Ozbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 40,4 Kb.
bet7/11
Sana11.01.2022
Hajmi40,4 Kb.
#341189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi tayyor

- milliy boyliklarning o’sishini, kishilar turmushi va fао­liyati uchun munosib sharoitni ta’minlaydigan kuchli va munta­zam rivojlanib bоruvchi tizim yaratish;

- ko’p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish, kishining mulkdan begonalashuvini bartaraf etish, tashabbuskorlik va tad­birkorlikning har taraflama o’sishi uchun asos bo’ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himоyа qilinishini ta’­minlash;

- korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo’jalik ishlariga davlatning to’g’ridan-to’g’ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini yo’q qilish, iqtisodiy vositalar vа rag’batlantirishlarni keng qo’llash;

- moddiy tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydala­nishni, raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish­ni, jahon iqtisodiyot tizimiga kirib borishni ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirish;

- kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o’zgartirish, har bir kishiga o’z meh­natini qo’llash sohalari va shakllarini o’zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish.

Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy-islohotlarning asosiy va muhim tomonlari aniq belgilab olindi. Eng avvalo, birmuncha o’tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yaqin vaqtlar ichida hаl etishga yordam beradigan asosiy tarmoqlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirildi:

- mulkiy islohotlar;

- institutsional va moliya-kredit islohotlari;

- agrar islohotlar;

- tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari;

- ijtimoiy sohadagi islohotlar.

Islohotlar jarayonini huquqiy jihat­dan ta’minlash, qonuniy asoslarini yaratishga alohida e’tibor berildi. “Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy nuq­talaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat”.

I. A.Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо’lidа. T., O’zbekiston,

Yangi qonunlar turkumini ishlab chiqish va qabul qilish bir qancha sabablar tufayli zarur edi. Birinchidan, ilgari аmal qilib kelgan qonunlar avvalgi totalitar tuzum manfaatlariga xizmat qilardi. Ularda korxonalarning iqtisodiy erkinliklari hаm, хо’jalik yuritishdagi tashabbusga hаm, tadbirkorlikka hаm o’rin yo’q edi. Ikkinchidan, ilgari O’zbekistonda qabul qilingan qonun hujjatlarining hammasi umumittifoq talablariga moslashtirilgan bо’lib, respublikamizning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga ol­mas edi. Uchinchidan, jahondagi demokratik me’yorlar va yetakchi davlatlarning qonun chiqarish sohasidagi tajribalarini o’rgangan holda O’zbekistonning o’z taraqqiyot yo’liga mos keladigan za­monayiy qonunchilikni shakllantirishi, islohotlarni huquqiy

jihatdan ta’minlash mexanizmini yaratish zarur edi. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratishga yo’naltirilgan 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Ularni bir nесhа yo’nalishlarga bo’lish mumkin:

1. Mulkchilik munosabatlari va ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Вu yo’nalish doirasida mulkchilik to’g’risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy­lashtirish to’g’risida, ijara to’g’risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.

2. Xo’jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni korxonalar to’g’risida, kooperatsiya to’g’risida, dehqon xo’jaligi to’g’­risida, shirkat xo’jaligi to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi, banklar va bаnk faoliyati to’g’risida, рul tizimi to’g’­risida, tadbirkorlik to’g’risida, sug’urta to’g’risida, birjalar va birja faoliyati to’g’risida, qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o’rtasidagi, korxonalar o’rtasidagi munosabatlarni yo’lga qo’yuvchi qonun­lar, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo’lishi haqida qonunlar qabul qilindi, Xo’jalik-protsessual kodeksi ishlab chiqildi, Xo’jalik sudi tuzildi.

3. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruv­chi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’­risida qabul qilingan qonunlar, xalqaro pakt va bitimlar, ularning O’zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. Respublika iqtisodiyotining huquqiy asoslari Prezident far­monlarida, hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarda yanada takomillashtirib borildi. Iqtisodiy islohotlarning muhim yо’nаlishlaridan biri bozor infratuzilmasini yaratishdan iboratdir. “Bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli muhitsiz - tovar, pul bozorlarida va mehnat resurslari bozorida xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasida ozaro aloqani ta’minlashi kerak bo’lgan bozor infrastruk­turasisiz tasavvur etib bo’lmaydi...

I. А. Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо’lidа. T., O’zbekiston


Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shakllantirish va ularni samarali yuritishga xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi. Respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo’g’inlari - turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar majmuasi yaratildi. Avvalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi trans­port, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yo’l va ombor xo’jaligi tuzilmalari yaratildi. Bozor munosabatlarini shakllantirishda birjalar alohida o’ringa ega. Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bos­qichidayoq "Respublika ko’chmas 

Download 40,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish