Ozbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 40,4 Kb.
bet2/11
Sana11.01.2022
Hajmi40,4 Kb.
#341189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi tayyor

Iqtisodiyot nazariyasining eng asosiy taxdil usuli — bu abstraksiyalash (mavhumlashtirish) asosida xulosalar chiqarishdir.

Gʻarbdagi "Ekonomiks" mualliflari R. Makkonnell va L. Bryu yozishicha, na-zariya — bu laboratoriya fani emas. Shu sababli nazariyada ilmiy abstraksiyalash usuli bosh oʻrin tutadi. Bu usul — iqtisodiy hodisalarni ularga taʼsir etuvchi oʻtkinchi, ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda taxdil etib, nazariy umumlashtirish, ilmiy xulosalar chiqarishdir. Bu usul iqti-sodiy hodisalarning tabiatini bilish, ularga xos qonuniyatlarni ochish imkonini beradi.

Abstraksiyalash asosida tushunchalar va qonunlar taʼriflanadi, ular ilmiy muomalaga kiritiladi. Abstraksiyalash yuz berganda iqtisodiyotga oid asosiy, muqim, doimo yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, ular oʻrtasidagi bogʻlanish aniqlanadi. Bularning hammasi tafakkur orqali bajariladi. Abstraksiyalash boʻlmasa gʻoyat koʻp, tartiblanmagan faktlar orasida oʻralashib qolib nazariy xulosa qilib boʻlmaydi. Abstraksiyalash — bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.

Nazariyada induktiv usul qoʻllanilganda ayrim hodisalarni oʻrganishdan ularni umumlashtirib, xulosalar chiqarishga oʻtiladi. Deduktiv usul qoʻllanilganda umumiy xulosalardan xususiy xulosalarga, umumiylikdan aniqroq hodisalarga oʻtiladi.

Iqtisodiyot nazariyasida tarixiy va mantiqiy usullar ham bor. Tarixiy usul hodisalarni rivojlanishda olib qaraydi. Mantiqiy usul turli hodisalarning ichki mantiqiy aloqalarini anikdab, umumiy xulosa chiqarishda qoʻllanadi.

Iqtisodiyot nazariyasida miqdoriy va sifat tahlili birgalikda qoʻllaniladi. Miqdoriy taxlil yuz berganda iqtisodiy — matematik modellashtirish ham ishtirok etadi. Bunda iqtisodiy oʻzgarishlar miqdoran taxlil etiladi, ular oʻrtasidagi aloqa bogʻlanishlar ham miqdoran oʻlchanadi, ularning naqadar oʻzgarishi baholanib, prognozlar ishlab chiqiladi. Bu usul yordamida iqtisodiy modellar yaratiladi . Iqtisodiyot nazariyasida gipoteza va paradigmalar qoʻllanadi. Ilmiy paradigma bu Iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan taxlil usullariga tayangan holda hal etiladigan muammoni qanday yechimi boʻlishini belgilashdir.

3. Jaxon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida tutgan o’rni

Xo’jalik hayotida integratsiyalashuv jarayonlari kundan – kunga chuqurlashib bormoqda. Integratsiyalashuv jarayonlari jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo sohasidan tortib ilmiy – axborot, tovar ayiraboshlashgacha bo’lgan turli ko’rinishlarini bir-biriga qo’shilib borishini nazarda tutadi.

Jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsiya o’z mazmuni va mohiyati bilan, birinchidan, jahon mamlakatlarida ro’y berayotgan chuqur xo’jalik va ijtimoiy-siyosiy, madaniy birlashuv sohasidagi jarayonlarni borishini, ikkinchidan, mustahkam iqtisodiy o’zaro aloqadorlikni, uchinchidan, milliy xo’jaliklardagi mehnat taqsimotini, to’rtinchidan, ishlab chiqarishda turli daraja va shaklda ro’y berayotgan o’zaro iqtisodiy hamkorliklarni aks ettiradi. Integratsion jarayonlar asosan bir-biriga yaqin bo’lgan hududlarda joylashgan davlatlarning o’zaro iqtisodiy shartnomalarida, xorijiy mamlakatlarda o’z bo’limlarini tashkil etishda, xo’jalik subyektlari (firmalar, korxonalar) o’rtasidagi kapitalni o’zaro aloqadorligida namoyon bo’ladi.

Integratsion jarayonlar mamlakatlarning o’zaro iqtisodiy birlashuvi va milliy davlatlar siyosiy shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Subyektlar o’rtasidagi integratsion jarayonlarning borishi va rivojlanishi asosan davlatlararo ahamiyatga ega bo’lgan tovarlarning erkin harakati va xizmatlar sohasida, kapital harakati va ishchi kuchi migratsiyasida, davlatlararo iqtisodiy kelishuvlarda, ilmiy-texnik, texnologik va axborot sohalarida, moliya-kredit sohalarida, tashqi iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda, shuningdek mudofaa siyosatida hamda xo’jalik hayotining ko’plab boshqa sohalarida namoyon bo’ladi.

Jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlar natijasida butun bir valyuta birligiga (dollar, evro, rubl, so’m va x.k.lar), moliyaviy byudjetga, davlatlararo yoki millatlararo boshqaruv tizimiga asoslangan mintaqaviy tashkilotlar tashkil topadi (YeI, NAFTA, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari kabi). Buday tashkilotlar jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega.

Jahon iqtisodiyoti va XIM tizimida iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy ko’rinishlaridan biri, xalqaro savdo sohasida erkin iqtisodiy hududlarini tashkil topishi bo’lsa, iqtisodiy integratsiyaning murakkab ko’rinishlaridan biri tashqi savdo tariflari kelishuvi sohasida muhim rol o’ynayotgan bojxona ittifoqining vujudga kelishidir.

Jahon bozorlarida hukmronlik qilishda dunyo mamlakatlari o’rtasida kuchli qarama-qarshiliklar yuz bermoqda. Jahon iqtisodiyoti va XIM tizimida turli




Download 40,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish