О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 314,35 Kb.
bet5/6
Sana13.04.2017
Hajmi314,35 Kb.
#6690
1   2   3   4   5   6

III bob. Pedagogik tajriba-sinov ishlari va ularning natijalari tahlili.

3.1 Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uning mazmuni.
Bitiruv malakaviy ishimning amaliy qismida O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi fanining “O’zbekiston sanoati” mavzusini zamonaviy pedagogik texnologiyalari asosida o’quvchilarning o’quv-biluv jarayoni samaradorligini aniqlashga harakat qildik. Buning uchun biz o’qituvchilar va o’quvchilar orasida og’zaki va yozma so’rovnomalar o’tkazildi.

O’qituvchilar uchun so’rovnoma

  1. Mamlakatimizning siyosiy-iqtisodiy salohiyati ortib borgan sari o’quvchilarda geografiya fanini zamon talablari darajasida bilimlarni shakllantirish zarur deb o’ylaysizmi?

  2. O’zingiz geografiya ta’limida zamonaviy o’qitishga oid bilimlaringizni kengaytirishga harakat qilasizmi?

  3. Dars jarayonida o’quvchilarning diqqatini yuz foiz jamlab, faolligini oshirishda qanday ish ko’rasiz, nimalarga e’tibor qaratasiz?

  4. O’quvchilar faolligini oshirishda qanday didaktik vositalardan foydalanasiz?

  5. Bilim deganda nimani tushunasiz?

  6. O’quvchilarni intellektual rivojlantirish jarayonida qanday innovatsion metodlardan foydalanasiz?

  7. Innovatsion usullar deganda nimani tushunasiz?

  8. O’quvchilarda innovatsion usullar orqali tushunchalarni shakllantirishda metodik ko’rsatma sifatida sizga nimalar yordam beradi?

  9. Geografiya fanini o’qitishda geografik tushunchalarni shakllantirishda qanday innovatsion usullardan ko’proq foydalanasiz?

  10. Sizning fikringizcha qaysi ta’lim texnologiyalari o’quvchilarni bilish faoliyatini tashkil etishda ko’zlangan maqsadga erishtira oladi?

Hammamizga ma’lumki, ma’rifatli komil inson: dunyoviy ilmlarni egallagan; ijtimoiy muhit talablari asosida shakllangan ahloq normalariga izchil rioya qilish; ezgulik ruhida tarbiya topgan bo’lishi shart deb qo’yiladi[10].

Usul ta’limda biror bir narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo’lidir. Bugungi kunda bunday usul pedagogik texnologiyalar asosida amalga oshirilsa, ikkinchi tomondan vositalar tajribali va yuqori malakali o’qituvchilarning pedagogik mahorati tufayli amalga oshiriladi.



O’quvchilar uchun so’rovnoma

  1. Siz qaysi o’quv predmetlariga katta qiziqish bilan qaraysiz v anima sababdan?

  2. Siz o’z kelajagingizni qanday ta’savvur qilasiz?

  3. Hozir o’zingiz tahsil olayotgan sinf o’quvchilarining saviyasi sizni qanoatlantiradimi, nima uchun?

  4. Siz geografiya darsi jarayonida qanday faoliyat bilan mashg’ul bolishni, shug’ullanishni hohlaysiz?

  5. Darsdan keyin qanday ishlar bilan mashg’ul bo’lasiz va mashg’ul bo’lishni istar edingiz?

  6. Geografiya darsi jarayonida qanday o’quv topshiriqlarini bajarishni hohlar edingiz?

  7. Siz dars jarayonidagi o’z faoliyatingizni qanday baholaysiz?

  8. Dars jarayonida qaysi sinfdoshingiz bilan ko’proq hamkorlik qilishga qiziqasiz?

  9. Dars jarayonida berilgan o’quv topshiqlarga javobingizni dadil ifoda qilishda qiyinchiliklarga duch keldingizmi?

  10. Darsda qanday didaktik o’yinlar bilan mashg’ul bo’lasizlar va yana qanday mashg’ulotlar o’tkazilishini hohlar edingiz? kabi savollar bilan murojat qildik.

O’qituvchilar hamda o’quvchilardan olingan javoblar bizga mavjud holat haqida quyuidagilarni bayon etish imkonini berdi.

O’quvchilarning o’z maqsadlarini belgilashdagi mustaqilliklari darajasini aniqlash yordamida mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasining rivojlanganlik darjasini qanchalik bilishlarini, qiziqishlarining benihoya ustun ekanligini aniqlash imkoniga ega bo’ldik.

“O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” fani bo’yicha o’qituvchi va o’quvchilar uchun dars ishlanmalari ishlab chiqildi. Mazkur ishlanmalarda pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida muntazam turli xil usullaridan qo’llash zarurligi, “O’zbekiston sanoati” o’quv darsi misolida pedagogik texnologiya qonuniyatlaridan foydalangan holda ta’lim-tarbiya jarayoni loyihalashtirilgan tajriba-sinov ta’lim texnologiyasi yaratildi.

O’z o’rnida o’quvchilar uchun alohida amaliy ishlar daftari ham joriy qilindi. Ushbu amaliy ishlar daftarlari “O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” fani o’quv dasturiga mos ravishda tuzilgan bo’lib, o’quv adabiyoti doirasidan tashqariga chiqmagan holda topshiriq va vazifalardan iborat. Shu bilan birga ushbu amaliy ishlar daftari o’quvchilarda bilim, ko’nikma va tushunchalarni shakllantirishga, ularning dunyoqarashi, amaliy va ijodiy faoliyatini kengaytirishga, o’z-o’zini baholash va nazorat qilishga hamda “O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” fanini o’qitish jarayonida o’quvchilarning mustaqil faoliyatini faollashtirishga yordam berdi. Ushbu amaliy ishlar daftarida o’quvchilarni mustaqil fikrlash, o’z fikrlarini asosli ravishda himoya qilish, bahslashish ko’nikmalarini hosil qilish uchun bahs-munozara darslariga alohida e’tibor qaratilgan. Amaliy topshiriqlarni bajarish o’quv faoliyati jarayonida o’qituvchi tamonidan tashkil qilinishi lozim, bu o’z navbatida o’qituvchidan yuksak bilim, mahorat, izlanuvchanlik talab etadi[18].

Shunday qilib, O’zbekiston iqtisodiy- ijtimoiy geografiya darslarida geografik о‘yin metodikasini qо‘llash va ta’lim jarayonida geografik о‘yinning afzalliklari turli geografiya kurslarida turlicha murakkabliklarda tashkil qilinishi tadqiqot natijalarida aniqlandi. О‘yin majmui bir joyda qotib qolishi mumkin emas. U doimo harakatda bо‘lishi va о‘qituvchi faoliyati doirasida keng istiqbollarni ochib berishi mumkin. Har bir geografiya о‘qituvchisi geografiya kurslarini qaysi bо‘limida о‘yinlar tizimidan foydalanishni о‘zi hal qilishi lozim[10]. Chunki, bunday faoliyat о‘qituvchi qabul qilgan sinfning tarkibi о‘quv dasturi va eng avvalo о‘qituvchi shaxsi, sinf о‘quvchilarining о‘zaro munosabatlarining qay darajada shakllanganligiga bog‘liq. Tajriba shuni kо‘rsatdiki, о‘yinning barcha turlarini qat’iy rejalashtirish qiyin va buning zarurati ham yо‘q. Musobaqa, joy plani, rolli о‘yinlar, katta tayyorgarlikni, uni oldindan maxsus rejalashtirishni talab etadi. Tajriba davomida O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi kurslarida foydalanish mumkin bо‘lgan bir qator о‘yin darslari majmui vujudga keldi. О‘quvchilar uchun darslarda har hil о‘yinlardan foydalanish qiziqarli bо‘ladi. Shuning uchun darslarning birida о‘ylash-fikrlashga oid о‘yin tashkil etilsa, keyingi darsda aniq belgilangan topshiriqlarni bajarishga oid о‘yinlardan foydalanish mumkin.

Tajriba-sinov jarayonida ayrim tadqiqotchilarning fikrlari to’g’riligini tasdiqlandi, ya’ni о‘yinning ahamiyatini aniqlash qiyin: ya’ni qaysi bir о‘yin о‘quvchilarga nimani о‘rgatishini oldindan aytib bо‘lmaydi. Chunki о‘yinning imkoniyatlari kengdir. Bunday afzalliklar, ta’lim jarayonini boshqarish samaradorligini oshirish, vaqtni tejash va о‘quvchilar diqqatini markazlashtirishga yordam beradi[18].




    1. Tajriba sinov natijalari.

Bitiruv malakaviy ishi maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda dars jarayonining samaradorligini oshiruvchi quyidagi amaliy tamoyillar aniqlandi va joriy qilindi.

  1. Sanoat tarmoqlari va iqtisodiy geografik tushunchalarni shakllantirishga doir metodlar o’rganildi va ilmiy tahlil qilindi. Umumta’lim maktab muassasi o’quvchilarida O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi faniga oid iqtisodiy geografik bilimlarni shakllantirish pedagogik muammo ekanligi nazariy va amaliy jihatdan asoslandi.

  2. O’quvchilarda iqtisodiy georafik tushunchalarni shakllantirishning pedagogik jihatlari o’rganildi.

  3. “O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” fani tarkibidagi sanoat tarmoqlari, iqtisodiy geografik tushunchalarni o’quvchilarda shakllantirish mazmunini ishlab chiqilib, shakl va usullari aniqlandi.

  4. “O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” fanining “O’zbekiston sanoati” tarmoqlari majmui boyicha iqtisodiy geografik bilim va tushunchalarni shakllantirishning ilmiy-metodik asoslarini milliy, umuminsoniy va ekologik ta’lim-tarbiya uyg’unligini shakllantiruvchi samarali usullar ishlab chiqildi.

  5. “O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” fanini o’qitishda o’quvchilarning mustaqil fikrlash ko’nikmasini rivojlantiruvchi turli metodik ishlanmalar ishlab chiqildi va tajriba-sinovdan o’tkazildi.

Bundan tashqari, psixologik jihatdan darsning yengil va samarali olib borilishiga erishish mumkinligini aniqlandi. Geografik о‘yin yuzasidan sо‘rovnoma о‘tkazilgan 48 о‘quvchidan: 33%i baholarni yuqori kо‘tarish imkoniyati sifatida; 40 %i о‘z-о‘zini namoyon qilish imkoniyati sifatida; 15 %i maktab dasturi doirasidagi qiziqishlarini qondirish yо‘li sifatida, 12 %i mustaqil harakatlanish imkoniyati sifatida ta’riflaganlar. Bir qator о‘quvchi va о‘qituvchilarni darsning noan’anaviy usuli, geografiya xonasining noan’anaviy jihozlanishi va qо‘shimcha geografik bilimlar manbai bо‘lgan geografik о‘yinlar о‘ziga jalb qildi. Ayniqsa, rolli о‘yinlar о‘quvchining о‘qituvchi bilan dars va darsdan tashqari ham mualliflikda bо‘lish imkoniyatini berdi. Ushbu tajriba birgina dars jarayonida qо‘llangan о‘yin yoki uning elementi о‘quvchilar faolligini, ularning fikrlash darajasini oshira olmasligini va albatta, bu usullarni muntazam ravishda turli mavzularda qо‘llansagina samarasi yuzaga chiqishini isbotlaydi. Tajribalar yana shuni ko`rsatdiki, darslik matnidagi illyustratsiyalar bilan ishlashda o`quvchilar dastlabki paytlarida birmuncha qiynaldilar. Darslarda ular bilan izchil va muntazam ishlash yaхshi natijalar bеrdi. Ayniqsa o`quvchilarni darslik matni bo`yicha qo`shimcha illyustratsiyalar tuzishga, mavjudlarini qiyoslay оlishga o`rgatish mavzuning to`laqоnli egallanishiga yordam bеrdi. Bu ularda darslik bilan ishlash ko`nikmalarini shakllantirish muhim оmil hisоblandi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda tajriba amaliyot jarayonida “O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” fanini o’qitishning faol innovatsion metodlari; sanoatning barcha tarmoqlarining rivojlanishi darajasining mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatini; geografik ob’ektlarning joylashishi va ahamiyati; geografik tushunchalarning ta’rifi, ularning faoliyati, ishlab chiqarish manba’lari; soda va murakkab tushunchalar; ishchi daftarni yaratish; o’qituvchining yangi mavzuni bayon qilishi, darsga tayyorgarlik ko’rishi; “O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” fanidan mustaqil ishlar, ularning turlari va ularga qoyiladigan talablarni o’z ichiga oluvchi o’quv-uslubiy qo’llanma joriy qilindi.

Guruhlar

O’quvchilar soni

Baholash turlari

“5” (a’lo)

“4” (yaxshi)

“3” (qoniqarli)

Tajriba

48

17

43

28

Nazorat

102

10

35

45

Download 314,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish