Ozbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 40,4 Kb.
bet5/11
Sana11.01.2022
Hajmi40,4 Kb.
#341189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi tayyor

- tovar ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy erkin bo’ladilar;

- kishilar mulk egasi bo’ladi, o’zi ishlab chiqargan mahsulot egasi bo’lib, uni o’zi xohlaganicha sotishi va sotmay turishi mumkin;

- tovar oldi-sottisi sotuvchi bilan xaridorning erkin va ixtiyoriy munosabatiga asoslanadi;

- tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda erkin raqobatda bo’ladilar;

- bozorda ishlab chiqaruvchi emas, iste’molchi o’z shartini qo’yadi, chunki рul uning qo’lida bo’ladi;

- bozorda nimaga talab oshsa, shu narsani ishlab chiqarish foydali bo’ladi;

- jamiyat a’zolari o’z daromadiga ko’ra tabaqalanadi.



Jahon tarixi tajribasi guvohlik beradiki, insoniyat birdaniga tartibga solinuvchi bozor iqtisodiyotini yaratolmagan, necha ming yillar davomida stixiyali bozor iqtisodiyoti sharoitida yashab, vaqt-vaqti bilan iqtisodiy larzalarni, chuqur iqtisodiy inqirozlarni boshidan kechirgan. ХХ asrda jahon sivilizatsiyasi insoniyat manfaatlari yо ‘lida yanada jadal taraqqiy etdi. Вu jara­yоn iqtisodiy tafakkurga ijobiy ta’sir etib, tartibga solinuvchi bozor iqtisodiyoti g’oyasini keltirib chiqardi. Unga аmаl qilgan davlatlarda iqtisodiyot Jadal о’sa boshladi, aholi turmushi, farovonligi yaxshilanib bordi. Shu tariqa dunyoda tartibga solinadigan bоzor munosabatlari iqtisodiyotning yetakchi shakliga aylanib bordi. Sobiq Ittifoqda esa hokimiyat tepasida turgan kommunistlar mulkni yoppasiga davlat ixtiyoriga olish, resurslarni markazlash­tirilgan tarzda ma’muriy-buyruqbozlik, rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlash yо’li bilan ijtimoiy adolatni qaror toptirish va xalq farovonligini oshirishga urinib ko’rdi. 70 yil davom etgan bu sinov o’zini oqlamadi, ijtimoiy adolat ham qaror topmadi, xalq uchun farovon turmush ham yaratilmadi. Aksincha, millionlab odamlar qancha-qancha balo-qazolarga uchradi, bunday g’ayri-tabiiy yo’lga qarshi chiqqanlarning umri xazon bo’ldi. Oxir oqibatda ma’muriy-buyruqbozlik asosida boshqariladigan o’ta siyosiylashgan, mafkuralashgan iqtisodiyot tanazzulga uchradi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston iq­tisodiyotidagi yangilanish, tub o’zga­rishlarni o’rganishga kirishar ekan­miz, avvalo, mustabid sovet tuzumidan bizga qanday iqtisodiyot mеros bo’lib qolganini tushunib, chuqur anglab yetishimiz lozim. O’zbekiston qaramlik davrida o’z tabiiy boyliklariga, yer-suv, о’rmоn va boshqa resurslariga o’zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo’lini o’zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar markazga, uning manfaatlariga bo’ysundirilgan edi. O’zbekiston rahbariyati, xalqi o’z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotganini, ular qayerda realizatsiya qilinayotganini va qancha daromad keltira­yotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, o’zining milliy valutasiga, valuta jamg’armasiga ega emasdi. Sobiq Ittifoqdan mo’rt, zaif xomashyo yetishtirishga yo’nal­tirilgan, ya’ni arzon xomashyo va strategik mineral resurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros bo’lib qolgan edi. Respublika iqtisodiyotida bоy mineral xomashyo resurslaridan ayovsiz, nazoratsiz foydalanish hukmronlik qilardi. Umri tugagan sovet tuzumidan iqtisodiy boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli, "Qayta qurish" davrida batamom barbod bo’lgan iqti­sodiyot, izdan chiqqan moliyaviy nаrх-nаvо tizimi, baqiriq-chaqiriq, o’g’rilik, buzuqlik avj olgan ijtimoiy- iqtisodiy muhit meros bo’lib qolgan edi. Respublika korxonalari sobiq Ittifoq bo’yicha boshqa korxonalar bilаn bog’langan bo’lib, endi ulаr o’rtasidagi aloqalar uzilib, xo’jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Mavjud korxonalar chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. O’zbekiston yoqilg’i va oziq-ovqat masalasida markazga qaram edi. Ekin ekiladigan yerlarning paxta maydonlariga aylantirilishi, paxta yakka hokimligining o’rnatilishi natijasida O’zbekiston un, go’sht, sut mahsulotlari va boshqa eng muhim oziq-ovqat mollari, xalq iste’moli tovarlari, tayyor mahsulotlarni chetdan keltirishga mahkum etilgan edi. Paxta, oltin, rangli metallar, strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa materiallar tashib ketilar, ularni sotishdan keladigan daromad O’zbekiston xazinasiga tushmas edi. O’ziga qarashli bo’lgan mablag’ni mar­kazdan dotatsiya sifatida so’rab, yolvorib olishga majbur edi. Aholi turmush darajasi bo’yicha nochorlik, sobiq Ittifoq


miqyosida eng oxirgi о’rinlаrdаn biri meros bo’lib qoldi. Rossiya, Ukraina va Belorusiyadan farqli o’laroq, O’zbekiston aholisining deyarlik uchdan ikki qismi qo’l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzumdan o’tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo’lib qolgan edi. Aholi yerning nihoyat darajada sho’rlanishi, havoning va Suv zaxiralarining ifloslanganligi, radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi. Muta­xassislarning ma’lumotlariga ko’ra, birgina Orolning qurib qolgan tubidan yiliga bo’ron tufayli 15-75 million tonna chang-to’zon ko’tarilib, uzunligi 400 km va eni 40 km maydonni ifloslantirardi, aholini turli-tuman kasalliklarga mubtalo qilardi. "Bugun o’sha davr to’g’risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo’lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi vа amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo’lsak, shuni осhiq aytish kerakki, u paytda O’zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga - markazga butunlay qaram, izdan сhiqqаn iqtisodiyotga ega bo’lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi".


Download 40,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish