kishini keltiramiz. Shuning uchun bozor iqtisodiyotida «chayqovchi» emas, «vositachi»,
«menejer» bо‗ladi degan fikrdagilar ham talaygina. Lekin biz ularni qanday atamaylik,
yuritayotgan faoliyati, qо‗ygan maqsadi tom ma‘nosi bilan chayqovchilik. Hamma narsani о‗z
nomi bilan aytgan ma‘qul. Albatta, jamiyatni qoralovchi fikri tо‗g‗ri, lekin u qachonki norasmiy,
noqonuniy bо‗lsa.
1082-1083 yillarda yozilgan «Qobusnoma»ning muallifi Kaykovus «Savdogarchilik va olib
sotarlik xunar hisoblanmaydi, ammo buni yaxshi san‘at desa bо‗ladi deb yozadi. Savdogarchilik
va olib-sotarlikni bir qatorga qо‗yib, Kaykovus noaniqlikka yо‗l qо‗ygan. Alisher Navoiyning
ta‘rificha, savdogar halol rizq topaman deb uzoq mashaqqatli yо‗llarni bosadi. U inson jamoalari
о‗rtasida iqtisodiy munosabatlarni tashkil qiladi. Bir yurtdagi ayrim ashyolarning ortiqcha
serobgarchiligi va qadrsizligining oldini olib, boshqa yurtdagi taqchillikka barham beradi.
Iqtisodiy muvozanatni ta‘minlaydi. Shahar olib sotarlarida esa insof о‗rnini birni yuz qilish,
bо‗zni shoyiga «aylantirish» hissi eg‗allab olgan bо‗ladi. Ular savdogarchilik mashaqqatlaridan
bо‗yin tovlab, chayqovchiga aylanadilar. Navoiy ta‘rificha biron-bir tovarni sotib olib, о‗sha
yerda sotish
savdogarchilik emas, chayqovchilikdir.
Savdogarchilik va chayqovchilikning farqi Islom ta‘limotida aniqlab berilgan. Muhammad
payg‗ambar hadislarida «yurtimizda bо‗lmagan ashyolarni chetdan keltirib sotuvchilar savobga
ega bо‗ladilar, bozorlarimizdagi narsalarni uyida yashirib saqlovchi odam gо‗yo tangrining
kitobidagi xudosiz kabidir» deyiladi. Islom ta‘limoti bо‗yicha, «kasbning eng yaxshisi kishining
о‗z qо‗li bilan bajaradigan ishi va halol savdodir» demak savdogarchilik xunarmandchilik qatori
eng yaxshi kasbdir. Ibn Xaldun dehqonchilik va hunarmandchilik bilan birga savdoni
«tirikchilikning tabiiy usuli deb hisoblagan. U tovarlarni g‗amlab, ularga baho oshishini kutib
chayqovchilik qilishga qarshi chiqqan, ayniqsa g‗alla bilan chayqovchilikni qoralagan. Chunki
muxtojlar ahvoliga g‗allanig narxi baland bо‗lishi yomon ta‘sir qiladi» deydi. Musulmon
huquqshunosligida о‗sha davrdayoq bozorlarda yakkahokimlikka erishish ta‘qiqlangan.
Muhammad payg‗ambar «ehtikor (yakkahokimlik) qiluvchilar Olloh rahmatidan mahrumdirlar
degan. Kimki bilib turib о‗g‗rilik narsani sotib olsa, u shu о‗g‗rilikning ori va gunohiga sherik
hisoblangan.
О‗rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk mutafakkirlar mol ayirboshlashda, oldi-sotdida
noekvivalentlikni, aldash, adolatsizlikni qoralaganlar. Oldi-sotdida nopok, firibgar, chayqovchi,
dallolu qalloblar turli nayrang ishlatib bо‗zni shoyi deb о‗tkazadigan, arzon olib qimmatga sotib,
xalq chо‗ntagiga kirishni, shilishni kasb qilib olgan surbetlar qadimdan mavjud bо‗lishgan.
Shahar olib sotari - xiyonatchi, orzusi arzon olib, qimmat sotishdir. О‗g‗il otani aldashi bularning
hunarlaridir» deydi Navoiy. Savdogar faqat foydani niyat qilmasa, uning faoliyatidan faqr-
bechoralar ham boyib, bahra olsa, ular muxtojlarga berilishi lozim bо‗lgan shar‘iy zakot - diniy
soliqni har yili о‗z vaqtida tо‗lab turishsa, ya‘ni savdo xalqda, davlatga xizmat qilsa, foyda
keltiradigan bо‗lishsa degan g‗oyani ilgari suradi. Savdogar va chayqovchilarni insofga chaqiradi.
Agar ular bunga kо‗nmasa, davlat narxlar bilan shug‗ullanishga, oshirib sotuvchilariga tanbeh,
jazo
berishga, davlatning ijtimoiy rolini oshirishga da‘vat etadi.
Muqaddas «Qur‘oni karim» va «Hadislar»da tijoratning barcha qonun-qoidalari, shartlari
berilgan. Odamlarni insofla bо‗lishga, birovlarning haqiga xiyonat qilmaslikka, halol mol
topishga, nafs yо‗liga kirmaslikka chaqiradi. Imon-e‘tikodni unutib, о‗tkinchi dunyo lazzatlariga
maxliyo bо‗lib, insoniylikka shak keltirish qattiq qoralangan. Masalan, «Xadislar»da bir yurtdan
ikkinchi yurtga keltirib sotiladigan mollardan qoladigan sof daromadning о‗n foizdan oshiqchasi
makruh-harom hisoblangan.
Olib-sotarlik, chayqovchilik haqidagi masalalar hozirgi kunda ham о‗z ahamiyatini
yо‗qotmagan. Masalan, inqirozga yuz tutgan AQShlik yirik chayqovchilar: eng yirik birja
firmalaridan birining baland martabali menejerlari A. Boyski va M. Millekenlar nomi butun
dunyoga taraldi. M. Milleken past darajadagi aksiyalar junk fonds ixtirochisi, qaysiki ular
yordamida kompaniyalarni qо‗shilishi va birini ikkinchisi tomonidan «yutilishi» amalga
oshirilgan. Uning uchun u noinsoflikda ayblangan, A. Boyski bо‗lsa, «sinish, yutilish», arafasida
turgan korporatsiyalarning aksiyalari bilan chayqovchilik qilgan.
Umuman olganda chayqovchilik nafaqat qimmatli qog‗ozlar bilan (ular bilan kо‗proq) balki
hamma soxada, qayerda imkoniyat bо‗lsa shu yerda bо‗ladi. Noqonuniy, nolegal chayqovchilik,
yolg‗on
axborot tarqatish, noqonuniy bitimlar tuzish kabilarda ifodalanadi.
Davlat shuning uchun bunday xodisalarga qarshi chora-tadbirlar kо‗radi, qonun-qoidalar
qabul qiladi. Bordi-yu davlat bozorda qayd qilingan narxlar о‗rnatsa chayqovchilik yashirin tus
oladi. Chayqovchilik taqchil tovar oldi-sottisi tufayli yuz berib, disbalansni chuqurlashuvini
keltirib chiqarishi mumkin. Lekin normal, legal chayqovchilik bozor iqtisodiyotini rivojlanishiga
ta‘sir kо‗rsatadi.
- Buning birinchi ijobiy tomoni tavakkalchilik xatarini sug‗urta qilish xaqida tо‗xtaganda
kо‗rdik. Chayqovchilik xedjerlash operatsiyalari yordamida bozorning boshqa qatnashchilarini
о‗zini himoyalash, sug‗urta qilish imkonini beradi.
Ikkinchi muhim funksiyasi bozordagi hukmron tendensiya haqida axborotlar berish.
Bunday qarasak chayqovchilik axborot tarqatish manfaatlariga zid.
Haqiqatdan ham shunday.
Do'stlaringiz bilan baham: