bilan yaxshi mashina egalari о‗z mashinalarini sotishmaydi, «Limonlar» esa real bahosidan
yuqori narx bilan sotiladi. «Limonlar» bozordan sifatli tovarni siqib chiqarishadi. Bu holat
iqtisodiy nazariyada
«nobop tanlov» deb yuritiladi. Aynan ana shunday tanlovni amalga
oshishidan manfaatdor shaxslar axborotni assimetrik tarqalishidan manfaatdor.
Xuddi shunday holatni sug‗urta jarayonida ham kо‗rish mumkin. Bunda ham sug‗urta
qildirayotganlar nimani sug‗urta qildirishsa uni holatini boshqalardan yaxshi bilishadi. Sug‗urta
qildirishda esa har bir sug‗urta kildiruvchi о‗z manfaatidan kelib chiqib kо‗proq sug‗urta puli
olishni kо‗zlaydi.
Ikkinchi tomondan, sug‗urta qildirganlar kо‗pincha sug‗urta qilingan obyektga nisbatan
befarqliklarini kuchaytirishlari mumkin. Masalan, avtomobilini sug‗urta qildirganlar endi
avvalgidek ehtiyot choralarini kо‗rishga urinishmaydi. sug‗urta kompaniyalari ehtiyot choralari
kо‗rishga rag‗batni yо‗qolishi bilan bog‗liq qо‗shimcha harajatlar qilishlariga tо‗g‗ri keladi.
Oxir oqibat shunday holat kelib chiqishi mumkin-ki, sug‗urta faoliyati xarajatlarni qoplay
olmay qoladi. Lekin sug‗urta faoliyati jamiyat uchun zarur.
Axborot asimmetriyasi doimo mavjud bо‗ladi. Chunki bozor iqtisodiyoti raqobatga tayanar
ekan, raqobatda g‗olib chiqish yoki hech bо‗lmaganda yutqazmaslik bu insonning tabiat
tomonidan berilgan muhim hislati - о‗zini saqlash instinkti bilan bog‗liq.
Bozorda hamma aldanishdan, zarar kо‗rishdan qо‗rqadi. Sotuvchi mahsulotini iloji boricha
qimmatroqda sotishga, xaridor esa arzonroqda olishni istaydi.
Tovar ishlab chiqaruvchi kelajakda talabni qanday о‗zgarishini oldindan sezish, paykashga
harakat qilib, tovarga talab yuqorilik paytida kо‗proq ishlab chiqarib yuqori narxga sotish uchun
harakat qiladi. Shu bilan birga raqobatchilar ham shunday tovarlarni ishab chiqarayotgan bо‗lib, u
orqada qolgan bо‗lishi о‗z tovarlarini arzimagan pulga sotishi mumkin. Raqobatni kimni
foydasiga xal bо‗lishi aynan axborotni kimni qо‗lida bо‗lishi va undan qay darajada mohirlik
bilan foydalagishiga bog‗liq. Shuning uchun natijasi noaniq. Noaniqlik esa odamlarni о‗z
iqtisodiy faoliyatlarida tavakkal qilishta majbur qiladi. Uning natijasi ham noaniq. Shunday qilib
axborot
asimmetriyasi nobop tanlov bilan birga yana bir salbiy oqibat tavakkalchilik
xatari kelib
chiqishiga ham sabab bо‗ladi.
Tabiiy xavf-xatar doimo bо„lganidek, noaniqlik bozor
iqtisodiyotining doimiy yо‗ldoshi ekan,
iqtisodiy xavf-xatar ham doimo u yoki bu darajada
majud bо‗ladi. Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan esa uning subyektlari faoliyatida noaniqlik,
iqtisodiy muhit ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: