О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Pedagogik texnologiyalarning asosiy jarayonlari



Download 314,35 Kb.
bet2/6
Sana13.04.2017
Hajmi314,35 Kb.
#6690
1   2   3   4   5   6

1.3 Pedagogik texnologiyalarning asosiy jarayonlari.

Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni o’quv-tarbiya mashg’ulotlari, ya’ni o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi pedagogik muloqot ko’rinishida amalga oshiriladi. Bu muloqot davomida ularning har biri ma’lum faoliyat turlarini amalga oshiradilar. Ularning ushbu faoliyatlati bevosita pedagogik texnologiyaning asosiy jarayonini hosil qiladi. Buni sxema ko’rinishida quyidagicha tasvirlaymiz. Pedagogik texnologiya asosiy jarayoni ishtirokchilarining faoliyat turlari.


PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA JARAYONI

O’QITUVCHI

OQUVCHI

Mustaqil ishlash,

O’qish, o’zlashtirish, fikrlash, fikrini himoya qilish

Diqqatni jamlash, tinglash, yozish, chizish, topshiriq bajarish, kuzatish

Tushuntirish, rahbarlik qilish, mustaqil ishlash, fikrlashni o’rganish, reglamentni belgilash.

So’zlash,ko’rsatish, topshiriq berish, reglament, nazorat












Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni o’qituvchi uchun so’zlash, ko’rsatish, topshiriqlar berish, nazorat qilish orqali mustaqil bilim olish va fikrlashga o’rgatishdan, o’quvchi uchun esa diqqatni jamlagan holda tinglash, kuzatish, topshiriqlar bajarish orqali mustaqil bilim olish va fikrlashga o’rganishdan iboratdir. Ushbu berilgan sxemadan ko’rinib turibdiki, o’qituvchi rahbarligida o’quvchi o’zi bilim oladi, o’rganadi, o’zlashtiradi, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini egallaydi. Bundan tashqari shuni alohida ta’kidlashimiz zarur-ki pedagogik jarayonni samarali bо‘lishida o’quvchilar diqqati juda muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk rus pedagogi K.D Ushinskiy diqqatni “о‘rganilayotgan materialni odam ongiga kirishi uchun yagona eshik” deb ta’riflagan[21]. Agar о‘qituvchi o’quvchi diqqatini jamlashga erishgan bо‘lsa, bu muvafaqqiyatning yarmiga erishganlikdir. Diqqat idrok, tushunish, tasavvur, о‘zlashtirish, eslab qolish, qayta tiklash va ijodiy faraz uchun zarurdir. Diqqatimizni jamlanishi faqat о‘z hoxishimizga emas, balki ta’surotlarning kuchi, yangiligi, kutilmaganligiga ham bog‘liqdir. Dars o’quvchilarni ajablantiradigan, qiziqtiradigan, о‘ylantirib qо‘yadigan savol yoki vazifadan boshlansa, oquvchilar diqqati tezroq jamlanadi[12]. Yuqorida berilgan ma’lumotlarga asoslanib, shularni aytishimiz mumkin-ki, pedagogik texnologiyaning predmeti о‘quv jarayon va professional tayyorgarlik tizimini loyihalashdan iborat. Geografiya ta’limida tizimli yondashish о‘qitish tizimining barcha asosiy tomonlarini–maqsadni aniqlashdan tortib, to yangi о‘qitish tizimining samaradorligini tekshirish, uni sinovdan о‘tkazish va ommalashtirishgacha bо‘lgan jarayonini о‘z ichiga oladi. U о‘z harakat tartiblarining takrorlanuvchanligi va ularni tо‘la о‘quv jarayoniga tadbiq etish g‘oyasi, oqibat natijada, bu jarayonning «jonli о‘qituvchiga» bog‘liq bо‘lmay qolishiga olib keladi. Geografiya о‘quv jarayonida о‘qituvchining vazifasi oldindan tuzilgan(о‘zi tuzgan bо‘lishi shart emas) material bilan о‘qishni tashkil etishda tashkilotchi va maslahatchi rolini ijro etishdan iborat[13].

Pedagogik jarayon ishtirokchilari, avvalo o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida janjalli masalalar chiqmasligi uchun quyidagi qoidalarga amal qilishlari zarur:

-Doskada javob bergan o`quvchi uning javobidagi xato va kamchiliklarni boshqa o`quvchilar tomonidan to`ldirish va to`g’irlash jarayonida jim turib eshitishi shart. Bu qoida o`quvchilarda eshitish odobining vujudga kelishiga zamin tayyorlaydi;

-Doskada javob berishi kerak bo`lgan o`quvchi javobini tez boshlamasa, sinf chidam va sabr bilan kutib, tinchlik saqlashi kerak. Bu qoida sinfda ongli intizomning shakllanishiga olib keladi;

-Kech qolgan o`quvchi intizomi muhokama qilinmaydi, tanbeh berilmaydi. Darsda o`quvchilarning har bir faoliyati nazorat qilinib, baholanib borilganligi sababli o`quvchilar iloji boricha darsga o`z vaqtida kelishga harakat qiladi.

Mutaxassislarning fikricha, innovasion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda о‘qituvchi va о‘quvchi faoliyatiga yangilik, о‘zgartirishlar kiritish bо‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalanildi. Bunday uslublarning о‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va о‘quvchilarning birgalikda faoliyat kо‘rsatishi orqali amalga oshiriladi[14]. Bunday о‘qituvchi bilan о‘quvchining hamkorlik jarayoni о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lib, ularga:


  • о‘quvchilarning dars davomida befarq bо‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;

  • о‘quvchilarning о‘quv jarayonida fanga bо‘lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanish;

  • о‘quvchilarning fanga bо‘lgan qiziqishlarini mustaqil raishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;

  • о‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi. Har bir о‘quv fani dasturida nisbatan murakkab mavzular mavjud. Har bir mavzu, dars, о‘quv predmetining о‘ziga xos texnologiyasi bor. Shu bilan birga о‘quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bunda о‘qituvchi о‘quv fanining о‘ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi о‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina, kerakli kafolatgan natijaga erishish mumkin. Binobarin, о‘qituvchi, avvalo, har bir darsning texnologik xaritasini tuzishda albatta, dars jarayonining aniq maqsadi, vazifalari, uni amalga oshirish texnologiyasi va kafolatlangan natija о‘z ifodasini topishi kerak. Ta’kidlash joizki, texnologik xaritada dars jarayonining hamda о‘qituvchi va о‘quvchi faoliyatining barcha qirralari о‘z aksini topadi. Yuqorida berilgan tasniflardan kelib chiqqan holda xulosa qilsak-pedagogik texnologiya o’quvchilarga o’qituvchilar tomonidan kasbiy pedagogik maqsadlarni amalga oshiruvchi ta’sir ko‘rsatilish tizimini belgilaydi, pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida tashkil qilish hamda uning texnologikligini nazorat qilish imkoniyatini beradi.

Hozirgi kundagi zamonaviy usullar о‘quvchilarning chuqur bilim olishi uchun qator imkoniyatlar yaratish bilan birga ularda о‘z fikrini himoya qilish kо‘nikmasini shakllantiradi, hamkorlikda ishlash, hayotda uchrab turadigan qiyinchiliklarni birgalikda yengish tajribasini singdiradi.

Zamonaviy usullardan foydalanish:



  • sinf muhitini о‘zgartiradi;

  • mavzu qanday о‘rganilishi kerakligini belgilab beradi;

  • har bir о‘quvchini faollashtiradi.

Bugungi kunda о‘qituvchi о‘qitish uchun faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olishi va о‘quvchini bevosita mustaqil bilim olishga о‘rgatmog‘i zarur. Bu jarayonda о‘qituvchining pedagogik mahorati, uning chuqur bilimi, odob-axloqi muhim rol о‘ynaydi.


О‘QITUVCHI MAHORATI




О‘quv jarayonini tashkil eta olish

Bilish qobiliyatini boshqarish



Ishonchga kirish, ishontira olish

Texnologik mahorat



Ergashtira olish ma’naviy ishonchga kira olish

Nutq mahorati




Muloqotga kirishuvchanlik



Qalbga yо‘l topa olish




О‘quvchini yoshi, ichki imkoniya tiga moslik

Dо‘stona va samimiy munosabat



О‘quvchilarda ichki his-tuyg‘u va qiziqishni, mustaqil ta’lim olish kо‘nikmasini shakillantirish


II bob. “O’zbekiston sanoati” mavzusini o’qitish texnologiyasi.

2.1. “O’zbekiston sanoati” mavzusini o’qitishda foydalaniladigan lokal darajadagi texnologiyalar.

“O’zbekiston sanoati” mavzusini o’qitishda foydalaniladigan lokal darajadagi texnologiyalar deyilganda darsning muayyan bir qismida uy vazifasini so’rash, yangi o’rganilgan mavzuni mustahkamlash bosqichida foydalaniladigan texnologiyalar tushiniladi. Ular jumlasiga “Keys”, “Insert”, “Klaster”, “Aqliy hujum”, Venn diagrammasi, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Atamalar zanjiri”, “Atamalar varag’i”, tezkor o’yinlar, o’yin mashqlarining turli shakllari va h.k kiradi[21].

Dastur mazmunidagi faqat faktik materiallarni o’rganish nazarda tutilgan mavzularda insertdan foydalanish tavsiya etiladi. Insert- lokal darajadagi pedagogik texnologiya bo’lib, o’quvchilar tomonidan o’quv materialidagi asosiy g’oya va faktik materiallarni anglashiga zamin yaratish maqsadida qo’llaniladi.

O’quvchilarni insert yordamida ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish uchun ularga o’rganiladigano’quv materiallari va maxsus jadval tarqatiladi. O’quvchilar har bir abzatsni o’rganib chiqib, maxsus jadvalga muayyan simvollar yordamida belgilash tavsiya etiladi. Agar abzatsda berilgan ma’lumot shu kungacha o’zlashtirgan bilimlariga mos kelsa, “Bilaman”-V, agar ma’lumotlar tushunarli va yangi bo’lsa, u holda “Ma’qullayman”+, agar ma’lumotlar o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlariga mos kelmasa, u holda “o’rganish lozim”-, o’quvchilar o’quv materiallarini o’zlashtirishda qiyinchilik his etsa, u holda “Tushunmadim”-? belgisini qo’yadi. Quyida insert jadvalini keltiramiz.



Abzatslar №

“Bilaman”-V

“Ma’qullayman”+

“o’rganish lozim” -

“Tushunmadim”-?

1.













2













3













  1. va h.k













Dars jarayonida insertdan foydalanishning afzallik tomoni shundaki, avval kichik guruh a’zolari o’rtasida, so’ng kichik guruhlar bilan o’zaro o’quv bahsi o’tkazilishi, bahsda o’quvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklarni to’ldirish, bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish yuzasidan o’qituvchi tomonidan berilgan axborot ta’lim samaradorligiga xizmat qiladi.

Geografiya darslarida o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini tizimlashtirish, mustahkamligini ta’minlash maqsadida klasterdan foydalanish muhim o’rin tutadi. Klaster-cluster- ingliz tilida shajara degan ma’noni anglatadi. (Klaster-tutam, bog‘lam)-axborot xaritasini tuzish yо‘li-barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish. Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bо‘yicha yangi о‘zaro bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi[20].

Ushbu lokal texnologiya o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan va o’zlashtiradigan g’oya, qonuniyat va tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishni anglash, bir-biriga uzviyligini tushunishga imkon yaratib, tahliliy-tanqidiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. Klaster quyidagi tartibda tuziladi: o’rganilayotgan fan kursi mazmunidagi muayyan g’oya doska yoki qog’oz o’rtasiga yoziladi, so’ngra ushbu g’oya bilan bog’liq tushunchalar bir-biriga bog’liq xolati ko’rsatkich bilan belgilanib, tarmoq hosil qiladi. Klaster bitta bob yoki mavzu bo’yicha yaxlit tuzish o’quvchilarning tizimli fikr yuritishiga zamin yaratadi. Klasterning asosida asosiy g’oya yoki tushuncha o’rin oladi, masalan O’zbekiston sanoat tarmoqlari quyidagicha tuziladi:


Paxta tozalash ttozaozalash



Yoqilg’i

konchilik

Yengil sanoat

Og’ir sanoat

O’zbekiston sanoat



mashinasozlik

metallurgiya

Undiruvchi sanoat

poyabzal

To’qimachilik

Klasterdan foydalaniladigan darslarda o’quvchilar teng sonli kichik guruhlarga ajratilib, ularga o’quv topshirig’ining didaktik maqsadi va bajarilish tartibi tushuntirilgandan so’ng, ular ajratilgan vaqt ichida fikrlarini jamlab, o’zlari tuzgan klasterni himoya qilib,fikrlarini dalillashga imkon yaratilib, eng yaxshi va oson tuzilgan klaster aniqlanadi, g’oliblar rag’batlantiriladi.

Geografiya darslarida lokal darajada qo’llaniladigan texnologiyalardan biri Venn diagrammasi bo’lib, uni ishlab chiqqan ingliz olimi Djonn Venn nomi bilan yuritiladi. Venn diagrammaisi o’rganilayotgan mavzuning tushuncha va jarayonlarni tahlil qilish va taqqoslashni talab etadi. O’zbekiston iqtisodiiy –ijtimoiiy geografiyasi kursining O’zbekiston milliy iqtisodiyotining tuzilishi mavzusida qishloq xo’jaligining mustaqillik yillarigacha bo’lgan davriga qadar muayyan vaqt taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladigan rivojlanishning ekstensiv yo’li, mustaqillikdan keyin esa intensiv xo’jalik yuritish yo’llarining o’xshash va farqli hamda samarali jihatlarini taqqoslashda foydalanish mumkin. Venn diagrammasi quyidagi ko’rinishda bo’lishi tavsiya etiladi.


O’xshashligi




Ekstensiv yo’l

Intensiv yo’l

Yo’ki,

Venn diagrammasi- dars jarayonida ikki va uch jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish, yoki taqqoslash, yoki qarama-qarshi qо‘yish uchun qо‘llaniladi. Bu usul o’quvchilarda tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish kо‘nikmalarini rivojlantiradi.

Geografiya ta’limi jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatining bu tarzda tashkil etilishi ularda ijodiy faoliyatni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Dars jarayonida o’quvchilar tomonidan tushuncha va atamalarni mustahkam o’zlashtirishga zamin tayyorlash muhim o’rin tutadi, shu sababli har bir bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalarni “Atamalar zanjiri” tizimiga keltirishi kerak[12].

“Atamalar zanjiri” bu atamalar va ularning ta’riflari bo’lib, ulardan o’qituvchi o’tgan mavzuni yakunlash, yangi o’rganilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimlarini mustahkamlash maqsadida darsning bir qismida foydalanganligi sababli, lokal texnologiyalari guruhiga kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Mazkur texnologiyadan ta’lim tarbiya jarayonida foydalanishga bir necha usulda yondashish mumkin: o’quvchilar kichik guruhga ajratilib, guruh a’zolaridan kichik konsul’tant tayyorlanadi. Kichik konsul’tant unga berilgan topshiriqdagi atamalar asosida guruhning a’zolarini kartochka vositasida baholaydi. Bunda o’quvchilar aytilgan atamalarning izohini aytishni yo’ki izohga qarab atamani aniqlashi mumkin. Har bir to’g’ri javob uchun kartochka berilganligi sababli, kartochkalar soni ularning to’plagan balini belgilaydi[20].

Keyingisi, o’quvchilar bob va mavzular mazmunidagi, tushuncha va atamalar ro’yhati beriladi. Ularning mazmuni va mohiyatiga ko’ra, o’zaro mantiqiy bog’langan zanjir klaster holiga keltirish talab etiladi. Masalan O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi kursining aholi mavzusini oladigan bo’lsak, aholi, tabiiy ko’payish, tug’ilish, o’lim darajalari, mexanik ko’payish, migratsiya, emmigratsiya, immigratsiya, jinsiy tarkib, milliy tarkib, yosh tarkibi, diniy tarkib, urbanizatsiya, mehnat resurslari, mehnat yoshi va x.k . ushbu yondashuv ko’p vaqtni talab etsada, samaradorligi yuqori bo’lib, o’quvchilarni mantiqiy fikr yuritish ko’nikmalarini, rivojlantirish imkonini beradi. “Atamalar zanjiri”dan o’tgan mavzuni yakunlash qismida foydalanilganda o’quvchilarning kichik guruh a’zolaridan og’zaki holda mazmuni va mohiyatiga ko’ra o’zaro bog’liq holda yangi atama qo’shishi talab etiladi. Guruhning birinchi ishtirokchisi bitta atama bilan boshlagan o’yin yakunida guruh a’zolari soniga teng atamalar zanjiri vujudga keladi. Ikkinchi bosqichda mazkur atamalarga ta’rif berish va ularni izohlash talab etiladi.



1-topshiriq. Atamalar raqamini ularning ta’rifi bilan juftlang.

1.

Ixtisoslashuv

A

(hamkorlik) tayyor mahsulot tayyorlashda bir qancha korxona qatnashadigan ishlab chiqarish shakli.

2

Kooperativlashuv

B

Ishlab chiqarishning asosan bir hil mahsulot chiqaradigan tashkiliy shakli.

3

Sanoat

S

Ishlab chiqarish maqsadlari va texnologik jarayoni nisbatan bir xil bo’lgan va yaxlit boshqariladigan korxonalar guruhi.

4

Majmua

D

Mehnatda band aholining iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha taqsimlanishi

5

Ishlab chiqarish

E

Milliy iqtisodiyotning moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi muhim tarmog’i.

6

Tarmoqlar

G

Ishlab chiqarishni tashkillashning iqtisodiy samaradorlikka qaratilgan muhim shakli.

7

Mehnat resursi

I

Ishlab chiqarish jarayoni o’zaro bog’langan korxonalarini bir-biriga yaqin joylashtirish-bir shaharga yoki yonma-yon turgan shaharchalarga qurish oqibatida vujudga keladi.

8

Sanoat tuguni

k

Moddiy ne’mat ishlab chiqaradigan barcha ishlab chiqarish korxonalari

Topshiriqning javobi: 1-B; 2-A; 3-E; 4-I; 5-S; 6-K; 7-G; 8-D.

Geografiya darslarida tezkor o’yinlar va o’yin mashqlaridan ham foydalanish muxim o’rin tutadi. Geografik diktant o’quvchilarning o’zlashtirgan nazariy bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llashga imkon yaratib, o’quvchilar bilimidagi tipik xatoliklarni aniqlash imkonini beradi. Shu sababli, barcha iqtisodiy-ijtimoiy, tabiiy geografiya kurslarida o’quvchilarning bilimini nazorat qilish va baholashda geografik diktantlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Masalan, O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi kursining “Aholi va inson omili” - Aholi manzillari” mavzusida quyidagi biologic diktantdan foydalanish maqsadga muvofiq. Ushbu geografik diktantning birinchi turida o’quvchilardan nuqtalar o’rniga mos keluvchi tushunchalarni qo’yish tavsiya etiladi. 1 -topshiriq:



  1. Aholi o’lganlar soniga nisbatan tug’ilganlar sonining ortiqligi hisobiga ko’payishi ………………- deyiladi.

  2. Aniq bir dastur asosida ma’lum bir vaqtda butun mamlakat aholisining hisobga olish-……………………

  3. Ko’p fuksiyali shaharlarning yonida yo’ldosh shaharlarning vujudga kelishi…………………. deyiladi.

  4. Aholining turli maqsadlarda bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishi …………… deyiladi.

  5. Immigrantlar va emmigrantlar orasidagi farq ……………dir.

  6. ……………-bu ma’lum bir miqdordagi aholi to’plangan va asosan sanoat, transport, madaniy va ma’muriy-siyosiy vazifalarni bajaradigan odamlar yashaydigan joy.

  7. …………….-deb, mamlakatda, hudud va jahonda shaharlarning o’sishi va shahar aholisi salmog’ining oshishiga, murakkab shaharlar shahobchalari, tizimlarining paydo bo’lishi va rivojlanishiga aytiladi.

  8. Aholi ko’payishining vaqt o’tgan sari ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog’liq holda o’zgarishi ………………deyiladi.

Geografik diktant javoblari: 1.Tabiiy ko’payish, 2.Aholi ro’yxati,` 3.Aglomeratsiya 4. Migratsiya 5. Migratsiya sal’dosi 6. Shahar. 7. Urbanizatsiya, 8. Aholi soni dinamikasi

Lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar darsning muayyan qismida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirib, ta’lim samaradorligini orttirishga xizmat qiladi. O`quvchilarning bu faoliyatga kirishishi va muayyan ko`nikma va malakalarni egallagandan so`ng, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni o`tkazishi, ya`ni xususiy metodik darajada qo`llashi mumkin.



2.2 “O’zbekiston sanoati” mavzusini o’qitishda foydalaniladigan xususiy metodik darajadagi texnologiyalar .
Xususiy metodik darajada geografiya fanining barcha kurslarini o`qitish jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida geografiya ta`limi mazmunini o`quvchilar ongiga singdirishda foydalaniladigan o`qitish metodlari, vositalari va shakllarining majmuasi tushuniladi.

Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari pedagogik texnologiya talablari asosida tashkil etiladi. Bunda o`qituvchi o`rganiladigan mavzuning ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlaridan kelib chiqqan holda qaysi texnologiyadan foydalanish, mazkur texnologiya asosida o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari, darsda o`quvchilarning bilishi lozim bo`lgan o`quv topshiriqlari, o`quvchilarning o`zlashtirgan bilimini nazorat qilish va baholash yo`llarini belgilashi lozim. O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasini o’qitishda xususiy metodik darajadagi pedagogik texnologiyalardan didaktik o’yin texnologiyalari, modulli ta’lim texnologiyalari, hamkorlikdagi o’qitish texnologiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Geografiya ta`limi jarayonida didaktik o`yinli texnologiyalar didaktik o`yinli dars shaklida qo`llaniladi. Ushbu darslarda o`quvchilarning bilim olish jarayonini o`yin faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi. Didaktik o`yinli darslar orqali quyidagi funktsiyalar amalga oshiriladi: Ta`lim-tarbiya berish; shaxsni rivojlantirish; o`quvchilarni ijodiy faoliyatga yo`naltirish; bilimlarni nazorat va tahlil qilish; kasblar bilan tanishtirish va kasbga yo`naltirish; o`quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish. Dars jarayonida bu funktsiyalar majmua holda amalga oshiriladi, lekin quyida o`rganiladigan didaktik o`yin turlarida qaysidir funktsiya ustunlik qiladi. Masalan, konferentsiya darslarida o’quvchini rivojlantirish ustunlik qiladi, qolgan funktsiyalar unga ilova bo`ladi, o`yin mashqlarda bilimlarni nazorat va tahlil qilish ustunlik qiladi, qolgan funktsiyalar uni to`ldiradi va h.k. Geografiya o`qituvchisi didaktik o`yinli darslarni o`tkazishga qizg’in tayyorgarlik ko`rishi va uni o`tkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi maqsadga muvofiq: Didaktik o`yinli darslar dasturda qayd etilgan mavzularning ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo`lishi; jamiyatdagi muhim muammolarga bag’ishlanib, ular o`yin davomida hal qilinishi; odob-axloq meyyoriga mos kelishi; o`yin tuzilishi mantiqiy ketma-ketlikda bo`lishi; darsda didaktik printsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflanishiga erishish.

Didaktik o`yinli darslarning muvaffaqiyati, avvalo o`quvchilarning mazkur o`yinlarga puxta va qizg’in tayyorgarlik ko`rishlariga, o`qituvchining mazkur faoliyatni tashkil etish va mohirlik bilan boshqarishiga bog’liq.

O`quvchilarning didaktik o`yinga tayyorgarlik ko`rish faoliyati quyidagilarni o`z ichiga olishi: didaktik o`yin maqsadi, vazifasi, olib borilish tartibi, qoidalari bilan tanishish; muammoli vaziyatni anglash; muammoli vaziyatdan chiqishning eng samarali yo`llarini topish; har bir o`quvchi o`zi bajarishi lozim bo`lgan vazifalarni anglashi, o`qituvchidan kerakli yo`riqnoma va ko`rsatmalar olish; o`zaro hamkorlik, o`zaro yordam va o`zaro nazorat vujudga kelishi lozim.

Didaktik o`yinli darslarni o`quvchilarning bilim olish va o`yin faoliyatining uyg’unligiga ko`ra syujetli-rolli o`yinlar, ijodiy o`yinlar, ishbilarmonlar o`yini, konferentsiyalar, o`yin-mashqlarga ajratish mumkin. Didaktik o`yinli darslar ichida konferentsiya darslari muhim o`rin tutadi. Konferentsiya darslari o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashni kengaytirishda, ularni qo`shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko`nikma va malakalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O`qituvchi konferentsiya darsini o`tishdan avval dars mavzusini, maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olib shu mavzuga oid qo`shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni ko`zdan kechiradi. Mazkur dars o`tkazishdan 10 kun oldin dars mavzusi e`lon etilib, unga tayyorgarlik ko`rish uchun adabiyotlar tavsiya qilinadi. e`lon qilingan didaktik o`yinli darsda “olimlar” rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, har bir o`quvchining qiziqishi va qobiliyatiga yarasha ma`ruza tayyorlash o`quvchilarning ihtiyorida bo`ladi. Darsga tayyorgarlik davrida o`qituvchi tomonidan ijobiy rag’batlantirishning ustunligi va muvaffaqiyatga yo`llovchi o`qituvchining muloqot madaniyati, o`zaro yordami o`quvchilarning darsga qizg’in tayyorgarlik ko`rishning muhim omili sanaladi.

Ilmiy konferentsiya darsini quyidagicha o`tkazish tavsiya etiladi:

1.O`qituvchining kirish so`zi. Bunda o`qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi “olimlar” bilan tanishtiradi.

2.Ilmiy ma`ruzalarni tinglash “Olimlar” mavzu yuzasidan tayyorlagan ma`ruzalarini ko`rgazmali qurollar asosida bayon etadilar.

3.Ma`ruzalar muhokamasi. Bunda “Olimlar” va sinfdagi boshqa o`quvchilar o`rtasida mavzu yuzasidan bahs, munozara o`tkaziladi.

4.Ilmiy konferentsiya yakuni. O`qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g’oyalarni ta`kidlab, yakunlaydi.

5.O`quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag’batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.



  • Uyga vazifa berish.

  • Darsni umumiy yakunlash.

Quyida “Sanoatni hududiy tashkil etish hamda joylashtirish shakllari” mavzusida o`tkaziladigan ilmiy konferentsiya darsining loyihasini ko’rib chiqamiz.

Darsning mavzusi: Sanoatni hududiy tashkil etish hamda joylashtirish shakllari

Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarni mamlakatimizdagi sanoat rayonlari, sanoat tugunlari, ishlab chiqarish jarayoniga bevosita aloqador korxonalar, ularning joylanishi, ilg’or texnologiya asosida tashkil etilhganligi bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: sanoat tugunlarining vujudga kelishi, ularning iqtisodiyotdagi ahamiyati bilan tanishish orqali o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mavjud ishlab chiqarish jarayonini ilg’or texnologiya asosida tashkil etilganligi bilan tanishtirish orqali o`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ekologik tarbiya berish, kasbga yo`llash.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning sanoat korxonalari va tarmoqlari haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, mantiqiy fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: O’zbekistonning iqtisodiy kartasi, 8-sinf atlasi, kontur karta, proyektr

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik o`yin texnologiyasi (konferentsiya)

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: sanoat, sanoat tugunlari, sanoat rayonlari, sanoat punkti, sanoat markazi, ishlab chiqrish korxonalari.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism

II. O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish

O`qituvchi ushbu darsni o`tishdan bir hafta oldin o`quvchilarni 5ta guruhga ajratadi va ularga tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy geografiya fanlari sohasida faoliyat ko`rsatayotgan “olimlar” maqomini beradi.

III.Yangi mavzuni o`rganish: O`quvchilarning guruhi o`qituvchining tavsiyasiga binoan o`z mutaxassisliklariga tegishli bo`lgan quyidagi mavzulardan biri bo`yicha ma`ruza tayyorlaydi.

1.Sanoat korxonalari va tarmoqlari .

2.Sanoat ishlab chiqarishni joylashtirish shakllari.

3.Sanoat korxonalarining suv va energiyadan umumiy foydalanishi.

4. Ishlab chiqarish jarayoniga bevosita aloqador korxonalarining ixtisoslashuvi

5.Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo`llari.

Har bir yo`nalish bo`yicha “olimlar” maqomini olgan o`quvchilar o`zlariga tegishli mavzu bo`yicha ko`rgazmali qurollar asosida qo`shimcha materiallardan foydalangan holda ma`ruza qiladilar. Ma`ruzalar tugagach, o`quvchilar o`rtasida o`quv bahsi va munozara o`tkaziladi.

Yangi mavzu bo`yicha o`quvchilarning bilimini nazorat qilish va baholash darslikda berilgan savollar va test topshiriqlari orqali amalga oshiriladi.

IV. Darsni umumiy yakunlash.

V. Uyga vazifa berish.

Geografiya ta`lim jarayonining muvaffaqiyati o`qituvchining ilmiy-metodik saviyasiga va pedagogik mahoratining yuqori darajada bo`lishi, zamon bilan hamnafasligi, o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarish ko`nikmalariga bog’liq bo`ladi. O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasini o`qitishda, boshqa didaktik o`yinlar bilan bir qatorda o`yin mashqlardan o`z o`rinda va samarali foydalanish maqsadga muvofiq. O`yin mashqlar uchun televidenie va matbuot orqali berib borilayotgan va o`quvchi yoshlarning eng qiziq mashg’ulotiga aylangan o`yinlarni andoza qilib olish mumkin. Bular jumlasiga “Zakovat”, “Zinama-zina”, “Imkon shou” kabilarni kiritish mumkin. Mazkur o`yinlarda o`quvchilar avvalo o`z kuchi va bilimlarini sinab ko`radilar va yana ularning aksariyati shu o`yinlar ishtirokchisi bo`lishni orzu qiladilar.

Zamon bilan hamnafas ishlayotgan har bir o`qituvchi o`quvchilardagi bu istak va orzularni amalga oshirish uchun ta`lim jarayonida shunga o`xshash o`yinlarni o`z vaqtida o`tkazishi o`quvchilarning bilim olishga bo`lgan qiziqishlarini orttirish va bilish faoliyatini faollashtirishga zamin tayyorlaydi.

Quyida didaktik o’yinlarning ba’zilarini ko’rib chiqamiz. “Kim chaqqon” O’quvchilarni tez va xatosiz ravishda “K”,”O”, “T” yoki bosh harflari bor bo’lgan sanoat tarmoqlarini yozish topshiriladi. Masalan: Kimyo, to’qimachilik, ko’mir, yoqilgi, o’rmon, binokorlik sanoat turlari va x.k. Belgilangan vaqt ichida kim ko’p sanoat turlari nomini yozgan o’quvchi rag’batlantiriladi.

Xatoni tuzat” mashqi. O’quvchilarga varaqda mavzuga doir qisqa matn beriladi. Matnda bir nechta xatoliklar bor. O’quvchi shu xatolarni tuzatishi lozim. Bunday mashqlar o’quvchilarni darslikda berilgan mavzularni diqqat bilan o’qishga, xotirasida saqlashga o’rgatadi.

Geografik lug’at” mashqi. O’qituvchi doskaga bir harf yozadi. O’quvchilar daftarlariga shu harf bilan boshlanuvchi atamalarni, mahsulot, xom-ashyo, qazilma resurslar nomlarini yozadilar.

Eslab qol” mashqi. O’qituvchi 20-30 ob’ekt nomlarini aytadi. O’quvchilar daftarlariga xotirada saqlanib qolgan nomlarni yozadilar.

O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasini o’qitishda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Modulli ta`lim texnologiyasi modullarga asoslanadi. Modul lotincha so`zdan olingan bo`lib, qism(blok) degan ma`noni bildiradi. Dars jarayonida modulli ta`lim texnologiyalaridan foydalanishda o’tilyotgan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli qismlar, ya`ni modullarga ajratiladi va har bir qismni o`quvchilar mustaqil o`zlashtirishlari uchun o`quv topshiriqlari tuziladi. Shu o`quv topshiriqlari asosida, har bir modul yakunida savol-javob o`tkaziladi va xulosa chiqariladi.

Modulli ta`limning asosiy mohiyati, o`quvchilar modul dasturlari yordamida mustaqil ishlashiga asoslangan o`quv-bilish faoliyati orqali belgilangan maqsadga erishadilar. O’rganilayotgan mavzuning ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadidan kelib chiqadigan modul dasturining didaktik maqsadi, o`quvchilarning dars davomida bajaradigan o`quv topshiriqlari, topshiriqlarni bajarish bo`yicha berilgan ko`rsatmalar, modul dasturini yakunlash qismini o`zida mujassamlashtiradi. O`quvchilar modul dasturi yordamida o`quv materialini mustaqil va ijodiy o`rganish jarayoni mavzuni o`zlashtirish uchun belgilangan vaqt doirasida amalga oshirilishiga erishishi lozim. Modul dasturini muvaffaqiyatli qo`llashning muhim sharti, unda o`quvchilarning o`quv-bilish faoliyatining o`quv elementlarini to`g’ri tanlashdir. Chunki o`quvchilar modul dasturi bilan ishlaganda, aynan shu o`quv elementlarini bajaradilar. Modul dasturlari o`qituvchilar tomonidan tuzilib, unda o`qitish maqsadlari, mavzuni o`rganish bosqichlari, o`quvchilar tomonidan bajariladigan o`quv topshiriqlari, o`quv faoliyati elementlari, o`quvchilar bilimini nazorat qilish yo`llari ketma-ket yoziladi. O`qituvchi modul dasturlaridan avval individual tarzdagi modul dasturlaridan qo`llab, o`quvchilarning o`quv materialarini mustaqil va ijodiy o`zlashtirish ko`nikmalari shakllanganligiga ishonch hosil qilgandan so`ng, ikkita o`quvchi hamkorlikda ishlashiga mo`ljallangan modul dasturlari, tegishli pedagogik shart sharoitlar vujudga kelgandan so`ng, kichik guruhlarda ishlashga mo`ljallangan modul dasturlaridan foydalanishi lozim[20]. Kichik guruhlar uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil yondashuv mavjud:

1. Musobaqa usuli. O`qituvchi o`quvchilarni teng sonli kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi vositasida mustaqil ishlarni tashkil etadi. Har bir modul yakunida savol-javob, o`quv bahsi musobaqa tarzida o`tkaziladi. Guruhlar o`rtasida g’oliblar aniqlanadi. Guruh a`zolari o`z faoliyatini hamkorlarining fikrini hisobga olgan holda baholaydi.

2. Kichik konsul’tantlar usuli. O`qituvchi o`quvchilarni teng sonli kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi vositasida mustaqil ishlarni tashkil etadi. Har bir guruhga kichik konsul’tantlar tayinlanadi. Kichik konsul’tantlar guruh ishini boshqaradi, o`quvchilarning faoliyatini nazorat qiladi, tegishli hollarda yordam uyushtiradi. Har bir modul yakunida savol-javob, o`quv bahsi o`tkaziladi. O`zaro nazorat orqali o`quvchilar baholanadi.

Hamkorlikda o`qitish g’oyasi turli mamlakatlardagi jumladan Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori R.Slavin, Minnesot universiteti professorlari R.Jonson, D.Jonson, Kaliforniya universiteti professori J.Aronson, Izroildagi Tel’-Aviv universiteti professori Sh.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan.

Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o`qitish asosan o`quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish,Izroil va Evropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o`qitish yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda, ko`proq o`quvchilar tomonidan o`quv materialini qayta ishlash, loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o`quv bahsi va munozaralar o`tkazishni nazarda tutadi. Mazkur g’oyalar bir-birini to`ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi[21].

Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, G’arbiy Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Izroil mamlakatlari ta`lim muassasalarida keng qo`llanila boshlagan. Hamkorlikda o`qitishning asosiy g’oyasi o`quv topshiriqlarni nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o`qishni o`rganishdir. Hamkorlikda o`qitish har bir o`quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o`rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, har bir o`quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg’usini vujudga keltirish, o`z kuchi va qobiliyatiga bo`lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda ma`suliyat hissini shakllantirishni ko`zda tutadi. Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi har bir o`quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o`quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o`quv materialini puxta o`zlashtirishiga, o`rtoqlariga hamkor bo`lib, o`zaro yordam uyushtirilishiga zamin tayyorlaydi. Geografiya o`qituvchisi dars jarayonida hamkorlikda o`qitish metodlaridan foydalanish maqsadida: Qanday mavzularni hamkorlikda o`qitish metodlaridan foydalanib, o`rganish mumkinligini aniqlashi va mazkur darslarni taqvim-rejada belgilashi, tanlangan mavzu bo`yicha o`quvchilarga tavsiya etiladigan o`quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan ko`rsatmalarni tayyorlashi; hamkorlikda o`qitish metodlaridan foydalanib, o`tiladigan dars turi, dars strukturasi va borishini loyihalashi; o`tgan va yangi mavzular yuzasidan o`quvchilar bilimini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini tuzishi kerak.

Hamkorlikda o`qitish texnologiyasining bir nechta metodlari mavjud:

Komandada o`qitish metodi. Ushbu metodda o`quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a`zolari o`quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o`quvchi mavzudan ko`zda tutilgan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirishiga e`tiborni qaratadi. O`quvchilar o`zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda ma`suliyatni his qilib, ko`proq izlanishga, bilim, ko`nikma va malakalarni puxta o`zlashtirishga intiladi.



Darsning mavzu: Yengil sanoat .

Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarni yengil sanoat tarmoqlari, YM hajmi bo’yicha ulushi hamda mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Yengil sanoat mavzusini tushuntirish orqali o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik, iqtisodiy, ahloqiy tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning yengil sanoat va uning rivojlanishi, ishlab chiqarish bo’yicha bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash ko`nikmalari, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: O’zbekistonning iqtisodiy xaritasi, 8-sinf atlas va kontur kartasi, proyektr, A3 qog’oz, rangli qalamlar, marker va h.k.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi (komandada o`qitish metodi)

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

II.O`tgan mavzu yuzasidan o`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash.

III.O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.

IV.Yangi mavzuni o`rganish:

a) o`quvchilarni komandaga ajratib bir necha kichik guruhlarni tashkil etish hamda, har bir komanda a`zolari tomonidan belgilangan o`quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarilishiga erishish;

Topshiriqning didaktik maqsadi: Yengil sanoat tarmoqlar majmuasi, mamlakatda joylashuv va rivojlanishini hamda ularning ahamiyatini o`rganish.



O`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan materiallar yuzasidan o`quv topshiriqlari

Topshiriqni bajarish bo`yicha ko`rsatmalar

Izoh


1.
2.


3.
4.

5.
6.





Darslikdagi matnni diqqat bilan o`qing va quyidagi savollarga javob tayyorlang.

Yalpi sanoat mahsuloti hajmida yengil sanoatning salmogi nechchi foizni tashkil qiladi?

Yengil sanoatning eng muhim tarmoqlarini aniqlang.

Yozuvsiz xaritaga 10 ta paxta tozalash zavodini belgilang.

Lub ekinlari deganda nimani tushunasiz?

O’zbekistonda mustaqillikdan keyin qanday korxonalar ishga tushirildi?

Darslikdagi matn oxirida berilgan savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring. Topshiriq asosida jadvalni to`ldiring.


O`quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang.

O`quvchilar bilan o`tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting






O`zlashtirgan bilimlaringiz asosida, darslik va atlasdan foydalanib, quyidagi jadvalni to`ldiring.



Viloyatlar

Paxta tozalash sanoati, kanop zavodlari

Ipak-gazlama to’qish

Ko’n poyabzal









































































Download 314,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish