3. Iqtisodiy ta‟lim-tarbiya berishda Prezidentimizning ma‟ruza va nutqlaridan
foydalanish
Iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berishda Prezidentimizning Ma‘ruza va nutqlari alohida о‗rin tutadi.
Prezident qator nutq va Ma‘ruzalarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, barqaror о‗sib
borish - bu qishloq xо‗jaligi bо‗ladimi, sanoat yoki xizmat kо‗rsatish sohasi bо‗ladimi - shu
tarmoqlarda ishlayotgan odamlarning doimo sezgir va izlanuvchan bо‗lishini, bugungi kun talab
qiladigan kasb-hunarlarni о‗rganishini, о‗z malaka va saviyasini muttasil oshirib borishini,
zamon
bilan teng qadam tashlash zarurligini uqtiradi. Bu ayniqsa, Yaponiya va Koreya singari tabiiy
boylikka deyarli ega bо‗lmagan mamlakatlar tajribasidan kо‗p narsani о‗rganishimiz mumkin.
Ulardagi murakkab sharoit, cheklangan resurlar doimo о‗ylab puxta ish qilishni, aqlni ishlatishni,
har qanday sharoitda imkon topishni zarur qilib qо‗yadiki, ularni qо‗lga kiritayotgan yutuqlari
ana shu zaruriyatni qanday amalga oshirayotganlarini kо‗rsatib turibdi. Bu jihatdan qarasak bizda
imkoniyatlar nihoyatda katta.
Prezidentning «Yangicha hayotni eskicha qarash va yondashuvlar bilan kо‗rib bо‗lmaydi»
nomli Ma‘ruzasida davlat qurilishi, davlat boshqaruvi islohotlarining asosiy maqsadi va vazifalari
kо‗rsatib о‗tib ijro hokimiyati bо‗lmish hukumat faoliyatining mas‘uliyati va samarasini oshirish
zarurligi haqida fikrlar bildirildi.
О‗zbekiston Respublikasida hozirgi kunda davlat boshqaruvi islohotlari siyosiy
yо‗nalishlarini quyidagi sohalarda amalga oshirilishini kо‗rsatib о‗tish mumkin.
Iqtisodiyotni boshqarishda davlat rolining qisqarishi - yangi davlat tuzilmalarining xо‗jalik
yurituvchi subyektlari faoliyatiga asossiz aralashuviga barham berishdir.
Iqtisodchi mutaxassislar va iqtisodchi pedagoglar uchun ayniqsa, Prezidentimizning 14
fevral kuni О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yilda respublikamiz ijtimoiy
iqtisodiy rivojlanish yakunlari ni iqtisodiy islohotlarning borishini baholash hamda 2002 yilda
islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yо‗nalishlariga bag‗ishlangan majlisida «Iqtisodiyotni
erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish - bosh yо‗limiz» mavzusida qilgan
ma‘ruzasi
alohida ahamiyatga ega
32
.
Mamlakatimizning ulkan moddiy va tabiiy resurslaridan tejab tergab samarali va oqilona
foydalanishga alohida diqqat qaratadi. U biz uchun tabiatning bebaho ne‘matini xalqimizning
boyligi bо‗lmish ekin eqiladigan yerlardan sug‗orish va ichimlik suvidan, yonilgi – energetika,
mineral xom ashyo va boshqa resurslardan tо‗g‗ri va asrab avaylab foydalanish haqida qayg‗urib
yurtimizga tashrif buyurgan chet ellik hamkorlarimiz ham bizning resurslarni tejash masalasiga
bо‗lgan beparvo munosabatlarimizni kо‗rib hayron bо‗lishlarini kо‗rsatib о‗tadi. Eng boy gullab
yashnayotgan mamlakatlarda ham resurslarga bu qadar mas‘uliyatsizlikka, bu qadar
isrofgarchilikka yо‗l qо‗ymasligini ta‘kidlaydi. Prezident eng bebaho boyligimiz yerdan
foydalanishdagi kamchiliklarga alohida tо‗xtalib, о‗tkazilgan tekshiruvlar natijasida toqat qilib
bо‗lmaydigan xо‗jasizlik faktlari aniqlanganini kо‗rsatib berdi. О‗zbekistan yerlarining faqatgina
10 %dan qishloq xо‗jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida foydalanish mumkin, suv yerdan
keyingi yana bir bebaho boyligimiz, chunki dehqonchilik sug‗oriladigan yerlarda qilinadi.
Qurg‗oqchilik yillarida suvning qadri naqadar balandligini yanada chuqurroq his qilinadi.
Yerlarni sug‗orishga yaroqli suvdan tejab-tergab, samarali foydalanish, sug‗orish va
irrigatsiyaning zamonaviy tizimlarini joriy qilishga suvdan foydalanish intizomini kuchaytirishga
bu borada yaxshi natijalarga erisha olganlarni esa rag‗batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni
belgilash zarurligini kо‗rsatib о‗tadi.
Qadimdan mamlakatimiz hududida suv hayot manbai sifatida qadrlangan, tirikchilikni
birinchi omili sanalgan, uni muqaddas bilib, asrab-avaylab, tejab tergab sarflangan. Bu qarashlar
о‗z mohiyatini bugun ham yо‗qotgan emas. Mamlakatimiz qishloq xо‗jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarishni suvsiz tasavvur etish mumkin emas. Hozirgi sharoitda suvdan tejab tergab
foydalanish yana ham dolzarb masala bо‗lib turibdi,
32
I.A.Karimov ―Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish – bosh yо‗limiz‖//
Toshkent oqshomi, 2002, 15 fevral.
Respublikamizda quyosh energiyasidan foydalanishga katta e‘tibor qaratilishi kerak. Qator
yevropa mamlakatlarida quyosh energiyasi mamlakatning umumiy energiya sarfi tarkibida 15 %
gacha ulushni tashkil etadi. Respublikamizda quyoshli kunlar ularga nisbatan 2-2,5 baravar kо‗p
bо‗lgani holda bizda bu kо‗rsatkich 1 % atrofida. Demak, bu borada ishga solinmagan
imkoniyatlar talaygina.
Bо‗larni о‗quvchi - talabalar ongiga singdirish, ularni ana shu sohada yangiliklar, ixtirolar
yaratishga undash, qiziqtirish lozim.
Yoshlarga ta‘lim-tarbiya berishda Prezidentning an‘anaviy yil yakunlari va yangi yil
vazifalariga bag‗ishlab о‗tkaziladigan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi Ma‘ruzalari muhim
rol о‗ynaydi. Bu Ma‘ruzalarda yо‗l qо‗yilgan kamchiliklar alohida ta‘kidlanadi va yangi yilda
mamlakat
oldida turgan vazifalar, eng muhim ustuvor yо‗nalishlari belgilab beriladi.
Bunda oldimizga qо‗ygan asosiy maqsadni amalga oshirish uchun nimalarga alohida e‘tibor
berishimiz kо‗rsatilib, uni amalga oshirish uchun asosiy ustuvor yо‗nalishlar belgilab beriladi.
Bunda nima sababdan aynan ana shu sohalar yoki yо‗nalishlar ustuvor yо‗nalish tarzida alohida
ajratib kо‗rsatilishi sabablarini yoshlar ongiga yetkazish muhim ahamiyatga ega.
Prezident tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar iqtisodiyotni rivojlantirishda yangi
marralar tomon harakatlantiruvchi, yо‗naltiruvchi kuch, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotini ta‘minlashning dasturi amali bо‗lib hisoblanadi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni barchasi, ayniqsa, talaba, о‗quvchi
yoshlarning teran anglashi, kechayotgan iqtisodiy о‗zgarish va jarayonlar tо‗g‗risida keng
tasavvurga ega bо‗lish, о‗z mehnatlari va bunyodkorlik ishlari bilan о‗z hissalarini qо‗shishlari
davr talabi ekanligini his qilishlari lozim.
Yoshlarga iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berishda Prezident Farmonlari ham о‗ziga xos о‗rin
tutadi.
Ma‘lumki, Prezident Farmonlari qonun kuchiga ega bо‗lgan buyruq bо‗lib, odatda, davlat
rahbari mamlakatdagi mavjud holat, qabul qilingan qonunlarda hayot oqimi, shiddatini tez
о‗zgarishi tufayli hamma narsani ham hisobga olib bо‗lmasligini nazarda tutgan holda, u yoki bu
muammoni, masalani tezda hal qilinishi lozimligini hisobga olgan holda beriladi.
Farmonda uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish ham kо‗rsatiladi. Dars
jarayonida ana shunday farmonlardan misol qilinishi, о‗quvchi-talabalar diqqatini nima sababdan
mazkur farmon qabul qilingani, mavjud muammo, masalani yechishda qanday rol о‗ynashini
о‗rganishga qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: