsiyani qo‘llash faqatgina delikt instituti orqali amalga oshirilishini hisobga olsak, delikt majburiyatlarining ahamiyati jamiyat rivojlanishining har qanday bosqichida ham pasaymasligini anglash mumkin.

Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning quyidagi o‘ziga xos belgilari mavjud:

a) bu majburiyatlarning ta’sir doirasi zararni qoplash moddiy xususiyatlarga ega bo‘lishiga qaramasdan, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy munosabatlarni qamrab oladi;

b) ular mutlaq xarakterga ega bo‘lgan mulkiy huquqlar ( mulk huquqi, umrbod egalik qilish huquqi, yuritish huquqi, operativ boshqarish huquqi va boshqalar) yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlarining buzilishi natijasida kelib chiqadi;

v) garchi huquq jabrlanuvchi bilan shartnomaviy munosabatlarida bo‘lgan shaxs tomonidan buzilgan bo‘lsa-da, majburiyatlar mutlaq huquqlar buzilganligi tufayli shartnomasiz xarakterga ega bo‘ladi;

g) bu majburiyatlar zarar kim tomonidan kimga yetkazilgani, zarar qay ko‘rinishda yetkazilgani va zararni qoplash usullaridan qat’iy nazar, to‘liq qoplanishini nazarda tutadi;

d) qonunda nazarda tutilgan hollarda zararni to‘lash majburiya­ti boshqa shaxslarga ham yuklatilishi mumkin.

Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar o‘ziga xos ekvivalentlik vazifasini bajaradi. Ya’ni, delikt majburiyatlari orqali huquq buzilishidan oldingi holat tiklanadi. Masalan, fuqaroning sog‘lig‘iga zarar yetkazilganda, uning sog‘lig‘ini tiklash uchun qilgan xarajatlari huquqbuzar tomonidan qoplanishi huquqni buzilishini buzilishidan oldingi holatini tiklash hisoblanadi. Shu bilan birga, delikt majburiyatlari uchun javobgarlikning belgilanganligi huquqbuzarlikning oldini olishda ham ahamiyatli hisoblanadi9.

Delikt institutining ahamiyati, uning funksiyalari fuqaro­lik-huquqiy javobgarlikning ahamiyati va funksiyalari bilan bir xilda deb hisoblash mumkin. Zero, delikt instituti ham fuqarolik-huquqiy javobgarlik kabi huquqni tiklovchi, huquqbuzarlikning oldini oluvchi, tarbiyaviy vazifalarni bajaradi.


Download 296,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish