«Buni hisobga olgan holda mamlakatimizda kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni
shakllantirish, ularning dunyoqarashini о‗zgartirish iqtisodiyotni isloh qilishning strategik
maqsadlaridan biri sifatida qо‗yildi».
44
Yangicha tipdagi iqtisodiy fikrlash iqtisodiyotdagi muammolarni prinsipial jihatdan
yangicha, sifat jihatdan totalitar buyruqbozlikka asoslangan tizimdan farqli tarzda yechishni
obyektiv zarurligiga asoslanadi.
Iqtisodiy tafakkur deganda, nimani tushunamiz degan savol tug‗iladi.
«Iqtisodiy holatning mohiyatini, iqtisodiy rivojlanishning qonun-qoidalarini, о‗ziga xos
tomonlarini tushunib yashash, bu iqtisodiy nazariyalarni bilish va ulardan samarali foydalanish
qobiliyati iqtisodiy tafakkurni vujudga keltiradi», - deyishadi
bir guruh olimlar
45
.
Ularning fikricha iqtisodiy tafakkurning mohiyati va xususiyatlariga qarab, uning uch xil
turini kо‗rsatib о‗tish mumkin:
1. Oddiy kuzatish va anglash tamoyillariga asoslangan iqtisodiy tafakkur.
2. Chuqur bilimlar va g‗oyalarga asoslangan iqtisodiy tafakkur.
3.
Talaba muammolar, murakkab jarayonlar tahlili bilan bog‗liq iqtisodiy tafakkur.
46
Yangicha iqtisodiy tafakkur esa yana bir tadqiqotchi olim tomonidan quyidagicha
ifodalanadi: «Yangicha iqtisodiy tafakkur, bizning nazarimizga kо‗ra, uchta asosga ega.
Birinchidan, insonning bozor sharoitida muhim bо‗lgan shaxsiy fazilatlari. Ikkinchidan, texnika
taraqqiyotining zamonaviy darajasi, xususan moddiy ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari
nisbati. Uchinchidan, davrimizga xos ijtimoiy jarayonlarning har bir mamlakat ijtimoiy-madaniy
xususiyatlarining о‗ziga xos nisbati va ijtimoiy turmushning globallashuvi bilan
tavsiflanadi
47
.
Bildirilgan fikrlarda jon bor, unda mualliflarning iqtisodiy tafakkurga qarashi ifodalangan.
Lekin bizningcha iqtisodiy tafakkurni quyidagicha ta‘riflash haqikatga yaqinroq. Iqtisodiy
tafakkur - bu
iqtisodiy fikrlash, bilimning natijasidir.
Iqtisodiy tafakkur chegarani xis qilish, meyorni bilish, hisob-kitob qilish orqali xohish, istak
bilan real imkoniyatni taqqoslab qaror qabul qilishda ifodalanadi.
Iqtisodiy tafakkur 1) iqtisodiy bilim, qarashlar, g‗oyalar, ma‘naviy yaxlitligi sifatida; 2)
iqtisodiy qarashlar g‗oyalarning asosi; 3) odamlar tomonidan о‗rganilgan iqtisodiy bilimlargina
emas,
balki iqtisodiy munosabatlar, aloqalarda namoyon bо‗ladi.
Iqtisodiy tafakkurni shakllanishi dastlab, shaxsiy tajribalar, og‗ir jismoniy mehnatni
yengillashtirishga, cheklangan resurslardan samaraliroq foydalanishga, turmush darajasini
kо‗tarishga bо‗lgan intilishlar bilan bog‗liq bо‗lsa, keyinchalik u falsafiy, sо‗ngra diniy qarashlar
bilan bog‗liq holda rivojlandi.
Iqtisodiy
qarashlar va g‗oyalarning rivojlanishi, iqtisodiy maktablar shakllanishi va
iqtisodiy fanlar vujudga kelishi bilan iqtisodiy tafakkur yangi bosqichga kо‗tarildi.
Yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirishning bosh manbai esa - bu fan va uning
taraqqiyotidir.
Mustaqillikka erishganimizdan sо‗ng iqtisodiy tafakkurni shakllantirish eng muhim
masalalardan biri bо‗lib qoldi. Yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllanishi va rivojlanishida
mehnatni erkin faoliyatga aylanishi, iqtisodiyotni siyosat va mafkura tazyiqidan xalos bо‗lishi,
iqtisodiy qonunlar amal qilishi asosida taraqqiy etib borishi muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy tafakkur matematik, amaliy, intuitiv, tahliliy, abstrakt tafakkurning bir
butunligidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: