O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta-maxsus ta’lim vazirligi


Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning vujudga kelish asoslari. Bosh delikt tamoyili



Download 296,5 Kb.
bet7/14
Sana31.12.2021
Hajmi296,5 Kb.
#241750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Karimov Sanjar kurs ishi

Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning vujudga kelish asoslari. Bosh delikt tamoyili. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar fuqarolik-huquqiy majburiyatlar­ning boshqa turlari kabi muayyan yuridik faktlar asosida vujudga keladi. Mazkur majburiyat vujudga kelishi uchun asos bo‘ladigan qonun hujjatlaridan ko‘zda tutilgan yuridik faktlar – zarar yetkazish fakti, delikt hisoblanadi.

Biroq, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar o‘z mazmunida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni ham nazarda tutadi. SHuning uchun ham, qonun delikt majburiyatlarini vujudga kelish asoslari va shartlari bilan birga zarar uchun javobgarlik asoslari va shartlari masalasini ham hal qiladi. Boshqacha aytganda, delikt majburiyatlarining vujudga kelish shartlari va yetkazilgan zarar uchun javobgarlik shartlari bir-biriga mos keladi.

Yetkazilgan zarar uchun javobgarlik choralarini belgilashda qonun umumiy tamoyillarga tayanadi. Huquqiy adabiyotlarda bu tamoyil «bosh delikt tamoiyli» - deb yuritiladi. Mazkur tamoyilga binoan, bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga yetkazilgan zararning mavjudligiyoq, yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini vujudga keltiradi. Bunda jabrlanuvchi zarar yetkazuvchi harakatning g‘ayriqo­nuniy ekanligini, uning aybdor ekanligini isbotlashi talab etilmaydi. Zarar yetkazuvchining harakati huquqqa xilof va u aybdor – deb «hisoblanadi». Shu munosabat bilan zarar yetkazuvchi javobgarlikdan faqatgina o‘z harakatlari huquqqa xilof emasligini va aybdor emasligini isbotlagandagina ozod etiladi. Bosh delikt tamoyil Fransiya grajdanlik kodeksining 1382-moddasida to‘liq o‘z ifodasini topgan deb hisoblanadi, unga ko‘ra, boshqa shaxsga ziyon etkazgan insonnning har qanday harakati, aybli harakat natijasida yetkazilgan ziyonni qoplashni keltirib chiqaradi.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, Angliya huquqi bosh delikt kategoriyasini bilmaydi. Bu erda sud amalyoti – sud pretsedenti tomonidan ishlab chiqilgan alohida deliktlar amal qiladi. Masalan, hozirgi kunda ham Angliya sudlari avtomobil tomonidan piyodaga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablarni ko‘rishda 200 yil avvalgi ot-arava tomonidan piyodaga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha pretsedentga tayanadi10.

Mamlakatimiz fuqarolik qonunchiligida ham bosh delikt tamoyili o‘z ifodasini topgan. Zero, FKning 985-moddasida fuqaro­lik huquqi sub’ektiga yetkazilgan zarar zarar yetkazuvchi tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi nazarda tutilgan. Albatta bosh delikt tamoyiliga muvofiq, zarar yetkazilganligining o‘ziyoq uni qoplash lozimligini anglatmaydi. Buni uchun qonunda belgilangan bir qator shartlar mavjud bo‘lishi lozim. Mazkur shartlarning mavjud bo‘l­masligi esa, zararni qoplanmasligini anglatadi.


Download 296,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish