О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Muammoli amaliy mashg‘ulotning texnologik kartasi



Download 314,35 Kb.
bet4/6
Sana13.04.2017
Hajmi314,35 Kb.
#6690
1   2   3   4   5   6


Muammoli amaliy mashg‘ulotning texnologik kartasi

Bosqichlar, vaqti

O’qituvchi

Talaba

1-bosqich

О‘quv mashg‘ulotiga kirish

(15 daqiqa)


1.1. О‘quv mashg‘ulotining mavzusi va maqsadi, rejadagi о‘quv natijalarini e’lon qiladi ularning ahamiyatini va dozarbligini asoslaydi.

1.2. Olingan bilimlarni tekshirish maqsadida asosiy tushunchalar borasida savol-javob о‘tkazadi.

1.3. Dars mashg‘uloti guruhlarda ishlash texnologiyasidan foydalangan holda amalga oshirilishini e’lon qiladi. Guruhlarda ishlash qoidalarini eslatadi. Ish tartibi va reglamentni aniqlashtiradi(3-4ilova). talabalar bilimini suhbat shaklida faollashtiradi (1-ilova blits-so’rov).


1.1.Tinglaydi, yozib oladi.

1.2.Savollarga javob beradilar.



2 – bosqich.

Asosiy


(55 minut)

2.1. Talabalarni 3 ta guruhga ajratadi. Nazorat va natijalarni baholash uchun ekspertlar guruhini shakllantiradi va mashg‘ulot rejasini о‘qib beradi.(2- ilova)

2.2.Muammoni yechish yо‘llarini izlashni tashkillashtirishga о‘tadi: birinchi kichik muammoni ifodalaydi, “Aqliy hujum” tavsifi, maqsadi, qo’llanilishi hamda tartibi bilan tanishtiradi va har bir kichik guruhga qog’oz va markerlarni tarqatadi. Guruhlarga о‘quv topshiriqlarini topshiradi. Baholash kо‘rsatkichlari va mezonlari hamda qanday qо‘shimcha manbalardan foydalanish kerakligi tushuntiriladi. Guruhlarda ishlash boshlanganligini va vaqtini e’lon qiladi.

2.3. Taqdimot va natijalarni baholashni tashkil etadi, izohlaydi, javoblarni tartibga keltiradi, shakllangan qoidalarga izoh berib, ularni baholaydi (4-ilova). Darsni yakunlaydi, muammoni yechishda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni kо‘rsatadi.


2.1. Eshitadi.

2.2.Kichik muammoni yechish bо‘yicha о‘z fikr-larini beradilar, munozara qiladilar, tahlil qiladilar, xulosa chiqaradilar.

2.3. o’tkazilish tartibi, baholash mezonlari bilan tanishadi, topshiriqni guruhga taqsimlaydi.

2.2.Ta’riflarni prezentatsiya qiladi, nazorat savollariga javob beradi. Qolgan qoidalar yuzasidan savollar beradi. Ekspertlar baholaydi. Yakuniy xulosani beradi, tinglaydilar.



3- bosqich.

Yakuniy.


(10 minut)

3.1. О‘quv faoliyatini yakunlaydi. Talabalar diqqatini asosiy jihatlarga qaratadi. Muammoni hal qilish jarayonida g‘olib bо‘lgan guruhni aniqlaydi va baholaydi. Mavzuga yakun yasaydi, qilingan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi, muhimligiga talabalar e’tiborini qaratadi.

3.2. Kelgusi amaliy mashg‘ulot darsi uchun mashg‘uloti rejasini beradi.



3.1.Eshitadi, aniqlashtiradi.
3.2.Topshiriqni yozib oladi.

1-ilova

BLITS SAVOL





  1. Mamlakat iqtisodiyotida yoqilg‘i-energetika sanoat ahamiyati.

  2. Mustaqillik yillarida yengil sanoat tarmog‘ida о‘zgarishlar?

  3. Qayta ishlovchi sanoat tarmoqlariga nimalar kiradi?

  4. Undiruvchi sanoat

  5. Sanoat kompleksi

  6. Sanoat tarmoqlari

  7. Tarqoq metallar





2-ilova




Reja:

1. О‘zbekiston sanoatining xо‘jalikda tutgan о‘rni.

2.Regionda sanoat tarmoqlarini shakllanishi, joylashuvi va rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatuvchi omillar.

3. О‘zbekiston sanoat tarmoqlari.

3-ilova


Amaliy mashg‘ulotda ishlash tartibi va reglament

  1. Guruhda ishlash va prezentatsiyani yozish - 30daqiqa.

  2. Ishning natijalarini taqdimot qilish – 20 daqiqa.

  3. Jamoa bо‘lib muhokama qilish (10daq)va guruhni baholash 10daqiqa .

4-ilova


Guruh bilan ishlash qoidalari:

Guruhning har bir a’zosi:

-о‘z sheriklarining fikrlarini hurmat qilishlari lozim:

-berilgan topshiriqlar bо‘yicha faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim;

-yordam sо‘raganlarga kо‘mak berishlari lozim;

-guruhni baholashda ishtirok etishlari lozim.



Dars “Zinama-zina o`yini” qoidasiga binoan 2-bosqichda o`tkaziladi.



  1. Bosqich. O`quvchilarning o`quv fani bo`yicha tushuncha, g’oyalar va atamalarni o`zlashtirish darajasini aniqlash. Buning uchun o`qituvchi darslikda berilgan atamalar izohidan foydalanib, 3 xil variantda 30 tadan atamalar majmuasini tuzadi. Atamalar yonida uning izohi bo`lishi shart. O`qituvchi bu bosqichda o`quvchilarni teng sonli 6 kishidan iborat kichik guruhlarni tashkil etadi. Har bir gurux “Atamalar” varag’ining variantini tanlab oladi. Quyida shunday “Atamalar varag’i” dan namuna keltiramiz:

1-bosqich uchun savollar to`plami :

-Asosan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan tarmoqlardan iboratdir, ya’ni unda mexnat qurollari (mashinalar, jihozlar va h.k.) va mehnat predmetlari (xom ashyo, yoqilg‘i va h.k.) ishlab chiqariladi.( javob:Og‘ir sanoat)

- Bir yoki birnecha sanoat tarmoqlari tо‘plangan shahar yoki shaharchalardir (javob: Sanoat markazi)

- Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda qatnash-adigan va bir-biri bilan elektr liniyalari bilan bog‘langan yirik elektr stansiyalar birlashmasi (javob: Energiya tizimi). va x.k.

Kichik guruhdagi 6 o`quvchining bittasi “kichik konsul’tant” vazifasini bajaradi. U o`quvchilarga variantdagi savollarni ketma-ket berib, ularning javobini atamalar izoxi bo`yicha nazorat qiladi. Javob to`g’ri bo`lgan holda ularga avvaldan tayyorlanib, qo`yilgan kartochkalarni berib boradi. Shunday qilib har bir o`quvchi savollarga galma-gal javob berib, bu bosqichda 6 ball to`plash imkoniyati bo`ladi. O`quvchilarning to`plagan bali ulardagi kartochkalar soniga qarab aniqlanadi. Shundan so`ng, o`yinning ikkinchi bosqichi boshlanadi. II – bosqichda o`qituvchi o`quvchilarni to`plagan ballariga muvofiq qayta guruhlaydi. O`qituvchi bu bosqich uchun alohida topshiriqlar tuzadi: II – bosqich savollari:

1 ball to`plagan o`quvchilar guruhi savollari

Og’ir va yengil sanoat tarmoqlarini klasterda ifodalang.


  1. ball to`plagan o`quvchilar guruhi savollari:

O’zbekistondagi yirik kimyo zavodlari ro’yxatini tuzing.

  1. ball to`plagan o`quvchilar guruhi savollari:

O’zbekiston sanoati va uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar?

O`quvchilar bu topshiriqlarni bajarib bo`lganlaridan so`ng, o`zaro savol-javob o`tkazadilar. Har bir guruh o`z topshiriqlarini ko`rgazmali vositalar yordamida bayon etadi. Topshiriqni mukammal bajargan kichik guruhlar rag’batlantiriladi va g’oliblar aniqlanadi. O`qituvchi o`quvchilar javobidagi kamchiliklarni aniqlaydi va unga barham beradi, so`ngra darsni keying o’yin turi bilan davom ettiradi. “Aqliy hujum” quyidagi bosqich asosida tashkil etiladi:

I – bosqich. Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bo`lgan o`quvchilardan  teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish.

II – bosqich. Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat bo`lgan o`quv topshiriqlarini tarqatish va ularni topshiriqning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.

III – bosqich. O`quvchilarning bilish faoliyatini o`quv muammolarini hal etishga yo`naltirish.

IV – bosqich. O`quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bo`yicha axborotlarini tinglash.

V – bosqich. Kichik guruhlar o`rtasida o`quv bahsi va munozara o`tkazish

VI – bosqich. Umumiy xulosa yasash. “Aqliy hujum” da o`quvchilar avval o`zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo`llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat usullarini egallaydi. O`qituvchi o`quvchilarni teng sonli guruhlarga ajratgandan so’ng, har bir guruh sardorini belgilaydi. O`quvchilarning faoliyatini bilishga yo`naltiruvchi bir nechta muammoli savollar yozilgan quyidagi kartochkalarga qaratadi:



  1. Yangi, yuqori texnologiyaga ega bo’lgan sanoat tarmoqlarini qanday izohlash mumkin?

  2. Sanoat tarmoqlari qaysi mezonlarga asoslanadi?

  3. Respublikada elektr energiya ishlab chiqarishda yetakchi viloyatlarda eliektr muammosining vujudga kelishiga sababi nimada?

Guruhdagi o`quvchilar shu savollar yuzasidan maslahatlashib, o`z fikrlarini umumlashtiradi. Har bir guruh sardori guruh fikrini bayon etadi.

O`qituvchi guruhlar bayon etgan fikrlarni umumlashtirish dars yakunida amalga oshirilishini e`lon qiladi va navbatdagi muammoli savollar yozilgan kartochkalarni tarqatadi:



  1. Respublikadagi asosiy issiqlik elektr stantsiyalarida qaysi yoqilg’i turi arzon va sifatli hisoblanadi? Javobingizni izohlang.

O`quvchilar guruhi bu savollarga javob topgandan so`ng, o`qituvchi o`quvchilarga avval o`zlashtirgan bilimlari va darslikdan foydalanib quyidagi jadvalni to`ldirish va izohlashni topshiradi.

t/r

IES nomi

Ishga tushirilgan yili

Energiya bloklari soni

Loyihaviy quvvatiMVt

Yoqilg’i turi

1
















2
















3
















O`quvchilar jadvalni to`ldirib, javoblarini izohlaganlaridan so`ng, o`qituvchi o`quvchilarning diqqatiga quyidagi savollarni havola etadi:

Sho’rolar tizimi davrida O’zbekistonning ijtimoiiy-iqtisodiy rivojlanishi qanday bo’lgan edi? 2. XX asr boshlarida O’zbekistonda sanoatning qaysi tarmoqlari rivojlangan edi? O`quvchilar javoblaridan so`ng, o`qituvchi darsni umumiy yakunlaydi. O`quv baxsi va munozaralarda faol ishtirok etgan talabalar rag’batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish.

VII.Darsni umumiy yakunlash.

Endi pedagogik amaliyot jarayonida Toshkent shahri Sergeli tumani 300-umumta’lim maktabining 8-“A”, “V” sinflarida “O’zbekiston sanoati”ning Rangli metallurgiya mavzusini lokal va xususiy metodik darajalarining uyg’unlashtirilgan pedagogic texnologiyalardan foydalanib, o’tkazilgan bir soatlik dars ishlanmasini ko’rib chiqamiz.

25 - dars



Mavzu: Rangli metallurgiya

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: O’quvchilarda tabiiy resuruslar, metallurgiya majmuasi, qora metallurgiya xomashyosi haqidagi bilim va tasavvurlarni shakllantirishda davom etish; metallurgiya majmuasi haqidagi bilimlarni eslatish; rangli metallarning xalq xo‘jalikdagi ahamiyati haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, yangi geografik atamalar bilan tanishtirish;

b) tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni o’z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash; tabiiy boyliklarni ko‘z qorachig‘iday asrash, bir-birlariga o’zaro hurmat, jamoa bo’lib ishlash, o’zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma’suliyat sezish, ko’nikmalarini tarkib toptirish.

c) rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga,xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash, fikrni aniq ifodalashga o’rgatish, nutq madaniyatini o’stirish.

Darsning jihozi: O‘zbekiston tabiiy va siyosiy xaritalari, 7-8 sinf o‘quv atlasi, “Foydali qazilmalar nomlarini bilasizmi?” nomli elektrondoskasi, rangli va nodir metallardan namunalar, rasmlar, “O‘zbekiston oltini” kino filimi, 8-sinf geografiya darsligi.

Texnik vositalar:

Kompyuter, videoikkilik, slaydlar.



Dars tipi: Aralash.

Dars turi: Noan’anaviy.

Dars metodlari: “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Loyiha texnologiyasi”.

Dars rejasi:

1.O’zbekiston rangli metallutrgiya sanoati

2.Rangli metallurgiya guruhlari.

3.Biz bilgan bilimlar.

4.“O‘zbekiston oltini” kino filmini tomosha qilish.

5.Yangi dars bayoni

6. Guruhlar taqdimoti.

7.“Foydali qazilma nomlarini bilasizmi?” elektrondoskasi orqali bilimlarni sinash

8.“Qazilma boyliklar sandiqchasi”

9.Mavzuni mustahkamlash.

10. O`quvchilarni baholash

11. Uyga vazifa



Darsning tashkil etilishi:

O`quvchilar tanlagan emblemalari orqali guruhlarga bo`linib, stollarga o`tirishadi.



I-guruh. Zarafshon.

II-guruh. Muruntov.

III-guruh. Olmaliq.

IV-guruh. Marjonbuloq.

Tashkiliy qismdan so`ng o`quvchilar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo`lgan qoidalar ishlab chiqiladi.

1. Intizom. 2. Faollik. 3. Vaqtga rioya qilish. 4. Asosli va mantiqli fikr bildirish.

5. Fikrni takrorlamaslik. 6. O`zaro hurmat. 7. O`ng qo`l qoidasi. 8. To`g`ri javob uchun rag`bat.

Darsda barcha shartlar bo`yicha har bir guruh a’zolari javoblari O‘zbekiston davlati bayrog‘i maketlari bilan rag`batlantirib boriladi.

Har bir guruhga uchtadan tezkor savollar beriladi:

I-guruh. Zarafshon.

1. Eng sifatli marmar koni qaysi tog’dan qazib olinadi ? (Nurota tizmasidan)

2. Respublikamizda yoqilg’i sanoatining eng yosh tarmog’i qaysi? (Gaz sanoati)

3. Rudaning keraksiz qo’shilmalarini chiqarib tashlash yoki yangi moddalar qo’shish yo’li bilan foydali sifatlarini orttiruvchi korxona bu ……… (Boyitish fabrikasi)



II-guruh. Muruntov.

4. Rangli metallarning issiqqa bardoshli, elektr tokini yaxshi o’tkazuvchi turi bu………. ? (Titan, volfram, kumush, mis, kumush,oltin)

5. Yaxshi mexanizatsiyalashmagan, fan–texnika taraqqiyotidan kam foydalanilgan xo’jalikka qanday xo’jalik deb aytiladi ? (Ekstensiv)

6. Respublikamizning qimmatbaho metallari………….? (oltin, kumush, platina)



III-guruh. Olmaliq.

7. O’zbekistonda kimyo sanoatining shakllanishi qayerda va nechanchi yilda boshlangan? (1932 – yil Sho‘rsuvda )

8. Mamlakatimizdagi eng muxim, qiyin eriydigan qattiq qotishmalar zavodi qayerda joylashgan? ( Chirchiq vodiysida)

9.Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 90 % ini qaysi stansiyalar beradi ? (IES)



IV-guruh. Marjonbuloq.

10. Mamlakatimizda yiliga qancha neft qazib olinadi ? ( 7-8 mln tonna)

11.Sanoat tarmoqlarida respublikamizning mehnatda band aholisining necha foizi istiqomat qiladi ? (12 %)

12.Respublikamizning to‘ng‘ich metallurgiya korxonasi qaysi shaharda joylash? (Bekobod shahrida)



Yangi mavzu bayoni: Rangli matallurgiya

Videoikkilik orqali “O‘zbekiston oltini” filmi namoyish etiladi.



O`qituvchi: Dunyo go‘yoki unga mahliyo,

O‘lkamning boyligi tanhodir go‘yo,

Zarafshon oltini, Olmaliq misi;

Uchquloch, Xondiza qo‘rg‘oshin, ruxi.

O‘lkamning bag‘rida boyliklar- bisyordir juda.

Tillo tuproqlari qolmas behuda.

- Ha, haqiqatan ham O‘zbekiston o‘z mo‘jizakor Yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxirlanadi. Uni qancha o`rgansak, shuncha ko`p Yer osti sirlari borligining guvohi bo`lamiz. Qulay iqlim sharoiti, ulkan mineral–xom ashyo zaxiralari, strategik materiallar va qishloq xo‘jalik xom ashyosinig katta zaxiralari haqli suratda O‘zbekistonni dunyoning eng boy mamlakatlari qatoriga olib chiqadi[13]. Masalan: oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinda, uni qazib olish bo‘yicha 7- o‘rinda, MDH davlatlari ichida esa ikkinchi o‘rinda, mis zahiralari bo‘yicha 11-o‘rinda turadiю Hozirga qadar respublikamizda 3 minga yaqin turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral – xom ashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Sundan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib, ularning zaxiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi.

O‘zbekiston rangli metallardan-mis, qo‘rg‘oshin, rux, bolfram va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning aniqlangan zahiralariga ega[14].

Rangli metallar rudalarining zahiralari asosan Olmaliq ruda maydonida joylashgan. Qalmoqqir koni noyob konlardan bo‘lib, mis-molibden rudalarini qazib chiqarish bo‘yicha chet eldagilardan ustun turadi. Bu konning rudasini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Kombinat O‘zbekistondagi eng yirik korxonalardan biridir. Qo‘rg‘shin–rux asosan Jizzax viloyatining Uchquloch va Surxondaryo viloyatining Xondiza konlarida to‘plangan.

Rangli metallar xususiyatlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi.

1. Yengil metallar ( aluminiy, magniy, titan)

2. Ogi‘r metallar ( mis, qo‘rg‘oshin, nikel, rux )

3. Qimmat baho metallar ( oltin, kumush, platina )

4. Qiyin eruvchi metallar ( volfram, molibden)

5. Nodir metallar (uran, germaniy)

Rangli matallurgiya: a) rangli metallarni qazib chiqarish ; b) boyitish d) eritish; e)qotishmalar ishlab chiqarishni o‘zida birlashtiradi. Rangli matallurgiya mamlakatni elektirlahtirish, uning mudofa qudratini mustahkamlash, atom texnikasi, samolyotsozlik, raketasozlikni rivojlantirish, mashinasozlik va kimyo sanoati uchun juda zarurdir.

Respublikamiz yalpi sanoat mahsuloti hajmida rangli metallurgiyaning salmog‘i 15 % ni tashkil etadi.

Rangli matallurgiyaning asosiy mahsuloti –volfiram va molibden ishlab chiqarish mamlakatimizda tez rivojlanmoqda. Chirchiq vodiysidagi qattiq qotishmalar zavodi muhum korxonalardan biri hisoblanadi. Bu korxona mahsulotlaridan elektrotexnika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarida keng foydalaniladi. Shuningdek, O`zbеkiston chеt davlatlarga tozalangan misni eksport qiladi. Undan sirlangan simlar, kabеl mahsulotlari Toshkеnt va Andijon kabеl zavodlarida ishlab chiqarilmoqda.

Rangli mеtallurgiyaning asosiy mahsulotlaridan hisoblangan volfram va molibdеn ishlab chiqarish kеyingi paytda juda tеz rivojlanib bormoqda. Binobarin iqtisodiyotimizning shu mеtallarga bo`lgan talabi ortib bormoqda. Volfram issiqlikka eng chidamli va qiyin eriydigan mеtall bo`lganligi sababli undan elеktroenеrgеtika sanoatida ko`p foydalaniladi.

Qimmatbaho mеtallar hisoblangan oltin biz bilgan zargarlikdan tashqari, elеktr tokini juda yaxshi o`tkazganligi uchun elеktronika, kompyutеr ishlab chiqarishda, kosmik kеmalarda, atom rеaktorlarida ishlatiladi.

Mis sof holda kabеllar ishlab chiqarishda, sirlangan kabеllar ishlab chiqarishda, qalayi bilan qo`shilib (bronza shaklida), nikеl bilan qo`shilib (mеlxior shaklida), alyuminiy bilan qo`shilib (duralyuminiy), rux bilan qo`shilib (latun shaklida) elеktrotеxnika va mashinasozlikda kеng foydalaniladi. Qurg`oshin-akkumulyatorlar ishlab chiqarishda, elеktr kabеllar ishlab chiqarishda, rux bilan qo`shilib tеmir buyumlar zanglamasligi uchun sirlashda, oq tunuka va podshipniklar ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Rangli mеtallar elеktr tokini o`tkazuvi xususiyati bo`lganligi sababli elеktr enеrgiyasini istеmolchilarga yetkazishda, aloqa tizimida juda ko`p foydalaniladi.

Bundan tashqari, rеspublika iqtisodiyoti rivoji uchun eng asosiy yo`nalish bo`lgan avtomobilsozlik, radio, elеktronika kabi sanoat tarmoqlarida ham rangli metallar ishlatiladi Yuqorida bayon etilgan boy mеrosimiz, qadriyatlarimiz asosida,, el boyligini ko`z qorachig`iday asrab avaylash O`zbеkistonda ta’lim olayotgan har bir o‘quvchining vazifasidir.

Guruh a’zolari xarita va darslikdan foydalanib o‘qituvchi tomonidan berilgan bilimlar va o‘zlari o‘qib kelgan ma’lumotlarga tayanib,yangi mavzu savollariga javob berishlari kerak.

I-guruh. Zarafshon guruhi.

1. Mis, qo’rg’oshin, oltin, platina, uran, volfram qanday metallarga kiradi? (Rangli metallarga)

2. O‘zbekiston MDH davlatlari ichida oltin qazib olish bo‘yicha nechanchi o‘rinda turadi?(Ikkinchi )

3. Oltin, volfram, molibden, uran, mis, rux, alyuminiy qalayilardan qaysi biri yengil metall hisoblanadi? (alyuminiy)



II-guruh. Muruntov guruhi.

1.Qaysi kombinatlarda ko’p miqdorda xom – ashyo va yoqilg’i ishlatiladi? (Metallurgiya kombinatlarida)

2.O‘zbekistondagi eng yirik mis eritadigan zavod qayerda joylashgan? (Olmaliq shahrida)

3. Qiyin eruvchi metallarga qaysilar kiradi ? ( volfram, molibden)



III-guruh. Olmaliq guruhi.

1. Rangli metallar xususiyatlariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi ?

(Yengil metallar, ogi‘r metallar, qimmat baho metallar, qiyin eruvchi metallar, nodir metallar)

2.Yalpi sanoat mahsuloti hajmida rangli metallurgiyaning salmog‘i qanchaga % ni tashkil etadi. (15 % ni)

3. O‘zbekiston dunyo davlatlari ichida oltin qazib olish bo‘yicha nechanchi o‘rinda turadi? (yettinchi )

IV-guruh. Marjonbuloq guruhi.

1.O‘zbekiston dunyo davlatlari ichida mis qazib olish bo‘yicha nechanchi o‘rinda turadi? ( o‘n birinchi )

2. Mis, rux qanday maqsadlarda ishlatiladi? (elektrotexnika va mahinasozlikda, temir buyumlar zanglamaslik uchun rux bilan sirlanadi)

3. Og‘ir metallarga qaysilar kiradi ? ( mis, qalayi, qo‘rg‘oshin, nikel, rux)



Har bir guruhga yangi mavzu bo`yicha alohida topshiriq beriladi.

Guruh a’zolari “Qazilma boyliklar sandiqchasi”dan qazilma boyliklar shartli belgilari hizilgan (ikkitadan) qog‘ozni olib, qazilma boyliklar tarqalgan joylarni belgilar orqasiga yozadilar.

Masalan: Mis, oltin, kumush, aluminiy, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, uran va boshqalar.

Guruhlar bajargan ishlarini keyingi guruhga topshirishadi. Har bir guruh a’zolari o`zidan oldingi guruh ishining to`g`ri yo noto`g`riligini tekshiradi.

O’qituvchi o‘quvchilar ishini umumlashtirib, o`tilgan mavzuni mustahkamlaydi.

Dars yakunida guruh a’zolari to`plagan bayroqchalar sanaladi va o`quvchilar baholanadi.



Uyga vazifa:

Rangli metallurgiya-mavzusini o`qib, yozuvsiz xaritaga respublikamizdagi asosiy konlarni tushirib kelish. “Rangli metallar va unga munosabat” mavzusida o‘z fikrlarini geografiya daftariga bayon etib kelish.
O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLARI

1.Respublikamizdagi neft va gaz konlarining eng ko’pi qayerda joylashgan?



a) Fargo’na vodiysi b) Buxoro-Xiva oralig’i

c) Ustyurt d) Surxondaryo

2. Respublikada eng katta quvvatga (3,2mln.kVT) ega bo’lgan IESni belgilang.



a) Angren b) Toshkent

c) Sirdaryo d) Taxiatosh

3. O’zbekistonda qora metllurgiyaning yagona markazi qayerda joylashgan?



a) Angren b) Olmaliq c) Bekobod d) Chirchiq

4. Olmaliqdagi tog’-metallurgiya kombinati nima eritishga ixtisoslashgan ?



a) volfram b) rux c) qo’rg’oshin d) mis

5. Yevrosiyoda mashxur bo’lgan O’zbekistondagi eng katta oltin koni qaysi?



a) Chodak b) Marjonbuloq c) Zarmiton d) Muruntov

6. Avtobuslar ishlab chiqaradigan “SAMKOCH avto” korxonasi qaysi davlat bilan hamkorlikda qurilgan?



a) Korea b) Rossiya c) Turkiya d) AQSH

7. Irrigatsiya va meloratsiya mashinasozligining yirik markazi qaysi shaharda joylashgan ?



a) Namangan b) Andijon c) Toshkent d) Nukus

8. O’zbekistonning rangli metallarga eng boy joyini belgilang.



a) Qurama tizmasi; b) Chotqol tizmasi;

c) Nurota tizmasi; d) Morguzar tizmasi

9. Mamlakatlarning xo’jalik mavqeyi nimaga qarab aniqlanadi?



a) Tabiiy sharoit b) Tabiiy boyliklar

c) Xalqaro ixtisoslashuv d) Mehnat unumdorligi

10. Angren kaolinlarini qayta ishlashni ko’zlab qo’shma korxona qurgan “Lab-Bautun” firmasi qaysi davlatga qarashli?



a) AQSh b) Fransiya

c) Italiya d) GFR

O`quvchilar har bir nazоrat tеkshiruvchilaridan bahоlarini оlgach, o`qituvchi bahоlarini umumlashtirib, o`quvchilar bilan birgalikda qo`yilgan bahоlarni tahlil qiladi. Har bir o`quvchi egallagan bilimi va ko`nikmalariga tеgishli bahо оlgach, ularning nimalarni qayta ko`rib chiqishlari haqida uqtiriladi.

Dars jarayonini bu tarzda tashkil etilishi o’quvchilarda ijodiy faoliyatni tarkib toptirishga imkon yaratadi.

Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, har bir dars jarayonida lokal va xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalardan uyg’un foydalanish yuqori samara beradi, o’quvchi talabalarni fan asoslarini o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishlari va ehtiyojlarini rivojlantirishga imkon beradi.



Download 314,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish